PF-252-son Farmon · 18.12.2025

Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-252
  • Qabul qilingan sana:18.12.2025
  • Kuchga kirgan sana:19.12.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/25/252/1176

Mamlakatimizda islohotlarni amalga oshirish uchun yoʻnaltirilayotgan budjet, davlat tashqi qarzi mablagʻlarining samaradorligi va islohotlarning natijadorligini oshirish, davlat organlari va tashkilotlarning budjet xarajatlari nazoratini yanada kuchaytirish uchun sohada ilgʻor xorijiy tajribalarni qoʻllash, raqamlashtirish koʻlamini kengaytirish, davlat auditi va moliyaviy nazorati sifatini oshirish uchun sohada malakali kadrlar tayyorlash tizimini yaratish maqsadida qaror qilaman:

I. Maqsadlar

1. Quyidagilar davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini takomillashtirishning asosiy vazifalari etib belgilansin:

(a) xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribalar asosida mamlakatimiz manfaatlariga uygʻunlashgan milliy davlat auditi tizimini takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish;

(b) davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini raqamlashtirish hamda sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali qonunbuzilish holatlarining oldini olish va tizimli muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni tayyorlash;

(v) davlat auditi yoʻnalishida yetuk va malakali kadrlarni tayyorlash.

II. Xalqaro hamkorlikni kengaytirish

2. Hisob palatasi faoliyatining xalqaro standartlarga muvofiq sifati va samaradorligini oshirish, xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarini mustahkamlash orqali uning xalqaro miqyosdagi mavqeyini yuksaltirish maqsadida 2026-yil 1-yanvardan boshlab har 5 yilda kamida bir marotaba Hisob palatasi faoliyatini tashqi baholashdan oʻtkazish amaliyoti joriy etilsin.

3. Belgilansinki:

(a) Hisob palatasi faoliyatini tashqi baholashdan oʻtkazish:

(i) Oliy audit organlarining xalqaro tashkiloti (INTOSAI) va boshqa xalqaro darajada tan olingan tashkilotlar metodologiyalari asosida;

(ii) kelishuv doirasida xalqaro tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan tashqi baholash (external assessment), xorijiy oliy audit organlari tomonidan baholash (peer review) va ularning ekspertlari ishtirokidagi gibrid baholash (hybrid assessment) yoki oʻzini baholash (self-assessment) shaklida.

(3-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-iyuldagi PF-123-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2026-y., 06/26/123/0692-son)

(iii) mustaqil baholash jarayonini tashkil etish, faoliyati boʻyicha barcha maʼlumotlarni taqdim etish (bundan davlat siri bilan bogʻliq maʼlumotlar mustasno), natijalarini jamoatchilik uchun eʼlon qilish shartlarida amalga oshiriladi;

(b) tashqi baholashdan oʻtkazish natijalari asosida Hisob palatasi faoliyatini oʻrta muddatda rivojlantirish strategiyasi qabul qilinadi.

4. Xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilish samaradorligini oshirish, xalqaro miqyosdagi audit jarayonlarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Hisob palatasiga:

(a) xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlari murojaatlari (tashabbuslari) va texnik topshiriqlari asosida ularning mablagʻlari hisobidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalarning moliyaviy auditi;

(b) xalqaro tashkilotlarning tanlovlarida ishtirok etish yoki oʻzaro kelishuvlar orqali ularning faoliyati, loyihalari va dasturlari auditi;

(v) xorijiy davlatlarning oliy audit organlari yoki xalqaro audit tashkilotlari bilan:

(i) oʻzining vakolatlari doirasidagi masalalar boʻyicha natijalarini almashish sharti bilan alohida oʻtkaziladigan parallel audit;

(ii) yagona dastur asosida oʻzining vakolatlari doirasidagi masalalar boʻyicha birgalikda oʻtkaziladigan va yagona yakuniy hujjat qabul qilinadigan qoʻshma audit oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyishga ruxsat etilsin.

III. Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini raqamlashtirish

5. 2027-yil 1-yanvardan boshlab ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari (keyingi oʻrinlarda — rivojlantirish dasturlari)ni shakllantirishdan boshlab, loyihalarni foydalanishga topshirishga qadar barcha jarayonlar toʻliq raqamlashtirilgan holda yoʻlga qoʻyilsin. Bunda:

(a) rivojlantirish dasturlari Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Kapital qoʻyilmalar” avtomatlashtirilgan axborot tizimida elektron tarzda shakllantirilishi;

(b) Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish “Shaffof qurilish” platformasida amalga oshirilishi;

(v) buyurtmachi va pudratchilar oʻrtasida bajarilgan ishlar boʻyicha hisobvaraq-fakturalarni kelishish “Shaffof qurilish” platformasida ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari (taklif qilingan ofertalar) asosida “Kapital qoʻyilmalar” avtomatlashtirilgan axborot tizimida amalga oshirilishi belgilansin.

6. 2026-yil 1-iyuldan boshlab:

(a) Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan birgalikda avtomobil yoʻllari qurilish jarayonlari doirasida kosmik tasvirlar va dronlar yordamida qurilish hamda moliyalashtirish hajmlarini solishtirish asosida monitoring qilish amaliyotini yoʻlga qoʻysin;

(b) Hisob palatasi mazkur jarayonlarni nazorat qilib borsin.

7. Belgilansinki, 2026-yil 1-iyundan boshlab:

(a) davlat tashqi qarzi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining shakllantirilishidan boshlab yakuniy natijaga erishilguniga qadar barcha bosqichlari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimida yuritiladi;

(b) Hisob palatasi tomonidan “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladigan loyihalar ustidan monitoring oʻrnatiladi.

8. Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini takomillashtirish, raqamlashtirish va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

IV. Davlat auditi va moliyaviy nazorati koʻlamini kengaytirish hamda samaradorligini oshirish

9. 2026-yil 1-apreldan boshlab 2030-yil 1-yanvarga qadar eksperiment tariqasida davlat organlari va tashkilotlarida mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishi ustidan taʼsirchan nazoratni olib borishining quyidagi tartibi joriy etilsin:

(a) 2-ilovaga muvofiq roʻyxatda keltirilgan davlat organlari va tashkilotlarida Hisob palatasining vakili sifatida bosh inspektor faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

(b) bosh inspektor lavozimlari Hisob palatasining tuzilmasida mazkur tartib joriy etilayotgan davlat organlari va tashkilotlarining bir nafar boshqaruv shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi;

(v) bosh inspektor 3-ilovaga muvofiq vazifalarni davlat organlari va tashkilotlarida uning ish yuklamalarini inobatga olgan holda tasdiqlanadigan nazorat ishlarining yillik dasturi asosida amalga oshiradi hamda faqatgina Hisob palatasiga hisobdor boʻladi;

(g) bosh inspektor faoliyatini baholash Hisob palatasi tomonidan tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) asosida amalga oshiriladi va u har chorak yakuni boʻyicha Hisob palatasi raisi huzurida oʻz faoliyati yuzasidan hisobot beradi;

(d) bosh inspektor faoliyati boʻyicha doimiy hisobot shakllari Hisob palatasi raisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

10. Bosh inspektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga uslubiy koʻmaklashish maqsadida Hisob palatasi tuzilmasida Davlat organlari va tashkilotlari budjetlari xarajatlarining samaradorligini nazorat qilish shoʻbasi tashkil etilsin.

11. Hisob palatasiga atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida davlat dasturlari, qonunchilik va boshqaruv jarayonlarining samaradorligi, qonuniyligi hamda maqsadga muvofiqligini baholashni moliyaviy, muvofiqlik va samaradorlik auditlari doirasida oʻtkazishga ruxsat etilsin.

V. Sohada kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini joriy etish

12. Iqtidorli yoshlarni davlat auditi sohasiga maqsadli yoʻnaltirish, sohada taʼlim va ilmiy-tadqiqot integratsiyasini taʼminlash maqsadida 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida taʼlim yoʻnalishi shaklida huquqiy maqomi oliy taʼlim tashkiloti fakultetiga tenglashtirilgan Davlat auditi oliy maktabi tashkil etilsin.

13. Belgilansinki:

(a) davlat auditi taʼlim yoʻnalishiga qabul parametrlari amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida shakllantiriladi;

(b) davlat auditi taʼlim yoʻnalishining oʻquv dasturlari dunyoning nufuzli Quacquarelli Symonds (QS) va Times Higher Education (TNE) tashkilotlari reytinglarida sohalar boʻyicha birinchi 300 talik roʻyxatdagi oliy taʼlim tashkilotlari tajribasi asosida ishlab chiqilib, Hisob palatasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

14. Hisob palatasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Davlat auditi sohasida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.

15. Davlat organlari va tashkilotlarining audit xizmatlariga yangi ishga qabul qilingan xodimlar uchun aniq reja-grafikka asosan quyidagi tartibda ikki haftalik stajirovka oʻtash amaliyoti joriy etilsin:

(a) davlat organlari va tashkilotlar audit xizmatlarining rahbarlari — Hisob palatasida;

(b) davlat organlari va tashkilotlar audit xizmatlarining xodimlari — Iqtisodiyot va moliya vazirligida.

VI. Farmon ijrosini tashkil qilish, taʼminlash va nazorat

16. Hisob palatasi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu Farmonning maqsad, vazifalari, undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmogʻida keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.

17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

18. Hisob palatasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

19. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari M.R. Abdullayev hamda Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.

20. Farmon ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi O.A. Xakimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 18-dekabr,

PF-252-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-252-son Farmoniga1-ILOVA

Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini takomillashtirish, raqamlashtirish va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha

