Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy‑amaliy tibbiyot markazi yangi majmuasini Islom taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirish doirasida tibbiy va diagnostik jihozlar bilan oʻz vaqtida va toʻliq jihozlash, shuningdek, onkologiya xizmati moddiy‑texnika bazasini yanada mustahkamlash, kadrlar salohiyatini oshirish va tuzilmasini takomillashtirish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-maydagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi “Oʻzbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora‑tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-242-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
loyihani amalga oshirish uchun Islom taraqqiyot bankidan 10 million AQSH dollari miqdorida qoʻshimcha qarz jalb etish;
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi yangi majmuasi hamda uning filiallarini jihozlash uchun qoʻshimcha tibbiy va diagnostika jihozlarini xarid qilish;
loyihani amalga oshirish doirasida xarid qilinadigan va olib kiriladigan tovar (xizmat)larni Soliq kodeksiga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etish.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 20-yanvar,
PQ-18-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-18-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-maydagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi “Oʻzbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-242-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Quyidagilar:
Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi “Oʻzbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish” loyihasining I bosqichida Respublika ixtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy‑amaliy tibbiyot markazining hududiy filiallariga 2016 — 2021-yillar davomida umumiy qiymati 22,8 million AQSH dollari miqdoridagi davolash, diagnostika hamda radioterapevtik tibbiy jihozlar yetkazib berilganligi va ishga tushirilganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — ITB) oʻrtasida 2021-yil 4-sentabrda “Oʻzbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II bosqich)” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) moliyalashtirish uchun 5 yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga jami 80 million AQSH dollari miqdorida hadli va agentlik kelishuvlari imzolanganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi va ITB oʻrtasida 2025-yil 24-aprelda loyihani 10 million AQSH dollari miqdoridagi qoʻshimcha mablagʻlar bilan moliyalashtirish uchun hadli kelishuvga qoʻshimcha kelishuv imzolanganligi va qarzning umumiy miqdori 90 million AQSH dollarini tashkil etganligi;
loyihaning umumiy qiymati 133,0 million AQSH dollariga teng tuzatish kiritilgan texnik-iqtisodiy hisobi ishlab chiqilganligi va vakolatli davlat organlarida ekspertizadan oʻtkazilganligi, bunda 43,0 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar, shu jumladan, soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish shaklidagi — 15,53 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishdagi ulushini tashkil etishi;
loyihaning II bosqichini 2022 — 2027-yillarda amalga oshirish doirasida onkologiya muassasalarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) yangi majmuasi hamda uning filiallarini jihozlash uchun kontragent bilan oʻrnatilgan tartibda imzolangan bitim doirasida 200 turdan ortiq tibbiy jihozlarni xarid qilish, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va Saratonni oʻrganish xalqaro agentligi bilan imzolangan bitimlar doirasida onkologiya xizmati salohiyatini tubdan oshirish, saratonni boshlangʻich bosqichlarida aniqlash va ushbu yoʻnalishda soha mutaxassislarini oʻqitish va tayyorlash, onkologiya sohasida maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlashning elektron tizimini yaratishga hamda Xalqaro atom energiyasi agentligi mutaxassislarini jalb qilgan holda, yadro tibbiyotini joriy qilishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
Sogʻliqni saqlash vazirligi loyihani oʻz vaqtida amalga oshirish hamda muvofiqlashtirish, shuningdek, ITB qarzidan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda bitim rasmiylashtirilgan tashkilot loyiha doirasida tibbiy va diagnostika jihozlarini yetkazib berish uchun tuzilgan shartnomalar boʻyicha kontragent hisoblanadi;
Markaz, kontragent va loyihani amalga oshirish guruhi yuklarni qabul qilib oluvchilar hisoblanadi;
Sogʻliqni saqlash vazirligi Markaz uchun yangi majmua va uning filiallarida qurilish ishlari yakunlanib, loyiha doirasida yetkazib beriladigan jihozlarni qabul qilish uchun sharoitlar taʼminlangunga qadar ularni vaqtincha saqlash uchun omborxona bilan taʼminlaydi;
ITBning qarz mablagʻlarini qaytarish, shu jumladan, qoʻshimcha haq (ustama) va foizlar, boshqa toʻlovlar bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi”.
