PQ-282-son Qaror · 15.09.2025

Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-282
  • Qabul qilingan sana:15.09.2025
  • Kuchga kirgan sana:17.12.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/25/282/0828

Mamlakatimizda moliyaviy hisob tizimiga xalqaro standartlarni keng joriy qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-16-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:

1. Moliyaviy hisobotlarni tuzishda aniqlik va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha koʻrilgan choralar natijasida yirik korxonalarning moliyaviy hisobotlari Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (International Financial Reporting Standards (IFRS), keyingi oʻrinlarda — MHXS) asosida tuzishga oʻtilgani, moliyaviy hisobning milliy tizimini xalqaro talablarga uygʻunlashtirishga erishilgani, kadrlar salohiyatini oshirish boʻyicha tizimli choralar koʻrilayotgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Iqtisodiyot va moliya vazirligining moliyaviy hisob tizimiga xalqaro talab va standartlarni joriy etishga qaratilgan islohotlarni davom ettirishning navbatdagi bosqichi sifatida jamiyat va iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ularning moliyaviy hisobotlari, auditi va boshqaruviga alohida talablar belgilanadigan Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar (Public interest entities — PIE) huquqiy maqomini joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

3. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

(a) mamlakatimizda MHXSni sifatli joriy qilish, tadbirkorlik subyektlariga mazkur jarayonda uslubiy koʻmak koʻrsatish boʻyicha davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

(b) milliy qonunchilik hujjatlarini MHXSga moslashtirish boʻyicha manfaatdor vazirlik va idoralarning hamkorligini taʼminlash va zarur huquqiy mexanizmlarni shakllantirish;

(v) xalqaro taʼlim standartlari asosida MHXS boʻyicha kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va ularni amaliyotga jalb etishning tizimli choralarini belgilash;

(g) moliyaviy hisobot sifatini oshirish, uning xalqaro darajada tan olinishini taʼminlash va mamlakat investitsiyaviy jozibadorligini kuchaytirish.

4. Respublika komissiyasi (J. Qoʻchqorov) mazkur qaror talablaridan kelib chiqib oʻn kun muddatda:

(a) mamlakatimiz moliyaviy hisob tizimiga xalqaro talab va standartlarni joriy etishni yanada kengaytirish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarning vazifalarini belgilab bersin;

(b) Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar toifasiga kiruvchi tadbirkorlik subyektlari bilan tizimli ishlash boʻyicha aniq rejalarni ishlab chiqsin va amalga oshirish choralarini koʻrsin.

5. Belgilab qoʻyilsinki:

(a) faoliyat turi va (yoki) aktivlari miqdori tufayli yuqori ijtimoiy va iqtisodiy taʼsirga, shuningdek, keng doiradagi manfaatdor tomonlarga ega boʻlish kabi mezonlarga javob beradigan tadbirkorlik subyektlari Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar toifasiga kiritiladi. Bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar toifasiga kiritish mezonlarini belgilab beradi;

(b) belgilangan mezonlarga javob beradigan tadbirkorlik subyektlari har yili 1-iyulga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan, Markaziy bank nazorati ostidagi tashkilotlar esa Markaziy bank tarafidan Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) kiritiladi;

(v) 2026-yil 1-yanvardan boshlab Reyestr Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan elektron shaklda yuritiladi va har yili 1-iyulga qadar Hukumat portali yagona platformasi hamda Ochiq maʼlumotlar portaliga joylashtiriladi;

(g) Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar Reyestrga kiritilgan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan boshlab MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi hamda navbatdagi (ikkinchi) yil yakuniga koʻra moliyaviy hisobotlarni tuzish va ularni auditorlik xulosalari bilan birga eʼlon qilishni MHXSga muvofiq amalga oshiradi, qonunchilik hujjatlarida MHXSga oʻtishning ertaroq muddatlari nazarda tutilgan yuridik shaxslar bundan mustasno;

(d) 2026 — 2028-yillar davomida buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasidagi tegishli fan boʻyicha imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolarning dastlabki roʻyxatdan oʻtish va imtihon topshirish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan qoplab beriladi.

