Mamlakatimizda kitob oʻqish madaniyatini keng targʻib qilish, yangi nashrlar va tarjimalarni yoʻlga qoʻyish hamda aholi orasida kitobga qiziqishni kuchaytirish, kutubxonalar va taʼlim dargohlarini kasbiy va sohaviy adabiyotlar bilan taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
I. Asosiy maqsad
1. Ushbu qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsad etib 2026 — 2030-yillarda aholining kitobxonlik darajasi (bir odam oʻqiydigan kitob soni)ni yiliga oʻrtacha 10 ta kitobga yetkazish belgilansin.
II. Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish
2. Yoshlar ishlari agentligi huzurida yuridik shaxs maqomisiz Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin va uning vasiylik kengashi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.
3. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va uning mablagʻlari quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilishi belgilansin:
(a) tanlov orqali yosh yozuvchilar uchun grantlar ajratish va asarlarini nashr etish, bolalar adabiyoti yoʻnalishidagi loyihalarni qoʻllab-quvvatlash;
(b) tanlov orqali isteʼdodli mualliflarni aniqlash va ularga ijod qilish uchun sharoit yaratish maqsadida bir yilgacha bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida har oy haq toʻlash;
(v) eng sara xorijiy adabiyotlarni oʻzbek tiliga va milliy adabiyotlarni xorijiy tillarga tarjima qilishda nashrga tayyorlash va chop etish xarajatlarining 50 foizi hamda mualliflik huquqi uchun xarajatlarning 80 foizini qoplash;
(g) vasiylik kengashi aʼzolariga har chorakda bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda mukofot toʻlash;
(d) kitobxonlik reytingini shakllantirish bilan bogʻliq xarajatlarni amalga oshirish.
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga kitoblarni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish xarajatlari uchun har yili ajratiladigan mablagʻlar miqdorini 20 milliard soʻmga yetkazsin va ularning Jamgʻarmaga yoʻnaltirilishini taʼminlansin.
5. Yoshlar ishlari agentligi bir oy muddatda grantlar ajratish, isteʼdodli mualliflarni aniqlash va oʻzbek tiliga tarjima qilish uchun eng sara xorijiy adabiyotlarni tanlash tartibini tasdiqlasin.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamgʻarmasi vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash)ning majlislari bir oyda kamida bir marta oʻtkaziladi;
(b) Jamgʻarma mablagʻlari Kengash qarorlari asosida ajratiladi, bunda qarorlar Kengash aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi;
(v) Kengash 3-ilovaga muvofiq asosiy vazifalarni amalga oshiradi.
III. Aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
7. Belgilansinki, 2026-yil 1-fevraldan boshlab:
(a) aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish boʻyicha 4-ilovaga muvofiq “Kitob — maʼrifat manbai” dasturi amalga oshiriladi;
(b) davlat organlarining kitob va kitobxonlik haqidagi reklamalari ijtimoiy axborot (reklama) sifatida tan olinadi;
(v) transport infratuzilmasi obyektlari va transport vositalarida (avtobus, metro, samolyot, poyezdlar) simsiz yoki mobil internet tarmogʻi orqali “Mutolaa” platformasidan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi, qulaylik uchun QR kodlar oʻrnatiladi.
8. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumtaʼlim muassasalarida ikki oy muddatda “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublari tashkil etilsin. Bunda:
(a) “Jadidlar izidan” kitobxonlik klubi aʼzolari oʻrtasida kitob tahliliga bagʻishlangan debatlar oʻtkaziladi;
(b) maktablarda “Jadidlar izidan” klubi aʼzolariga yiliga kamida 20 ta kitob oʻqitib boriladi;
(v) har chorakda tuman(shahar) kesimida eng faol “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublari aʼzolari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ragʻbatlantiriladi.
9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq barcha vazirlik va idoralarda:
(a) 2026-yil 1-martga qadar tegishli soha boʻyicha tavsiya etiladigan kasbiy faoliyatga oid adabiyotlar roʻyxati shakllantiriladi;
(b) har yili kamida 3 tadan kasbiy faoliyatga oid xorijiy adabiyotlarni mahalliy nashriyotlar orqali oʻzbek tiliga tarjima qilib, malakali mutaxassislar ishtirokida ularni izohlar, lugʻat va misollar bilan boyitish amaliyoti joriy etiladi;
(v) 2026-yil 1-aprelga qadar oʻzida va tizimidagi tashkilotlarda “Kitob burchagi” tashkil etiladi va xodimlar uchun har oyda “Kitob oʻqish soati” yoʻlga qoʻyiladi;
(g) kitobxonlik boʻyicha ichki reyting tizimi joriy etiladi;
(d) tanlov asosida eng koʻp kitob oʻqigan xodimga Budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi hisobidan bir oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti beriladi.
