Qishloq xoʻjaligi sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, yetishtirilgan mahsulotlar boʻyicha dolzarb maʼlumotlarni shakllantirish, zamonaviy interaktiv xizmatlar, shuningdek, uchuvchisiz uchadigan apparatlar yordamida xizmatlar koʻrsatish koʻlamini kengaytirish orqali qishloq xoʻjaligi tashkilotlari faoliyatiga koʻmaklashish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar ushbu Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
(a) qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan 4 mln gektardan ortiq yer maydonlarida ekinlarni ekish va sugʻorish jarayonlarini raqamlashtirish;
(b) mahsulot yetishtirish jarayonlarini monitoring va prognoz qilishda inson omilini qisqartirish, maʼlumotlar aniqligini oshirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash;
(v) qishloq xoʻjaligi sohasida joriy etilgan 30 tadan ortiq axborot tizimlarini “yagona nuqta”ga birlashtirish orqali foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish hamda maʼlumotlarning oʻzaro muvofiqligi va ishonchliligini taʼminlash;
(g) 100 ga yaqin raqamli xizmat va servislar koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish, jumladan, robototexnika, uchuvchisiz uchadigan apparatlar (keyingi oʻrinlarda — dronlar) va boshqa “aqlli” qurilmalar yordamida xizmat koʻrsatish orqali qishloq xoʻjaligi tashkilotlari uchun qulay sharoit yaratish;
(d) sohada koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirishda qulayliklarni taʼminlash, imtiyozli kredit va pul mablagʻlari aylanmalari boʻyicha maʼlumotlarni onlayn taqdim etish;
(j) qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini raqamli texnologiyalar yordamida kafolatlash hamda axborot tizimlaridagi maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash.
II. Sohada raqamli texnologiyalardan foydalanish koʻlamini kengaytirish
2. Belgilansinki, qishloq xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan ekinlarni mustaqil joylashtirish va yetishtiriladigan mahsulotlar hisobini yuritish jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida:
(a) birinchi bosqichda — 2026-yil hosilidan boshlab fermer xoʻjaliklari, klasterlar va boshqa yuridik shaxs maqomidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar (keyingi oʻrinlarda — qishloq xoʻjaligi tashkilotlari) oʻzlariga tegishli yer uchastkalariga ekish rejalashtirilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasiga (keyingi oʻrinlarda — Agroportal) konturlar kesimida mustaqil joylashtirib boradi. Bunda:
(i) qishloq xoʻjaligi tashkilotlari oʻzlariga tegishli yer uchastkalariga ruxsat etilgan foydalanish turlariga asosan (asosiy, takroriy, toʻqsonbosti usulida) ekinlarni joylashtirishga oid maʼlumotlarni Agroportalga kiritib boradi;
(ii) Agroportalda belgilangan tartibda maʼlumotlari joylashtirilmagan ekinlarning sugʻorilishi suv resurslaridan ruxsat beruvchi hujjatlarsiz foydalanish deb baholanadi;
(iii) 2027-yil hosilidan boshlab ruxsat etilgan foydalanish turlariga asosan bir nechta turdagi ekinlarni ekish rejalashtirilgan taqdirda, Agroportalga yer uchastkasining 90 foiz qismiga belgilangan ekin turlarini joylashtirish boʻyicha maʼlumotlar, paxta va boshoqli donni yetishtirish rejalashtirilgan taqdirda — yer uchastkasining 45 foiz qismiga paxta, qolgan 45 foiz qismiga boshoqli don joylashtirishga oid maʼlumotlar kiritiladi. Bunda yer uchastkasining qolgan 10 foiz qismiga qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga istalgan ekinlarni ekishga ruxsat beriladi (2026-yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan ekin turlarini joylashtirish mustaqil ulushlarda amalga oshiriladi);
(2-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PF-181-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2025-y., 06/25/181/0919-son)
(iv) qishloq xoʻjaligi yerlarida ekiladigan ekinlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kelgusi yil hosili uchun har yili 1-avgustga (2025-yilda 1-oktabrga) qadar Agroportalga mustaqil joylashtirilmaganda, tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimlari 15 kunlik muddatda qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga ekinlarni joylashtirish boʻyicha maʼlumotlarni Agroportalga kiritishga koʻmaklashadi;
(v) qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga paxta va gʻalladan tashqari ekinlarni joylashtirish boʻyicha koʻrsatkichlarga har yili asosiy ekinda — 15-apreldan 1-maygacha, takroriy ekinda — 15-iyuldan 1-avgustgacha, toʻqsonbosti usulida — 15-avgustdan 1-sentabrgacha belgilangan suv hajmi boʻyicha limitlarni hisobga olgan holda oʻzgartirish kiritishga ruxsat beriladi;
(vi) ekinlarni joylashtirish boʻyicha shakllangan batafsil va geografik nuqtalarga bogʻlangan maʼlumotlar hududlarning qishloq xoʻjaligi geoportallarida onlayn rejimda aks ettirib boriladi;
(vii) Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi resurslari hisobidan tijorat banklari orqali imtiyozli kreditlarni ajratish jarayonlarida tuman (shahar) hokimliklari va tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimlari bilan kelishish hamda ulardan maʼlumotnoma olish talablari bekor qilinadi;
(b) ikkinchi bosqichda — 2027-yildan boshlab dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan yetishtiriladigan mahsulotlar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlar bazalarini Agroportalga integratsiya qilish orqali mahsulotlar, jumladan, kartoshka va meva-sabzavotlar hisobini yagona tizimda yuritish yoʻlga qoʻyiladi.