6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

(a) hisobot yilida ixtiyoriy ravishda MHXSga oʻtishga qaror qilgan yuridik shaxslar keyingi hisobot yilining 1-martiga qadar soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organlariga MHXSga oʻtish sanasini koʻrsatgan holda tegishli xabarnoma yuboradi;

(b) MHXS talabi asosida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni shakllantirayotgan yuridik shaxslar MHXSga muvofiq oʻzining alohida moliyaviy hisobotini ham tuzadi.

7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Markaziy bank, Soliq qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan birgalikda:

(a) MHXSni birinchi marta qoʻllayotgan tadbirkorlik subyektlariga uslubiy yordam koʻrsatishni, oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida bu borada zarur axborot muntazam joylashtirib borilishini taʼminlasin;

(b) Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlarda audit qoʻmitasini tashkil etish boʻyicha uslubiy koʻmak berib borsin.

8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:

(a) uch oy muddatda:

(i) Reyestrni shakllantirish va yuritish tartibini;

(ii) Markaziy bank bilan birgalikda Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar toifasiga kiritish mezonlarini, shuningdek, ularning moliyaviy hisobotlari va auditiga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;

(b) Reyestrning sifatli yuritilishini va unga zarur oʻzgartirishlar oʻz vaqtida kiritib borilishini taʼminlasin. Bunda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan MHXS asosida hisob yurituvchi davlat ishtirokidagi tashkilotlar roʻyxati Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etib boriladi.

9. Moliyaviy hisob tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:

(a) 2025-yil 31-dekabrga qadar:

(i) “Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini;

(ii) buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasidagi fanlar boʻyicha imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolarning dastlabki roʻyxatdan oʻtish va imtihon topshirish xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplash boʻyicha vaqtinchalik tartib loyihasini;

(b) 2026-yil 1-martga qadar:

(i) Buxgalteriya hisobi milliy standartlarini Kichik va oʻrta biznes uchun MHXSga uygʻunlashtirgan holda Moliyaviy hisobotning milliy standartlarini joriy etish boʻyicha takliflarni;

(ii) Oʻzbekistonda auditorlik faoliyatini 2026 — 2030-yillarda rivojlantirish konsepsiyasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

11. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4611-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

14. Belgilansinki, mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

15. Qaror ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J. A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 15-sentabr,

PQ-282-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-sentabrdagi PQ-282-son qaroriga1-ILOVA

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilish boʻyicha

J.A. Qoʻchqorov—Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Respublika komissiyasi raisiA.Ya. Xaydarov—iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari, Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosariK.A. Sharipov—oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziriN.Q. Xolmurodov—investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosariM.Sh. Istamov—adliya vaziri oʻrinbosariA.A. Turdaliyev—Markaziy bank raisi oʻrinbosariO.A. Pekos—raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosariM.M. Mirzayev—Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosariV.Yu. Pak—Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori oʻrinbosariA.J. Ortiqov—Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktoriJ.O. Urunov—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosariD.A. Vahobov—Savdo-sanoat palatasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi raisiB.Q. Abdinazarov —“UzAssets” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisiM.M. Tulaxodjayeva —Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi raisiD.A. Sultanova —Oʻzbekiston buxgalterlar federatsiyasi boshqaruvi ijrochi direktoriM.M. Perper —Oʻzbekiston sertifikatlangan moliya mutaxassislari uyushmasi raisiO.Sh. Sultanov—Xalqaro buxgalteriya autsorsing tashkilotlari uyushmasi boshqaruvi raisiO.O. Barakayev—Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqarma boshligʻi, Respublika komissiyasi masʼul kotibi

Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-sentabrdagi PQ-282-son qaroriga2-ILOVA

