Bandlik sohasini takomillashtirish, bandlik organlarini ish beruvchilarning hamkoriga aylantirish, ish beruvchilarga toʻsiq boʻlayotgan javobgarlik choralarini bekor qilish, xalqaro standartlar asosida kadrlar tayyorlash, ularning malakasini mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida qaror qilaman:
I. Asosiy yoʻnalish va maqsadlar
1. Quyidagilar mehnat munosabatlari va kasbga oʻqitish tizimini takomillashtirishning asosiy yoʻnalish va maqsadlari etib belgilansin:
(a) xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi mehnatga oid munosabatlarning samarali, adolatli va oʻzaro manfaatli tizimini yaratish;
(b) kasbga oʻqitish bilan bir qatorda malaka oshirish tizimini, shu jumladan, xususiy sektor ishtirokida joriy qilish;
(v) ish beruvchilarning ehtiyojiga muvofiq ularni malakali kadrlar bilan taʼminlash tizimini joriy etish;
(g) inson resurslarini boshqarish va mehnat muhofazasi sohasini rivojlantirish.
II. Bandlik organlari va ish beruvchilar oʻrtasida hamkorlikni mustahkamlash
2. 2025-yil 1-sentabrdan boshlab ish beruvchilar uchun belgilangan quyidagi talablar bekor qilinsin:
(a) boʻsh ish oʻrinlariga bandlik organlari tomonidan yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik;
(b) boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi hisobotlarni majburiy taqdim etish.
3. 2025-yil 1-noyabrdan boshlab belgilansinki:
(a) xoʻjalik yurituvchi subyektlar faqat nogironligi boʻlgan shaxslar, oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar, Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning aʼzolari, muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim shaxslar, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining majburiy zaxiralarini shakllantiradi. Bunda majburiy zaxiralash:
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
(i) xodimlar umumiy sonining uch foizidan oshmasligi zarur;
(ii) xodimlari soni 100 nafardan ortiq boʻlgan tashkilotlarga nisbatan qoʻllanadi;
(b) budjet tashkilotlari va davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar faqat nogironligi boʻlgan shaxslar, oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar, Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning aʼzolari, muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim shaxslar, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan hamda odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun ish oʻrinlarining majburiy zaxiralarini shakllantiradi. Bunda majburiy zaxiralash:
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
(i) xodimlar umumiy sonining yetti foizidan oshmasligi zarur;
(ii) xodimlari soni 20 nafardan ortiq boʻlgan tashkilotlarga nisbatan tatbiq etiladi;
(v) bandlik organlari zaxiradagi ish oʻrinlariga yoʻllanmalarni tashkilotlarning roʻyxatdagi navbati boʻyicha beradi. Yoʻllanmalarni berishda nogironligi boʻlgan shaxslarning yashash manziliga yaqinligi va tashkilotlarda faoliyat koʻrsatayotgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan boʻlgan xodimlarning amaldagi soni inobatga olinadi;
(g) xodimlari soni 50 kishigacha boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ham mikrofirmalar toifasiga kiritilgan ish beruvchilar uchun Mehnat kodeksining 29-bobida belgilangan xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari tatbiq etiladi;
(d) ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarga toʻlanadi. Bunda:
(i) ishsizlik nafaqasi soʻnggi besh yilda kamida 18 oy ishlagan shaxslarga mehnat shartnomasi bekor qilingandan soʻng ular olti oy ichida murojaat qilganda, ularning oxirgi 18 oylik oʻrtacha ish haqi hisobidan 3 oy davomida toʻlanadi;
(ii) birinchi oyda oʻrtacha oylik ish haqining 75 foizi, lekin mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda, ikkinchi va uchinchi oylarda esa oʻrtacha oylik ish haqining 50 foizi, lekin mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda toʻlovlar amalga oshiriladi;
(iii) ishsizlik nafaqasini takroran belgilashda dastlabki tayinlangan nafaqani olish muddati tugagandan soʻng qoʻshimcha ravishda kamida 12 oylik ish staji talab etiladi;
(j) ishsizlik nafaqasini oluvchi shaxs bandlik organlari tomonidan yuborilgan yoki eʼlon qilingan boʻsh ish oʻrinlariga suhbatga bormagan yoki taklif etilgan maqbul ishdan bosh tortgan taqdirda, nafaqa toʻlovi keyingi oyning birinchi sanasidan toʻxtatiladi.
