PQ-238-son Qaror · 30.07.2025

Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-238
  • Qabul qilingan sana:30.07.2025
  • Kuchga kirgan sana:30.07.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/25/238/0670

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:

1. 2025-yil 12-mart kuni Parij shahrida imzolangan quyidagi xalqaro shartnomalar tasdiqlansin:

(a) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Fransiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida diplomatik pasport egalarini qisqa muddatli viza talablaridan oʻzaro ozod etish toʻgʻrisidagi bitim;

(b) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Fransiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida rasmiy vakolatxonalar xodimlarining oila aʼzolari tomonidan haq toʻlanadigan faoliyatning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi bitim.

2. Tashqi ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun masʼul vakolatli organ etib belgilansin.

3. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ushbu xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida Fransiya tomoniga tegishli bildirishnoma yuborsin.

4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirganidan keyin ularning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.

5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 30-iyul,

PQ-238-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.