Moliyaviy hisob tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish boʻyicha

T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiAmalga oshirish shakliBajarish muddatiMasʼullarI. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtishni muvofiqlashtirish va ushbu jarayonda tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash hamda uslubiy jihatdan taʼminlash1.Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (keyingi oʻrinlarda — MHXS) oʻtish jarayonini muvofiqlashtirish.1. MHXSni joriy qilish boʻyicha masʼul vazirlik va idoralarning vazifalarini aniq belgilab berish.Tashkiliy chora-tadbirlar2025-yil sentabrMoliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilish boʻyicha respublika komissiyasi(keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi),Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Markaziy bank,Soliq qoʻmitasi,Istiqbolli loyihalar milliy agentligi,Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,“UzAssets” AJ2. Tadbirkorlik subyektlarining MHXSga oʻtish jarayonini toʻliq qamrab oladigan va ularning faoliyat turidan kelib chiqib, MHXSni qoʻllash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.Tashkiliy chora-tadbirlar2025-yil sentabr3. Tadbirkorlik subyektlarini MHXSni joriy qilish boʻyicha tashkiliy va uslubiy jihatdan taʼminlab borish.Amaliy chora-tadbirlarHar chorak2.MHXSga oʻtish jarayonini muvofiqlashtirishda tadbirkorlik subyektlariga qulayliklar yaratish.1. MHXS birinchi marta qoʻllanganda tadbirkorlik subyektiga MHXS asosidagi dastlabki moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotda oldingi mos davrning eng kamida bitta sanasiga nisbatan qiyosiy axborotni oshkor etishiga ruxsat etish.Tashkiliy chora-tadbirlar2025-yil sentabrRespublika komissiyasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Soliq qoʻmitasi2. Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar toifasiga kiritilmagan tashkilotlarga moliyaviy hisobotlarini Moliyaviy hisobotning milliy standartlari (keyingi oʻrinlarda — MHMS) asosida tuzishi hamda soliq organlariga taqdim etishida uslubiy yordam koʻrsatish.Tashkiliy chora-tadbirlar2025-yil sentabrIqtisodiyot va moliya vazirligi,Soliq qoʻmitasi3.Moliyaviy (buxgalteriya) hisob tizimini avtomatlashtirish va Yagona hisobotlar tizimiga integratsiyalash.1. Buxgalteriya hisobini yuritish jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatlarini oʻrganish, bu borada milliy va xalqaro amaliyotga mos keladigan dasturiy mahsulotlarni tahlil qilish.Tashkiliy chora-tadbirlar2025-yil oktabrIqtisodiyot va moliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi2. ERP (Enterprise resourse planning) va buxgalteriya dasturiy taʼminotlarida MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot shakllarini avtomatik ravishda toʻldirish mexanizmlarini joriy etish.Tashkiliy chora-tadbirlar2025-yil noyabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Soliq qoʻmitasi3. MHXS asosida moliyaviy hisobotni hamda uning sifatini nazorat qilish uchun dasturiy taʼminot ishlab chiqish va uni Yagona hisobotlar tizimiga integratsiyalash orqali joriy qilish.Tashkiliy chora-tadbirlar2025-yil noyabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Soliq qoʻmitasi,Markaziy bank4.MHXSni joriy qilishda raqamli texnologiyalarni keng tatbiq etish imkoniyatlarini oʻrganish va malakali mutaxassislarni tayyorlash.1. MHXSni raqamlashtirishga qaratilgan dasturiy mahsulotlarni joriy qilish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.Tashkiliy chora-tadbirlar2025-yil noyabrRespublika komissiyasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi2. Buxgalter, auditor va moliya mutaxassislari uchun raqamli bilimlar (ERP, AI, Big Data) boʻyicha malaka oshirish dasturlarini joriy qilish.Tashkiliy chora-tadbirlar2025-yil noyabrOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi3. Oliy taʼlim muassasalari va tegishli jamoat birlashmalari bilan hamkorlikda maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish.Tashkiliy chora-tadbirlar2025-yil noyabr5.Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar reyestrini shakllantirish hamda ularda zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy qilish.1. Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar toifasi mezonlariga javob beradigan tashkilotlar roʻyxatini shakllantirish va unga zarur oʻzgartirishlarni kiritib borish.Tashkiliy chora-tadbirlarHar chorakIqtisodiyot va moliya vazirligi,Markaziy bank,Soliq qoʻmitasi2. Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlarda audit qoʻmitasini tashkil etish boʻyicha uslubiy koʻmak berish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil dekabrDavlat aktivlarini boshqarish agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi6.MHXSni amaliyotga joriy qilishni uslubiy jihatdan taʼminlash.1. Buxgalteriya hisobi va audit sohasi boʻyicha malakali mutaxassis va amaliyotchilar, xorijiy va mahalliy ekspertlardan iborat metodologik kengash tashkil etish va uning asosiy faoliyat yoʻnalishlarini belgilash.Tashkiliy chora-tadbirlar2025-yil oktabrRespublika komissiyasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2. Metodologik kengash tomonidan MHXS va auditga doir masala va muammolarni muhokama qilish hamda ushbu masalalar yuzasidan tegishli xulosalarni rasmiy veb-saytlarda eʼlon qilib borish.Tashkiliy chora-tadbirlarHar chorakIqtisodiyot va moliya vazirligi,Markaziy bank,Soliq qoʻmitasi,Istiqbolli loyihalar milliy agentligi,Davlat aktivlarini boshqarish agentligi7.MHXSni joriy etish jarayonida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida yuzaga keladigan muammolarni sohalar va tarmoqlar kesimida oʻrganish va hal etish hamda ularni uslubiy taʼminlash.1. Metodologik kengash tomonidan moliya, sanoat, transport, qishloq xoʻjaligi va boshqa soha va tarmoqlarda MHXSni joriy qilish boʻyicha muammolarni oʻrganish, aniqlangan muammolarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil mayRespublika komissiyasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Soha va tarmoqlar kesimida MHXS asosida hisob yuritish va moliyaviy hisobot tayyorlash boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish.Tashkiliy chora-tadbirlarHar chorakIqtisodiyot va moliya vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar3. Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi MHMSni ishlab chiqish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil avgustIqtisodiyot va moliya vazirligi,Adliya vazirligi4. Fermer xoʻjaliklari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi MHMSni ishlab chiqish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil sentabrIqtisodiyot va moliya vazirligi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi8.Moliyaviy hisobotning milliy standartlarini 2027-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich joriy etish.1. Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini (keyingi oʻrinlarda — BHMS) xalqaro talab va standartlarga asosan qayta koʻrib chiqish hamda ularni unifikatsiya qilish orqali Kichik va oʻrta biznes uchun MHXSga uygʻunlashgan Moliyaviy hisobotning milliy standartlari loyihalarini ishlab chiqish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil davomidaRespublika komissiyasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Adliya vazirligi2. MHMS loyihalarini mutaxassislar, ilmiy xodimlar va ekspertlar hamjamiyati bilan muhokama qilish va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil davomidaIqtisodiyot va moliya vazirligi,Adliya vazirligi9.MHXS va MHMS boʻyicha, jumladan, moliyaviy hisobotlarga doir normativ-huquqiy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish.1. MHXSga muvofiq standartlashtirilgan, jumladan, konsolidatsiyalashgan hisobotlar uchun moliyaviy hisobot shakllarini va MHXSga moslashtirilgan namunaviy hisobvaraqlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil yanvarIqtisodiyot va moliya vazirligi,“UzAssets” AJ2. Daromadlar va xarajatlar tarkibi toʻgʻrisidagi MHMSni ishlab chiqish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil dekabrIqtisodiyot va moliya vazirligi3. MHMSning BHMSdan farqlari va afzalliklari bayon etilgan sharhli qoʻllanma ishlab chiqish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil noyabrIqtisodiyot va moliya vazirligi10.MHXS va MHMSga muvofiq qimmatli qogʻozlar emitentlari tomonidan Korporativ axborot yagona portalida moliyaviy hisobotlarni eʼlon qilish jarayonini takomillashtirish.1. Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil iyulIstiqbolli loyihalar milliy agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2. Korporativ axborot yagona portalida eʼlon qilinadigan moliyaviy hisobotlarning soddalashtirilgan shaklini tasdiqlash va texnik imkoniyatini yaratish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil avgustIstiqbolli loyihalar milliy agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi3. Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlarning auditorlik tekshiruvidan oʻtgan yillik moliyaviy hisobotining toʻliq toʻplamini Korporativ axborot yagona portaliga joylashtirish va eʼlon qilish.Amaliy chora-tadbirlarHar yil yakuniga koʻraIstiqbolli loyihalar milliy agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi11.Sugʻurta tashkilotlari MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritishi va moliyaviy hisobotlarni tayyorlashga oʻtishi boʻyicha choralar koʻrish.1. Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar)ning sugʻurta zaxiralarini shakllantirish va toʻlov qobiliyatini aniqlash metodikasini “Solvency II” meʼyorlariga muvofiqlashtirish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil dekabrIstiqbolli loyihalar milliy agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2. Soliq va boshqa tegishli qonunchilik hujjatlarini sugʻurta tashkilotlari uchun qoʻllanadigan MHXSga muvofiqlashtirish maqsadida qayta koʻrib chiqqan holda oʻzgartirish yuzasidan takliflar kiritish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil dekabrIstiqbolli loyihalar milliy agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Soliq qoʻmitasiII. MHXSni joriy qilishda soliq munosabatlarini tartibga solish12.Tadbirkorlik subyektlarini MHXSni joriy qilishda soliq munosabatlari boʻyicha huquqiy va uslubiy jihatdan taʼminlash.Tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida MHXS asosida foyda soligʻini hisoblash boʻyicha soʻrov oʻtkazish va ularga mazkur masalada uslubiy yordam koʻrsatish.Amaliy chora-tadbirlar2025-yil dekabrSoliq qoʻmitasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi13.Buxgalteriya hisobi va soliq hisobi oʻrtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish hamda tadbirkorlik subyektlarini huquqiy va uslubiy jihatdan taʼminlash.1. Soliq hamda buxgalteriya hisobi oʻrtasidagi farqlarni hisob-kitoblar va tushuntirishlar, moliyaviy hisobotga izohlarda oshkor etishni takomillashtirish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil fevralSoliq qoʻmitasi2. Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda soliq qonunchiligiga daromadlar, xarajatlar, aktivlar va majburiyatlarni soliq hisobi maqsadlarida tan olish prinsiplari va tartiblarini belgilovchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil dekabrIqtisodiyot va moliya vazirligi,Soliq qoʻmitasi14.MHXSni joriy qiluvchi tashkilotlar uchun zarur sharoitlar yaratish.1. Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti orqali MHXS boʻyicha hisobot topshirishning texnik reglamentini ishlab chiqish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil avgustSoliq qoʻmitasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi2. Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabinetida MHXSga oʻtuvchilardan xabarnomani qabul qilish va ularning hisobotlarini eʼlon qilish imkoniyatini yaratish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil sentabrSoliq qoʻmitasiIII. Qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish15.Moliyaviy hisob tizimiga doir qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish.1. Moliyaviy hisob tizimiga doir amaldagi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish va ilgʻor xalqaro tajriba asosida takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.Tashkiliy chora-tadbirlar2025-yil noyabrRespublika komissiyasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Markaziy bank,Istiqbolli loyihalar milliy agentligi,Adliya vazirligi,Davlat aktivlarini boshqarish agentligi2. Yangi tahrirdagi “Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi2025-yil dekabr16.MHXSni joriy qilishga doir qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish va muvofiqlashtirish.1. MHXSni joriy qilishga doir qonunchilik hujjatlarini inventarizatsiya qilish va roʻyxatini shakllantirish.Tashkiliy chora-tadbirlar2025-yil noyabrRespublika komissiyasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2. Mazkur roʻyxatdagi hujjatlarda keltirilgan normalarning ushbu qaror talablariga muvofiqligini taʼminlash.