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
(a) Agroportalni qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar uchun sohada xizmat koʻrsatishning “yagona nuqtasi” sifatida eʼtirof etish. Bunda Agroportal orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ham koʻrsatiladi;
(b) Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJni qishloq xoʻjaligi sohasini raqamlashtirish yoʻnalishida axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona operator (keyingi oʻrinlarda — Yagona operator) etib belgilash.
4. Agroportalda quyidagi qoʻshimcha raqamli xizmat va servislar koʻrsatish imkoni yaratilsin:
(a) qishloq xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan ekin maydonlariga ekinlarni mustaqil joylashtirish;
(b) qishloq xoʻjaligi yerlari foydalanuvchilari tomonidan ekin maydonlarining asosiy foydalanish turini belgilash va ularga oʻzgartirish kiritish;
(v) agrotexnik tadbirlarni bajarish jarayonlari va ekinlarning rivojlanish bosqichlarini monitoring qilib borish;
(g) Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi resurslari hisobidan tijorat banklari orqali ajratiladigan imtiyozli kreditlar boʻyicha toʻlov xizmatlarini koʻrsatish;
(d) qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari va mahsulotlari oldi-sotdisi, ekinlarni parvarishlash hamda boshqa yoʻnalishlarda shartnomalar tuzish xizmatlarini yoʻlga qoʻyish;
(j) qishloq xoʻjaligi sohasida xususiy sektor tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlardan foydalanish imkonini yaratish.
5. Quyidagilar:
(a) Agroportal tarkibiga kiruvchi axborot tizimlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
(b) Agroportal orqali koʻrsatiladigan raqamli xizmat va servislar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tashkil etilsin va uning tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Belgilansinki, Respublika komissiyasi:
(a) ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosini barqaror saqlash, oziq-ovqat balansidagi importga bogʻlangan yoki yetishmovchilik xavfi mavjud boʻlgan mahsulotlarni yetishtirishni koʻpaytirish boʻyicha kollegial maslahat organi hisoblanadi;
(b) ruxsat etilgan foydalanish turlariga asosan yer uchastkalarida ekin joylashtirish ulushlariga (foizlar) hududlar ixtisosligidan kelib chiqib oʻzgartirish kiritadi.
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va qishloq xoʻjaligi tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
(a) Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda:
(i) har yili 1-oktabrga qadar kelgusi yil uchun oziq-ovqat balansining prognozi va Agroportalda shakllangan ekinlarni joylashtirish boʻyicha maʼlumotlarni tahlil qiladi;
(ii) tahlil natijalari asosida yetishmovchilik kuzatilishi xavfi boʻlgan alohida mahsulotlarni tanlab oladi va ularni yetishtirish hajmini koʻpaytirish maqsadida Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan tijorat banklari orqali ajratiladigan imtiyozli kreditlar miqdorini eʼlon qiladi;
(b) Respublika komissiyasi (J. Qoʻchqorov) Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining taklifiga asosan alohida tanlab olingan mahsulotlarni yetishtirishni ragʻbatlantirish maqsadida ularni yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar va subsidiyalarni joriy qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritadi.
9. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston fermerlari kengashining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ taʼsischiligida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida quyidagilarga ixtisoslashgan korxonani tashkil etish va uning faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish uchun tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikni oʻrnatish haqidagi takliflari maʼqullansin:
(a) qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga robototexnika, dron va boshqa qurilmalar yordamida xizmatlar koʻrsatish;
(b) xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda dronlar, ularning ehtiyot qismlari va boshqa “aqlli” qurilmalarni ishlab chiqarishni tashkil etish hamda taʼmirlash xizmatlarini koʻrsatish;
(v) oʻquv va malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
(g) iqlim oʻzgarishi, yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro va mahalliy loyihalarda ishtirok etish.
10. Belgilab qoʻyilsinki, qishloq xoʻjaligida raqamli xizmat va servis koʻrsatish koʻlamini kengaytirish maqsadida qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga:
(a) agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlarning mexanizatsiya yoʻnalishi hisobidan ham dron xizmatlaridan foydalanishga ruxsat beriladi;
(b) dron xizmatlaridan foydalanish uchun Agroportal orqali ariza berish, shartnomalarni tuzish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi;
(v) Agroportal orqali uchish balandligi 30 metrgacha boʻlgan dronlar yordamida koʻrsatiladigan xizmatlar vakolatli idoralar bilan kelishilgan hududlarda ularning yillik ruxsatnomalari asosida taqdim etiladi.
