PQ-35-son Qaror · 30.01.2026

2026-2027-yillarda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-35
  • Qabul qilingan sana:30.01.2026
  • Kuchga kirgan sana:03.02.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/26/35/0105

Jizzax viloyati iqtisodiyotining yuqori surʼatlarda va barqaror oʻsishini taʼminlash, hududda infratuzilma va biznes muhitini yanada yaxshilash, turizm salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarish, “yashil” tamoyil va yondashuvlarni keng joriy qilish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish hamda kambagʻallikni qisqartirish maqsadida qaror qilaman:

I. Asosiy maqsadlar

1. Quyidagilar Jizzax viloyatini 2026-2027-yillarda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:

(a) yalpi hududiy mahsulot hajmi yillik oʻrtacha 8,5 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 7,8 foizga, bozor xizmatlari hajmi 13,2 foizga hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 4,6 foizga oʻsishini taʼminlash;

(b) 2026-yilda ishsizlik darajasini 3 foizga va kambagʻallik darajasini 2,8 foizga tushirish, Jizzax shahri, Sharof Rashidov, Baxmal, Gʻallaorol, Doʻstlik, Zomin va Zafarobod tumanlarini kambagʻallik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish;

(v) xorijiy investitsiyalar umumiy miqdorini 5 milliard AQSH dollari va hududiy eksport hajmini 2026-yilda 500 million AQSH dollariga yetkazish hamda yashirin iqtisodiyot ulushini 30 foizga qisqartirish;

(g) 2026-yilda 182 ta mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish.

II. Viloyatda mahallalar ixtisoslashuvini chuqurlashtirish

2. Quyidagilar:

(a) Jizzax viloyatida 2026-2027-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;

(b) Jizzax viloyati hokimining togʻli hududlar va yaylovlarni rivojlantirish, investitsiya, va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari 2026-yil yakuniga qadar:

(i) jami qiymati 1,5 milliard AQSH dollari boʻlgan 39 ta yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilishini;

(ii) togʻli hududlarda mavjud imkoniyatlarni toʻliq roʻyobga chiqarish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish hamda zarur infratuzilmani yaratish orqali investitsiyalar keng jalb qilinishini taʼminlasin;

(v) Jizzax viloyati hokimining dasht va choʻl hududlarida sanoatni rivojlantirish, investitsiya, va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari 2026-yil yakuniga qadar:

(i) jami qiymati 1 milliard AQSH dollari boʻlgan 60 ta yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilishini;

(ii) yangi sanoat korxonalari sonini oshirish orqali yuqori qoʻshilgan qiymatga ega raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini hamda aholi daromadlari oʻsishini taʼminlasin.

3. Jizzax viloyatida mahallalar ixtisoslashuvini ularning geografik joylashuvi, mavjud xomashyo va yer resurslaridan kelib chiqib, aniqlangan qiyosiy ustunliklari asosida chuqurlashtirish maqsadida 2026-2027-yillarda quyidagilar amalga oshirilsin:

(a) Agrosanoatni rivojlantirish agentligi, “Uzagrostar xolding” kompaniyasi va Jizzax viloyati hokimligi:

(i) Baxmal, Gʻallaorol, Zomin, Forish va boshqa tumanlarning 57 ta bogʻdorchilikka ixtisoslashgan mahallalarida 5 ming gektar eski bogʻ va tokzorlarni yangilasin hamda 4,6 ming gektar yer maydonida yangi intensiv sanoatlashgan plantatsiyalarni tashkil etsin;

(ii) Sharof Rashidov, Gʻallaorol, Zarbdor, Yangiobod, Zomin, Mirzachoʻl, Baxmal va boshqa tumanlarning 126 ta sabzavot va polizchilikka ixtisoslashgan mahallalarida 10 ming gektar aholi tomorqasi va ijara yer maydonlarida hosildorligi yuqori va eksportbop mahsulotlar yetishtirilishini taʼminlasin;

(b) Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda Jizzax viloyati hokimligi Forish, Gʻallaorol, Doʻstlik, Zafarobod, Mirzachoʻl va boshqa tumanlarda chorvachilikka ixtisoslashgan 140 ta mahallada 101 ming bosh chorva mollarining naslini yaxshilash choralarini koʻrsin;

(v) Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi sanoat yoʻnalishida:

(i) 50 ta mahallani sanoatga ixtisoslashtirsin, Sharof Rashidov, Doʻstlik, Gʻallaorol, Arnasoy va Zafarobod tumanlarida 40 ta mahallani oʻz faoliyati bilan qamrab oluvchi 5 ta tadbirkorlik markazlarini tashkil etsin;

(ii) Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tajriba-sinov tariqasida viloyatdagi erkin iqtisodiy zonadagi korxonalar, shu jumladan, avtomobilsozlik korxonalari atrofidagi 15 ta mahallada kooperatsiya orqali kichik ishlab chiqarishlarni kengaytirsin;

(g) Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi xizmatlar va turizm yoʻnalishida:

(i) Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda Arnasoy, Baxmal, Zafarobod, Forish va Sharof Rashidov tumanlarida 5 ta yirik turizm komplekslari hamda turizmga ixtisoslashgan 25 ta mahallada turizm xizmatlari va obyektlarini;

(ii) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda viloyat hududidan oʻtgan 158 km uzunlikdagi xalqaro hamda 1,4 ming km uzunlikdagi davlat ahamiyatidagi yoʻllar boʻyida 1 000 ta savdo, logistika va boshqa kichik xizmat koʻrsatish obyektlarini;

(iii) shahar va tuman markazlarida bittadan istirohat bogʻlari hamda 100 ta mahallaga xizmat koʻrsatuvchi gavjum koʻchalarni tashkil etsin.