2. 3-bandda:
(a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II bosqich)” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq”;
(b) toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II bosqich)” loyihasi doirasida jalb etilayotgan qarz mablagʻlari hisobiga jihozlar va xizmatlarni yetkazib berishning manzilli taqsimoti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
3. 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Belgilab qoʻyilsinki, loyihani boshqarish boʻyicha vazifalar “Sogʻliqni saqlash vazirligining “Oʻzbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II bosqich)” loyihasini amalga oshirish guruhi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Loyihani amalga oshirish guruhi) zimmasiga yuklatiladi hamda uning moliyalashtirilishi loyihaning tuzatish kiritilgan texnik-iqtisodiy hisobida koʻrsatilgan ITB va Oʻzbekiston Respublikasi hissasi hisobidan amalga oshiriladi.
Bunda loyihani amalga oshirish davrida Loyihani amalga oshirish guruhining faoliyatini moliyalashtirish boʻyicha yillik xarajatlar smetasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi”.
5. 8-bandning birinchi xatboshisidagi “tovarlarga (xizmatlarga) toʻlanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi” soʻzlari “tovarlar (xizmatlar) Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. 9-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yili”.
7. 12-banddagi “B.A. Musayev” soʻzlari “A.A. Xudayarov” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. 13-banddan “va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari L.N. Toʻychiyev” soʻzlari chiqarib tashlansin.
9. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II bosqich)” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari
(ming AQSH dollari)T/rKoʻrsatkichlar nomiJami*Jumladan:ITB mablagʻlariOʻzbekiston Respublikasi ulushi1.Loyihaning umumiy qiymati *133 000,090 000,043 000,02.Kapital qoʻyilmalar qiymati, jami117 470,090 000,027 470,0jumladan komponentlar boʻyicha:2.1.1-komponent: Onkologiya xizmatidan foydalanish imkoniyatini oshirish105 270,080 000,025 270,02.2.2-komponent: Onkologiya xizmatlari sifatini oshirish4 982,04 982,0-2.3.3-komponent: Radiologiya, nur terapiyasi va yadro meditsinasi sohasida sogʻliqni saqlash tizimi imkoniyatlarini mustahkamlash2 356,02 356,0-2.4.4-komponent: Loyihani boshqarish1 170,0903,0267,02.5.Koʻzda tutilmagan xarajatlar3 692,01 759,01 933,03.Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar---4.Boshqa xarajatlar, jami---5.Oʻzbekiston Respublikasining soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish shaklidagi, shuningdek, xarid qilish hamda yetkazib berish boʻyicha agent xizmatlari uchun qoʻshgan hissasi15 530,0-15 530,06.Muassasalarning quvvati2 388 oʻrin7.Kutilayotgan ish oʻrinlari soni3 545 ta8.Investitsiya davrining davomiyligi 60 oy9.Qarzni qaytarish muddati20 yiljumladan, asosiy qarz uchun imtiyozli davr5 yil
* Soʻnggi qiymat koʻrsatkichlari tovarlar va xizmatlarini yetkazib berish boʻyicha oʻtkaziladigan xalqaro tender savdolari natijalariga asosan aniqlanadi”.
10. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II bosqich)” loyihasi boʻyicha Islom taraqqiyot bankining qarz mablagʻlarini qaytarish, shu jumladan qoʻshimcha haq (ustama) va foizlarni toʻlashning
Loyihani amalga oshirish muddati—5 yilJami foydalanish davri—20 yil, shundanimtiyozli davr — 5 yilFoiz stavkalari—1,85% + 10 yillik oʻrtacha SWAP qiymati*(ming AQSH dollari)Toʻlov davriImtiyozli davr foiz koʻrsatkichini hisobga olgan holda qarz miqdoriMablagʻlarning ustama qiymatiMablagʻlarni qaytarish qiymati**99 785 434,6527 534 820,1515.12.20274 244 008,4915.06.20284 244 008,4915.12.20284 244 008,4915.06.20294 244 008,4915.12.20294 244 008,4915.06.20304 244 008,4915.12.20304 244 008,4915.06.20314 244 008,4915.12.20314 244 008,4915.06.20324 244 008,4915.12.20324 244 008,4915.06.20334 244 008,4915.12.20334 244 008,4915.06.20344 244 008,4915.12.20344 244 008,4915.06.20354 244 008,4915.12.20354 244 008,4915.06.20364 244 008,4915.12.20364 244 008,4915.06.20374 244 008,4915.12.20374 244 008,4915.06.20384 244 008,4915.12.20384 244 008,4915.06.20394 244 008,4915.12.20394 244 008,4915.06.20404 244 008,4915.12.20404 244 008,4915.06.20414 244 008,4915.12.20414 244 008,4915.06.20424 244 008,49JAMI127 320 254,80
* SWAP foiz koʻrsatkichi soʻnggi haqiqiy qarz mablagʻlari oʻzlashtirilganidan keyin belgilanadi;