11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Agroportalda quyidagi xizmat turlarini joriy qilsin:
(a) 2025-yil 1-dekabrdan boshlab qishloq xoʻjaligi yerlarini ikkilamchi ijaraga berish yuzasidan:
(i) ikkilamchi ijaraga beriladigan yerlarni belgilash, ijara shartnomasini tuzish, davlat roʻyxatdan oʻtkazish va toʻlovlarni amalga oshirish;
(ii) ikkilamchi ijaraga beriladigan yerlarda mahsulot yetishtirishga kreditlar olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish;
(b) 2026-yil 1-martdan boshlab qonunchilikda belgilangan tartibda yer toifasini oʻzgartirish va nobudgarchilik hisobini yuritish boʻyicha:
(i) qishloq xoʻjaligi yerlari toifasini oʻzgartirish yuzasidan arizalar berish, ularning holatini onlayn kuzatib borish va natijalarini taqdim etish;
(ii) qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha belgilangan tartibda toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovini avtomatik hisoblash, toʻlovlarni amalga oshirish va undirilgan toʻlovlar hisobini yuritish.
III. Tashkiliy masalalar hamda Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
12. Belgilansinki:
(a) davlat organlari va boshqa tashkilotlarga Agroportal tarkibiga kiruvchi axborot tizimlari hamda u orqali koʻrsatiladigan raqamli xizmat va servislarni joriy qilish hamda kengaytirish uchun tender (tanlov) savdolari oʻtkazmasdan loyiha va texnik hujjatlarni tayyorlash, axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish boʻyicha Yagona operator bilan shartnomalar tuzish huquqi beriladi;
(b) Yagona operator hisobiga quyidagi ajratmalar yoʻnaltiriladi:
(i) Agroportal orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun toʻlanadigan davlat bojlari, yigʻimlar va barcha turdagi toʻlovlarning 11,25 foizi;
(ii) Agrobilling tizimi orqali xizmatlarni koʻrsatganlik uchun toʻlanadigan davlat bojlari va boshqa toʻlovlardan tushadigan mablagʻlarning 0,5 foizi.
13. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi:
(a) Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va tijorat banklari bilan birga 2026-yildan boshlab har yili mart — oktabr oylarida respublika boʻyicha paxta va gʻalla ekinlarini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish holatini kosmik suratlar va dron yordamida olingan maʼlumotlar asosida monitoring qilishni yoʻlga qoʻysin. Bunda surat va maʼlumotlarni tahlil qilish bilan bogʻliq xarajatlar Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
(b) kosmik suratlar va dron yordamida olingan maʼlumotlar asosida oʻtkazilgan tahlillar natijalarini Bosh prokuratura, Soliq qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda Kadastr agentligiga taqdim etib borsin. Bunda ushbu tahlillar asosida vakolatli organlar tomonidan undirilgan mablagʻlarning 10 foizi mazkur Agentlikka yoʻnaltirilsin.
14. Qishloq xoʻjaligi sohasida raqamli texnologiyalarni qoʻllashni yanada jadallashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 6-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
17. Bosh prokuratura qishloq xoʻjaligi tashkilotlari ekinlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Agroportalga mustaqil joylashtirishi, belgilangan tartibda maʼlumotlari joylashtirilmagan ekinlarni sugʻorish holatlari boʻyicha oshirilgan soliq stavkalari undirilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
18. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
(a) Kadastr agentligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga tegishli yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlarini belgilash tadbirlarini amalga oshirsin;
(b) Suv xoʻjaligi vazirligi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va Oʻzbekiston fermerlari kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda sohada joriy qilinayotgan raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish boʻyicha qishloq xoʻjaligi tashkilotlari xodimlari uchun oʻquv seminar-treninglar tashkil qilsin;
(v) Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan ekin maydonlariga suv yetkazish boʻyicha limitlarni belgilash, shartnoma tuzish, yetkazilgan suv hajmini kosmik surat asosida baholash va hisobvaraq-fakturalarni imzolash jarayonini raqamlashtirish boʻyicha Xorazm viloyati Yangiariq tumanida pilot loyihani amalga oshirish, natijalarini boshqa hududlarga joriy qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
(g) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Suv xoʻjaligi vazirligi:
(a) Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:
(i) qishloq va suv xoʻjaligi tizimidagi tegishli ilmiy-tadqiqot institutlarini jalb qilgan holda 2026-yil yakuniga qadar hududlar kesimida gidromodul rayon hududlari chegaralari va xaritalarini qayta koʻrib chiqib, ularni yangilasin hamda qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish tartibi va meʼyorlariga oʻzgartirishlarni kiritsin;
(ii) har yili Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi maʼlumotlaridan foydalangan holda bir xil sharoit va ekin turi boʻyicha suvdan samaraliroq foydalangan fermer xoʻjaliklarini aniqlab, ularning ijobiy tajribasini boshqa fermer xoʻjaliklariga ommalashtirish choralarini koʻrsin;
(b) Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan kelishilgan holda 2026-yil yakuniga qadar Suv xoʻjaligi vazirligiga raqamlashtirish uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida suv omborlariga (doimiy suv yigʻilmaydigan sel suv omborlari bundan mustasno) suv sathini oʻlchaydigan hisoblagichlarni oʻrnatsin, ularni Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining axborot tizimiga integratsiya qilsin.
20. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov, Agroportal va uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlari, sohadagi raqamli xizmat va servislarning oʻz vaqtida ishga tushirilishi va uzluksiz ishlashi uchun masʼul etib qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Q.A. Yuldashev belgilansin.
21. Ushbu Farmon ijrosini nazorat qilish, masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 12-avgust,
PF-130-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga1-ILOVA
Agroportal tarkibiga kiruvchi axborot tizimlari
T/rAxborot tizimlariMaqsadi1.AgroportalQishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar uchun sohada xizmat koʻrsatishning “yagona nuqtasi”ni belgilash.2.Geoaxborot tizimiQishloq xoʻjaligida yer resurslaridan samarali foydalanish va hisobini yuritish, qishloq xoʻjaligi ekinlari monitoringini amalga oshirish.3.“E-ijara” ATQishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ijaraga berish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va vakolatli tashkilotlar bilan kelishish.4.“Agrosubsidiya” AT Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga subsidiyalar berish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va vakolatli organlar bilan kelishish.5.“Qishloq xoʻjaligi texnikalari reyestri” ATQishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikalari yagona davlat reyestrini shakllantirish.6.“CropAgro” ATQishloq xoʻjaligi ekinlarini elektron joylashtirish, kelishish, maʼlumot va hisobotlarni shakllantirish.7.“Agroplatforma” ATPaxta, boshoqli don, meva-sabzavot yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish.8.“Reagro” ATPaxta-toʻqimachilik klasterlari boʻyicha avtomatlashtirilgan reytingni va qishloq xoʻjaligi kooperatsiyalari boʻyicha reyestrni yuritish.9.“AgroBI” ATQishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda ishonchli va yagona maʼlumotlarni shakllantirish.10.“Oziq-ovqat mahsulotlarini zaxiralash” ATQish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat zaxiralarini yaratish, zaxiraga olingan mahsulotlar hajmi boʻyicha maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish.11.“Oʻrmon E-ijara” AT*Oʻrmon fondi yerlarini ijaraga berish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish hamda vakolatli organlar bilan kelishish.12.“E-urugʻ” ATElektron tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish, monitoring va aprobatsiya tadbirlari uchun zarur axborotni yuritish, qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari bazasini shakllantirish.13.“AgroDocs” ATQishloq xoʻjaligi korxonalari oʻrtasida shartnoma tuzish, shartnomaviy munosabatlarni tartibga solishga koʻmaklashish.14.“Ombor kitobi” ATQishloq xoʻjaligi sohasida ustuvor vazifalarni belgilash va ijrosini nazorat qilish.15.“Hosil qabuli” ATAyrim turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari miqdor va sifat koʻrsatkichlari, yetkazib beruvchi va qabul qiluvchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish va statistik hisobotlarni yuritish.16.“Agromonitoring” ATQishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda agrotexnik tadbirlar monitoringini yuritish.17.“Agrotarozi” dasturiy taʼminotiPaxta va boshoqli don yetishtiruvchilarga elektron tarozilar orqali xizmat koʻrsatish.18.“Oʻzbekkosmos” agentligining “Space Agro Monitoring” subplatformasi Paxta va boshoqli don yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni maqsadli yoʻnaltirganlik holatini oʻrganish boʻyicha masofaviy monitoring yuritish orqali xizmat koʻrsatish.19.Paxta xomashyosi va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonlarida resurslarning maqsadli sarflanishini monitoring va xavflarni avtomatik tahlil qilish AT**Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonlarida resurslarning maqsadli sarflanishini monitoring qilish.20.“Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi” AT(ishlab chiqiladi)Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasini ixtiyoriy sugʻurta kompaniyasi bilan elektron rasmiylashtirish.Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi shartnomasi ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish va koʻrsatilayotgan sugʻurta xizmatlari ustidan nazorat qilish, sugʻurta mukofoti uchun budjet subsidiyasini olishga oid arizalarni koʻrib chiqish.