4. Bosh vazir oʻrinbosari J. Qoʻchqorov Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Jizzax viloyatida mahallalarning ixtisoslashuvini chuqurlashtirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin. Bunda qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan mahallalarda “Uzagrostar xolding” kompaniyasini jalb qilgan holda loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutsin.

5. Quyidagilar:

(a) 2026-2027-yillarda Jizzax viloyatidagi mahallalarda bogʻdorchilik, sabzavotchilik va polizchilik plantatsiyalarini hamda naslli chorva mollarini koʻpaytirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar 2-ilovaga muvofiq;

(b) 2026-2027-yillarda Jizzax viloyatidagi mahallalar ixtisoslashuvi asosida tashkil etiladigan sanoat, turizm hamda xizmat koʻrsatish obyektlari boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar 3-ilovaga muvofiq;

(v) Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi yashashi va tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoit yaratish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq;

(g) Jizzax viloyatida elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladigan noruda yer qaʼri uchastkalari roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

III. Sanoatni rivojlantirish

6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda viloyatdagi jami 350 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqaruvchi 50 ta sanoat korxonalarida tannarxni pasaytirish dasturini tasdiqlasin. Bunda Jizzax viloyati hokimligi Dasturga kiritilgan sanoat korxonalariga mahsulot tannarxini pasaytirishga doir amaliy yordam koʻrsatish choralarini koʻrsin.

7. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, “Oʻzavtosanoat” AJ:

(a) 2026-yilda 120 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiya hisobiga avtomobillar uchun kamida 200 turdagi butlovchi qismlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻysin hamda mahalliylashtirish darajasini kamida 40 foizga yetkazish boʻyicha dastur ishlab chiqsin va ijrosini taʼminlasin;

(b) 2026-yildan boshlab avtomobilsozlikda yangi ishlab chiqarilgan butlovchi qismlarga sertifikat olish (validatsiya) xarajatlarining 50 foizini Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berishni yoʻlga qoʻysin.

8. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq har bir investitsiya loyihasi kesimida tarmoq jadvallarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

9. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda:

(a) 2026-yil 1-iyunga qadar Forish tumani “Uchquloch” MFY hududidagi qoʻrgʻoshin-rux konida geologiya-qidiruv ishlarini yakunlasin;

(b) 2026-yil 1-iyulga qadar volframni qazib olish va uni qayta ishlashni yanada kengaytirish boʻyicha 5 yillik dasturni tasdiqlash haqidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

(v) 2026-yil 1-avgustga qadar ushbu qarorga 5-ilovaga muvofiq noruda yer qaʼri uchastkalari elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlasin;

(g) 2026-yil 1-sentabrga qadar Gʻallaorol tumani “Avliyo” konidagi 11 tonna oltin resursiga ega istiqbolli maydonga investorlarni jalb qilsin.

10. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Jizzax viloyati hokimligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan birgalikda 2026-yil 1-oktabrga qadar Jizzax shahridagi “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki hududida boʻsh turgan 10 ming metr kvadrat oʻlchamdagi binodan joylarni tadbirkorlarga taklif qilib, istiqbolli loyihalarni shakllantirsin.

11. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi uch oy muddatda tajriba sinov tariqasida Jizzax viloyatidagi barcha maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini strategik rivojlantirish, muvofiqlashtirish, samarali boshqarish va investorlarga pullik xizmat koʻrsatishni tashkil etish maqsadida yagona direksiyani tashkil etish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

IV. Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish

12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda xalqaro moliya institutlaridan tadbirkorlikni rivojlantirish uchun jalb qilinadigan mablagʻlar hisobidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari uchun belgilangan shartlarda quyidagi kreditlarni ajratish uchun 10 million AQSH dollari miqdorida kredit resurslarini yoʻnaltirsin:

(a) Jizzax viloyatida jismoniy (oʻzini oʻzi band qilgan) shaxslarga naslli chorva mollarini xarid qilishga — 100 million soʻmgacha;

(b) Mirzachoʻl tumanida jismoniy (oʻzini oʻzi band qilgan) shaxslarga tuyachilikni rivojlantirish, turizm obyektlarini tashkil etish va ularni jihozlashga — 150 million soʻmgacha.

13. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi 2026-yilda:

(a) “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ bilan birgalikda olmaning yangi navlarini yaratish uchun Baxmal tumani “Muzbuloq” MFY hududida 100 gektarli intensiv bogʻ tashkil qilish;

(b) “Baxmal agrostar” MCHJ bilan birgalikda Baxmal tumanida 123 gektar yer maydonida yangi intensiv olma va nok bogʻlari hamda mevani qayta ishlash kompleksini barpo qilish;

(v) Baxmal tumanida 1,5 ming gektar eski bogʻlarni yangilashni taʼminlasin. Bunda:

(i) keyinchalik har yili eski bogʻlarning kamida 30 foizini yangilash;

(ii) aholi va fermerlarga “IN-VITRO” sharoitida koʻpaytirilgan koʻchatlarni xarid qilish xarajatlarining 50 foizini qoplab berish tartibini sertifikatlangan koʻchatlarga ham tatbiq etish nazarda tutilsin.