10. Yoshlar ishlari agentligi vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda eng koʻp kitob oʻqigan top-100 talikka kiradigan oʻquvchi va talabalarni aniqlash tartibini tasdiqlasin. Bunda top-100 talikka kirgan oʻquvchi va talabalarning har biriga Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida pul mukofoti berilishi nazarda tutilsin.
11. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Milliy kutubxona, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Markaziy bank bilan hamkorlikda 2026-yil davomida “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomini olgan hududlarda namunali 330 ta mahalla kutubxonalari tashkil qilsin hamda yil yakunida mazkur tashabbus koʻlamini kengaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
12. Yoshlar ishlari agentligi ikki oy muddatda:
(a) respublika boʻyicha mavjud barcha kutubxonalarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish va ularning holatini yaxshilash, zamonaviy koʻrinish berish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini;
(b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Saʼdullayev belgilansin.
14. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 15-yanvar,
PQ-9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qaroriga1-ILOVA
Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamgʻarmasi vasiylik kengashining
1.A. Saʼdullayev—Yoshlar ishlari agentligi direktori, Vasiylik kengashi raisi2.U. Teshabayeva—Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari3.O. Davlatov—Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti direktori4.E. Asanov—Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimi5.Sh. Sagatova—adliya vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi 6.B. Karimov—Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori7.H. Jumayev—AT “Aloqabank” matbuot kotibi, muharrir8.S. Olimov—Respublika yosh ijodkorlar kengashi NNT “Mutolaa” loyihasi menejeri9.J. Ahmedov—Bolalar kontentini rivojlantirish markazi direktori10.M. Abdullayeva—tarjimon11.E. Norpoʻlatov—Yoshlar ishlari agentligi boʻlim boshligʻi, Vasiylik kengashi kotibi
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Vasiylik kengashi tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qaroriga2-ILOVA
Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari
1. Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar.
2. Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar.
3. Jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari.
4. Xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari.
5. Qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qaroriga3-ILOVA
Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamgʻarmasi vasiylik kengashining asosiy vazifalari
1. Ilmiy, tarixiy, badiiy va ilmiy-ommabop yoʻnalishlarda xorijiy adabiyotlarni oʻzbek tiliga va milliy adabiyotlarni xorijiy tillarga tarjima qilishda tanlovlar oʻtkazish, eng saralarini tanlash va moliyalashtirish boʻyicha qaror qabul qilish.
2. Tarjimalarning huquqiy asoslarini taʼminlash va mualliflik huquqiga rioya etilishini nazorat qilish.
3. Yosh yozuvchilar uchun grantlar ajratish va asarlarini nashr etish, tanlov orqali isteʼdodli mualliflar nomzodlarini koʻrib chiqish va ularga ijod qilish uchun qulay sharoit yaratishni moliyalashtirish boʻyicha qaror qabul qilish.
4. Davlat organlari, nashriyotlar, mualliflar, ilmiy doiralar, kitob sotuvchilari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻrtasida samarali hamkorlikni taʼminlash.
