PQ-41-son Qaror · 04.02.2026

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-41
  • Qabul qilingan sana:04.02.2026
  • Kuchga kirgan sana:05.02.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/26/41/0111

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq qaror qilaman:

1. 2025-yil 17-iyul kuni Qobul shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Afgʻoniston Jamoat ishlari vazirligi va Pokiston Temir yoʻllari vazirligi oʻrtasida Nayboboddan Xarlachiga qadar yangi temir yoʻl qurilishi uchun texnik-iqtisodiy asoslarni birgalikda ishlab chiqish toʻgʻrisidagi hukumatlararo hadli bitim tasdiqlansin.

2. Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.

3. Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ toʻgʻrisida Afgʻoniston va Pokiston tomonlariga tegishli bildirishnoma yuborsin.

4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 4-fevral,

PQ-41-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.