V. Xizmatlar va turizmni rivojlantirish

14. Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda 2026-2027-yillarda Birlashgan Arab Amirliklaridagi hamkorlar bilan 11 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiya hisobiga Arnasoy aeroportini kengaytirish choralarini koʻrsin.

15. Jizzax viloyati hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Turizm qoʻmitasining Baxmal, Forish, Zafarobod, Sharof Rashidov, Gʻallaorol va Arnasoy tumanlarida turizm majmualarini tashkil etish maqsadida quyidagi takliflari maʼqullansin:

(a) loyihalarni amalga oshirish boʻyicha buyurtmachilik vazifasini bajarish uchun Jizzax viloyati hokimligi huzurida “Jizzax viloyatida turizm loyihalari va infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish departamenti” davlat muassasasini tashkil etish;

(b) Jizzax viloyatining turizmga ixtisoslashgan tumanlarida elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalarini sotishdan tushgan mablagʻlarni 2027-yil 31-dekabrga qadar (sotish bilan bogʻliq xarajatlar chegirilgan holda) turizm majmualarini infratuzilma bilan taʼminlash va Departament faoliyatini moliyalashtirish uchun yoʻnaltirish;

(v) buyurtmachilik va boshqa vazifalarni bajarishda, jumladan, loyihalar, master rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, loyiha (texnik) topshiriqlarini ishlab chiqish, loyiha hujjatlarini qabul qilish va texnik nazoratni amalga oshirish yuzasidan kompaniya va konsultantlarni jalb etish.

VI. Yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash

16. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi xalqaro moliya institutlarini jalb qilgan holda 2026-yil 1-dekabrga qadar:

(a) Zomin va Baxmal tumanlarini bogʻlovchi umumiy foydalanishdagi “D-052” Dashtobod sh. — Zomin sh. — Baxmal q. — Gʻallaorol sh. avtomobil yoʻlining 24 — 182 km qismini;

(b) Forish tumanidan oʻtuvchi “D-048” Jizzax sh. — Yangi qishloq q. — Qizilcha q. — Qizilqum q. yoʻlining 7 — 114 km qismini;

(v) Sharof Rashidov tumanidagi Uchtepa q. — Oqtom q. “D-051” yoʻlining 0 — 26 km qismini rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha konsepsiyasi va baholash hujjatini ishlab chiqish hamda loyihani amalga oshirish uchun qarz mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin.

17. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi 2026-yil yakuniga qadar Jahon banki ishtirokidagi “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” 2-bosqich loyihasi doirasida Sharof Rashidov tumanidagi 9 ta mahallada infratuzilmani yaxshilash uchun 8 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.

18. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jahon bankining “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida ikki oy muddatda Jizzax viloyatini hududiy rejalashtirish strategiyasi hamda “Yangi Oʻzbekiston” qiyofasi maqomi berilgan Gʻallaorol va Zafarobod tumanlari, shuningdek, Baxmal tumani boʻyicha fazoviy va master rejalarni ishlab chiqish uchun nufuzli xorijiy kompaniyani jalb etsin. Bunda ishlab chiqiladigan fazoviy va master rejalar ushbu tumanlarda amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalarini tanlash va ularga oʻzgartirish kiritishga asos boʻladi.

19. Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Jizzax viloyati hokimligi 2026-yil 1-aprelga qadar xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanini yagona aglomeratsiya sifatida rivojlantirish boʻyicha bosh reja va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritishni taʼminlasin. Bunda:

(a) Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani oʻrtasidagi 40 gektar boʻsh yer maydoniga Yangi Jizzax shahrini joylashtirish hamda unda 1 200 xonadonli 50 ta koʻp qavatli uylarni qurish;

(b) Jizzax shahri ichidagi tirbandliklarni kamaytirish maqsadida 10 km uzunlikda aylanma yoʻl qurish;

(v) hududda zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaratish va ijtimoiy soha obyektlarini qurish;

(g) Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanini bogʻlaydigan yagona jamoat transporti tizimini yoʻlga qoʻyish;

(d) hududda yagona maʼmuriy markaz qurish, tumandagi davlat muassasalarini shu yerga koʻchirish hamda boʻshaydigan binolarni xususiy sektorga berish boʻyicha aniq loyihalarni kiritish nazarda tutilsin.

VII. Moliyaviy resurslar

20. Jizzax viloyati hududida maʼnan eskirgan taʼmirtalab obyektlarni, jumladan, mahallalardagi ijtimoiy soha obyektlari, olis va chekka hududdagi mahallalarni bogʻlovchi yoʻllar, ichimlik suvi tarmoqlari, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari, oqova suv tarmoqlarini taʼmirlash hamda barpo etish maqsadida:

(a) Jizzax viloyati hokimligi 2026-2027-yillarda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan yillik 4 foiz stavkada 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 40 mln AQSH dollari ekvivalentidagi kredit mablagʻlari milliy valyutada jalb etilishini taʼminlasin. Bunda:

(i) Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan infratuzilma obyektlarining manzilli roʻyxati Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda shakllantirilib, Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashida maʼqullanadi hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga kiritiladi;

(ii) Vazirlar Mahkamasi Rayosati taʼmirlanadigan infratuzilma obyektlarining manzilli roʻyxatini tasdiqlaydi;

(iii) ajratilgan mablagʻlar 2027 — 2032-yillarda teng ulushlarda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga Jizzax viloyati mahalliy budjetidan ularni har yilgi budjet parametrlarida nazarda tutgan holda qaytariladi;