* “Oʻrmon E-ijara” axborot tizimini ishlab chiqish va texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash xarajatlari oʻrmon fondi yerlaridan doimiy foydalanuvchi oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlari va Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
** Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan axborot tizimi toʻliq ishga tushirilganidan soʻng, u Qishloq xoʻjaligi vazirligiga begʻaraz oʻtkazib beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga2-ILOVA
Agroportal orqali koʻrsatiladigan raqamli xizmat va servislar roʻyxati
T/rRaqamli xizmat nomiMasʼul vazirlik va idoraDavlat xizmatlari1.Davlat tomonidan qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash uchun ajratiladigan imtiyozli kredit, subsidiya va kompensatsiyalar olishga ariza berishQishloq xoʻjaligi vazirligi,tijorat banklari2.Ilgari hisobga olingan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlarini belgilash3.Paxta va toʻqimachilik klasterlarini tashkil etish uchun ariza berish4.Dron xizmatlarini koʻrsatish uchun ariza berish5.Bugʻdoy, paxta xomashyosi, meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, makkajoʻxori doni, dukkakli va moyli ekinlar, sholi ekinlarni yetishtirishni imtiyozli kreditlashQishloq xoʻjaligi vazirligi,Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi,tijorat banklari6.Davlat tomonidan dehqon va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash uchun ajratiladigan subsidiyalar va kompensatsiyalar olishga ariza berishKambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi7.Davlat tomonidan qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash uchun ajratiladigan subsidiyalar va kompensatsiyalar olishga ariza berishSuv xoʻjaligi vazirligi8.Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlashAgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi9.Urugʻlik paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash10.Donli ekinlar urugʻlarini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash11.Urugʻlar, dukkakli va moyli ekinlar hamda boshqa don ekinlarini qayta ishlashni sertifikatlash12.Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish13.Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish14.Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini hisobdan chiqarish15.Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish16.Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarini hisobga olish hamda traktorchi-mashinist guvohnomasini berish17.Veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish (laboratoriya-diagnostika ishlari va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha)Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,Bojxona qoʻmitasi18.Veterinariya davolash-profilaktika faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma19.Ixtisoslashtirilgan soʻyish korxonalari hamda hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni ishlab chiqarish, saqlash va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi subyekt faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasini berish20.Veterinariya sertifikati21.Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar eksporti, importi va tranziti uchun ruxsatnoma berish22.Temiryoʻl vagonlari, kemalar, samolyot va boshqa transport vositalari veterinariya-sanitariya ishlovidan oʻtkazilgani haqida maʼlumotnoma rasmiylashtirish23.Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash24.Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish25.Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish26.Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berishOʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi,Bojxona qoʻmitasi27.Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnoma berish28.Karantin ruxsatnomasini berish29.Fitosanitariya sertifikatini berish30.Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish va roʻyxatga olish31.Transport birligini ochish dalolatnomasi32.Eksport va import qilinayotgan karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya)33.Davlat tomonidan qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash uchun ajratiladigan subsidiyalar va kompensatsiyalar olishga ariza berishAgrosanoatni rivojlantirish agentligi34.Paxta xomashyosi, boshoqli don ekinlari va boshqa mahsulotlarni birja savdolariga chiqarish va sotish“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ35.Yerdan foydalanuvchilar tomonidan ularga paxta va boshoqli don yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadli yoʻnaltirilganligi yoki yoʻqligini (ekinlar imtiyozli kredit ajratilgan yerga muvofiq ekilganligi yoki ekilmaganligini) tasdiqlovchi xulosani berishKosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi36.Zaxira yerlaridan foydalanish holatini tasdiqlovchi xulosani berishXususiy sektor tomonidan koʻrsatiladigan raqamli xizmat va servislar1.Agroservis xizmatlariXususiy sektor vakillari*2.Brokerlik va savdo xizmatlari3.Buxgalteriya elektron hisob-kitob va auditorlik maslahat xizmatlari4.Agronomiya va konsalting xizmatlari5.Veterinariya xizmatlari6.Mexanizatsiya va texnika xizmatlari7.Sugʻorish va suv menejmenti xizmatlari8.Ombor va logistika xizmatlari9.Kimyoviy himoya vositalari va mineral oʻgʻitlarni sotish xizmatlari10.Urugʻlar va koʻchatlarni sotish xizmatlari11.Bank va lizing xizmatlari12.Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksportga yoʻnaltirish va ichki bozorga sotish 13.Laboratoriya xizmatlari14.Agrosugʻurtalash xizmatlari
Izohlar.
1. Raqamli xizmat va servislarning roʻyxati qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar hamda xususiy sektor vakillari bilan olib borilgan ish natijalariga koʻra kengaytiriladi.
2. Raqamli xizmat va servislar havola orqali Agroportalda joylashtiriladi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi va xizmat koʻrsatish uchun masʼul vazirlik va idoralar bilan tasdiqlanadigan reja-grafikka muvofiq bosqichma-bosqich integratsiya qilinadi.
