PF-57-son Farmon · 28.09.1990

Oʻzbekiston SSJ Energetika va elektrlashtirish vazirligini takomillashtirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-57
  • Qabul qilingan sana:28.09.1990
  • Kuchga kirgan sana:28.09.1990
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 28—30

Jumhuriyat hududida joylashgan energetika va elektrlashtirish tarmoqlari korxonalari va tashkilotlarini boshqarishning samarali sistemasini barpo etish, ular strukturalarini takomillashtirish, bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida xalq xoʻjaligining elektr va issiqlik energiyasiga talabini qondirish maqsadida “Uzbekenergo”ishlab chiqarish birlashmasi va “Uzbekgidroenergostroy” davlat qurilish-montaj tresti hamda ularning mavjud struktura boʻlinmalari negizida Oʻzbekiston SSJ Energetika va elektrlashtirish vazirligi tashkil etilsin.

Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashi ushbu masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.

Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1990-yil 28-sentabr,

PF-57-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.