(iv) mazkur kichik bandda koʻzda tutilgan mablagʻlarning 30 mln AQSH dollari 2026-yilda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ajratilishi rejalashtirilgan mablagʻlardan iqtisod qilingan qismi hisobidan va 2027-yilda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi parametrlarida rejalashtirilgan 10 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni jalb qilish boʻyicha arizalarga muvofiq ajratiladi;

(v) Jizzax viloyati hokimligi infratuzilma obyektlarini oʻz vaqtida taʼmirlash hamda barpo etish, shuningdek, kredit mablagʻlarini jalb qilish hamda ulardan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;

(b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan 200 milliard soʻm Jizzax viloyati hokimligiga ajratilsin. Bunda:

(i) sanoat zonalari infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi sanoat korxonalaridan chiqayotgan oqova suvni (tegishli xulosa asosida) tozalash inshootini qurish uchun 100 milliard soʻm;

(ii) Jizzax shahrida tirbandliklarni kamaytirish maqsadida 10 km uzunlikda aylanma yoʻl qurish uchun 60 milliard soʻm;

(iii) Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanini yagona aglomeratsiya sifatida rivojlantirish boʻyicha bosh reja ishlab chiqish va infratuzilma bilan taʼminlash uchun 40 milliard soʻm ajratiladi.

VIII. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

21. Belgilansinki, mazkur qaror ijrosi:

(a) har oyda Jizzax viloyati hokimligi tomonidan viloyatning tuman (shahar) hokimliklari ishtirokida;

(b) har chorakda Vazirlar Mahkamasida Jizzax viloyati hokimi, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilib boriladi.

22. Qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov, J.A. Xodjayev va A.J. Ramatov hamda Jizzax viloyati hokimi U.M. Mustafoyev belgilansin.

23. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 30-yanvar,

PQ-35-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PQ-35-son qaroriga1-ILOVA

Jizzax viloyatida 2026-2027-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari

T/rTumanlarMahalla nomiLoyiha nomiLoyiha quvvatiLoyiha qiymati(ming doll.)shu jumladanyaratiladigan ish oʻrniIshga tushish muddati(oy/yil)oʻlchov birliginaturamlrd soʻmoʻz mablagʻi(ming doll.)xorijiy investitsiya(ming doll.)Jami loyiha soni9915 3372 558 393112 7812 445 61225 142Jizzax viloyati hokimining togʻli hududlar va yaylovlarni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari masʼulligidagi investitsiya loyihalariTogʻli hudud jami3961821533342,684830,614485125795Baxmal tumani8145,044 264,59 264,535 000,04401.Baxmal tumani“Tongotar” MFYTomat pastasi ishlab chiqarishni tashkil etishtonna2 000,040,01 0001 000252026-yil sentabr2.“Uzunbuloq” MFYZafaron oʻsimligi yetishtirishni va qayta ishlar loyihasini kengaytirishkg1001522 00022 000302026-yil dekabr3.“Tongotar” MFYTomat pastasi ishlab chiqarishni tashkil etishtonna850,018,51 0001 000252026-yil dekabr4.“Fayzobod” MFYMeva-sabzavot mahsulotlari qayta ishlashni tashkil qilishtonna140025,57 0587 058852026-yil dekabr5.“Fayzobod” MFYMeva-sabzavot mahsulotlari qayta ishlashni tashkil qilishtonna10009,52 2002 200202026-yil dekabr6.“Uzunbuloq” MFYZafaron gulidan efir moyi ishlab chiqarishni tashkil qilishkg2005,52 041412 000252026-yil dekabr7.“Tongotar” MFYTomat pastasi ishlab chiqarishni tashkil qilishtonna1200165 083835 000802026-yil dekabr8.“Fayzobod” MFYMeva-sabzavot mahsulotlari qayta ishlashni tashkil qilishtonna1600153 883833 8001502026-yil dekabrGʻallaorol tumani62 916,0302 500,07 000,0295 500,06459.Gʻallaorol tumani“Xonimqoʻrgʻon” MFYQand lavlagi yetishtirish va shakar ishlab chiqarishni tashkil etishming tonna2001800150 000150 0002002026-yil dekabr10.“Uzunbuloq” MFYBazaltni qayta ishlashni tashkil etishming tonna20,018,05 0005 0001002026-yil sentabr11.“Gʻoʻbdin” MFYParrandachilik I-II-tartibli reproduktor ota-ona galasi naslchilik korxonasini tashkil etishming bosh100,045,07 0007 000802026-yil dekabr12.“Qoʻytosh” MFYVolfram qazib olish va qayta ishlash loyihasiming tonna302520 00020 0001002026-yil dekabr13.“Koʻkbuloq” MFYUn mahsulotini ishlab chiqarishtonna2005500500152026-yil sentabr14.“Uzunbuloq” MFYBoshqa rangli metall rudalarini qazib olishkg9301023120 000120 0001502026-yil dekabrZomin tumani101 633,0646 805,424 793,4622 012,02 17015.Zomin tumani“Gʻallakor” QFYBiologik texnologiyalar, makkajoʻxoridan shakar siropini olish, qishloq xoʻjaligi dronlarini ishlab chiqarishni tashkil etishming tonna5,0792,0400 000400 000902026-yil dekabr16.“Chilonzor” MFY, “Chorvador” QFYNaslli ota-onalik parrandachilikni rivojlantirishming bosh100,045,040 00040 0001002027-yil fevral17.“Gʻallakor” QFYBugʻdoydan oqsil va etanol ishlab chiqarishni tashkil etishming tonna50,025,066 00066 0003002026-yil dekabr18.“Gʻallakor” QFYMebel mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishming dona5,010,010 00010 0001202026-yil sentabr19.“Gʻallakor” QFYTemir beton mahsulotlari hamda yirik oʻlchamli koʻprik yoʻl oʻtkazgichlar ishlab chiqarishni tashkil etishmln.kub10,030,040 00040 0002102026-yil noyabr20.Zomin tumani“Gʻallakor” QFYShamol parragi ishlab chiqarishni tashkil etishdona3 000,080,060 00060 0001202026-yil dekabr21.“Gʻallakor” QFYOyna mahsulotlari uchun plyonka hamda yelim ishlab chiqarishni tashkil etishtonna4 000,028,06 0006 000802026-yil iyul22.“Gʻallakor” QFYKeng turdagi maishiy texnika vositalari hamda butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni tashkil etish (2-bosqich)mln dona130019 83519 8351 0002026-yil noyabr23.“Chilonzor” MFYSut mahsulotlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishming tonna2019812121002026-yil dekabr24.“Obi-hayot” QFYUzumni qayta ishlash orqali vino mahsuloti ishlab chiqarishming litr101254 9594 959502026-yil sentabrForish tumani81 312,0458 702,522 702,5436 000,01 93525.Forish tumani“Egizbuloq” MFYQirgʻoq boʻylarida dam olish va turizm kompleksini barpo etishoʻrin416,020,080 00080 0002502026-yil oktabr26.“Egizbuloq” MFYGidroksid kalsiy ishlab chiqarishni tashkil etishming tonna100,042,024 0004 00020 0001 1002026-yil dekabr27.“Egizbuloq” MFYBazalt toshidan vata ishlab chiqarishni tashkil etishming tonna20,0200,070 00070 0001502026-yil dekabr28.“Egizbuloq” MFYBazalt toshidan turli xil qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etishming tonna15,090,030 00030 000202026-yil noyabr29.“Egizbuloq” MFYGidroksid kalsiy ishlab chiqarishni tashkil etishming tonna30015040 27315 27325 000802026-yil dekabr30.“Egizbuloq” MFYSement ishlab chiqarishni tashkil etishmln tonna145063 4303 43060 0002002026-yil avgust31.“Egizbuloq” MFYOxak ishlab chiqarish loyihasini kengaytirishming tonna1101 0001 000152026-yil noyabr32.Forish tumani“Egizbuloq” MFYQuvvati 500 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurishmlrd KVt1,1350150 000150 0001202026-yil dekabrYangiobod tumani7176,081 070,221 070,260 000,060533.Yangiobod tumani“Havotogʻ” QFYKavrak oʻsimligini yetishtirish va eksportni amalga oshirishtonna3 000,037,520 00010 00010 000502026-yil noyabr34.“Yangiobod” SHFYPaxtachilikda foydalanish uchun qishloq xoʻjaligi texnika xizmatlarini yoʻlga qoʻyishming tonna30,0120,550 00050 0003002026-yil avgust35.“Yangiobod” SHFYIp kalva ishlab chiqarish (2-bosqich)ming tonna2006,59 9179 9171502026-yil noyabr36.“Havotogʻ” QFYMaʼdanli suv ishlab chiqarishtonna30004,53737402026-yil aprel37.“Doʻstlik” MFYChaqiq tosh ishlab chiqarishtonna150005826826202026-yil sentabr38.“Yangiobod” SHFYTrikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishtonna12001165165302026-yil noyabr39.“Yangiobod” SHFYZamonaviy texnologiyalar asosida sifatli qurilish materiallari ishlab chiqarishming dona101124124152026-yil dekabrJizzax viloyati hokimining dasht va choʻl hududlarida sanoatni rivojlantirish investitsiya va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari masʼulligidagi investitsiya loyihalari Dasht va choʻl hududlar jami609155,21025050,4527950,4599710019347Arnasoy tumani9160,5253 191,7991,7252 200,06051.Arnasoy tumani“Baxtli” MFYQishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashni tashkil etishtonna1 500,09,860 00060 000502026-yil dekabr2.“Baxtli” MFYSabzavot va poliz ekinlari yetishtirish va qadoqlashni tashkil etishtonna400,03,23 0003 000302026-yil oktabr3.“Baxtli” MFYPaxta terim kombaynlarini yigʻishni tashkil etishdona500,050,048 00048 0001002026-yil dekabr4.“O. Vodiy” MFYEksport-import tashqi savdo xizmatlarini tashkil etishming tonna15,025,040 00040 000502026-yil sentabr5.“O. Vodiy” MFYBoʻyoq mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishtonna500,035,040 00040 0001002026-yil sentabr6.“Baxtli” MFYTomchilatib sugʻorish texnologiyalarini ishlab chiqarish va oʻrnatishni tashkil etishgektar100008,530 00030 0001002026-yil dekabr7.“Baxtli” MFYIp-kalava ishlab chiqarishni tashkil etishtonna1 500,09,830 00030 0001202026-yil sentabr8.“O. Vodiy” MFYSut va sut mahsulotlarini qayta ishlab chiqarishtonna450012,5992992152026-yil avgust9.