4. Mehnat munosabatlarini “bandlik organlari — ish beruvchilarning hamkori” tamoyili asosida tashkil etish maqsadida belgilansinki:
(a) 2026-yil 1-yanvarga qadar dastlab Toshkent shahrida hamda kelgusida respublikaning barcha hududlarida ish beruvchilarga amaliy bilim va koʻnikmalarga ega mutaxassislarni topib berishda bandlik organlari tomonidan koʻmaklashish tizimi joriy etiladi;
(b) “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida (keyingi oʻrinlarda — YAMMT):
(i) 2025-yil 1-sentabrdan boshlab xodimlari soni 50 nafargacha boʻlgan xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi va qurilish sohasida faoliyat koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga YAMMTda biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) orqali elektron mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishni rasmiylashtirishga ruxsat beriladi;
(ii) tashkilot tugatilganligi yoki faoliyat yuritmayotganligi sababli ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish imkoni boʻlmaganda, “Yagona milliy mehnat tizimi” direksiyasiga fuqaroning murojaatiga asosan mehnat munosabatlari haqiqatda tugaganligi toʻgʻrisidagi qaydlarni YAMMTga kiritish vakolati beriladi.
III. Mehnat huquqlarini himoya qilish samaradorligini oshirish
5. Belgilansinki:
(a) 2025-yil 1-sentabrdan boshlab:
(i) davlat mehnat inspektorlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar haqida vakolatli organni oldindan xabardor qilish tartibi bekor qilinadi;
(ii) “Xavfni tahlil etish” tizimining tahlil natijalariga asosan oʻtkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik subyektini xabardor qilish tartibi davlat mehnat inspektorlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlarga tatbiq etilmaydi;
(b) 2026-yil 1-yanvardan boshlab YAMMT orqali qayd etilgan mehnat qonunchiligi buzilishini ish beruvchi ishtirokisiz koʻrib chiqish va qonunbuzilishi holatlari boʻyicha elektron maʼmuriy qaror qabul qilish tizimi joriy etiladi.
IV. Kasbga oʻqitish va malaka oshirish tizimini takomillashtirish
6. Belgilansinki, 2026-yil 1-martga qadar:
(a) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tashkil etiladigan kasb-hunarga oʻqitish bosqichma-bosqich uch bosqichli (videodarsliklar, kasbga oʻqitish va malaka oshirish) tizimga oʻtkaziladi;
(b) kasb-hunarga oʻqitish nazariy va amaliy tarzda amalga oshiriladi. Bunda nazariy bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilar (test imtihonlari yakunlari bilan) amaliy oʻquv bosqichiga oʻtkaziladi.
7. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov):
(a) 2026-yil 1-fevralga qadar oʻquv dasturlarining nazariy qismi asosida videodarsliklar tayyorlanishi va bepul foydalanish uchun internet tarmogʻiga joylashtirilishini taʼminlasin;
(b) oʻquv va imtihon jarayonini nazorat qilish tizimini va ish beruvchilarga tinglovchilarning imtihondan oʻtish jarayonini onlayn kuzatish imkoniyatini yaratsin;
(v) videodarsliklar, qisqa metrajli videoroliklar yaratish hamda oʻquv va imtihon jarayonlarini onlayn kuzatib borish tizimini joriy etishda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlaridan foydalansin.
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
(a) 2025-yil 1-noyabrdan boshlab malakasini oshirish va kasbga qayta tayyorlanish istagidagi shaxslarga qoʻshimcha taʼlim olish uchun “kasb vaucheri” berish tartibi joriy etiladi;
(b) “kasb vaucheri” ssuda sifatida beriladi. Shaxs oʻqishni tugatib sertifikat olgach, ishga joylashganidan soʻng olingan ssudani ikki yil davomida Jamgʻarmaga (nogironligi boʻlgan shaxslar va Ijtimoiy reyestrdagi oilalar aʼzolari bundan mustasno) qaytaradi;
(8-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
(v) nogironligi boʻlgan shaxslarga, shuningdek, muddati uch oydan ortiq davom etadigan kurslarda taʼlim olayotgan Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning aʼzolariga va yashash manzilidan boshqa hududga qatnab taʼlim olayotgan shaxslarga kasb-hunar kurslarida taʼlim olish davrida Jamgʻarma hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravari miqdorida stipendiya toʻlanadi. Bunda ishsizlik nafaqasi toʻlanishi davrida oʻquvchilarga stipendiya tayinlanmaydi.