T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiAmalga oshirish shakliIjro muddatiMasʼullarI. Davlat auditiga doir faoliyatni kengaytirish va takomillashtirish1.Hisob palatasining rivojlanish strategiyasini qabul qilish.Hisob palatasining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribalar asosida mamlakatimizda milliy davlat auditi asoslarini shakllantirish va yoʻnalishlarini belgilash;Hisob palatasining faoliyatida strategik boshqaruvni, davlat auditining xalqaro standartlari va sifat nazoratini toʻliq joriy qilish;Hisob palatasi faoliyatining mustaqilligi, ochiqligi va samaradorligini oshirish.Idoraviy hujjat2026-yil avgustHisob palatasi2.Hisob palatasi faoliyatini va budjet sohasini tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish.Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish:nazorat obyektida, shu jumladan, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tashkilotlarda audit tadbirini oʻtkazish davomiyligining eng koʻp muddatini Hisob palatasi tomonidan mustaqil belgilash;audit tadbirlarini oʻtkazish jarayonlarining har bir bosqichini jamoatchilik uchun ochiq boʻlgan sharoitda Hisob palatasining veb-sahifasida real vaqt rejimida yoritish;har qanday davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan Hisob palatasiga nazorat tadbirlarini oʻtkazish va uning xodimlarini bunday tadbirlarga jalb qilish hamda boshqa majburiyatlarni yuklashga yoʻl qoʻymaslik.Qonun loyihasi2026-yil aprelHisob palatasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar3.“Kapital qoʼyilmalar” avtomatlashtirilgan axborot tizimini takomillashtirish orqali ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar doirasidagi loyihalar ustidan nazorat oʻrnatish boʻyicha huquqiy asoslar yaratish.“Kapital qoʼyilmalar” avtomatlashtirilgan axborot tizimida loyihalarni elektron shakllantirish hamda buyurtmachi va pudratchilar oʻrtasida bajarilgan ishlar boʻyicha hisob-fakturalarni kelishish tartibini belgilash.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil sentabrIqtisodiyot va moliya vazirligi,Hisob palatasi,manfaatdor vazirlik va idoralar4.“Shaffof qurilish” platformasida qurilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini toʻliq shakllantirish boʻyicha choralarni belgilash. 1. “Shaffof qurilish” platformasi orqali qurilish boʻyicha smeta hujjatlari yuzasidan quyidagilarni amalga oshirish:Tashkiliy chora-tadbirlarSoliq qoʻmitasi,Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralarQurilish materiallari milliy klassifikatoridagi materiallar uchun detallashgan mahsulotlar (tovar va xizmatlar)ning identifikatsiya kodlarini (keyingi oʻrinlarda — MXIK) hamda davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning Yagona milliy klassifikatori kodlarini ochish va amaliyotga joriy etish;2026-yil iyunelektron hisob-fakturani shakllantirishda detallashgan MXIK hamda davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning Yagona milliy klassifikatori kodlaridan majburiy foydalanishni taʼminlash;umumiy MXIK kodlaridan foydalanishni cheklash.2026-yil iyul2. “Shaffof qurilish” platformasida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish modulini ishga tushirish va undan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash.Idoraviy hujjat2026-yil sentabrQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralarGrafik asosida barcha hududlarda loyihachi tashkilotlarga mazkur tizimdan foydalanish boʻyicha oʻquv seminarlarni tashkil etish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil oktabrdan dekabrga qadar5.“Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini takomillashtirish orqali xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qilish. 1. “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimida davlat tashqi qarzi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini shakllantirishdan boshlab yakuniy natijaga erishilguniga qadar, shu jumladan, loyihalar konsepsiyasi va loyihani baholash hujjati (loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari)ni ishlab chiqish, amalga oshirish hamda yakunlash jarayonlarining barcha bosqichlarida monitoring olib borish imkoniyatini yaratish va ishga tushirish. Bunda tizimda loyiha tashabbuskorlarining loyihalarni amalga oshirishdagi samaradorlik koʻrsatkichlarini avtomatik tarzda shakllantirishni nazarda tutish.Tashkiliy chora-tadbirlar2025-yil dekabrInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Hisob palatasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi2. Loyiha tashabbuskorlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarga tegishli barcha maʼlumotlarni “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish.Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan loyihalar doirasida raqamli xarid tartib-qoidalariga oʻtish boʻyicha muzokara oʻtkazish, tender.miit.uz dasturini “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil iyundan boshlab doimiyInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar3. “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi hamda tender.miit.uz dasturini Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirib borish. Bunda Davlat budjeti parametrlarida axborot tizimini va elektron xarid boʻyicha dasturni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni koʻzda tutib borish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yildan boshlab har yiliIqtisodiyot va moliya vazirligi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi4. Loyiha tashabbuskorlari tomonidan quyidagi yoʻnalishlarda ishlar tashkil etilishini taʼminlash:yakunlangan har bir loyiha doirasidagi barcha hujjatlarni loyihani amalga oshirish guruhidan qabul qilib, oʻzida saqlash;Amaliy chora-tadbirlarDoimiyLoyiha tashabbuskorlariloyihalarning barcha bosqichlardagi maʼlumotlari, shu jumladan, loyiha konsepsiyasi, loyihani baholash hujjati, loyiha hujjatlari, xarid hujjatlari, shartnomalar, hisobvaraq-faktura va monitoring natijalari “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritib borish;Doimiyumumiy qiymati 5 mln AQSH dollari va undan yuqori boʻlgan loyihalar doirasida amalga oshiriladigan qurilish obyektlarida kuzatuv kameralari oʻrnatish va ularni ushbu axborot tizimiga ulash.2026-yil may6.Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga oid dasturlar boʻyicha loyihalarga ajratilgan mablagʻlar sarflanishining oshkoraligini taʼminlash. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot tizimi orqali loyiha doirasida ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan nazorat oʻrnatish.Tashkiliy chora-tadbirlarDoimiyKorrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,manfaatdor vazirlik va idoralar7.Hisob palatasining vakili sifatida joriy etilayotgan bosh inspektor faoliyatini samarali tashkil etish va ular uchun shart-sharoitlar yaratish.1. Bosh inspektor uchun alohida xona, ofis jihozlari (kompyuter, printer va aloqa jamlamalari, mebel va boshqa zarur jihoz va uskunalar) ajratish.Bunda davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari bosh inspektor faoliyatini tashkiliy jihatdan yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish uchun masʼul hisoblanadi.Amaliy chora-tadbirlarBir oy muddatdaDavlat organlari va tashkilotlari2. Bosh inspektor faoliyatini tashkil etish va unga Farmon bilan yuklatilgan vazifalar doirasida berilgan koʻrsatmalar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlash maqsadida davlat organlari va tashkilotlarining ichki nazorat tuzilmalari uchun bajarilishi majburiy boʻlgan hujjat qabul qilinishini taʼminlash.Bosh inspektor faoliyatini va uning boʻysunuvini tashkil etish, muvofiqlashtirish, unga uslubiy jihatdan koʻmaklashish boʻyicha munosabatlarni tartibga solish.Idoraviy hujjatIkki oy muddatdaHisob palatasi3. Bosh inspektor faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI)ni belgilash.4. Bosh inspektor lavozimini joriy etish tartibini boshqa davlat organlari va tashkilotlariga tatbiq etish yuzasidan asosli takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.Tahliliy axborot2030-yil yanvarHisob palatasi davlat organlari va tashkilotlari8.Strategik yirik davlat korxonalari faoliyatini tahlil va nazorat qilish orqali ularning samaradorligini baholash.1. Kelgusi yildan boshlab tahlil qilinadigan strategik yirik davlat korxonalari roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlash.RoʻyxatHar yili 1-fevralga qadarHisob palatasi2. Strategik yirik davlat korxonalarida joriy etiladigan ishlab chiqarish, moliyaviy oqimlar, tannarx, investitsiya va kreditlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni onlayn tahlil qilish hamda biznes-reja ijrosini nazorat qilish imkonini beruvchi dasturiy taʼminotlarning maʼlumotlar bazalarini Hisob palatasining “Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan integratsiya qilish.Bunda strategik yirik davlat korxonalari rahbarlari qayd etilgan dasturiy taʼminotlarni muntazam toʻliq ishlashiga hamda Hisob palatasi maʼlumotlar bazalari bilan oʻzaro integratsiya qilib, tegishli maʼlumotlarni taqdim etishga shaxsan masʼul va javobgar hisoblanadi.