“Baxtli” MFYShirin kartoshka va sabzavot ekinlari yetishtirish hamda qayta ishlashni tashkil etishtonna500,06,81 20001 200402026-yil dekabrDoʻstlik tumani6393,983 938,0438,083 500,089010.Doʻstlik tumani“Gʻ. Gʻulom” MFYHar xil qulflar, ikki tomonlama tugmalar hamda yirik poligrafiya stiker, yozuvli, etiketkalar bosib chiqarishni tashkil etishmln dona1,015,015 00015 000402026-yil dekabr11.“Qahramon” MFYYillik quvvati 50 mVt quyosh fotoelektr stansiyasi tashkil etishmln.kVt81,548,950 00050 000802026-yil dekabr12.“Sanoatchilar” MFYOʻsimlik yogʻlarini ishlab chiqarishtonna6000505 025255 0002002026-yil oktabr13.“Sanoatchilar” MFYBioammofos ishlab chiqarishtonna400001205 4134135 0001202026-yil dekabr14.“Manas” MFYPaxtani qayta ishlashtonna150001205 5005 5004002026-yil sentabr15.“Manas” MFYEgiluvchan quvurlar ishlab chiqarishtonna2000403 0003 000502026-yil sentabrZarbdor tumani7405,576 413,21 413,275 000,010 56516.Zarbdor tumani“Andijon” MFYChorvachilik kompleksini tashkil etishtonna100,010,51 0001 000202026-yil oktabr17.“Sharq yulduzi” MFYNaslli parrandachilikni rivojlantirishmln bosh2,020,02 0002 000302026-yil dekabr18.“Oqar” MFYPaxta toʻqimachilik klasterini tashkil etishMing tonna8,0200,040 00040 00010 0002026-yil dekabr19.“Sharq yulduzi” MFYOʻsimlik yogʻi ishlab chiqarishni tashkil etishming tonna6,025,020 00020 000302026-yil dekabr20.“Yoshlik” MFYGoʻshtni qayta ishlashi tashkil qilishtonna10006010 00010 0001202026-yil dekabr21.“Yangiobod” MFYTrikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasini kengaytirishmln dona3803 0003 0003502026-yil oktabr22.“Oqar” MFYDonli va dukkakli ekinlarni saralash va qadoqlashni tashkil qilishming tonna510413413152026-yil dekabrZafarobod tumani6712,5136 491,7991,7135 500,051523.Zafarobod tumani“Chimqoʻrgʻon” QFYBazalt mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirishtonna95,03,015 00015 000252026-yil dekabr24.Zafarobod tumani“Yorqin” SHFYIpak tolali gilam ishlab chiqarishni kengaytirishming m21,06,53 0003 0001002026-yil oktabr25.“Birlik” QFYTomchilatish va yomgʻirlatib sugʻorish uskunalari ishlab chiqarishni tashkil etishdona300,03,810 00010 000102026-yil noyabr26.“Birlik” QFYPaxta yetishtirish va qayta ishlash (oʻsimlik yogʻi va kalava ip) ishlab chiqarishming tonna879,212 00012 000402026-yil dekabr27.“Nurafshon” SHFYParranda yetishtirish, ozuqa ishlab chiqarish, soʻyish va qadoqlash.ming tonna1025992992402026-yil dekabr28.“Pistalikent” SHFYOhak tosh qazib olish, koʻmir yoqilgʻisida reagen(t-?) ohak ishlab chiqarishmln. tonna1,0595,095 500095 5003002026-yil dekabrMirzachoʻl tumani6165,056 074,41 074,455 000,035029.Mirzachoʻl tumani“Gʻalaba” MFYJinsi mahsulotlar, mato boʻyash va tayyor tikuv mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etishming tonna2,012,022 00022 0001002026-yil dekabr30.“Gʻalaba” MFYAmmoniy sulfat kaliy mineral oʻgʻiti ishlab chiqarishni tashkil etishming tonna15,016,030 00030 000502026-yil dekabr31.“Gʻalaba” MFYSpirt ishlab chiqarishni kengaytirishming doll.9027413413602026-yil mart32.“Mirzadala” MFYXitoy texnologiyasi asosidagi gazbeton ishlab chiqarishni tashkil etishming kub10040661661402026-yil aprel33.“Gʻalaba” MFYQishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashming tonna10,040,000502026-yil sentabr34.“Gʻalaba” MFYAmmoniy sulfat kaliy ishlab chiqarishming tonna15303 0003 000502026-yil noyabrPaxtakor tumani6342,544 743,84 743,840 000,045035.Paxtakor tumani“Buyuk ipak yoʻli” MFYOzuqaviy oʻsimliklar yetishtirish va chorva mollari uchun tayyor yem ishlab chiqarishni tashkil etishtonna10 000,020,012 0002 00010 000202026-yil oktabr36.Paxtakor tumani“Gʻalaba” MFYToʻqimachilik sanoatida matolarni boʻyash uchun ishlatiladigan suyuqlik shaklida sintetik organik boʻyoqlar (pigment boʻyoqlari) ishlab chiqarishni tashkil etishdona1 mln50,015 00015 0001602026-yil dekabr37.“Samarqand” MFYMevalarni quritish hamda un ishlab chiqarishni tashkil etishming tonna6,322,55 2652655 000302026-yil sentabr38.“Paxtakor” MFYXitoy paxta urugʻini yaratish va ip kalava ishlab chiqarishni tashkil etishming tonna10505 3313315 000802026-yil oktabr39.“Bogʻishamol” MFYBir vaqtning oʻzida ikkita funksiyani bajaradigan isitish moslamasi va chelik quvurli radiator ishlab chiqarishming tonna51502 0662 066602026-yil iyul40.“Paxtakor” MFYIpakchilik klasterini tashkil etish (xom ipak va mato)tonna24505 083835 0001002026-yil avgustSh. Rashidov tumani8192,2166 884,37 884,3159 000,053041.Sh. Rashidov tumani“Fayziobod” MFYTurizm xizmati koʻrsatish markazini tashkil qilishming nafar70,028,035 0005 00030 000502026-yil dekabr42.“Qulpisar” MFYOhaktosh qazib olish va undan shagʻal ishlab chiqarishni tashkil etishming tonna30,07,020 0002 00018 000502026-yil avgust43.“Tokchilik” MFYMis mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etishming tonna30,020,020 00020 000402026-yil sentabr44.“Qulpisar” MFYOziq-ovqat pigment ishlab chiqarishni tashkil etishming tonna286,045,030 00030 000202026-yil dekabr45.“Tokchilik” MFYLED elektr lampalari ishlab chiqarishni tashkil etishming dona60,032,031 00031 0001002026-yil noyabr46.“Tokchilik” MFYMisni qayta ishlashming tonna155230 00030 0002002026-yil noyabr47.“Tokchilik” MFYChiqindi baklashkasini qayta ishlab sentifon mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishming tonna121,25858402026-yil oktabr48.Sh. Rashidov tumani“Yangiobod” MFYOfis, oshxona va yotoqxona mebellari ishlab chiqarishni tashkil etishming dona37826826302026-yil iyulJizzax shahar126 783,1207 313,210 413,2196 900,05 44249.Jizzax shahar“Bunyodkor” MFYKaustik soda ishlab chiqarishni tashkil etishming tonna50,0150,040 00040 0001922027-yil fevral50.“Bunyodkor” MFYGilam ishlab chiqarishni kengaytirishkv metr5 100,018,63 5003 500502026-yil oktabr51.“Nurliobod” MFYAvtomobillar uchun plastik detallar ishlab chiqarishni kengaytirishmln. dona50,025,013 40013 400602026-yil oktabr52.“Bunyodkor” MFYYangi rusumli elektromobillar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni tashkil etishming.dona15,03 850,040 00040 0008752026-yil dekabr53.“Nurliobod” MFYAvtomobillar elektr kabellari uchun turli ulash moslama detallari ishlab chiqarishni kengaytirishming dona210,053,011 50011 5002 5002026-yil oktabr54.“Bunyodkor” MFYZamonaviy texnologiyalar asosida turli xil metall profil mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishming tonna300,061,950 00010 00040 0004002027-yil mart55.“Bunyodkor” MFYZargarlik sanoati majmuasini tashkil etish10 00010 0003002026-yil sentabr56.“Bunyodkor” MFY“DOST” milliy brendi ostida yengil tijorat avtomobillarni ishlab chiqarishming dona15220030 24824830 0004502026-yil noyabr57.“Bunyodkor” MFYZargarlik buyumlari ishlab chiqarishkg1201504 0004 0001502026-yil sentabr58.“Bunyodkor” MFYSifatli baton shokoladlari ishlab chiqishming tonna95,025,0000502026-yil dekabr59.“Sangzor” MFYEksportbop pilla mahsulotlar yetishtirishming tonna502002 083832 0003502026-yil dekabr60.“Bunyodkor” MFYQuvurlar fitinglar va turli xil polipropilen mahsulotlari ishlab chiqarishmln pagon metr1049,72 583832 500652026-yil dekabr

