PQ-295-son Qaror · 04.10.2025

Hududlarda sanoatni jadal rivojlantirish va sanoat korxonalarini eksportga jalb qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-295
  • Qabul qilingan sana:04.10.2025
  • Kuchga kirgan sana:09.10.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/25/295/0911

Hududlarda sanoatni jadal rivojlantirish, xomashyoni chuqur qayta ishlash, raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va sanoat korxonalarining eksport salohiyatini yanada oshirish, shuningdek, mahalliy korxonalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan sanoat siyosatini amalga oshirish maqsadida qaror qilaman:

I. Asosiy maqsadlar

1. 2025-2026-yillarda hududlarda sanoatni rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:

(a) respublika sanoatida hududiy sanoatning ulushini 45 foizga yetkazish;

(b) Sanoatni jadal rivojlantirish boʻyicha loyiha ofislari tomonidan ularga biriktirilgan tumanlarda ilgari oʻz mahsulotini eksport qilmagan jami 100 ta korxonani eksport faoliyatiga jalb qilish va eksportchi korxonaga aylantirish;

(v) hududiy sanoat shtablari tomonidan har bir tuman va shaharda qoʻshimcha zaxiralarni aniqlash va yoʻnaltirish orqali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni qoʻshimcha 5 foizga oshirish;

(g) hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalarini amalga oshirish orqali sanoatda texnologik mahsulotlar ulushini 25 foizga yetkazish va 3,5 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish;

(d) har bir tuman va shaharlarda 5 tagacha sanoat “oʻsish nuqtasi”ni rivojlantirish;

(j) “respublika — viloyat — tuman” tamoyili asosida sanoat korxonalarining respublika darajasidagi tizimli muammolarini tezkorlik bilan hal etib borish.

2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan hududiy sanoat shtablari bilan birgalikda ishlab chiqilgan:

(a) 2025-2026-yillarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha hududlar kesimida erishiladigan oʻsish surʼatlarining maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;

(b) 2025-2026-yillarda tuman va shaharlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻnalishida amalga oshiriladigan 316 ta loyiha boʻyicha mikrodastur yigʻma koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;

(v) 2025-2026-yillarda amalga oshiriladigan 34 ta yuqori texnologiyali yangi sanoat loyihalarning manzilli roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda:

(a) mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq 2026-yil uchun maqsadli koʻrsatkichlarini shahar va tumanlar kesimida tasdiqlasin va uning ijrosini nazorat qilsin;

(b) mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq mikrodastur yigʻma koʻrsatkichlari asosida loyihalarning manzilli roʻyxatini tasdiqlasin va uning ijrosini nazorat qilsin.

II. Davlat tomonidan sanoat korxonalarini qoʻllab-quvvatlash

4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-yanvardan boshlab 2028-yil 1-yanvarga qadar:

(a) ishchilarining oʻrtacha ish haqi miqdori har oyda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam boʻlmagan mazkur qarorning 4-ilovasiga muvofiq mahalliy sanoat korxonalarining ishchilarni tashish va ovqatlantirish bilan bogʻliq xarajatlaridan har bir ishchi xodim uchun bir oyda bir bazaviy hisoblash miqdorigacha boʻlgan qismi ijtimoiy soliq bazasidan chiqarib tashlanadi;

(b) oʻz ehtiyoji uchun gips xomashyosini qazib chiqaruvchi va undan tayyor qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga gips olish uchun belgilangan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qoʻllanadi.

5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining sement ishlab chiqaruvchi barcha korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan sementning kamida 50 foizini birja savdolari orqali realizatsiya qilish talabini 25 foizga pasaytirish boʻyicha taklifiga rozilik berilsin.

6. Tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestriga kiritilgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan mahalliy tovar deb eʼtirof etilsin.