** Islom taraqqiyot banki qarzining haqiqatda oʻzlashtirilgan miqdori hamda sanasidan kelib chiqib oʻzgaradi”.
11. 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II bosqich)” loyihasi doirasida jalb etilayotgan qarz mablagʻlari hisobiga jihozlar va xizmatlarni yetkazib berishning
T/rJihozlar nomiOnkologiya muassasalariJami soniNarxi(donasi uchun)Summa(AQSH doll.)Qoraqalpogʻiston Respublikasi filialiAndijon viloyati filialiBuxoro viloyati filialiJizzax viloyati filialiQashqadaryo viloyati filialiNavoiy viloyati filialiNamangan viloyati filialiSamarqand viloyati filialiSurxondaryo viloyati filialiSirdaryo viloyati filialiFargʻona viloyati filialiFargʻona 2 (Qoʻqon) filialiXorazm viloyati filialiRespublika markazi(yangi majmua)Jami909910387878593120878498818616482848x75 000 000,001.Chiziqli tezlatkich (6,10 MeV) “FFF-funksiyali”-------------113 012 519,223 012 519,222.Chiziqli tezlatkich (6,10 MeV)--1----------122 043 685,394 087 370,783.Kontaktli gamma-terapiya (braxiterapiya) uskunasi-1-1-1----1-1-5363 904,001 819 520,004.Rentgenoterapiya uskunasi11111-111-111112225 379,172 704 550,045.Magnit-rezonansli tomograf 1,5T--1--1-111---271 143 100,008 001 700,006.Koʻp kesmali kompyuter tomografi (256 kesma)-------------111 170 582,001 170 582,007.Koʻp kesmali kompyuter tomografi (128 kesma)1--11-----1--15526 400,002 632 000,008.Angiografiya tizimi (gibrid)-------------11746 000,00746 000,009.Angiografiya tizimi--1----1------2676 000,001 352 000,0010.Statsionar raqamli rentgen tizimi (flyuoroskopiya)1111111111111114223 817,003 133 438,0011.Statsionar raqamli rentgen tizimi (radiografiya)-------------33107 500,00322 500,0012.S-halqali mobil rentgen tizimi (S-arm)111111111111131659 389,04950 224,6413.Koʻp funksiyali ultratovushli skaner (statsionar)111111111111141735 059,00596 003,0014.Koʻp funksiyali ultratovushli skaner (portativ)111111111111172026 165,00523 300,0015.Tana yuzasini avtomatik xaritalash tizimi (dermatoskop)-------------11100 525,55100 525,5516.Narkoz-nafas berish apparati222222222222263219 087,03610 784,9617.Narkoz-nafas berish apparati uchun kompressorlar22222222222220262 329,7260 572,7218.Narkoz-nafas berish apparati (yuqori koʻrsatkichli)-------------8844 937,50359 500,0019.Sunʼiy nafas berish apparati3443334433433206410 460,00669 440,0020.Sunʼiy nafas berish apparati (bolalar uchun)11--1--1-----1510 460,0052 300,0021.Bemor monitori55555555555557721 825,29131 420,8822.Bemor monitori (yuqori koʻrsatkichli)-------------181813 193,78237 488,0423.Defibrillyator-monitor11111111111114173 025,6051 435,2024.Infuziya nasosi34433344334333579649,7451 329,4625.Infuziya nasosi (kimyoterapiya uchun)55555555555552590734,4566 100,5026.Shpritsli nasos45544455445443390624,3856 194,2027.Ultratovushli xirurgik dissektor/aspirator-------------11279 888,00279 888,0028.Ultratovushli skalpel-------------2263 600,00127 200,0029.Koʻp funksiyali elektroxirurgiya jihozi (koagulyator)-------------5577 130,00385 650,0030.Elektroxirurgiya jihozi (koagulyator)2332223322322134429 697,951 306 709,8031.Xirurgik lazer tizimi (TUEB uchun)-------------1195 159,2095 159,2032.Xirurgik lazer tizimi (LOR uchun)-------------1177 500,0077 500,0033.Xirurgik jihozlar toʻplami2332223322322174813 755,64660 270,6534.Sternotomiya motorli tizimi-------------1158 