(8-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
9. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
(a) ikki oy muddatda har bir hududning ixtisoslashuvi va imkoniyatlaridan kelib chiqib, kamida bittadan kasbiy koʻnikmalar markazini muayyan kasbni oʻrgatishga ixtisoslashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini aniq muddatlar va amalga oshirish mexanizmlarini nazarda tutgan holda tasdiqlasin. Bunda:
(i) ixtisoslashgan kasbiy koʻnikmalar markazlari (keyingi oʻrinlarda — markazlar) tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda va yirik ish beruvchilarni kadrlar tayyorlash jarayoniga jalb qilgan holda tashkil etiladi;
(ii) markazlarda mutaxassislar chuqurlashtirilgan holda tayyorlanadi, mahorat darslari oʻtkaziladi, kasblar boʻyicha malaka oshiriladi;
(iii) markazlarni tashkil etish va moliyalashtirish xususiy sektor, Jamgʻarma, xalqaro tashkilotlarning grant va qarz mablagʻlari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
(b) 2026-yil 1-iyulga qadar xususiy sektor bilan birgalikda xalqaro miqyosda tan olingan malakani baholash markazlarini tashkil etsin. Bunda dastlabki bosqichda:
(i) inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish hamda mehnatni muhofaza qilish yoʻnalishlarida kasbiy standartlar va malakani baholash vositalarini ishlab chiqsin;
(ii) Olmazor tumani kasbiy koʻnikmalar markazi binosining bir qismida Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻyicha mutaxassislar tayyorlash markazini tashkil etsin;
(iii) Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻyicha mutaxassislar tayyorlash markazida tegishli mutaxassislik boʻyicha oʻrta muddatli oʻquv kurslarini yoʻlga qoʻysin.
V. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
10. Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni ragʻbatlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
12. Mazkur Farmon ijrosini taʼminlash uchun masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov belgilansin.
13. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 4-avgust,
PF-126-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-son Farmoniga1-ILOVA
Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni ragʻbatlantirish boʻyicha
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-son Farmoniga2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoniga 2-ilovaning 198-pozitsiyasi “Amalga oshirish mexanizmlari” ustunining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “raqamli energonazorat” tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi PF-77-son Farmoniga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabining
TARKIBI
Lavozimi boʻyicha—Bosh prokuror oʻrinbosari, Respublika shtabi rahbariJ. Mirzamahmudov—energetika vaziri, Respublika shtabi rahbari oʻrinbosariS. Mirzayev—Hisob palatasi raisining oʻrinbosariJ. Abruyev—Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining oʻrinbosariN. Saydullayev—Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosariL. Kudratov—investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriSh. Xidoyatov—qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziriA. Rahmatullayev—ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosariB. Mamatkarimov—energetika vazirining birinchi oʻrinbosariSh. Daliyev—oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosariLavozimi boʻyicha—Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosariM. Mirzayev—Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosariSh. Alirizayev—Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi oʻrinbosariX. Mustafayev—iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosariF. Tashpulatov—sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosariT. Komilov—maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosariYu. Usmonov—madaniyat vaziri oʻrinbosariM. Ismailov—sport vaziri oʻrinbosariX. Sotiyev—favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosariX. Eshqoʻziyev—Oʻzenergoinspeksiya boshligʻiM. Egamberdiyev—Majburiy ijro byurosi direktoriA. Tashpulatov—Bosh prokuratura boshqarma boshligʻiA. Jumanazarov—Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriK. Kuranbayev—Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisiD. Vahobov—Savdo-sanoat palatasi raisiA. Askarov—“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchiM. Xodjayev—“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisiD. Isakulov—“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisiA. Isakov—“Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisiA. Agzamov—“UzGasTrade” AJ boshqaruvi raisiA. Sanginov—“Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisiB. Jurayev—“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisiB. Sidiqov—“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisiE. Yakubov—“Oʻzbekkoʻmir” AJ bosh direktori oʻrinbosari