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil fevralIqtisodiyot va moliya vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar17.“Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar” tushunchasi va toifasidan kelib chiqib, qonunchilik hujjatlarini muvofiqlashtirish.“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi2026-yil fevralIqtisodiyot va moliya vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralarIV. Moliyaviy hisob tizimini zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish hamda malakali kadrlar bilan taʼminlash18.Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar tomonidan “MHXSning barqarorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etish standartlari”ni (IFRS Sustainability Disclosure Standards) 2027-yil 1-yanvardan boshlab joriy qilish.1. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari fondi bilan bitim tuzish.Tashkiliy chora-tadbirlarKelishuvga muvofiqIqtisodiyot va moliya vazirligi2. “MHXSning barqarorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etish standartlari”ni tan olish tartibi va joriy etish toʻgʻrisidagi nizomni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil iyulIqtisodiyot va moliya vazirligi3. “MHXSning barqarorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etish standartlari” matnini davlat tiliga tarjima qilish hamda MHXS fondi yillik xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplab berish.Amaliy chora-tadbirlarHar yiliIqtisodiyot va moliya vazirligi4. Barqaror rivojlanish va ESG (Environmental, Social, Governance) hisobotini tayyorlash qoidalari va ularni joriy etish boʻyicha tadbirlar dasturini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2025-yil dekabr“UzAssets” AJ,Iqtisodiyot va moliya vazirligi5. “MHXSning barqarorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilish standartlari”ni qoʻllash boʻyicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil dekabrIqtisodiyot va moliya vazirligi,“UzAssets” AJ19.“Yashil buxgalteriya” (Green accounting) amaliyotini joriy qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.1. Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlarning ekologik xarajatlarini aniqlash, hisobga olish va hisobot berish usullarini belgilashni nazarda tutuvchi “yashil buxgalteriya” (Green accounting) amaliyotini joriy qilish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil iyulIqtisodiyot va moliya vazirligi,Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi2. Davlat ishtiroki mavjud yirik korxonalarda barqaror rivojlanish sohasidagi maʼlumotlarni oshkor qilish va ESG hisobot standartlarini joriy etish uchun masʼul boʻlinmalar tashkil etish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar tayyorlash.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil sentabrRespublika komissiyasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,“UzAssets” AJ20.Tadbirkorlik subyektlarini MHXS boʻyicha xalqaro sertifikatga ega malakali kadrlar bilan taʼminlash.MHXS boʻyicha buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida MHXS (“MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot”, “Audit va ishonch bildirish xizmatlari”, “Xalqaro moliyaviy hisobot boʻyicha diplom (ACCA DipIFR)” fanlari va boshqalar) imtihon xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan qoplab berish.Amaliy chora-tadbirlar2026 — 2028-yillar davomidaIqtisodiyot va moliya vazirligi21.Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda milliy sertifikatlash tizimini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.1. Buxgalterlar va auditorlarni milliy sertifikatlashtirishdan oʻtkazishning amaldagi tartibining ushbu sohadagi xalqaro standartlar va talablarga muvofiqligini tanqidiy tahlil qilish.Tashkiliy chora-tadbirlar2025-yil noyabrIqtisodiyot va moliya vazirligi2. Taʼlimning xalqaro standartlariga (International Education Standards — IES) muvofiq darajali va modulli yondashuvga asoslangan xalqaro ilgʻor amaliyotdan kelib chiqib, kasbiy sertifikatlashtirish tizimini joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil iyunIqtisodiyot va moliya vazirligi, buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari3. Auditorlar malakasini oshirish dasturlarini qayta koʻrib chiqib, Taʼlimning xalqaro standartlariga muvofiqlashtirish.Tashkiliy chora-tadbirlar2025-yil dekabrIqtisodiyot va moliya vazirligi, buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari22.Davlat taʼlim standartlari va talablarini xalqaro amaliyotga muvofiqlashtirish.1. Oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim uchun moliya mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim standartlari, shuningdek, moliyaviy mutaxassisliklar boʻyicha qayta tayyorlash va malaka oshirish davlat taʼlim talablarini ishlab chiqish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil sentabrga qadar2. Oliy taʼlimning bakalavr va magistratura bosqichining “Buxgalteriya hisobi va audit” taʼlim yoʻnalishlari mavjud taʼlim muassasalarida xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq oʻquv dasturlarini tasdiqlash.Amaliy chora-tadbirlar2026/2027 oʻquv yilidan boshlabOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi3. “Moliyaviy hisobotning milliy standartlari”, “Professional buxgalterlarning xalqaro odob-axloq kodeksi” va “Sud-buxgalteriya ekspertizasi” fanlarini oʻrganishni nazarda tutuvchi yangilangan oʻquv dasturlarini taʼlim jarayoniga joriy etish.Amaliy chora-tadbirlar2026/2027 oʻquv yilidan boshlab23.Buxgalteriya hisobi va audit sohalaridagi ilmiy yangiliklarni amaliyotga tatbiq qilish.1. Sohaga doir xalqaro tan olingan ilmiy yangiliklarni oʻrganish va amaliyotga joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.Tashkiliy chora-tadbirlarHar yili2. Ilmiy yangiliklar asosida tegishli qonunchilik hujjatlari, standartlar, qoidalar va reglamentlarni qayta koʻrib chiqish, zaruratga qarab ularga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish.Amaliy chora-tadbirlarHar yiliOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi24.Respublika hududida buxgalterlar va auditorlar uchun Xalqaro odob-axloq kodeksini toʻliq joriy etish.1. Buxgalterlar va auditorlar uchun oʻquv dasturlari va imtihon modullarini xalqaro taʼlim standartlari va Professional buxgalterlarning xalqaro odob-axloq kodeksiga (keyingi oʻrinlarda — Odob axloq kodeksi, Code of Ethics for Professional Accountants) muvofiq tashkil etish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil yanvardan boshlab2. Buxgalterlar va auditorlar uchun Odob-axloq kodeksining asosiy prinsiplariga amal qilish boʻyicha uslubiy koʻrsatma tayyorlash.Amaliy chora-tadbirlar2025-yil dekabrIqtisodiyot va moliya vazirligi3. Respublikaning barcha hududlarida buxgalterlar va auditorlar uchun Odob-axloq kodeksini oʻqitish orqali ularning mustaqilligi, axloqiy normalar va talablar toʻgʻrisida xabardorligini oshirish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil yanvarV. MHXSga oʻtishni monitoring qilish tizimini takomillashtirish25.MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotlarning elektron bazasini shakllantirish va moliyaviy hisobotlar taqdim etiladigan davlat organlarining elektron tizimlarini integratsiya qilish.1. MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotlarning Yagona hisobotlar tizimida elektron bazasini shakllantirish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil oktabrSoliq qoʻmitasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2. Axborot tizimlarini integratsiya qilish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil dekabr3. Yillik moliyaviy hisobotlar va auditorlik xulosalarni tahlil qilib borish.Amaliy chora-tadbirlarHar yil yakuniga koʻra26.Doimiy ravishda yangilanib turadigan umumiy foydalanishdagi elektron resurslarni ishlab chiqish va yuritish.