5. Vazirlik va idoralar tomonidan mazkur qaror ijrosi samarali va oʻz vaqtida taʼminlanishini nazorat qilish.
6. Qaror ijrosi taʼminlashda toʻsiq boʻlayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga va vakolatli davlat organlariga taqdim etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qaroriga4-ILOVA
“Kitob — maʼrifat manbai”
T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiMuddatiIjro uchun masʼullarTadbirlar maqsadi1.“Bir kunda bir sahifa” nomli umummilliy onlayn tashabbusni yoʻlga qoʻyish“Mutolaa” platformasi va mobil ilovasi orqalifoydalanuvchilar kitob oʻqish darajasining kunlik reytingini yuritish(ochiq maʼlumot boʻladi)DoimiyRaqamli texnologiyalar vazirligi,Yoshlar ishlari agentligiYoshlarda har kuni kitob oʻqish odatini shakllantirish2.Hududlar boʻyicha kitob sotuvi va kutubxona tashriflari asosida Kitobxonlik indeksini joriy etish1. Har yili hududlar kesimida kitoblar sotuvi, kutubxona tashriflari va tanlovlarda ishtirokchilar soni asosida indeks shakllantirish2026-yil 1-martYoshlar ishlari agentligi,Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,Raqamli texnologiyalar vazirligiKitobxonlik darajasi boʻyicha hududlar oʻrtasida sogʻlom raqobatni yaratish2. Natijalarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib borishDoimiy3.“Transport infratuzilmasi obyektlari va transport vositalarida kitob” loyihasini amalga oshirishYoʻlovchilarga qulaylik yaratish uchun transport infratuzilmasi obyektlari va transport vositalarida (avtobus, metro, samolyot, poyezdlar) Wi-fi yoki mobil internet orqali “Mutolaa” platformasiga ulanish imkoniyati yaratiladi2026-yil 1-sentabrTransport vazirligi,Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,“Uzbekistan Airways” AJ,“Uzbekistan Airports” AJ,“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,“Toshshahartansxizmat” AJAholining vaqtdan unumli foydalanish, sayohatda ham kitob oʻqish imkoniyatiga ega boʻlishi4.“Kitob burchaklari”ni tashkil etishBarcha davlat idoralarida “kitob burchaklari”ni yaratish.Bunda kitoblar sohaga oid ilmiy va maʼnaviy adabiyotlardan tanlanadi2026-yil 1-martVazirlik va idoralarDavlat xizmatchilarida kitob oʻqish koʻnikmasini shakllantirish5.“Oilaviy kitobxonlik” dasturini amalga oshirish1. Har bir mahallada oilalar oʻrtasida kitob mutolaasi tanlovlarini tashkil etib borish2. Gʻoliblarga mahalliy budjet hisobidan pul mukofotini berishDoimiyOʻzbekiston mahallalari uyushmasi,Yoshlar ishlari agentligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariOilalarda kitobxonlik anʼanalarini mustahkamlash6.Kitob yarmarkalari va festivallar oʻtkazishHar yili har bir hududda jahon darajasidagi “Kitob FEST” (Frankfurt kitob yarmarkasi namunasidagi) kitob yarmarkalari va festivallarini oʻtkazishDoimiyYoshlar ishlari agentligi,Madaniyat vazirligi,Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markaziKitobxonlikni targʻib etuvchi ommaviy anʼanani shakllantirish7.Ijtimoiy reklama va media dasturni amalga oshirishOmmaviy axborot vositalari, internet tarmoqlari va jamoat joylarida qisqa videoroliklar orqali kitobxonlik targʻibotini kuchaytirishDoimiyRespublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariKitob mutolaasini aholining kundalik madaniyatiga aylanishtirish8.“Kutubxona infratuzilmasi — 2030”Yangi zamonaviy dizaynda kutubxonalar tashkil qilish va ularda raqamli kutubxona portalini yaratish2026 — 2030-yillarIqtisodiyot va moliya vazirligi,Qurilish vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariHar bir tuman va shaharda zamonaviy kutubxona faoliyatini yoʻlga qoʻyish9.Davlat xizmatchilari uchun “Kitob oʻqish soati”ni yoʻlga qoʻyishHar oyda tashkilotlarda kitob mutolaasi va fikr almashish soatini oʻtkazishDoimiyVazirlik va idoralarMaʼnaviy saviya va tafakkurni oshirish10.Qisqa targʻibot shiorlarini joriy etishTelevizion va radio efirlar, gazetalar, internet saytlar, bannerlar, LED-ekranlar orqali “Har kuni 20 daqiqa kitob”, “Kitob — aql drayveri”va “Kitob oʻqigan inson — fikrli inson” kabi qisqa targʻibot shiorlarini joriy etish2026 — 2030-yillarYoshlar ishlari agentligi,Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markaziKitobxonlikni targʻib etuvchi ommaviy anʼanani shakllantirish11.Bolalar adabiyotini qoʻllab-quvvatlashBolalar adabiyoti yoʻnalishida oʻtkazilgan ijodiy tanlovlarda gʻolib boʻlgan loyihalarni moliyalashtirish va qoʻllab-quvvatlash tartibini ishlab chiqish.Bunda Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan gʻolib loyiha mualliflariga BHMning 100 baravari miqdorida mukofot pulini toʻlab berish va ularning asarlarini 5 000 nusxada chop etish xarajatlarini qoplab berish nazarda tutiladi.2026-yil 1-martBolalar kontentini rivojlantirish markaziBolalar kontentini rivojlantirish