Hududlarda barqaror va yuqori daromadli ish oʻrinlarini yaratish, loyihaviy yondashuv asosida mahallalar ixtisoslashuvini chuqurlashtirish va hududlarning solishtirma ustunliklarini aniqlagan holda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, rasmiy bandlikni ragʻbatlantiruvchi mexanizmlarni joriy qilish, xalqaro tan olingan malaka sertifikatiga ega boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash hamda kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida qaror qilaman:
I. Asosiy maqsad va vazifalar
1. Quyidagilar 2026-yilda aholi daromadini oshirish, barqaror ish oʻrinlarini yaratish hamda kambagʻallikni qisqartirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:
(a) kambagʻallik darajasini 2,8 foizgacha va ishsizlik darajasini 4,5 foizgacha pasaytirish;
(b) 1 mln aholini doimiy ish oʻrinlariga joylashtirish hamda 4 mln aholi daromadini oshirish;
(v) 263 mingta kambagʻal oilalarni (1,1 mln aholini) ularning daromadini oshirishga qaratilgan xizmatlar bilan qamrab olish;
(g) kambagʻallik va ishsizlikdan xoli mahallalar sonini 3,5 mingtaga yetkazish;
(d) 1 mln norasmiy ish oʻrinlarini legallashtirish;
(j) 120 ming nafar mutaxassisni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish;
(z) 37 ta ogʻir toifadagi tumanlarda kambagʻallik darajasini kamida 2 baravarga qisqartirish va Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi 33 ta tuman va shaharni kambagʻallik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish.
2. Quyidagilar:
(a) Ishsizlik va kambagʻallik darajasini kamaytirish boʻyicha 2026-yil uchun maqsadli koʻrsatkichlar 1-ilovaga muvofiq;
(b) Aholini doimiy ish oʻrinlariga joylashtirish boʻyicha 2026-yil uchun maqsadli koʻrsatkichlar 2-ilovaga muvofiq;
(v) Aholini daromadlarni oshirishga qaratilgan xizmatlar bilan qamrab olish boʻyicha 2026-yil uchun maqsadli koʻrsatkichlar 3-ilovaga muvofiq;
(g) Kambagʻal oilalarni ularning daromadini oshirishga qaratilgan xizmatlar bilan qamrab olish boʻyicha 2026-yil uchun maqsadli koʻrsatkichlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov) ikki hafta muddatda mazkur qarorning 1 — 4-ilovalari asosida mahallalar kesimidagi oyma-oy maqsadli koʻrsatkichlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar kengashlari muhokamasiga kiritsin.
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlari hamda joylarda oʻtkazilgan oʻrganishlar asosida 37 ta ogʻir toifadagi tuman va kambagʻallik darajasi yuqori boʻlgan 915 ta ogʻir toifadagi mahalla (keyingi oʻrinlarda — “ogʻir” mahallalar) tanlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi PF-119-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 06/26/119/0624-son)
II. Mahallalarda biznes infratuzilmasini yaxshilash hamda loyihaviy yondashuv asosida ularning ixtisoslashuvini chuqurlashtirish
5. Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda “ogʻir” mahallalarning manzilli roʻyxatini tasdiqlasin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda “ogʻir” mahallalar ixtisoslashuvini chuqurlashtirishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi dasturlarni (keyingi oʻrinlarda — “islohot dasturi”) ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Xalq deputatlari viloyatlar kengashlariga kiritsin:
(a) aholi tomorqalari va ijaraga berilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, shu jumladan, sugʻorish tizimlarini yaxshilash;
(b) tadbirkorlik uchun qulay infratuzilmani yaratish, jumladan, elektr va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash;
(v) mahallalarni tuman markaziga hamda boshqa tutash tuman (shahar)larga bogʻlovchi yoʻllarni yaxshilash;
(6-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-96-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 07/26/96/0249-son)
(g) ijtimoiy soha obyektlarini “yashil” tamoyillar asosida qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash hamda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bilan bogʻliq loyihalar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-96-sonli qaroriga asosan “g” kichik bandi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 07/26/96/0249-son)
7. Belgilansinki:
(a) har bir “ogʻir” mahallaning “islohot dasturi”ni moliyalashtirish maqsadida tegishli mahalliy budjetdan ajratilgan har 1 mlrd soʻm uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan 2 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi.
Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlariga “islohot dasturi”ni moliyalashtirish uchun mahalliy budjet mablagʻlari bilan bir qatorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanishga ruxsat beriladi;
(b) “islohot dasturi”ni amalga oshirish doirasida tuman (shahar) hokimligi, mahalla fuqarolar yigʻini hamda kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimlari oʻrtasida kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan ijtimoiy shartnoma tuziladi.
Bunda xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari tomonidan ijtimoiy shartnomalar ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi PF-119-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 06/26/119/0624-son)
8. Energetika vazirligi:
(a) Energiya samaradorligi milliy agentligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-mayga qadar chuqur ixtisoslashgan 1 mingta mahallada 300 — 500 kVt soat quvvatga ega kichik quyosh elektr stansiyalarini barpo etish va ularni 7 yil muddatga imtiyozli shartlarda lizingga berish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
(b) Energiya samaradorligi milliy agentligi bilan birgalikda 2026-yil 1-avgustga qadar “ogʻir” mahallalarga daromad keltiradigan aktiv sifatida 300 — 500 kVt soat quvvatga ega kichik quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirsin.
9. Mahallalarda kichik quyosh elektr stansiyalarini qurish va Ijtimoiy reyestrdagi oilalar xonadonlarini “yashil” taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish uchun:
(a) ikki hafta muddatda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi “ogʻir” mahallalarga kichik quyosh elektr stansiyalarini oʻrnatish uchun foizsiz va qaytarmaslik sharti bilan Energetika vazirligiga 110 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni ajratsin;
(b) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bir oy muddatda chuqur ixtisoslashgan 1 mingta mahallada kichik quyosh elektr stansiyalarini barpo etish uchun xalqaro moliya institutlaridan 120 mln AQSH dollari jalb qilish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ikki hafta muddatda Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi moliyaviy qoʻllab-quvvatlash instrumentlarini joriy etsin:
(a) yuqori daromadli mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻyish maqsadida usta dehqonlarga har 10 ta xonadonni ixtisoslashtirganligi uchun 2 mln soʻm hamda mahalladagi xonadonlarning 30 foizini ixtisoslashtirganligi uchun 75 mln soʻm miqdorida subsidiya;
(b) tomorqa va ijara yer maydonlaridagi samarasiz eski bogʻlarni rekonstruksiya qilish va yangilarini barpo etish uchun quyidagi subsidiyalar:
(i) sertifikatga ega mevali daraxt koʻchati narxining 50 foizi, biroq har bir koʻchat uchun meva turiga qarab 30 ming soʻmdan oshmagan miqdorda;
(ii) mevalarning turiga qarab har bir oʻrnatilgan tirgak (ustun) narxining 50 foizi, biroq 70 ming soʻmdan oshmagan miqdorda;
(iii) har bir sotixga yomgʻir suvini yigʻish va (yoki) tomchilatib sugʻorish tizimini oʻrnatish uchun 160 ming soʻmgacha miqdorda;
(v) suv taʼminoti ogʻir boʻlgan hududlarda tomorqa va ijara yer maydonlarini sugʻorish uchun tik quduqlarni burgʻilash va quvvati 10 kVt soatdan kam boʻlmagan quyosh panelini oʻrnatish uchun xarajatlarning 70 foizi, biroq 200 mln soʻmdan oshmagan miqdorda subsidiyalar ajratiladi.
11. Belgilansinki, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida:
(a) mahallalarda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagida boʻlgan fuqarolarga (oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga) garov taʼminotisiz ajratiladigan kreditlar miqdori 50 mln soʻmgacha oshiriladi;
(b) chorvachilikka ixtisoslashgan mahallalarda import qilingan va sertifikatlangan naslli chorva mollari xaridi va tuyachilik uchun kredit miqdori 100 mln soʻmgacha oshiriladi;
(v) 563 ta chegara va anklav hududlardagi mahallalarda turizm va xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlariga 300 mln soʻmgacha ajratiladigan kreditlar miqdori har 200 mln soʻmga kamida 1 ta yangi ish oʻrni yaratish sharti bilan 1 mlrd soʻmgacha oshiriladi;
(g) turizm salohiyati yuqori boʻlgan mahallalarda uy mehmonxonalarini tashkil qilish hamda ixtisoslashuvi 50 foizdan yuqori mahallalarda mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash uchun minitexnologiyalar sotib olishga 150 mln soʻmgacha garovsiz kreditlar ajratiladi;
(d) ajratiladigan kreditlar hisobiga tovar va xizmatlarni oldindan yetkazib berish talabi bekor qilinadi.