“Professional buxgalterlar reyestri”, “Auditorlar reyestri”, “Auditorlik tashkilotlarining reyestri”, “Soliq maslahatchilari reyestri”, “Ichki auditorlar reyestri” elektron resurslarini ishlab chiqish va yuritish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil iyulIqtisodiyot va moliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi27.MHXS va auditning xalqaro standartlarini joriy etishga masʼul boʻlgan vazirlik va idoralar xodimlarining malakasini oshirish va yuqori malakali xodimlar bilan taʼminlash.Xalqaro auditorlik tashkiloti aʼzosi boʻlgan auditorlik tashkilotlarining respublika hududidagi oʻquv muassasalarida vazirlik va idoralarning mutaxassis va xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish.Tashkiliy chora-tadbirlarHar yiliIqtisodiyot va moliya vazirligi,Markaziy bank,Soliq qoʻmitasi,Istiqbolli loyihalar milliy agentligi28.Davlat ishtirokidagi korxonalarning MHXSga oʻtishini nazorat qilish tizimini takomillashtirish.1. MHXSga oʻtishi belgilangan davlat ishtirokidagi korxonalar roʻyxatini shakllantirish va ushbu roʻyxatni rasmiy veb-saytlarda joylashtirish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil yanvardan boshlabDavlat aktivlarini boshqarish agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2. Davlat ishtirokidagi korxonalarda yillik rejalashtirish (budjetlashtirish) tamoyillarini MHXSga muvofiqlashtirish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil dekabrDavlat aktivlarini boshqarish agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,“UzAssets” AJ3. MHXSga oʻtishi belgilangan davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi yigʻilishida ijro organi MHXSga oʻtish holati toʻgʻrisida hisobot berishini taʼminlash.Tashkiliy chora-tadbirlarYil yakunlari boʻyichaDavlat aktivlarini boshqarish agentligi,“UzAssets” AJ29.Auditorlik faoliyatini tartibga solishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish.1. Sohaga oid xalqaro professional tashkilot va idoralar bilan hamkorlik oʻrnatish va tajriba almashish.Amaliy chora-tadbirlarKelishuvga muvofiqRespublika komissiyasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2. Mustaqil audit regulatorlarining xalqaro forumi tashkilotiga (International Forum of Independent Audit Regulators — IFIAR) aʼzo boʻlish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Tashkiliy chora-tadbirlarKelishuvga muvofiqIqtisodiyot va moliya vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi3. Tashkilotga aʼzolikning yillik badalini toʻlash xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplash.Tashkiliy chora-tadbirlarHar yiliIqtisodiyot va moliya vazirligi30.Auditorlik faoliyati va ichki audit tadbirlarini oʻtkazishni takomillashtirish.1. Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlarda auditorlik tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha talablarni belgilash.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil martRespublika komissiyasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2. Auditorlik malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonini oʻtkazish tartibini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil martIqtisodiyot va moliya vazirligi3. Ichki audit faoliyatini takomillashtirish, xalqaro standartlarga mos samarali ichki audit tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil aprel“UzAssets” AJ,Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-sentabrdagi PQ-282-son qaroriga3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4611-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. 1-band va 3-bandning beshinchi xatboshisi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;

2. 7-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“tajriba-sinov oliy taʼlim muassasalarida buxgalteriya hisobi va audit boʻyicha fanlar faqat xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot” yoki “AXS boʻyicha audit” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi toʻgʻrisida hujjatga yoxud Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)”, “Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ASSA)”, “Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (SRA)” va “Xalqaro moliyaviy hisobot boʻyicha diplom (DipIFR)” sertifikatlardan (keyingi oʻrinlarda — xalqaro buxgalter sertifikati) biriga ega boʻlgan oʻqituvchilar tomonidan oʻqitiladi”;

3. 1-ilovadan 4, 5, 7 va 17-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.