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PQ-35-son qaroriga2-ILOVA

2026-2027-yillarda Jizzax viloyatidagi mahallalarda bogʻdorchilik, sabzavotchilik va polizchilik plantatsiyalarini tashkil etish hamda naslli chorva mollarini koʻpaytirish boʻyicha

T/rHududBogʻdorchilikka ixtisoslashgan MFYlar soniEski bogʻ va tokzorlar oʻrnida “in-vitro” usulida va sertifikatlangan koʻchatlar ekish,gektarSanoatlashgan plantatsiyalar tashkil etish,gektarSabzavot va polizchilikka ixtisoslashgan MFYlar soniHosildorligi yuqori va eksportbop mahsulotlar yetishtirish,gektarChorvachilikka ixtisoslashgan MFYlar soni boshqa tumanChorva mollarining naslini yangilash,ming boshJizzax viloyati575 0004 5701269 9501401011.Jizzax shahar2052.Arnasoy tumani1001110011153.Baxmal tumani171 5001 00072 50011124.Gʻallaorol tumani101 0001 20041 7001225.Sh. Rashidov tumani4900400281 3001436.Doʻstlik tumani100502300937.Zomin tumani15500500161 00018138.Zarbdor tumani1300170166001469.Zafarobod tumani5020025008510.Mirzachoʻl tumani5020084008211.Paxtakor tumani505053007112.Forish tumani95001004600153313.Yangiobod tumani150600365086

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PQ-35-son qaroriga3-ILOVA

2026-2027-yillarda mahallalar ixtisoslashuvi asosida tashkil etiladigan sanoat, turizm hamda xizmat koʻrsatish obyektlari boʻyicha