7. 2025-yil 1-noyabrdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasidan belgilangan tartibda qoplab beriladigan yoʻnalishlardagi xarajatlarni Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining tejab qolinadigan mablagʻlari quyidagi xarajatlarni qoplab berishga yoʻnaltiriladi:

(a) tanlov asosida har yili 4 ta hududning ixtisoslashuvi boʻyicha sanoatni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishga xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizini, biroq bir hudud boʻyicha 250 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdordagi qismini;

(b) xususiy sanoat korxonalarida energiya tejamkorlik boʻyicha oʻtkazilgan energiya auditi xarajatlarining 50 foizini, biroq bir korxona uchun 100 mln soʻmdan oshmagan miqdordagi qismini;

(v) zamonaviy boshqaruv mexanizmlari, jumladan, zaxiralarni toʻgʻri baholash va samaradorlikni oshirish metodologiyalarini joriy etish boʻyicha oʻquv-amaliy kurslarni tashkil etish xarajatlarining 100 foizini, biroq bir korxona uchun 20 mln soʻmdan oshmagan miqdordagi qismini.

III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining moliya, iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari hamda tuman va shahar hokimlariga:

(a) mazkur qarorda belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish, mikrodasturga kiritilgan hamda yuqori texnologiyali yangi loyihalarni oʻz vaqtida amalga oshirish va ishga tushirish;

(b) mazkur topshiriqlarning hududiy sanoat shtablari tomonidan sifatli ijro etilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatish, har oyda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga axborot kiritib borish boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.

9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (X. Mustafoyev) qaror ijrosi belgilangan tartibda monitoring qilib borilishini taʼminlasin. Bunda:

(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror ijrosini har yili 15-fevralga qadar monitoringdan oʻtkazsin hamda monitoring natijalarini Hisob palatasi va Adliya vazirligiga kiritib borsin;

(b) Hisob palatasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning 1-bandida keltirilgan maqsadlarga erishilganligini nazorat qilsin hamda har yili 25-fevralga qadar Prezident Administratsiyasiga axborot kiritib borsin;

(v) “Ijro.gov.uz” tizimida qaror ijrosini nazoratdan yechishda mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan maqsadlarga erishilganligi inobatga olinsin.

10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

(a) mazkur qarorning 4-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan tartib yuzasidan Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini;

(b) Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish va mablagʻlaridan foydalanish tartibini takomillashtirish yuzasidan takliflarni;

(v) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni.

11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 4-oktabr,

PQ-295-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PQ-295-son qaroriga1-ILOVA

2025-2026-yillarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha hududlar kesimida erishiladigan oʻsish surʼatlarining

foizdaT/rHududlar nomi2025-yil2026-yil1.Qoraqalpogʻiston Respublikasi103,6105,02.Andijon viloyati107,2106,03.Buxoro viloyati107,5106,54.Jizzax viloyati110,5107,55.Qashqadaryo viloyati107,0106,26.Navoiy viloyati109,4106,07.Namangan viloyati109,1107,58.Samarqand viloyati107,0106,59.Sirdaryo viloyati106,0106,210.Surxondaryo viloyati107,0107,511.Toshkent viloyati106,5107,212.Fargʻona viloyati106,2106,513.Xorazm viloyati107,5106,714.Toshkent shahri106,3106,5

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PQ-295-son qaroriga2-ILOVA

2025-2026-yillarda tuman va shaharlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻnalishida amalga oshiriladigan 316 ta loyiha boʻyicha mikrodastur

T/rHududlar nomi Loyihalar soniLoyiha qiymati,mlrd soʻmIsh oʻrni,birlikdaYillik ishlab chiqarish imkoniyati,mlrd soʻmJAMI3166 80113 8373 3211.Qoraqalpogʻiston Respublikasi194807012402.Andijon viloyati243731 5062713.Buxoro viloyati13114275584.Jizzax viloyati227358852695.Qashqadaryo viloyati22264757936.Navoiy viloyati14158345397.Namangan viloyati163066981648.Samarqand viloyati257059353859.Surxondaryo viloyati231465004710.Sirdaryo viloyati1560789318711.Toshkent viloyati399572 16645612.Fargʻona viloyati531 2942 70165413.Xorazm viloyati1325447518014.Toshkent shahri184081 000279

Izoh. Ushbu mikrodastur yigʻma koʻrsatkichlariga hududiy sanoat shtablarining taklifiga asosan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PQ-295-son qaroriga3-ILOVA

2025-2026-yillarda amalga oshiriladigan 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalarining

T/rLoyihaning nomiLoyiha tashabbuskoriLoyiha quvvatiQiymati,ming dollarshu jumladan:Ish oʻrniIshga tushish muddatioʻz mablagʻixorijiy investitsiyaLoyihalar boʻyicha — jami:672 117244 031428 0863 456Qoraqalpogʻiston Respublikasi37 70037 7004001.Elektromototsikl ishlab chiqarish“ZK Zhougguo Trade” MCHJ20 mingta elektromototsikl1 5001 500502026-yil dekabr2.Shamol elektr stansiyalari uchun parrak, shamol generatori va machta ishlab chiqarish“Sany Renewable Energy” XK50 toʻplam15 00015 000502026-yil dekabr3.Radiator ishlab chiqarish“Osten technologies” MCHJ850 tonna21 20021 2003002025-yil dekabrAndijon viloyati22 2508 25014 0002404.Shisha tolali ip ishlab chiqarish“Kompozit Group” MCHJ1,1 ming tonna5 0001 0004 000402025-yil dekabr5.Avtomobillar uchun isitish tizimi ishlab chiqarish“ADM Electrics” MCHJ120 ming toʻplam3 0003 0001002025-yil dekabr6.Infuzion eritma, ampula va aerozol shaklidagi dori vositalari ishlab chiqarish“Makro Farm Andijon” MCHJ500 ming qadoq14 2504 25010 0001002026-yil martBuxoro viloyati56 2001 20055 0002507.Tibbiyot buyumlari, oksiginator va EKMO apparati uchun toʻplamlar ishlab chiqarish (2-bosqich)“Tibtexnika noanix” QK120 dona1 2001 200402026-2027 yy.8.Elektromobillar uchun quvvatlash qurilmasi, transformatorlar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish“Arev-Gurlushik Elektro” XK3 mingta quvvatlash qurilmasi,7 mingta transformator30 00030 0001502026-yil dekabr9.Energiya tejamkor isitish qozonlari ishlab chiqarish“China xiangyang” MCHJ QK1,1 mingta25 00025 000602026-yil dekabrJizzax viloyati130 000110 00020 00036010.Energiya tejamkor sovitkich va elektr gaz plitalari ishlab chiqarish“Climate ease” MCHJ XK1,5 mln dona50 00050 0002102026-yil sentabr11.Elektromobillarni quvvatlash uskunalari ishlab chiqarish“Yongtaishuneng” XK5 mingta20 00020 000702026-yil dekabr12.Shamol parragi ishlab chiqarish“Sinoma technology wind power blades” MCHJ339 toʻplam60 00060 000802026-yil noyabrQashqadaryo viloyati34 2006 60027 60013513.Steklokristallit panellar ishlab chiqarish“Shah-Polan M” MCHJ700 ming metr kvadrat27 2004 60022 600852026-2027 yy.14.LED d55, d65, d75, d85, d100 televizor va kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish (2-bosqich)“ALP TEXNO SERVIS” xususiy korxonasi390 ming dona7 0002 0005 000502026-yil dekabrNavoiy viloyati81 8841 78480 10019015.Oleum, antraxinon, vodorod kislotasi va polialuminiy xlorid ishlab chiqarish (2-bosqich)“Zarafshon Industrial Technology” MCHJ40 ming tn oleum,20 ming tn antraxinon,20 ming tn vodorod kislotasi,100 ming tn polialuminiy xlorid79 00079 0001602025-yil dekabr16.“Damas” avtomobili uchun reduktorlar ishlab chiqarish“Gidro-Stanko-Servis” MCHJ120 ming dona2 8841 7841 100302026-yil dekabrNamangan viloyati3 0003 0003817.Energiya tejamkor isitish radiator panellari ishlab chiqarish“Termo Time” MCHJ300 ming dona3 0003 000382026-yil dekabrSamarqand viloyati10 00010 00010018.Frezer (muzqaymoq apparati) ishlab chiqarish“Firdavs Qandolat Invest” MCHJ1,0 ming dona10 00010 0001002026-yil sentabrSirdaryo viloyati7878419.Plazmali metall kesish uskunalari ishlab chiqarishni kengaytirish“NX-CNC production” MCHJ200 dona787842026-yil sentabrSurxondaryo viloyati15 60040015 20022020.Paxta lintidan alfa sellyuloza ishlab chiqarish“ASG ORGANIC TEXTILE” MCHJ25 ming tonna14 60014 6002002026-yil dekabr21.Elektromotoroller va skuterlar ishlab chiqarish“Koʻhinur progress” MCHJ700 ta elektromotoroller, 1,5 ming dona skuter1 000400600202026-yil martToshkent viloyati110 486110 48621922.Ekstrudirlangan XPS penopolistirol ishlab chiqarish“Angren Polymeric Insulation” MCHJ280 ming metr kub14 48614 486492025-yil dekabr23.“Aqlli” suv hisoblagichlar ishlab chiqarish“Smart solutions system” MCHJ200 ming dona75 00075 0001202026-yil dekabr24.Elektromobillarni quvvatlash uskunalari ishlab chiqarish“Zhongzhi-ideal” MCHJ1,5 ming dona21 00021 000502026-yil dekabrFargʻona viloyati75 12035 12040 00070025.Metall panelli radiatorlar ishlab chiqarishni tashkil etish“Thermo Tech” MCHJ900 ming dona30 00030 0003002025-yil dekabr26.Avtomobil va elektroskuterlar uchun akkumulyator ishlab chiqarish“Comfort Velo Parts” MCHJ3,0 ming dona5 1205 1201002025-yil dekabr27.Litiy akkumulyatorlar ishlab chiqarish“Hong gang international” MCHJ XK4,0 ming dona10 00010 000502026-yil dekabr28.Farmatsevtik jihozlar va turli xildagi dori vositalari ishlab chiqarish“Bailing” MCHJ4,0 ming dona20 00020 0001502026-2027 yy.29.Skuterlar, tritsikllar, skuterlar uchun motoshina va bolalar uchun oʻyinchoq mashinalar ishlab chiqarish“Luyon” MCHJ XK52,1 ming dona10 00010 0001002026-2027 yy.Xorazm viloyati3 0993 0995530.Eskalator va lift qurilmalari ishlab chiqarish“SPACE-S” MCHJ200 ta eskalator,1,0 mingta lift2 0232 023252025-yil noyabr31.Avtomobillar uchun audio tizimlar ishlab chiqarish“W-INDUSTRY” MCHJ150 mingta1 0761 076302026-2027 yy.Toshkent shahri92 50074 50018 00054532.Sath oʻlchash asboblari ishlab chiqarish“Termopribor zavodi” MCHJ12 mingta1 5001 500152026-yil mart33.Mini GES qurilmalari ishlab chiqarish (1-bosqich)“Sof Techno” MCHJ80 dona1 0001 000302025-yil dekabr34.Alyumin bankalar ishlab chiqarish“East Can Solution” MCHJ500 mln dona90 00072 000180005002025-yil dekabr