750,0058 750,0035.Xirurgik aspirator233222332232213441 291,0056 804,0036.Operatsion lampa (statsionar)233222332232218493 175,00155 575,0037.Operatsion stol233222332232213445 887,50259 050,0038.Kimyoterapiya uchun maxsus kreslo222111121121172902 335,22210 169,8039.Otorinolaringolog ish oʻrni (LOR-kombayn)--1----1-----3536 837,00184 185,0040.Past haroratli plazmali sterilizator111111111111151832 100,00577 800,0041.Operatsion mikroskop-------------33266 333,33798 999,9942.Oftalmologik operatsion mikroskop-------------1177 000,0077 000,0043.Qon autotransfuziyasi uskunasi-------------2251 700,00103 400,0044.Oftalmologik tirqishli lampa-------------223 459,006 918,0045.Oftalmolog ish oʻrni-------------1136 725,5636 725,5646.Lazerli fotokoagulyator-------------1156 595,2756 595,2747.Oftalmologik xirurgik jihozlar toʻplami-------------1130 000,0030 000,0048.Xirurgik binokulyar lupa-------------555 248,7026 243,5049.Videooftalmoskopiya tizimi-------------118 991,398 991,3950.Koʻz tubini koʻrish nomidriatik kamerasi-------------1115 142,0015 142,0051.Bolalar koʻz toʻr pardasini koʻrish kamerasi-------------1158 710,8458 710,8452.Laparoskopiya tizimi111111111111121586 670,001 300 050,0053.Laparoskopiya tizimi (yuqori koʻrsatkichli)-------------66112 433,33674 599,9854.Rektoskopiya tizimi111111111111141733 498,59569 476,0355.Sistorezektoskopiya tizimi111----1-----2630 538,00183 228,0056.Videotsistorezektoskopiya tizimi-------------1177 290,0077 290,0057.Sistouretroskopiya tizimi (bolalar uchun)111----1-----1518 480,0092 400,0058.Videogisterorezektoskopiya tizimi1-1----1--1--3775 689,43529 826,0159.Kam invaziv LOR operatsiyalari uchun jihozlar toʻplami-------------1186 870,0086 870,0060.Videoendoskopiya tizimi (bronxo-, gastro-, duodeno-, kolono-)112222222222293396 971,003 200 043,0061.Ultratovushli videogastroskopiya tizimi-------------11163 965,00163 965,0062.Ultratovushli videobronxoskopiya tizimi-------------11113 974,00113 974,0063.Rinolaringofibroskopiya tizimi--1----------3421 632,8886 531,5264.Rinolaringofibroskopiya tizimi (bolalar uchun)-------------2219 443,8338 887,6665.Raqamli videokolposkopiya tizimi---1--1-1111-1720 400,71142 804,9766.Qon gazlari va elektrolitlari analizatori111111111111141719 029,41323 499,9767.Avtomatik gematologik analizator11111111111114177 008,00119 136,0068.Avtomatik biokimyoviy analizator111111111111141715 203,40258 457,8069.Oqimli sitofluorimetr va uning reagentlari-11----1-----14144 200,00576 800,0070.Kriostat va uning reagentlari (muzlatib kesish jihozi)-11----1-----1428 800,00115 200,0071.Genlar amplifikatsiyasi detektori (OSNA)-------------11199 747,67199 747,6772.Membranali plazmaferez tizimi-------------22134 136,50268 273,0073.Avtomatik gistologik protsessor111111111111131622 793,75364 700,0074.Parafin quyish tizimi11111111111113169 193,75147 100,0075.Kesmalarni quritish stoli11111111111113161 109,9017 758,4076.Laboratoriya termostati11111111111114174 816,2781 876,5977.Yarim avtomatik mikrotom111111111111131618 725,00299 600,0078.Binokulyar kamerali mikroskop11111111111117204 900,0098 000,0079.Muzlatkichli sentrifuga-------------3316 350,0049 050,0080.Biologik namunalarni muzlatib saqlash tizimi-------------228 874,0017 748,0081.Biochiplar skaneri-------------11234 687,00234 687,0082.Konfokal lazerli