PF-56-son Farmon · 25.09.1990

Oʻzbekiston SSJ aholiga maishiy xizmat koʻrsatish ministrligini Oʻzbekiston SSJ Ministrlar Kengashi huzuridagi aholiga maishiy xizmat koʻrsatish jumhuriyat davlat-kooperativ markazi (“Uzbitsentr”)ga aylantirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-56
  • Qabul qilingan sana:25.09.1990
  • Kuchga kirgan sana:25.09.1990
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 25—27

Jumhuriyat aholisiga maishiy xizmat koʻrsatishni tubdan yaxshilash, yangi iqtisodiy munosabatlarni, mulkchilikning turli shakllarini joriy etish, xoʻjalik tashabbusi va omilkorlik uchun shart-sharoit yaratish, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish uchun xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining roli va masʼuliyatini kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston SSJ Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish ministrligi, Oʻzbekiston SSJ Ministrligi Kengashi huzuridagi Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish jumhuriyat davlat-kooperativ markazi (“Uzbitsentr”)ga aylantirilsin.

Oʻzbekiston SSJ Ministrlar Kengashi mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.

Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1990-yil 25-sentabr,

PF-56-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.