* Xususiy sektor vakillari Qishloq xoʻjaligi vazirligiga ixtiyoriy ravishda murojaat qilgan holda Agroportal orqali oʻz xizmatlarini koʻrsatadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga3-ILOVA
Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasi
1.J.A. Qoʻchqorov—Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining — Respublika komissiyasi raisi2.Sh.M. Gʻaniyev—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari3.I.Yu. Abdurahmonov—qishloq xoʻjaligi vaziri — Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari4.T.A. Ishmetov—Markaziy bank raisi 5.B.S. Hamrayev—Milliy statistika qoʻmitasi raisi6.B.E. Zaxidov—kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri7.Sh.R. Xamrayev—suv xoʻjaligi vaziri8.Sh.X. Shermatov—raqamli texnologiyalar vaziri9.A.J. Vaxabov—Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi10.A.A. Xaitov—Oʻzbekiston fermerlari kengashi raisi11.M.M. Mirzayev—Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari 12.J.J. Xatamov—Bosh prokuror oʻrinbosari — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi13.D.A. Vahobov—Savdo-sanoat palatasi raisi14.N.N. Oblomurodov—Toshkent davlat agrar universiteti rektori15.Sh.E. Nomozov—Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori16.A.M. Qosimov—qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari — Respublika komissiyasi kotibi
Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga4-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi sohasida raqamli texnologiyalarni qoʻllashni yanada jadallashtirish boʻyicha
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2025-y., 06/25/177/0880-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-90-son Farmonida:
(a) 4-bandning uchinchi xatboshisidagi “rahbar oʻrinbosarlari va maslahatchilarini” soʻzlari “rahbar oʻrinbosarlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 2-ilovada:
(i) “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi” bloki “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ” bloki bilan almashtirilsin;
(ii) “Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti” bloki chiqarib tashlansin;
(v) 3-ilova “Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti” bloki bilan toʻldirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-205-son Farmonida:
(a) 5-bandning “d” kichik bandidagi “Agroplatforma” axborot tizimi” soʻzlari “Agroportal” soʻzi bilan almashtirilsin;
(b) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Agroplatforma” axborot tizimiga” soʻzlari “Agroportalga” soʻzi bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-36-son Farmonining 9-bandida:
(a) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
(b) uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “Paxta xom ashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qoʻllashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-7-son Farmonida:
(a) 1-bandning beshinchi xatboshisidagi “Agroplatforma” axborot tizimi” soʻzlari “Agroportal” soʻzi bilan almashtirilsin;
(b) 2-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “Agroplatforma” axborot tizimiga” soʻzlari “Agroportalga” soʻzi bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-16-son Farmonining 6-bandida:
(a) “d” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
(b) 16-ilovaning 9-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” PQ-2691-son qarori quyidagi mazmundagi 2-1-band bilan toʻldirilsin:
“2-1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmasi va tumanlar qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻining quyidagi vazifalari bajarilishini taʼminlashda shaxsiy masʼuliyati belgilansin:
oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohalarini modernizatsiya hamda diversifikatsiya qilish, barqaror rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini koʻpaytirish orqali sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiya jozibadorligini oshirish mexanizmlarini joriy qilish;
respublika aholisining suvga muttasil oshib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish, suv resurslarini tejash va ulardan samarali foydalanishni taʼminlash choralarini koʻrish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, sifat nazorati boʻyicha infratuzilmani rivojlantirish, qulay investitsiya muhitini yaratish, eksport hajmini koʻpaytirish, maqsadli xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori sifatli qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhiti va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish;
qishloq joylarni muvozanatli va barqaror rivojlantirishga koʻmaklashishni nazarda tutuvchi qishloq hududlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishni taʼminlash;
qishloq xoʻjaligi sohasida raqamli (smart) texnologiyalarni keng joriy etish, yangi ish oʻrinlari va xizmatlarni tashkil qilish choralarini koʻrish”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PQ-3703-son qaroriga 1-ilovadagi “Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi” bloki chiqarib tashlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4576-son qarorining 13-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi:
Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti xodimlarini jalb qilgan holda, joylarda sut sogʻuvchilarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etsin”.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4699-son qaroriga 5-ilovaning 9.1-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-oktabrdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5263-son qarorida:
(a) 12-bandda:
(i) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
(ii) uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
(iii) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Har yili yil yakuni boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reytingni shakllantirishda Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat organlari va tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish faoliyatini baholash mezonlari (keyingi oʻrinlarda — baholash mezonlari) inobatga olinsin”;
(b) 4-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-106-son qarorida:
(a) 1-bandda:
(i) ikkinchi xatboshidagi “yetishtirishga ixtisoslashgan” soʻzlari “yetishtiruvchi subyektlar joylashgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) uchinchi xatboshidagi “urugʻliklar yetishtirishga ixtisoslashgan hududlardagi” soʻzlari “urugʻliklar yetishtiruvchi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 7-bandda:
(i) birinchi xatboshidagi “hududlarni yuqori avlodli urugʻliklar yetishtirishga ixtisoslashtirish” soʻzlari “yuqori avlodli urugʻliklarni yetishtirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) “a” kichik bandda:
birinchi xatboshidagi “yerlarni” va “yetishtirishga ixtisoslashtirish” soʻzlari tegishlicha “yerlarda” va “yetishtirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari har yili “E-urugʻ” axborot tizimida urugʻliklar yetishtiruvchi subyektlar tanlanishini hamda qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar joylashtirilishini taʼminlasin”;
(iii) “v” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
(iv) “d” kichik banddagi “ixtisoslashgan hududlardagi” soʻzlari “tanlovdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(v) quyidagi mazmundagi 7-1-band bilan toʻldirilsin:
“7-1. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi har chorakda urugʻliklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari uchun berilgan raqamli QR kodli yorliqlar hamda ekinboplik xulosalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligiga kiritib borishni taʼminlasin”;
(g) 8-bandning birinchi xatboshisidagi “ixtisoslashtirilgan urugʻchilik xoʻjaliklari” soʻzlari “urugʻchilik” soʻzi bilan almashtirilsin;
(d) 11-banddan “urugʻchilikka ixtisoslashtirilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
(j) 5-ilovada:
(i) ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari yetishtiriladigan hududlardagi maydonlarning prognoz koʻrsatkichlari”;
(ii) “Jami ixtisoslashtiriladigan maydon, gektar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jami urugʻliklar yetishtiriladigan maydon, gektar”;
(iii) quyidagi mazmundagi izoh qism bilan toʻldirilsin:
“Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishgan holda jami urugʻliklar yetishtiriladigan maydon (gektar)larga hududlar kesimida oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi”.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-357-son qaroriga 2-ilovaning 28-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-yanvardagi “Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-23-son qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi “2023-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-113-son qaroriga 4-ilovaning 39-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustdagi “Qishloq xoʻjaligi sohasiga ilgʻor raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-257-son qarorida:
(a) 1-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) 2026-yil hosilidan boshlab qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tijorat banklarining Agroportal orqali elektron tarzda shakllantirilgan buyurtmanomalari asosida moliyalashtirish amalga oshiriladi. Bunda:
kredit shartnomalari boʻyicha hisob-kitoblarni Agroportali orqali real vaqt rejimida koʻrish imkoniyati yaratiladi;
toʻlov topshiriqnomalarini shakllantirish va tijorat banklari orqali ijrosini tashkil etish jarayonlari, sugʻurta polislari, buyurtmanomalar va dalolatnomalarni identifikatsiyalash hamda raqamlashtirish Agroportal orqali amalga oshiriladi;
mahsulot yetishtiruvchilarga Agroportaldagi shaxsiy kabinetlari orqali elektron xizmatlar koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi”;
(b) 1-ilovaning 8-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligi yerlari degradatsiyasiga qarshi kurashish, tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirishni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-71-son qarorining 5-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Belgilansinki, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, uning mintaqaviy filiallari va tarkibidagi “Tuproq tahlil markazi” davlat muassasasi tuproqqa oid tadqiqotlar, shu jumladan tuproqning sifatini baholash (bonitirovka), shoʻrlanish, eroziya xaritalari, agrokimyoviy va ekologik tahlillar oʻtkazish hamda ushbu yoʻnalishlardagi tematik tuproq xaritalarini tuzish boʻyicha Qishloq xoʻjaligi vazirligining Yagona yetkazib beruvchisi hisoblanadi”.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-fevraldagi “Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-44-son qaroriga 9-ilovaning 83-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-57-son qarorida:
(a) 7-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Belgilansinki, Kengash tavsiyasiga asosan Xolding kompaniya va ixtisoslashgan kompaniyalarga tovar (ish, xizmat)lar eksportini rivojlantirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida zamonaviy issiqxona, plantatsiyalar, agrologistika markazlari (agromajmualar) loyihalarini amalga oshirish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiquvchi va pudrat tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish hamda mahalliy va xalqaro yuridik, auditorlik kompaniyalari, investitsiya maslahatchilari hamda investitsiya banklari, ilgʻor xorijiy va mahalliy taʼlim muassasalari, yuqori malakali agronom, texnolog, marketolog, usta dehqonlarni jalb etish, shuningdek, axborotlashtirish qurilmalari, dasturiy taʼminot va laboratoriya jihozlarini xarid qilish huquqi beriladi”;
(b) 1-ilovada:
(i) 11, 13 va 16-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11.Mirzachoʻl tumani“Mirzachoʻl — Agro Star” MCHJMirzaobod, Koʻkdala, Sardoba, Yangibozor, Gurlan, Xovos, OqoltinTarvuz, qovun...13.Uzun tumani“Uzun — Agro Star” MCHJKitob, KattaqoʻrgʻonXurmo, anjir...16.Oltiariq tumani“Oltiariq — Agro Star” MCHJParkent, Buxoro, Ishtixon, OltinsoyUzum(rizamat, husayni, kelinbarmoq, qorakishmish)”;
(ii) quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatini rivojlantirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha kengashga Bosh vazir oʻrinbosari — Iqtisodiyot va moliya vaziri bilan kelishilgan holda ushbu roʻyxatdagi ixtisoslashgan kompaniyalarning bazaviy (joylashgan), qamrab olinadigan tumanlari va ixtisoslashuv yoʻnalishlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati beriladi”.
19. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xoʻjaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 794-son qarorida:
(a) 1-band quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qishloq xoʻjaligi sohasida tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida raqamlashgan shartnomaviy munosabatlarini rivojlantirishga koʻmaklashish, bunda yagona elektron hujjat aylanish tizimini joriy etish”;
(b) 3-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Markaz qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish yoʻnalishida malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni ishga yollash va ularga munosib haq toʻlash uchun mehnatga haq toʻlash miqdorlarini oʻz daromadlaridan kelib chiqib, mustaqil belgilaydi”;
(v) 7-bandda:
(i) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Raqamli qishloq xoʻjaligi” axborot tizimidagi barcha raqamli xizmat va servislardan foydalanish istagini bildirgan paxta va gʻallachilikka ixtisoslashgan qishloq xoʻjaligi tashkilotlari uchun yillik toʻlov Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan Raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi”;
(ii) beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 130-son qarorida:
(a) 2-ilovaning 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Qarz oluvchi kredit olish uchun uning asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan tijorat bankiga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Agroportali orqali ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) fermer xoʻjaliklari va Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklari hamda yer uchastkasiga egalik huquqi boʻlgan gʻallachilik klasterlari tomonidan:
yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi yoki koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida davlat reyestridan koʻchirma);
boshoqli don ekinini joylashtirish toʻgʻrisidagi elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma;
b) fermer xoʻjaliklari bilan fyuchers shartnomasi asosida faoliyat yuritadigan gʻallachilik klasterlari va kooperatsiyalari tomonidan:
fyuchers shartnomasi tuzilgan fermer xoʻjaliklarining tasdiqlangan roʻyxati;
boshoqli don ekinini joylashtirish toʻgʻrisidagi elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma”;
(b) 3-ilovaning 7-bandida:
(i) birinchi xatboshidagi “Agroplatforma” AT” soʻzlari “Agroportal” soʻzi bilan almashtirilsin;
(ii) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sabzavot ekinlarini joylashtirish toʻgʻrisidagi elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma”;
(iii) toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
21. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi “Qishloq xoʻjaligi sohasiga ilgʻor raqamli texnologiyalarni joriy qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 330-son qaroriga 1-ilova 6-bandining “d” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
22. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash hamda ularni realizatsiya qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 680-son qaroriga 1-ilovada:
(a) 11-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar, urugʻchilik xoʻjaliklari hamda yer uchastkasiga egalik huquqi boʻlgan paxta-toʻqimachilik klasterlari:
yer uchastkasiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjat (yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi);
gʻoʻza ekinini joylashtirish toʻgʻrisidagi elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma”;
(b) 12-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
23. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-fevraldagi “Aholiga dehqon xoʻjaligini tashkil etish uchun ijara huquqi asosida ajratilayotgan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 62-son qarorining 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, jumladan, kichik xoʻjalik va aholi tomorqasida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini elektron savdo “UzexAgro” platformasida sotishni yoʻlga qoʻysin. Bunda:
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi dehqon, fermer va boshqa qishloq xoʻjaligi subyektlarida, shuningdek, mahsulotni sotib oluvchi, qayta ishlovchi va eksportga chiqaruvchi hamda xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarda “UzexAgro” platformasidan foydalanish boʻyicha tushuntirish va targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar bilan mahsulotni sotib oluvchi, qayta ishlovchi va eksportga chiqaruvchi agregatorlar oʻrtasida onlayn shartnoma tuzish, tomonlarning majburiyatlarini belgilash hamda mahsulotlar sotuvini yoʻlga qoʻyish;
tegishli elektron platformalarni integratsiya qilish orqali elektron maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, jumladan “Online mahalla” elektron platformasida hokim yordamchilariga dehqon xoʻjaligini tashkil etish uchun ijaraga berilgan yer maydonlarida yetishtirilgan mahsulotlarni sotish boʻyicha takliflar kiritish imkoniyatini yaratish choralarini koʻrsin”.
24. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi “Respublikada moyli ekinlar yetishtirishni rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 438-son qarori 2-bandi “g” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “Agroplatforma” axborot tizimi” soʻzlari “Agroportali” soʻzi bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-maydagi “Gʻallani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-262-son qarorining 9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi “Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yoʻqotishlarini qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 574-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-oktabrdagi “2022-2023-yillarning qish-bahor mavsumida aholi va ijtimoiy soha muassasalarining asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 587-son qarorining 3-bandi.