Izoh: Respublika shtabi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-184-son Farmoniga 2-ilovaning 3-pozitsiyasi “Nazorat funksiyalari (tekshiruvlar)” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mehnat munosabatlarida qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-oktabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4502-son qarorida:
(a) 1-bandda:
(i) oʻninchi xatboshidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“ish beruvchilarga pullik xizmatlar koʻrsatish;
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining axborot resurslari bilan integratsiyalash;
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga mehnat va aholi bandligi sohalarida davlat boshqaruvi boʻyicha yuklatilgan funksiyalarni toʻla hajmda va tezkorlik bilan amalga oshirish”;
(b) 3-bandda:
(i) “v” va “g” kichik bandlardagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan toʻldirilsin:
“d) ish beruvchilar “YAMMT” IDAK orqali qoʻshimcha ravishda koʻrsatiladigan pullik xizmatlardan ixtiyoriy ravishda qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishlari mumkin”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-374-son qarori 3-bandi “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi “bundan Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi “Nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-390-son qarori 5-bandining “a” kichik bandida:
(a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Reyestr Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining rasmiy veb-saytida va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yuritiladi hamda har oy yakunida yangilab boriladi”;
(b) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar Reyestrga kirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yoki davlat xizmatlari markazlariga kelgan holda murojaat qiladi”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-401-son qaroriga 2-ilovaning 16-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-267-son qarorida:
(a) 2-bandda:
(i) “v” kichik bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) 2025-yil 1-oktabrdan boshlab tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida, 2026-yil 1-yanvardan boshlab respublikaning qolgan hududlarida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi kam taʼminlangan oilalarning vakillari hamda “Kambagʻal oilalar reyestri” axborot moduliga kiritilgan oilalarning vakillari boʻlgan jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni belgilangan miqdor doirasida xarid qilishda toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini bir ish kunida qaytarish”;
(ii) “g” kichik banddagi “2025-yil 1-oktabrdan” soʻzlari “2026-yil 1-fevraldan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(iii) “d” kichik banddagi “2026” raqami “2027” raqami bilan almashtirilsin;
(b) 3-banddagi “2025-yil 1-oktabrdan” soʻzlari “2026-yil 1-dekabrdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(v) 5-bandning “g” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “avgustga” soʻzi “dekabrga” soʻzi bilan almashtirilsin;
(g) 11-bandning “a” kichik bandida:
(i) uchinchi xatboshidagi “2025-yil 15-mayga” soʻzlari “2026-yil 1-iyulga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) toʻrtinchi xatboshidagi “2025-yil 15-dekabrga” soʻzlari “2026-yil 1-martga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(d) 1-ilovada:
(i) 12 — 22-pozitsiyalarning “Muddati” ustunidagi “iyuldan” soʻzi “oktabrdan” soʻzi bilan almashtirilsin;
(ii) 23 — 27-pozitsiyalarning “Muddati” ustunidagi “2025-yil 1-oktabrdan” soʻzlari “2026-yil 1-dekabrdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(iii) 28 — 30-pozitsiyalarning “Muddati” ustunidagi “2026” raqami “2027” raqami bilan almashtirilsin;
(j) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-267-son qaroriga2-ILOVA
“Ijtimoiy karta” axborot tizimi orqali ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish, imtiyoz huquqidan xabardor qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish va ularning taqdim etilishini monitoring qilish
T/rXizmatlarning nomlanishiMuddati1-bosqich. Loyihani Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida tajriba-sinov sifatida joriy etish doirasida1.Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari xaridi uchun vaucher taqdim etish2024-yil 1-dekabrdan2.