mikroskop-------------11340 000,00340 000,0083.SO2 inkubator-------------1110 410,0010 410,0084.Oʻta toza suv olish tizimi-------------119 440,009 440,0085.Past haroratli muzlatkich (-86°S dan past haroratli)-------------225 486,0010 972,0086.Analitik laboratoriya tarozisi-------------221 512,003 024,0087.Laboratoriya vorteks-mikseri-------------55280,001 400,0088.Ikki nurli spektrofotometr-------------1130 086,3630 086,3689.Bir nurli lyuminessent spektrometr-------------1132 109,0032 109,0090.Atom-absorbsion spektrometr-------------11134 863,54134 863,5491.Suyuqlik xromatografi-------------11103 705,00103 705,0092.Avtomatik polyarimetr-------------1138 949,4538 949,4593.Rotatsion bugʻlatkich-------------224 230,008 460,0094.Fraksiyalar kollektori-------------1117 590,0017 590,0095.Laminar shkaf-------------229 539,0819 078,1696.Bugʻli sterilizator (avtoklav), 75 litr-------------2220 200,0040 400,0097.Bugʻli sterilizator (avtoklav), 100 litr-------------3344 593,50133 780,5098.Quruq issiqlik shkafi, 80 litr-------------22966,001 932,0099.Quruq issiqlik shkafi, 250 litr-------------226 285,0012 570,00100.Laboratoriya akvadistillyatori (10 l/soat)-------------224 925,009 850,00101.Laboratoriya bidistillyatori (4 l/soat)-------------115 700,005 700,00102.Radiochastotali ablyatsiya tizimi111111111111131619 800,00316 800,00103.Termik ablyatsiya tizimi (portativ)555555555551511723 300,00237 600,00104.OPV aniqlash uchun avtomatik laboratoriya analizatorlari va reagentlari (OPVni aniqlash testlari — 500 000 dona)222121242122253089 333,672 680 010,00105.Past haroratli muzlatkichlar (testlarni saqlash uchun)11111111111112152 132,0031 980,00106.Raqamli mammografiya tizimi (2D) (stereotaktik biopsiya uskunasi bilan)---111--1---127200 840,331 405 882,31107.Tomosintez funksiyali raqamli mammografiya tizimi (stereotaktik biopsiya uskunasi bilan)11-----1--1--15213 090,331 065 451,65108.Koʻp kanalli telefoniya tizimlari11111111111113162 109,8833 758,08109.Kam invaziv endoskopik amaliyotlar uchun simulyator-------------22100 000,00200 000,00110.Kimyoterapiya preparatlarini markazlashtirilgan tayyorlash tizimi (avtomatik)-11----1--1-116130 516,67783 100,02111.Kimyoterapiya preparatlarini markazlashtirilgan tayyorlash tizimi (yarim avtomatik)1--1111-11-1--841 375,00331 000,00112.Saratonni roʻyxatga olish (Cancer-registry) dasturi-------------11194 150,31194 150,31113.Maʼlumotlarni saqlash uchun server-------------11149 811,00149 811,00114.Personal kompyuter10101010101010201010101010602001 037,38207 476,00115.Printer, skaner5555555105555530100449,6644 966,00116.Internet-bogʻlanish uchun uskunalar-------------1198 192,0098 192,00117.Axborot texnologiyalari va videokonferens aloqa tizimi111111111111131613 363,25213 812,00118.Internet-bogʻlanish tizimlari va ularni ishga tushirish11111111111112153 226,3348 395,00119.Server shkafi, pilot serverlar va boshqalar-------------1154 138,0054 138,00120.Server-------------1115 561,0015 561,00121.Asosiy kontroller (12 Tb hajmli 12 ta disk)-------------11108 532,00108 532,00122.Tibbiy-axborot dasturiy tizimi11111111111112156 779,06101 685,90123.Siklotron va radiosintez laboratoriyasi-------------118 850 000,008 850 000,00124.Pozitron-emission tomograf (PET/KT)-------------112 285 235,932 285 235,93125.Bir fotonli