T/rHududSanoat yoʻnalishidaXizmatlar va turizm yoʻnalishidaSanoatga ixtisoslashtiriladigan MFYlar soniTashkil etiladigan tadbirkorlik markazlari soniQamrab olinadigan MFYlar soniTurizmga ixtisoslashgan MFYlar soniTashkil etiladigan yirik turizm komplekslari soniYoʻl boʻylarida savdo, logistika va boshqa kichik xizmat koʻrsatish obyektlari soniTashkil etiladigan gavjum koʻchalar soniQamrab olinadigan MFYlar soniJizzax viloyati505402551 000151001.Jizzax shahri852004342.Arnasoy tumani216114543.Baxmal tumani216180154.Gʻallaorol tumani51429855.Sh. Rashidov tumani8163110036.Doʻstlik tumani2157537.Zomin tumani52585188.Zarbdor tumani82100289.Zafarobod tumani21411351610.Mirzachoʻl tumani11422411.Paxtakor tumani527721012.Forish tumani1161401513.Yangiobod tumani1112315

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PQ-35-son qaroriga4-ILOVA

Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi yashashi va tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoit yaratish boʻyicha

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi PF-69-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PQ-35-son qaroriga5-ILOVA

Jizzax viloyatida elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladigan noruda yer qaʼri uchastkalari

T/rKon va uchastka nomiFoydali qazilma turiFoydalanish maqsadiMaydoni(gektar)Forish tumani1.Kulsuyuk (1997)Tabiiy pardozbop toshlar uchun ohaktoshQazish ishlarini olib borish7,32.Gʻazgʻon (Ustaxan)SerpentinitQazish ishlarini olib borish2,43.Suluqli-1Qurilish toshlari uchun dolomit va ohaktoshQazish ishlarini olib borish104.Suluqli-2Qurilish toshlari uchun dolomit va ohaktoshQazish ishlarini olib borish105.Suluqli-3Qurilish toshlari uchun dolomit va ohaktoshQazish ishlarini olib borish106.Suluqli-4Qurilish toshlari uchun dolomit va ohaktoshQazish ishlarini olib borish107.Suluqli-5Qurilish toshlari uchun dolomit va ohaktoshQazish ishlarini olib borish108.Suluqli-6Qurilish toshlari uchun dolomit va ohaktoshQazish ishlarini olib borish109.Suluqli-7Qurilish toshlari uchun dolomit va ohaktoshQazish ishlarini olib borish1010.Suluqli-8Qurilish toshlari uchun dolomit va ohaktoshQazish ishlarini olib borish1011.Suluqli-9Qurilish toshlari uchun dolomit va ohaktoshQazish ishlarini olib borish8,7Sharof Rashidov tumani12.Gʻazgʻon (Ustaxan)Oʻtga chidamli kukun ishlab chiqarishga xomashyo uchun Sh. KerpantinitQazish ishlarini olib borish2,413.PaxtaobodOhaktoshGeologiya oʻrganish ishlari7,214.RavotOhaktoshGeologiya oʻrganish ishlari1515.Sayxon-1 uch.1OhaktoshGeologiya oʻrganish ishlari11,416.Sayxon-1 uch.2OhaktoshGeologiya oʻrganish ishlari11,417.Sayxon-2OhaktoshGeologiya oʻrganish ishlari1518.Sayxon-3OhaktoshGeologiya oʻrganish ishlari4Zafarobod tumani19.ZafarobodQurilish toshlari uchun ohaktoshQazish ishlarini olib borish620.Zafarobod koni 1-uchastkasiGanjQazish ishlarini olib borish1021.Zafarobod koni 2-uchastkasiGanjQazish ishlarini olib borish1022.Zafarobod koni 3-uchastkasiGanjQazish ishlarini olib borish9,65Gʻallaorol tumani23.Qoʻytosh (Qoʻytosh-3)Tabiiy pardozbop toshlar uchun ohaktoshQazish ishlarini olib borish1824.Rovot-4 (Hovuzbuloq-2) koni 1-uchastkasiGʻisht xomashyosi uchun lyossimon jinslarQazish ishlarini olib borish1025.Rovot-4 (Hovuzbuloq-2) koni 2-uchastkasiGʻisht xomashyosi uchun lyossimon jinslarQazish ishlarini olib borish1026.Rovot-4 (Hovuzbuloq-2) koni 3-uchastkasiGʻisht xomashyosi uchun lyossimon jinslarQazish ishlarini olib borish1027.Rovot-4 (Hovuzbuloq-2) koni 4-uchastkasiGʻisht xomashyosi uchun lyossimon jinslarQazish ishlarini olib borish1028.Rovot-4 (Hovuzbuloq-2) koni 5-uchastkasiGʻisht xomashyosi uchun lyossimon jinslarQazish ishlarini olib borish1029.Rovot-4 (Hovuzbuloq-2) koni 6-uchastkasiGʻisht xomashyosi uchun lyossimon jinslarQazish ishlarini olib borish1030.Rovot-4 (Hovuzbuloq-2) koni 7-uchastkasiGʻisht xomashyosi uchun lyossimon jinslarQazish ishlarini olib borish11,331.Qoʻytosh-1GranitGeologiya oʻrganish ishlari12,332.Qoʻytosh-2GranitGeologiya oʻrganish ishlari1233.Qoʻytosh-3GranitGeologiya oʻrganish ishlari13,4Baxmal tumani34.BaxmalOhaktoshGeologiya oʻrganish ishlari2Zomin tumani35.ZominQum-shagʻalGeologiya oʻrganish ishlari10,3

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.