“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi kam taʼminlangan oilalarning vakillari hamda “Kambagʻal oilalar reyestri” axborot moduliga kiritilgan oilalarning vakillari boʻlgan jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni belgilangan miqdor doirasida xarid qilishda toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarish2025-yil 1-oktabrdan3.Sogʻlomlashtirish uchun sihatgohlarga bepul yoʻllanma berish4.Bepul dori vositalari bilan taʼminlash2-bosqich. Loyihani Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida joriy etish doirasida5.Shahar yoʻlovchi transportining barcha turlaridan (taksidan tashqari) bepul foydalanish2026-yil 1-yanvardan6.Yashash joyi boʻyicha maʼmuriy tuman doirasidagi qishloq joylarda umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida (taksi bundan mustasno), shuningdek, shahar atrofida qatnovchi temir yoʻl transportida va shahar atrofi yoʻnalishlaridagi avtobuslarda bepul yurish2026-yil 1-apreldan7.Yashash joyidan davolanish, dispanser, ambulator yoki klinik kuzatuv joyigacha transportda bepul (taksidan tashqari) borish va kelish8.Respublikaning boshqa hududlarida joylashgan tibbiyot tashkilotlarida tibbiyot xizmatidan foydalanganda ikki tomonga borish-kelish xarajatlarini toʻlash9.Temir yoʻl transportida yilda bir marta bepul yurish (borish va kelishga), temir yoʻl qatnovi mavjud boʻlmagan tumanlarda havo, suv yoki shaharlararo avtomobil transportida chiptalarni birinchi navbatda sotib olish huquqi bilan yurish10.Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari xaridi uchun vaucher taqdim etish11.Sogʻlomlashtirish uchun sihatgohlarga bepul yoʻllanma berish12.Bepul dori vositalari bilan taʼminlash13.Imkoniyati cheklangan yoshlarni “Imkon taʼlim” granti doirasida axborot texnologiyalari sohasida grant asosida bepul oʻqitish14.Zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish15.Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj oilalar farzandlarini hamda rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar toʻlovi imtiyozlari16.Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan ozod qilish huquqi2026-yil 1-iyuldan17.Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod qilish huquqi18.Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashdan ozod qilish huquqi19.Bolaligidan nogironligi boʻlgan shaxs hisoblangan doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki onani doimiy parvarish zarurligi sababli jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashdan ozod qilish huquqi20.Shaxsning mulkidagi oltmish kvadrat metr doirasidagi mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq soliq solishdan ozod qilinganligi huquqi21.Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlash boʻyicha imtiyoz huquqi22.Soliqni qatʼiy belgilangan miqdorlarda toʻlovchi soliq toʻlovchilar uchun faoliyat turi va uni amalga oshirish joyidan qatʼi nazar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashga imtiyoz huquqi23.Davlat ijtimoiy obyektlarida (teatrlar, muzeylar, kutubxonalar, sport va fitnes majmualari, hayvonot bogʻlari, sirklar, kinoteatrlar, sanatoriy-kurort zonalari, istirohat bogʻlari, botanika bogʻlari), konsert-tomosha va boshqa tadbirlarda xizmatlardan bepul yoki imtiyozli foydalanish2027-yil 1-yanvardan3-bosqich. Koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar roʻyxatini kengaytirish24.Doimiy yashash joyigacha yoʻl haqi xarajatlarini qoplash2027 — 2030-yillar25.Uyda ijtimoiy-maishiy xizmatlar koʻrsatish26.Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni ixtisoslashtirilgan muassasalarda koʻrsatish27.Taʼlim xizmatlarini koʻrsatish (malaka oshirish, qayta tayyorlash, yangi kasblarga oʻrgatish, tayyorlov kurslari va hokazo)28.Oliy yoki oʻrta maxsus professional taʼlim olish uchun kontrakt toʻlovining bir qismini qoplash29.Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni saqlash va tarbiyalash uchun xizmatlarni sotib olish30.Alohida toifadagi aholi (nogironligi boʻlgan shaxslar, pensiya yoshidagi shaxslar va boshqalar) uchun sport mashgʻulotlari bilan shugʻullanish xizmatlarini sotib olish31.Alohida taʼlimga ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari xizmatlarini sotib olish32.Sogʻligʻi tufayli internatga joylashtirish imkoni boʻlmagan alohida taʼlimga ehtiyojlari boʻlgan bolalarni uyda oʻqitish xizmatlarini sotib olish33.Davlat oliy taʼlim muassasalariga kvotali oʻrinlarga grant asosida kirishda imtiyoz berish34.Tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan shaxslarga mikroqarz olish uchun imtiyoz berish35.Tadbirkorlik subyektlarining xotin-qizlar doimiy bandligini taʼminlash maqsadida “Ayollar daftari”ga kiritilgan va kredit olishdan voz kechgan ayollarni ishga joylashtirishga qaratilgan loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli bank kreditini olish huquqi36.Tomorqadan va dehqon xoʻjaligidan daromad manbai sifatida foydalanish uchun imtiyozli kredit olish huquqi”;
(z) 3-ilovada:
(i) 6-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2024-yil oktabr” soʻzlari “2025-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) 7-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2024-yil noyabr” va “2025-yil iyun” soʻzlari “2026-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(iii) 14-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14.Ayrim tovarlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplash mexanizmini takomillashtirish.1. Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida tajriba-sinov tariqasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi kam taʼminlangan oilalarning vakillari hamda “Kambagʻal oilalar reyestri” axborot moduliga kiritilgan oilalarning vakillari boʻlgan jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni belgilangan miqdor doirasida xarid qilishda toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarish tizimini yoʻlga qoʻyish hamda tegishli hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2025-yil oktabr — dekabrIqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi2. Tajriba-sinov natijalaridan kelib chiqib qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarish tizimini respublikaning boshqa hududlarida joriy etish va zaruratga koʻra Hukumat qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.2026-yil 1-yanvardan boshlab”;
(iv) 17-18-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
(v) 20-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2025-yil aprel” soʻzlari “2026-yil yanvar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(vi) 21-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2025” raqami “2026” raqami bilan almashtirilsin;
(vii) 22-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “iyun” soʻzi “oktabr” soʻzi bilan almashtirilsin;
(viii) 23-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2025-yil avgust” va “2025-yil iyun” soʻzlari tegishlicha “2025-yil dekabr” va “2026-yil yanvar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ix) 25-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25.Ijtimoiy himoya davlat dasturlari doirasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga kompleks bank xizmatlarini koʻrsatish va bunday dasturlarni moliyalashtirishning innovatsion mexanizmlarini joriy etish vazifalarini hisobga olgan holda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda ijtimoiy rivojlanish tijorat bankini tashkil etish.1. Vazifalar majmuasini aniqlash va moliyaviy tashkilot yaratishning maqsadga muvofiqligini ishlab chiqish, shu jumladan, mablagʻlarni shakllantirish hamda ulardan foydalanish manbalari va tartibini aniqlash.2025-yil fevralIjtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga xususiy, shu jumladan institutsional investorlarni jalb qilgan xolda ijtimoiy rivojlanish sohasida zamonaviy raqamli tijorat bankini tashkil etish boʻyicha takliflar kiritish.2026-yil iyun3. Moliyaviy tashkilotni yaratish boʻyicha tashkiliy-huquqiy masalalarni hal qilish.2026-yil dekabr”;
(x) 27-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2025” raqami “2026” raqami bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-oktabrdagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-347-son qarorida:
(a) 9-bandda:
(i) “b” kichik bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2025-yil 1-maydan boshlab xalqaro tan olingan taʼlim dasturlarining bosqichma-bosqich joriy etilishini”;
(ii) “v” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kasbiy koʻnikmalar markazlarini hamda Vazirlik tasarrufidagi boshqa binolarni (inshootlarni) yoki ularning bir qismini jihozlari bilan birga ularda kasb-hunar va xorijiy tillarga oʻqitish kurslarini hamda dual taʼlim tashkil qilish sharti bilan ish beruvchilarga va taʼlim tashkilotlariga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida 15 yilgacha muddatga ijaraga yoki tekin foydalanishga berish”;
(iii) quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g) kasbiy koʻnikmalar markazlarini hamda Vazirlik tasarrufidagi boshqa binolarni (inshootlarni) yoki ularning bir qismini ijara yoki tekin foydalanishga olgan ish beruvchilar va taʼlim tashkilotlariga Vazirlik bilan kelishgan holda bino-inshootlarni taʼmirlash (rekonstruksiya qilish) va boʻsh yer uchastkalarida qoʻshimcha bino-inshootlarni davlat xaridlari tartib-taomillarini qoʻllash majburiyatisiz qurish huquqi berilsin va obyektlar Vazirlik tomonidan qabul qilinsin. Bunda:
ijara yoki tekin foydalanishga olingan hamda qoʻshimcha qurilgan bino-inshootlarda taʼlim jarayoni bilan uygʻun faoliyat turlarini amalga oshirishga ruxsat beriladi;
ijara va tekin foydalanish shartnomasi muddati tugaganda investorlar tomonidan amalga oshirilgan qurilish-taʼmirlash xarajatlari ularga qaytarilmaydi”;
(b) 2-ilovada:
(i) quyidagi mazmundagi 59-1-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“59-1.Urganch shahri-Xorazm viloyati kasbiy koʻnikmalar mintaqaviy markazi”;
(ii) 63-pozitsiya chiqarib tashlansin;
(iii) izoh qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Kasbiy koʻnikmalar markazlari ijaraga yoki tekin foydalanishga berilganda Vazirlik mazkur markazlar faoliyatini tugatish vakolatiga ega”.