emission kompyuter tomografi (SPECT)-------------111 125 200,001 125 200,00126.Reanimatsiya sumkalari (kattalar uchun)-------------676740,002 680,00127.Anesteziologik jihozlar, mobil (sunʼiy nafas berish stansiyasi, monitor, mexanik bugʻlatkich bilan)-------------4445 000,00180 000,00128.Sentrifuga (stol usti, yuvish uchun stellaj — kumb)-------------111 340,001 340,00129.Sentrifuga (muzlatkichli, stol usti)-------------113 980,003 980,00130.Sentrifuga (stol usti, mikro, yuqori tezlikli)-------------111 260,001 260,00131.Sentrifuga (qon banki uchun, qon sumkasi)-------------1115 940,0015 940,00132.Krioxirurgik uskuna (aravachasi bilan)-------------112 000,002 000,00133.Defibrillyator-monitor (kardiostimulyator bilan)-------------114 500,004 500,00134.Defibrillyator-monitor (portativ)-------------40403 200,00128 000,00135.Suvni ionsizlantirish tizimi-------------114 600,004 600,00136.Elektrokoagulyator, 400 Vt, 2 bipolyar, monopolyar-------------2215 750,0031 500,00137.Buyraklar gemodializi tizimi (gemofiltratsiya uskunasi bilan)-------------3314 245,0042 735,00138.Suv tayyorlash tizimi (dializ uchun, bir kishilik)-------------3319 425,0058 275,00139.Stress-test tizimi (jismoniy mashqlar uchun velotrenajyor bilan)-------------1115 000,0015 000,00140.Qizdirib muhrlash moslamasi-------------223 200,006 400,00141.Trombotsitlar inkubatori (mikser bilan)-------------114 000,004 000,00142.Infuzion hajmli nasos-------------80801 200,0096 000,00143.Inkubator (oʻzgaruvchan haroratli)-------------221 946,003 892,00144.Spektrofotometr-------------1119 800,0019 800,00145.Suvli vanna (elektrotermik, qaynash harorati +90-oS)-------------11600,00600,00146.Koʻzgu oynasi (agglyutinatsiya)-------------11180,00180,00147.Suvli vanna (elektrotermik)-------------99900,008 100,00148.Vena tomirlarining joylashishini aniqlash tizimi-------------40401 259,2550 370,00149.Elektroforez, vanna va quvvat bloki jihozlari-------------332 205,006 615,00150.Laringoskopiya toʻplami, hamshiralar stansiyasi-------------3232600,0019 200,00151.Laringoskopiya toʻplami OR (2 tutqichli), kattalar uchun moslashuvchan pichoqlar bilan (3 yoki 4)-------------551 635,008 175,00152.Monitor (qon hajmi monitoringi uchun)-------------333 200,009 600,00153.Monitor (hayotiy zarur parametrlar, koʻp parametrli, MRT bilan uygʻun, pulsoksimetrli)-------------1125 000,0025 000,00154.Monitor (hayotiy zarur parametrlar, koʻp parametrli, bemorlarni parvarishlash uchun aksessuarlar bilan)-------------38381 825,0069 350,00155.Monitor, markaziy stansiya, rangli, 16 oʻrinli-------------445 000,0020 000,00156.Elektromiograf, 10 kanalli-------------1118 000,0018 000,00157.Elektroensefalograf-------------1115 000,0015 000,00158.Bosimli infuziya uchun manjeta 1000-------------2525174,564 364,00159.Bosimli infuziya uchun manjeta 500-------------1010158,401 584,00160.Sfigmomanometr (mobil tayanchda)-------------2281,00162,00161.Sfigmomanometr (aneroid, mobil DT)-------------585850,502 929,00162.Sfigmomanometr (aneroid, mobil)-------------494913,50661,50163.Aspiratsiya tizimi (yuqori oqim quvurlari tizimi bilan)-------------4141600,0024 600,00164.Aspiratsiya tizimi (lipektomiya uchun)-------------114 540,004 540,00165.Aspiratsiya tizimi (elektrik, portativ, torakal drenaj naychasi bilan — GOMKO)-------------221 