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil 1-sentabrStrategik yirik davlat korxonalari “UzAssets” AJ,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Hisob palatasi3. “Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimida strategik yirik davlat korxonalarida biznes-reja ijrosini monitoring qiluvchi “Biznes reja” modulini yaratish orqali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish.2026-yil 1-oktabrHisob palatasi,“UzAssets” AJ,strategik yirik davlat korxonalari9.Markaziy bank faoliyatini tahlil va nazorat qilish orqali uning samaradorligini baholash.1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda ishchi guruhini tuzish.2. Markaziy bank faoliyatini tahlil va nazorat qilish jarayonlarini tashkil etish va baholashdan oʻtkazish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil yanvarHisob palatasi10.Davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ishtiroki ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tashkilotlardagi audit xizmatlari faoliyatini takomillashtirish.Davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ishtiroki ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tashkilotlardagi audit xizmatlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish.Natijasi yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.Tahliliy axborot2026-yil iyulIqtisodiyot va moliya vazirligi,Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,Hisob palatasi,Oʻzbekiston auditorlar palatasiII. Davlat auditi sohasini raqamlashtirish va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish11.Sunʼiy intellekt va raqamli transformatsiya qilish guruhining faoliyatini samarali tashkil etish.Guruh faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash. Bunda:1) guruh rahbari hamda xodimlari maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy xizmat va transport taʼminoti sharoitlari boʻyicha Hisob palatasining shoʻba mudiri va tegishli xodimlariga tenglashtirilishini belgilash;2) Sunʼiy intellekt va raqamli transformatsiya qilish guruhi tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilarni belgilash:katta hajmli maʼlumotlar (Big Data)ni qayta ishlash orqali monitoring va nazorat tizimlarini joriy etish hamda raqamlashtirish;Hisob palatasi faoliyatida raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt texnologiyalarini samarali qoʻllashni kengaytirish;Hisob palatasining axborot tizimlarida kiberxavfsizlikni taʼminlash, kiberhujumlarga qarshi choralarni kuchaytirish.Idoraviy hujjat2026-yil yanvarHisob palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar12.Hisob palatasining auditi jarayoniga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish imkoniyatini yaratish.Audit jarayoniga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha standartlar ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.Tashkiliy chora-tadbirlar2027-yil iyunHisob palatasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi13.Davlat mulkini, shuningdek davlat ishtirokidagi korxonalarning mulkini xususiylashtirish (ulushni sotish) va davlat mulkini ijaraga berish jarayonlarini raqamlashtirish.1. Davlat mulkini, shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalarning mulkini xususiylashtirish (ulushni sotish) dasturini ishlab chiqish, hujjatlarni tayyorlash, baholashdan oʻtkazish, boshlangʻich narxini belgilash, xususiylashtirish usullarini tanlash, sotuvga chiqarish, tushumlar taqsimoti va boshqa jarayonlarni raqamlashtirish boʻyicha elektron platformani ishga tushirish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil mayDavlat aktivlarini boshqarish agentligi,Hisob palatasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligiDavlat mulkini ijaraga berishdan tushgan tushumlar taqsimotini avtomatlashtirish.2026-yil yanvar2. Shartnoma shartlari yoki qoʻshimcha shartlar bajarilishi doirasida oʻtkazilgan auksion savdolari boʻyicha shartnoma tuzilgandan soʻng yerning egasi yoki ijarachisi tomonidan shartlari bajarilishini kuzatib borish mexanizmini joriy qilish.2026-yil yanvar14.Mahalliy budjet mablagʻlariga doir mahalliy kengashlar va hokimliklar qarorlari qabul qilinishi va ularga kiritilayotgan oʻzgarishlar boʻyicha axborot almashinuvi tizimini yoʻlga qoʻyish.1. Qoʻshimcha manbalar hisobidan manbasiz xarajatlarni oldini olish uchun “E-Kengash” va “E-Qaror” dasturlarini “Davlat moliyasini boshqarish” axborot tizimi bilan oʻzaro integratsiya qilish orqali qaror qabul qilish va mablagʻ ajratish jarayonlarini raqamlashtirish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil iyulIqtisodiyot va moliya vazirligi,Adliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Hisob palatasi2. Mahalliy budjet xarajatlarining budjet tasnifiga muvofiq 4-guruh xarajatlarni “Davlat moliyasini boshqarish” axborot tizimini “E-Kengash” va “E-Qaror” dasturlariga integratsiya qilish orqali tegishli qaror qabul qilingandan soʻng xarajatlar yoyilmasiga oʻzgartirishlar kiritish amaliyotini joriy qilish.2026-yil oktabr15.Hududlarda raqamli boshqaruvni tashkil etishning ustuvor yoʻnalishlarini oʻzida jamlovchi “Raqamli hokimiyat” dasturiy kompleksini yaratish.Buxoro viloyatida eksperiment tariqasida “Raqamli hokimiyat” dasturiy kompleksini joriy qilish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil iyulBuxoro viloyat hokimligi,Hisob palatasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariNatijasi asosida ushbu dasturiy kompleksni bosqichma-bosqich boshqa hududlarda joriy etish.Reja-grafik asosida2027-yil iyun16.Katta hajmli maʼlumotlar (“Big Data”) va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali “Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimida yangi xavf-tahlil mexanizmlari hamda monitoringini joriy qilish.1. “Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimida yangi xavf-tahlil mexanizmlarini raqamlashtirish orqali davlat ulushi mavjud banklarining moliyaviy holatini monitoring qilib borish modullarini ishlab chiqish.2. Qishloq xoʻjaligi yerlaridan maqsadli va samarali foydalanish, mahsulotlarini yetishtirish, soliq solish (yer va mol-mulk) bazasini tahlil qilish imkoniyatini yaratish.Texnik topshiriq2026-yil dekabrHisob palatasi,Soliq qoʻmitasi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi,Suv xoʻjaligi vazirligi,Kadastr agentligi,“Oʻzbekkosmos” agentligi,Hisob palatasi,Markaziy bank,Raqamli texnologiyalar vazirligi,davlat ulushi mavjud tijorat banklari17.Davlat xaridlarida xarid qilishning ayrim tartib-taomillarini raqamlashtirish.Davlat xaridlarining elektron tizimlarida eng yaxshi takliflarni tanlab olish, tender savdolari boʻyicha xarid qilish hujjatlarini (texnik topshiriqlarni bosqichma-bosqich) majburiy tartibda elektron shaklda tayyorlash va tasdiqlash imkoniyatini nazarda tutuvchi alohida modul joriy qilish.Texnik topshiriq2026-yil martIqtisodiyot va moliya vazirligi,Raqobat qoʻmitasi,Hisob palatasi18.Budjet tashkilotlari isteʼmol qilgan elektr va gaz xarajatlarni tegishli axborot tizimlaridagi maʼlumotlar asosida toʻlash.1. Budjet tashkilotlarining barcha elektr energiyasi va tabiiy gaz hisoblagichlarini zamonaviysiga almashtirib, ularni “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi” hamda “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi” bilan integratsiya qilish.Bunda ushbu hisoblagichlarni xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarini tegishliligi boʻyicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzenergosotish” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ mablagʻlari hisobidan amalga oshirish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil iyunEnergetika vazirligi,“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ,“Milliy elektr tarmoqlari” AJ,“Oʻzenergosotish” AJ,“Oʻztransgaz” AJ,“Hududgaztaʼminot” AJ,Oʻzenergoinspeksiya,Hisob palatasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Energetika vazirligi,“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ,“Milliy elektr tarmoqlari” AJ,“Oʻzenergosotish” AJ,“Oʻztransgaz” AJ,“Hududgaztaʼminot” AJ,Oʻzenergoinspeksiya,Hisob palatasi2. “Uzasbo-2” dasturiy majmuasini “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi” hamda “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi” bilan oʻzaro integratsiyasini yoʻlga qoʻyish.2026-yil iyulBudjet tashkilotlarining elektr energiyasi va tabiiy gaz xarajatlarini “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi” hamda “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi”dagi elektron hisoblagichlarning koʻrsatkichlari asosida hisob-kitoblarni amalga oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish.2026-yil 1-avgustdan boshlab19.“Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari (resurslari) yagona reyestri”ning platformasini yaratish.1. Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi boʻlgan tashkilotlarda (davlat siri bilan bogʻliq va muhim axborot infratuzilma obyektlari bundan mustasno) ishga tushiriladigan (tushirilgan) axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini joriy etishdan ishga tushirishgacha boʻlgan barcha jarayonlarni oʻzida mujassam etgan “Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari (resurslari) yagona reyestri”ning himoyalangan platformasini ishga tushirish.Bunda platformada barcha hujjatlarni joylashtirish hamda undan roʻyxatdan oʻtmagan axborot tizimlari hamda maʼlumotlar bazalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaslik chorasini koʻrish.2. Platformani axborot va kiberxavfsizlik talablariga muvofiq ekspertizadan oʻtkazish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil iyunRaqamli texnologiyalar vazirligi,Hisob palatasi,“Kiberxavfsizlik markazi” DUK,Markaziy bank,Adliya vazirligi,Ichki ishlar vazirligi20.Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi boʻlgan tashkilotlardagi maʼlumotlarini saqlash va qayta ishlash uchun server qurilmalari va uskunalarining texnik koʻrsatkichlari hisobini raqamlashtirish.1. Maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun server qurilmalarini xarid qilish, ruxsat berish boʻyicha barcha jarayonlar hamda xarid qilingan qurilmalar hisobini yuritish yuzasidan axborot tizimini joriy etish. Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi2026-yil fevralRaqamli texnologiyalar vazirligiAxborot tizimlariga hujumlar hamda tahdidlarni aniqlash, ularning oldini olish boʻyicha avtomatlashtirilgan tizimlarni, shuningdek, aloqa kanallari orqali maxfiy axborot tarqalishidan himoya qiladigan texnik vositalar hamda dasturiy mahsulotlarni xarid qilish, ishlab chiqish, joriy qilish va ruxsat berish boʻyicha barcha jarayonlar hamda xarid qilingan tizimlar hisobini yuritish yuzasidan axborot tizimini yaratish. Bunda mazkur tizimlardan foydalanish himoyalangan tarmoq orqali amalga oshirilishini yoʻlga qoʻyish.Davlat budjeti, maxsus jamgʻarma2026-yil fevral“Kiberxavfsizlik markazi” DUK2. Davlat organlari va tashkilotlari maʼlumotlar bazalarini tadbirkorlik subyektlari serverlarida saqlanishini taqiqlash (kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha vakolatli organ xulosalari boʻyicha ruxsatlar bundan mustasno).Amaliy chora-tadbirlar2026-yil yanvarRaqamli texnologiyalar vazirligi,“Kiberxavfsizlik markazi” DUK,Markaziy bank,Ichki ishlar vazirligi,Personallashtirish markazi3. Davlat organlari va tashkilotlari maʼlumotlar bazalarining zaxira nusxalarini “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi”ga joylashtirish. Bunda serverlarni ijaraga berish boʻyicha xizmat koʻrsatish narxlarini maqbullashtirishni nazarda tutgan holda qayta koʻrib chiqish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil martRaqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi21.Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan koʻrsatilayotgan pullik xizmatlar va realizatsiya qilinayotgan tovar hamda moddiy boyliklar hisobini raqamlashtirish.1. Davlat organlari va tashkilotlarining tovarlar, bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlar realizatsiyasi boʻyicha hisobvaraq-fakturalarni “Uzasbo-2” dasturiy majmuasida shakllantirib, soliq organlariga yuborilishining elektron tizimini yaratish.2. Budjet tashkilotlari tomonidan asosiy vositalarni xatlov raqamlari bilan hisobini, qurilish-montaj ishlari uchun pudratchilarga berilgan tovarlar hisobini har bir tovar kesimida “Uzasbo-2” dasturiy majmuasida yuritishni joriy qilish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil aprelIqtisodiyot va moliya vazirligi,Soliq qoʻmitasi,Hisob palatasi22.Budjet tashkilotlari tomonidan ishchi-xodimlarga hisoblangan ish haqi toʻlovlari boʻyicha soliq hisobotida avtomatik shakllanishini raqamlashtirish.“Uzasbo-2” dasturiy majmuasida har bir xodimga tayinlangan ish haqi va boshqa toʻlovlar hamda undan hisoblangan soliq toʻlovlari (imtiyoz)ni hisobot oyi uchun taqdim qilinadigan “Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq hisobot”larini soliq organlariga inson omilisiz avtomatik yuborilishini yoʻlga qoʻyish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil aprelIqtisodiyot va moliya vazirligi,Soliq qoʻmitasi,Hisob palatasi23.Davlat manfaatiga yetkazilgan zararlar boʻyicha budjet tashkilotining maxsus hisob raqamlariga undirilgan yoki saqlanayotgan tovar-moddiy boyliklarni xatlovdan oʻtkazib, umumiy hisob-kitobi olib borilishini raqamlashtirish.1. “Uzasbo-2” dasturiy majmuasida musodara qilingan tovar-moddiy boyliklar hisobini olib borish uchun yangi modulni ishga tushirish.2. Davlat manfaatiga yetkazilgan zararlar boʻyicha undirilgan mablagʻlarni faqatgina gʻaznachilikning hisob raqamlarida yuritishni joriy qilish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil iyunIqtisodiyot va moliya vazirligi,Gʻaznachilik qoʻmitasi,Hisob palatasi,Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,Bojxona qoʻmitasi,Soliq qoʻmitasi,Majburiy ijro byurosi24.Qurilish tashkilotlari tomonidan qurilayotgan turar va noturar obyektlar boʻyicha yakuniy loyihalar tasdiqlangandan soʻng xonadon, savdo yoki xizmat koʻrsatish shoxobchalari soni, maydon oʻlchami hamda ularning 1 m-2 narxlari boʻyicha maʼlumotlar joylashtirilishini raqamlashtirish.Qurilish sohasini shaffoflashtirish, investor va aholi uchun ochiq maʼlumotlar bazasini yaratish va nazoratni avtomatlashtirish orqali narxlar tahlili, qurilish rivojini bashorat qilish hamda yashirin iqtisodiyotning oldini olishga qaratilgan axborot platformasini yaratish.Amaliy chora-tadbirlar2027-yil fevralVazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi,Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,Hisob palatasi,manfaatdor vazirlik va idoralar25.Sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda “Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimida “Auditorga koʻmaklashish” modulini ishlab chiqish.1. “Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan Lex.uz tizimini integratsiya qilish, tegishli texnik, huquqiy hamda tashkiliy chora-tadbirlarni joriy etish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil martAdliya vazirligi,Hisob palatasi,Raqamli texnologiyalar vazirligiHisob palatasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Hisob palatasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Adliya vazirligi2. Milliy qonunchilikka sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash orqali interaktiv savol-javob funksiyasini yaratish va uslubiyotini ishlab chiqish.2027-yil yanvar3. Sunʼiy intellektga mashinali oʻqitish orqali Hisob palatasining audit standartlarini oʻrgatish. Auditorlar uchun qaror qabul qilishga yordamlashuvchi-tushunuvchi “Sunʼiy intellekt assistent”ni yaratish.2027-yil iyun26.Iqtisodiyot va moliya vazirligining 22 ta vazirlik va idoralarning budjet mablagʻlarini monitoring qilish uchun moʻljallangan “Monitoring portal” axborot tizimini barcha vazirlik, idora va mahalliy hokimliklarga foydalanish imkoniyatini yaratish.Barcha vazirlik, idora va mahalliy hokimliklarga foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida “Monitoring portal” axborot tizimining yangi versiyasini ishlab chiqish.Bunda raqamlashtirish va texnik qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishini taʼminlash.