Izoh. Ushbu manzilli roʻyxatga hududiy sanoat shtablarining taklifiga asosan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PQ-295-son qaroriga4-ILOVA

Ishchi xodimlarini tashish va ovqatlantirish bilan bogʻliq xarajatlariga imtiyoz qoʻllaniladigan mahalliy sanoat korxonalari

T/rSanoat yoʻnalishlariSanoat mahsulotlari*1.Ipakchilik sanoatiIpakdan tayyor matolar, kiyimlar, gilamlar va boshqa buyumlar2.Oziq-ovqat sanoatiQuritilgan, qadoqlangan va konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari, spirtsiz ichimliklar (energetik ichimliklardan tashqari), qadoqlangan goʻsht va kolbasa mahsulotlari, qandolat mahsulotlari3.Qurilish materiallari sanoatiBoʻyoqlar, kafel, santexnika mahsulotlari4.Elektrotexnika sanoatiElektrotexnika mahsulotlari5.Farmatsevtika sanoatiDori-darmonlar, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika, biologik faol qoʻshimchalar6.Mebelchilik sanoatiTayyor mebellar7.Kimyo, parfyumeriya va kosmetika sanoatiKimyo vositalari, shu jumladan, kosmetika, parfyumeriya, shampun, sovun8.Avtomobil sanoatiAvtotransport vositalari va butlovchi qismlar9.Metallurgiya sanoatiMetall mahsulotlar va buyumlar

Izoh. Hisobot davrida jami sotish hajmida ushbu turdagi mahsulotlar ulushi 60 foizdan kam boʻlmasligi lozim.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.