300,002 600,00166.Shpritsli nasos (batareykali)-------------8080389,0031 120,00167.Shpritsli nasos (bemorlarni oziqlantirish uchun)-------------2525570,8414 271,00168.Shpritsli nasos (PCA)-------------551 000,005 000,00169.Termometr (elektron, timpanik)-------------1141144,50513,00170.Termometr (elektron, batareykali)-------------1941944,50873,00171.Rh-faktor aniqlash qutisi, oʻzaro taqqoslash tizimi-------------221 188,002 376,00172.Mobil rentgen tizimi-------------2250 000,00100 000,00173.Avtomatik koagulometr-------------1115 000,0015 000,00174.Mikrotoʻlqinli ablyatsiya tizimi-------------11150 000,00150 000,00175.MRT-mammografiya uchun gʻaltaklar toʻplami-------------1125 000,0025 000,00176.Kontrastli mammografiya uchun injektor-------------1120 000,0020 000,00177.Insufflyator, boʻr va sheyver toʻplami-------------1155 000,0055 000,00178.Nebulayzer, kompressorli-------------1919200,003 800,00179.Morfologik oynachalarni avtomatik boʻyash va qoplash uskunasi-------------22120 000,00240 000,00180.Koʻp okulyarli oʻquv mikroskopi-------------1140 000,0040 000,00181.CPR (yurak-oʻpka reanimatsiyasi) oʻrgatish modeli-------------111 000,001 000,00182.Bugʻli sterilizator 600 litrli (CSSD bilan)-------------22187 400,00374 800,00183.Bugʻli sterilizator 900 litrli (CSSD bilan)-------------22150 000,00300 000,00184.Kompyuter tomografi (simulyator)-------------22358 400,00716 800,00185.Bugʻ va gaz oqimi analizatori (kattalar, bolalar va chaqaloqlar uchun)-------------1140 000,0040 000,00186.Bemor simulyatori toʻplami-------------1130 000,0030 000,00187.Videolaringoskopiya tizimi-------------225 000,0010 000,00188.Ultratovushli tekshirish uskunasi (fibroskaner bilan)-------------1135 000,0035 000,00189.Ultratovushli tekshirish uskunasi-------------1135 000,0035 000,00190.Aravachalarni yuvish mashinasi (6000 litr)-------------11216 000,00216 000,00191.Avtomatik kesish va yopish qurilmasi (sterilizatsiya uchun)-------------2210 000,0020 000,00192.Yopish qurilmasi (sterilizatsiya uchun)-------------775 500,0038 500,00193.Rotatsion arterektomiya tizimi (ROTA)-------------1110 000,0010 000,00194.Tomir ichi ultratovushli tekshirish uskunasi (IVUS)-------------1130 000,0030 000,00195.Tomir ichi litotripsiyasi uskunasi (IVL)-------------1130 000,0030 000,00196.Aterektomiya uskunasi-------------1110 000,0010 000,00197.Vitra 810 tizimi uchun TTT qurilmasi-------------1115 000,0015 000,00198.Avtorefraktokeratometr-------------1115 000,0015 000,00199.Optik kogerent tomograf-------------11200 000,00200 000,00200.Elektrogenerator (kamida 2200 kVt)-------------1145 000,0045 000,00201.Qon xaltachalarini chayqovchi uskuna (tarozi bilan)-------------336 000,0018 000,00202.Qoʻlda boshqariladigan plazma ekstraktori-------------1115 000,0015 000,00203.Sentrifuga (gel ajratish uchun)-------------1117 002,5017 002,50204.Inkubator (gel kartalari uchun)-------------1115 000,0015 000,00205.Toʻliq avtomatik siydik analizatori-------------1115 537,0015 537,00
* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari va tanlov (tender) savdolari natijalari boʻyicha aniqlashtiriladi.
** Loyihani amalga oshirish jarayonida zaruratga koʻra Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan roʻyxatga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin”.