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil fevralIqtisodiyot va moliya vazirligi,“Axborot texnologiyalari markazi” DUK,Hisob palatasi,manfaatdor vazirlik va idoralarIII. Xalqaro audit organlari bilan hamkorlikni kengaytirish27.Xorijiy davlatlar oliy audit organlari bilan qoʻshma auditlarda ishtirok etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.Xorijiy davlatlar oliy audit organlari bilan qoʻshma auditni tashkil etish yuzasidan muzokaralar oʻtkazish. Bunda sinov-tajriba loyihasi tarzida Xitoy va Turkiya oliy audit organlari bilan hamkorlikda audit tadbirlarini amalga oshirishni koʻzda tutish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil mayHisob palatasi,Tashqi ishlar vazirligi28.Xalqaro tashkilotlar tanlovlarida ishtirok etish yoki oʻzaro kelishuvlar orqali ularning faoliyati, loyihalari va dasturlari auditida qatnashish.1. Xalqaro tashkilotlar tanlovlarida ishtirok etish yoki oʻzaro kelishuvlar orqali ularning faoliyati, loyihalari va dasturlari auditida qatnashish uchun muzokaralar oʻtkazish.Tashkiliy chora-tadbirlarDoimiyHisob palatasi,Tashqi ishlar vazirligi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiHisob palatasi2. Tenderlarda ishtirok etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhini tuzish va uning vazifalarini belgilash.Idoraviy hujjat2026-yil yanvar29.Toshkent shahrida “Audit jarayonlaridagi katta hajmli (Big data) maʼlumotlarni intellektual tahlil qilish” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etish.1. Xalqaro konferensiyada ishtirok etadigan xalqaro va mahalliy tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish va ularning roʻyxatini shakllantirish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil dekabrHisob palatasi,Tashqi ishlar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Xalqaro konferensiyani yuqori saviyada oʻtkazish yuzasidan ishchi guruhini tashkil etish, uning vazifalarini belgilash va amalga oshirish. Xalqaro konferensiya materiallarini toʻplash va chop etish.Xalqaro konferensiyani Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oʻtkazish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil dekabrHisob palatasi,Tashqi ishlar vazirligi,Raqamlashtirish vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiIV. Davlat auditi sohasiga kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy-amaliy faoliyat samaradorligini oshirish30.Buxoro davlat universitetida davlat auditi sohasiga oid taʼlim yoʻnalishini joriy etish.Buxoro davlat universitetida uning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan davlat auditi taʼlim yoʻnalishini tashkil etish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026/2027 oʻquv yilidan boshlabOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Buxoro davlat universiteti,Hisob palatasi31.Buxgalteriya hisobi va audit sohasida xalqaro darajada tan olingan kasbiy sertifikatlardan birini qoʻlga kiritgan talabalarni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish.1. Davlat auditi oliy maktabi bitiruvchilari tarkibidan buxgalteriya hisobi va audit sohasida xalqaro sertifikatlarga ega boʻlgan talabalar roʻyxatini shakllantirish.Buxgalteriya hisobi va audit sohasida xalqaro darajada tan olingan kasbiy sertifikatlardan birini qoʻlga kiritgan talabalarni yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod etish.2. Oʻquv davrida oʻzlashtirish koʻrsatkichining oʻrtacha qiymati (GPA — Grade Point Average) kamida 4,0 boʻlgan bitiruvchilarga malaka imtihonini topshirmasdan ichki audit milliy malaka sertifikatini berish tartibini belgilash va joriy etish.Tashkiliy chora-tadbirlar2027/2028 oʻquv yilidan boshlabToshkent davlat iqtisodiyot universiteti,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiToshkent davlat iqtisodiyot universiteti,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oʻzbekiston auditorlar palatasi32.Ichki audit, moliyaviy nazorat, strategik rejalashtirish, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat yoʻnalishlarida davlat xizmatchilariga boʻlgan ehtiyojni shakllantirish.1. Davlat fuqarolik xizmatchilariga boʻlgan ehtiyoj boʻyicha maʼlumotlarni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga taqdim etish.2. Universitet tomonidan maʼlumotlarni umumlashtirish asosida buyurtmalar portfelini shakllantirish.Buyurtmalar portfeli asosida Davlat auditi oliy maktabiga qabul parametrlarini belgilash hamda Universitet kengashida tasdiqlash.Tashkiliy chora-tadbirlarHar yili 1-iyunga qadarBoshqaruv samaradorligi agentligiToshkent davlat iqtisodiyot universiteti,Hisob palatasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi33.Davlat auditi oliy maktabiga oʻquv jarayonlari va ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish yuzasidan “fan-taʼlim-ishlab chiqarish” boʻyicha manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.Universitet, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, Oʻzbekiston auditorlar palatasi, Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi va Buxoro davlat universiteti oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida ular ishtirokida “Fan-taʼlim-ishlab chiqarish” tamoyili asosida hamkorlikni muvofiqlashtirib boruvchi ilmiy-amaliy hamkorlik kengashi tarkibi va uning nizomini tasdiqlash.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil iyunOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,Hisob palatasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi,Oʻzbekiston auditorlar palatasi,manfaatdor vazirlik va idoralar34.Ilmiy tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash.Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga ajratilgan davlat budjeti va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan Davlat auditi oliy maktabida “Davlat auditini tashkil etish uslubiyotini shakllantirish” mavzusida ilmiy-konferensiyalarni tashkil etish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-2027-yillar davomidaToshkent davlat iqtisodiyot universiteti,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Hisob palatasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi35.“CIPFA” va “INTOSAI” standartlari boʻyicha ixtisoslashgan modullarni joriy etish.“CIPFA” va “INTOSAI” standartlari boʻyicha ixtisoslashgan modullarni joriy etish. “INTOSAI ISSAI” standartlari boʻyicha uslubiy materiallar tayyorlash.“CIPFA” standartlari boʻyicha oʻqituvchilarni tayyorlash dasturini yoʻlga qoʻyish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026 — 2029-yillarToshkent davlat iqtisodiyot universiteti,Oʻzbekiston auditorlar palatasi36.Talabalar uchun amaliyot va stajirovka dasturlarini tashkil etish.1. Xalqaro amaliyot va stajirovka dasturini tashkil etish hamda “CIPFA” shogirdlik dasturi (Level 7 Apprenticeship) bilan hamkorlik oʻrnatish.Tashkiliy chora-tadbirlar2027-yil oktabrToshkent davlat iqtisodiyot universiteti,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Hisob palatasi2. Talabalarning xalqaro seminar va vorkshoplarda qatnashishini tashkil etish.Soha boʻyicha xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish.Reja-jadvalga muvofiq oʻquv yili davomida37.Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Xitoyning Nankin audit universiteti oʻrtasida ilmiy va akademik hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.1. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Xitoyning Nankin audit universiteti hamkorligida qoʻshma akademik tadbirlarni oʻtkazish, pedagoglar salohiyatini rivojlantirish, talabalar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlarida hamkorlikni koʻzda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash, qoʻshma oʻquv rejalarini tuzish, axborot texnologiyalari auditi fanini joriy etish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil yanvar — martToshkent davlat iqtisodiyot universiteti,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Hisob palatasi2. Oliy taʼlim muassasalarida buxgalteriya hisobi va audit sohasida xalqaro standartlarni oʻqitish orqali xalqaro darajada tan olingan sertifikatlarni olish imkoniyatini yaratish.2026/2027 oʻquv yilidan boshlabToshkent davlat iqtisodiyot universiteti,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-252-son Farmoniga2-ILOVA

