PQ-240-son Qaror · 30.07.2025

Xalqaro shartnomaga qoʻshilish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-240
  • Qabul qilingan sana:30.07.2025
  • Kuchga kirgan sana:31.07.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/25/240/0675

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq:

1. 2013-yil 25-oktabr kuni Minsk shahrida imzolangan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlatlararo kengash tuzish toʻgʻrisidagi bitimga qoʻshilinsin.

2. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ, Agentlik direktori lavozimi boʻyicha Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlatlararo kengashi aʼzosi etib belgilansin.

3. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining mazkur xalqaro shartnomaga qoʻshilgani hamda uni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ toʻgʻrisida tegishli bildirishnomani depozitariyga yuborsin.

4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 30-iyul,

PQ-240-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.