(v) 6-ilovaning 13-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
(g) 7-ilova quyidagi mazmundagi 5-band bilan toʻldirilsin:
“5. Vazirlik huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan saqlanadigan “Kambagʻallik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti”ning rahbar va xodimlariga mazkur ilovaning 1 va 2-bandlarida belgilangan shartlar tatbiq etiladi”.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-12-son qarorining 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining:
Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji negizida 2025-yil 1-dekabrga qadar xususiy investorni jalb qilgan holda kreativ sohalar klasterini tashkil qilishni boshlash;
2030-yilga qadar jami 10 million AQSH dollari miqdorida investitsiyalarni jalb qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Belgilansinki, kreativ sohalar klasteri doirasida:
brend-menejer, startap-menejer, raqamli marketolog, videograf-mobilograf, animatsiya va grafik dizayneri, landshaft, interyer va ishlab chiqarish dizayneri, modelyer-dizayner hamda IT kabi kreativ soha mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha xalqaro standartlarga muvofiq ekspress kurslar tashkil etiladi;
300 ta tadbirkorlik subyektining innovatsion va startap loyihalari amalga oshiriladi va 1,8 mingta yangi ish oʻrni yaratiladi;
kreativ tadbirkorlikni boshlash va klaster ishtirokchilariga barcha zarur xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha yaxlit ekotizim (oʻquv markazi, malakani baholash markazi, kovorking markazi, ofis maydonlari, koʻrgazma zali) yaratiladi;
Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji bino-inshootlari hamda yer uchastkalari xususiy investorga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida 15 yilga tekin foydalanish huquqi asosida beriladi;
xususiy investor tomonidan ushbu huquqdan garov taʼminoti sifatida foydalanishga ruxsat beriladi;
xususiy investorga Vazirlik bilan kelishgan holda bino-inshootlarni taʼmirlash (rekonstruksiya qilish) va boʻsh yer uchastkalarida qoʻshimcha binolarni davlat xaridlari tartib-taomillarini qoʻllash majburiyatisiz qurish huquqi beriladi va obyektlar Vazirlik tomonidan qabul qilinadi;
tekin foydalanish shartnomasi muddati tugaganda xususiy investor tomonidan amalga oshirilgan qurilish-taʼmirlash xarajatlari unga qaytarilmaydi;
tekin foydalanish shartnomasi Vazirlik tashabbusi bilan muddatidan avval bekor qilinganda, shartnomada kelishilgan shartlarda investor tomonidan kiritilgan investitsiyalar hamda ustama (boy berilgan foyda) Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan qoplab beriladi”.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini taʼminlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-64-son qarorida:
(a) 2-band quyidagi mazmundagi “j” kichik band bilan toʻldirilsin:
“j) Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasining vasiylik kengashi tomonidan belgilangan tartib asosida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi “Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ tomonidan mevali bogʻ va issiqxonalar barpo qilgan holda, kambagʻal oilalarga muayyan muddatga tekin foydalanishga topshirish.
Bunda tuman (shahar) hokimliklari zaxirasida boʻlgan yer uchastkalarini “Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ tomonidan oʻrnatilgan tartibda sotib olish xarajatlari Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi”;
(b) 7-band quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan toʻldirilsin:
“d) Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi hisobidan subsidiya sifatida tarqatish maqsadida 2024-yil yakuniga qadar xarid qilingan va qoldiqda mavjud boʻlgan asbob-uskuna va jihozlar Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasining vasiylik kengashi tomonidan belgilangan aholi toifalariga subsidiya shaklida tarqatib yuborilishiga ruxsat beriladi”.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-132-son qaroriga 2.1-ilovaning 18-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.