Hisob palatasining vakili sifatida bosh inspektor lavozimi joriy etiladigan davlat organlari va tashkilotlari

1. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi

3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

4. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

5. Madaniyat vazirligi

6. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

8. Raqamli texnologiyalar vazirligi

9. Sogʻliqni saqlash vazirligi

10. Sport vazirligi

11. Suv xoʻjaligi vazirligi

12. Favqulodda vaziyatlar vazirligi

13. Transport vazirligi

14. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

15. Energetika vazirligi

16. Qishloq xoʻjaligi vazirligi

17. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

18. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

19. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

20. Yoshlar ishlari agentligi

21. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada toʻlovlar agentligi

22. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

23. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

24. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-252-son Farmoniga3-ILOVA

Davlat organlari va tashkilotlarida Hisob palatasining vakili sifatida faoliyat olib boruvchi bosh inspektorning

1. Budjet qonunchiligi buzilishi holatlarining oldini olish va ularning profilaktikasi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlarni tashkil etish.

2. Budjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq maqsadli indikatorlar ijrosi boʻyicha xavflarni baholash va samaradorligini tahlil qilish.

3. Davlat tashqi qarzi va grantlar hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalarning loyiha baholash hujjatlaridan boshlab, ularning yakunlanishigacha boʻlgan barcha jarayonlarni nazoratga olish.

4. Davlat organlari va tashkilotlarining qoʻshimcha daromadlari va budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanishni monitoring qilish.

5. Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, manfaatlar toʻqnashuvi va affillanganlik holatlarini toʻxtatish choralarini koʻrish.

6. Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan obyektlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari xarajatlarini monitoring qilish.

7. Davlat organlari va tashkilotlari “Situatsion markaz”larining faoliyati samarali amalga oshirilishini va Hisob palatasi bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash.

8. Budjet, tashqi qarz va grant mablagʻlaridan samarali va tejamkorlik tamoyili asosida foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

9. Subsidiyalarning manzilliligi va maqsadliligini nazorat qilish hamda uning samaradorligini tahlil qilish.

10. Ichki nazorat tuzilmalari xodimlari va “xavflarni boshqarish” qoʻmitalari aʼzolarining faoliyati samaradorligini oshirish hamda muvofiqlashtirish.

11. Davlat budjeti xarajatlari samarali va maqsadli ishlatilishi bilan bogʻliq boʻlgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.

12. Joriy nazorat natijalari boʻyicha har choraklik hisobotni “Davlat auditi” dasturiy kompleksiga majburiy tarzda kiritish.

13. Moliyaviy sohadagi korrupsiyaviy xatarlar aniqlangan taqdirda, darhol Hisob palatasi raisiga axborot berish va maʼlumotlarni “Davlat auditi” dasturiy kompleksiga kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-252-son Farmoniga4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi “Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6300-son Farmonida:

(a) 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Moliya” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(b) 8-bandning birinchi xatboshisidagi “110” raqami “157” raqami bilan almashtirilsin;

(v) 13-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Belgilansinki:

Hisob palatasi oʻz emblemasiga ega boʻladi. Bunda emblemadan foydalanish tartibi Hisob palatasi raisi tomonidan belgilanadi;

Hisob palatasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarida budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari, davlat qarzi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan oʻtkaziladigan nazorat tadbirlariga nisbatan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishga oid tartib-taomillar tatbiq etilmaydi. Bunda nazorat tadbirlarini oʻtkazishga masʼul xodimlar tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobini qonunchilikda belgilangan tartibda toʻldirishi shart (davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar bundan mustasno)”;

(g) 14-bandda “Davlat budjeti mablagʻlari” soʻzlaridan keyin “hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

(d) 15-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Belgilansinki, Hisob palatasiga tegishli maʼlumotlar bazalari va axborot tizimlaridagi, shu jumladan, faoliyatida foydalaniladigan boshqa maʼlumotlar bazalaridagi axborotlar faqat axborot egasi bilan kelishilgan holda uchinchi shaxslarga taqdim etiladi (bundan aniqlangan kamchiliklar yoki xavf-tahlillarga oid axborotlar mustasno)”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi “Budjet mablagʻlaridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-100-son Farmonida:

(a) 1-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “tashkilotlar” soʻzi “soliq toʻlovchilar” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(b) 5-bandda:

(i) “a” kichik bandning oltinchi xatboshisidagi “tashkilotlar” soʻzi “soliq toʻlovchilar” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(ii) “v” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Hisob palatasi xodimlarining malakasini oshirish uchun xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga oʻqishga yuborish, shu jumladan, har yili kamida bir marotaba milliy taʼlim muassasalarida malaka oshirish va oʻquv kurslari xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda tashkil etilsin yoki xorijda yoʻlga qoʻyilsin.

Bunda magistratura va doktorantura mutaxassisligi boʻyicha xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga oʻqishga yuboriladigan xodimlarning Hisob palatasida egallab turgan lavozimlari (oylik ish haqi toʻlovlari qisman hisoblangan holda) saqlab qolinishiga ruxsat etiladi”;

(v) 2-ilovaning 1-pozitsiyasi 5-kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

(g) 3-ilovada:

(i) quyidagi mazmundagi 39-1 — 39-14-bandlar bilan toʻldirilsin:

“39-1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi

39-2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi

39-3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

39-4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi

39-5. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

39-6. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

39-7. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

39-8. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

39-9. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

39-10. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

39-11. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi

39-12. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

39-13. Savdo-sanoat palatasi

39-14. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi”;

(ii) quyidagi mazmundagi 81-1 — 81-8 bandlar bilan toʻldirilsin:

“81-1. “Oʻzenergosotish” AJ

81-2. “Oʻzbek geologiya qidiruv” AJ

81-3. “Oʻzshahar qurilish invest” MCHJ

81-4. “Oʻzbekkoʻmir” AJ

81-5. “Toshkent metropoliteni” DUK

81-6. “Oʻzbekgeofizika” AJ

81-7. Issiqlik taʼminoti korxonalari

81-8. Issiqlik elektr stansiyalari korxonalari”;

(iii) izohlar qismining yettinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasining qarori” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yoʻnaltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-95-son Farmonining 13-bandi “b” kichik bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Bunda milliy darajadagi davlat organlarining huquqiy maqomi va faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ular tomonidan elektron tizimga cheklangan maʼlumot va hujjatlar kiritilishiga ruxsat beriladi”.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Raqamli prokuratura — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-204-son Farmonining 10-bandi quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:

“(v) Hisob palatasining “Davlat auditi” dasturidagi barcha davlat moliyaviy nazorati tadbirlari, shu jumladan, ichki audit xizmatlarining audit tadbirlari natijalariga doir barcha turdagi hujjatlar “Tekshiruvlarning yagona elektron reyestri” yagona axborot tizimi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri (“Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi ishtirokisiz) integratsiya qilingan holda prokuratura organlariga taqdim etib boriladi”.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2691-son qarorining 3-ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga3-ILOVA

Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan soni

T/rHududlar nomiBoshqaruv xodimlarining cheklangan sonishu jumladan, master rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha loyiha ofislariI toifali hududlar boʻyicha1.Andijon viloyati6242.Qashqadaryo viloyati7043.Samarqand viloyati6244.Toshkent viloyati6945.Fargʻona viloyati634II toifali hududlar boʻyicha6.Buxoro viloyati6247.Navoiy viloyati6138.Namangan viloyati6349.Surxondaryo viloyati63410.Xorazm viloyati644III toifali hududlar boʻyicha11.Jizzax viloyati59412.Sirdaryo viloyati583Toifadan tashqari13.Toshkent shahri104Jami85546”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.