12. Belgilansinki, 2026-yil 1-martdan boshlab tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan “mahalla loyihasi” dasturi doirasida mahallalar ixtisoslashuvini chuqurlashtirish boʻyicha ajratiladigan kreditlar foiz stavkasining bir qismiga “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan quyidagi tartibda kompensatsiya taqdim etiladi:
(a) mahsulot yetishtirishga qaratilgan loyihalar boʻyicha kreditlar foiz stavkasining 4 foizlik punkti;
(b) qoʻshimcha qiymat yaratadigan qayta ishlash loyihalari boʻyicha kreditlar foiz stavkasining 6 foizlik punkti.
13. Energiya samaradorligi milliy agentligi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda 2026-yil 1-martdan boshlab “mahalla yettiligi” xulosasiga asosan Ijtimoiy reyestrdagi I guruh nogironligi boʻlgan va mehnatga layoqatli aʼzosi boʻlmagan oilalar xonadonlarining devor va tomlarini izolyatsiya qilish, energiya tejamkor deraza va eshik hamda quyosh panellari yoki geliokollektor oʻrnatish ishlari amalga oshirilishini taʼminlasin.
Bunda “Saxovat va koʻmak”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” jamgʻarmalari hisobidan Energiya samaradorligi milliy agentligi talabnomalari asosida I guruh nogironligi boʻlgan va mehnatga layoqatli aʼzosi boʻlmagan oilalar xonadonlarini “yashil” taʼmirlash ishlariga teng ulushlarda jami 200 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻlar tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmalariga ajratilsin.
14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda:
(a) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda aholi daromadini oshirish va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha eng yaxshi natija koʻrsatgan 100 ta “ogʻir” mahallaga qoʻshimcha 1 mlrd soʻmdan ajratish;
(b) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda oliy taʼlim muassasalari talabalariga tanlov asosida “ogʻir” mahallalar master rejasini ishlab chiqish boʻyicha eng yaxshi loyihalar uchun 100 mln soʻmdan grant berish;
(v) kredit foiz stavkasining bir qismiga kompensatsiya taqdim etish uchun “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga 2026-yil davomida bosqichma-bosqich 1,2 trln soʻm ajratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi “Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJga:
(a) yer maydonlarini ajratishda Agrosanoatni rivojlantirish agentligi uchun joriy etilgan tartibni qoʻllashga;
(b) chet eldan olib kelinadigan sertifikatlangan mevali daraxt koʻchatlarini davlat xaridlarining “taklif soʻrovi” tartib-taomili orqali sotib olishga ruxsat berilsin.
15-1. Tuman (shahar) hokimlarining raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha maslahatchisi zimmasiga mahallalarda amalga oshirilayotgan tadbirkorlik loyihalari doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar (xizmatlar, ishlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron savdo platformalariga joylashtirish orqali ularning realizatsiyasiga koʻmak berish boʻyicha qoʻshimcha vazifa yuklansin.
(15-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi PF-119-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 06/26/119/0624-son)
III. Ogʻir toifadagi tumanlar hamda yirik tuman va shaharlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish
16. Asosiy ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlar boʻyicha tanlab olingan ogʻir toifadagi tumanlar roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda “ogʻir” tumanlarning ixtisoslashuvi, geografik joylashuvi va boshqa infratuzilmaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib solishtirma ustunlik yoʻnalishlarini ishga solishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks rivojlantirish dasturlarini (keyingi oʻrinlarda — Dasturlar) ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Xalq deputatlari viloyatlar kengashlariga kiritsin:
(a) sanoat zonalari faoliyatini kengaytirish, mahallalar ixtisoslashuvini chuqurlashtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, qulay infratuzilma sharoitlarini yaratish;
(b) irrigatsiya tarmoqlarini, shu jumladan, aholi tomorqasi va ijaraga berilgan yer maydonlarida sugʻorish tizimini yaxshilash;
(v) tuman markazini yirik avtomobil yoʻllariga va aholi koʻp yashaydigan mavzelarni tuman markaziga hamda boshqa tutash tuman (shahar)larga bogʻlovchi yoʻllarni yaxshilash;
(g) mahallalar ixtisoslashuvini chuqurlashtirish;
(17-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-96-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 07/26/96/0249-son)
(d) ijtimoiy soha obyektlarini “yashil” tamoyillar asosida qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash hamda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bilan bogʻliq loyihalar.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-96-sonli qaroriga asosan “d” kichik bandi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 07/26/96/0249-son)
18. Belgilansinki, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Dasturlarni amalga oshirishda mahalliy budjet hisobidan ajratilgan har 1 mlrd soʻm uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan 5 mlrd soʻm, biroq bitta tuman uchun respublika budjetidan 50 mlrd soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda mablagʻ ajratiladi.
Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlariga Dasturlarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjet mablagʻlari bilan bir qatorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanishga ruxsat beriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi PF-119-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 06/26/119/0624-son)
19. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir oy muddatda boʻsh turgan yer uchastkalari va davlat obyektlarini ularning boshlangʻich narxini 3 baravargacha arzonlashtirilgan qiymatda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
20. Belgilansinki, 2026-yil 1-martdan boshlab ogʻir toifadagi tumanlarda, 2026-yil 1-iyuldan boshlab “ogʻir” mahallalarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar yillik 12 foiz stavkada ajratib boriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi PF-119-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 06/26/119/0624-son)
21. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Toshkent shahri hokimligining 6-ilovaga muvofiq tuman va shaharlarning biznes-rejalarini ishlab chiqish va hokim yordamchilarini loyiha guruhlariga birlashtirish boʻyicha Olmazor tumani tajribasini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda:
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda tuman (shahar)larning budjetdan tashqari qoʻshimcha manbalarini aniqlagan holda hududni rivojlantirishga qaratilgan biznes-rejalarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
(b) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan mahallalarda tadbirkorlik loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish uchun hokim yordamchilaridan iborat loyiha guruhlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
22. Belgilansinki, mazkur qarorning 6-ilovasidagi tuman va shaharlar hokimlariga:
(a) loyiha guruhlari doirasida samarali faoliyat koʻrsatgan va tashabbuskor hokim yordamchilariga mahalliy budjetning orttirib bajarilgan qismi hisobidan qoʻshimcha ustamalarni toʻlashga;
(b) loyiha guruhlariga malakali mutaxassislarni loyiha koordinatori sifatida jalb qilishga ruxsat beriladi.
23. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2026-yil 1-martdan boshlab xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi tuman va shahar hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
IV. Mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash hamda norasmiy bandlikni qisqartirish
24. 2026-yil 1-iyuldan 2028-yil 1-yanvarga qadar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kasbiy taʼlim sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan quyidagi turdagi subsidiyalar joriy etilsin:
(a) oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga xalqaro miqyosda tan olingan kasbiy taʼlimga oid sertifikatlarni, shuningdek, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat asosida milliy sertifikatlarni olish uchun sarflangan mablagʻlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha;
(b) malakani baholash markazlarini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga xarid qilingan baholash vositalari xarajatlarining 30 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmagan miqdorda qoplab beriladi.
25. Belgilansinki, 2026-yil 1-iyuldan boshlab bosqichma-bosqich vaucher tizimida ishtirok etadigan taʼlim tashkilotlarining oʻqituvchi va taʼlim ustalari oʻz taʼlim yoʻnalishiga mos diplom yoki malaka pasporti (sertifikat)ga ega boʻlishi talabi joriy etiladi. Bunda oʻqituvchi va taʼlim ustalariga malaka pasporti (sertifikati) malakani baholash markazlari tomonidan beriladi.
26. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi aholi bandligini oshirish, mehnat munosabatlarini isloh qilish hamda kasbga tayyorlash sohasini rivojlantirish boʻyicha loyihaga Jahon bankining 100 mln AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlarini jalb etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
27. 2026-yilda 1 mln norasmiy ish oʻrinlarini legallashtirish boʻyicha masʼul vazirlik va idoralar hamda 2026-yil uchun maqsadli koʻrsatkichlar 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
28. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) hokim yordamchisi xatlovi asosida aniqlangan norasmiy bandlik holatlari boʻyicha ularni bartaraf etish yuzasidan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ish beruvchilarning shaxsiy kabinetlariga Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ogohlantirish xati yuboriladi;
(b) ish beruvchilar tomonidan aniqlangan qonunbuzilish holati uch ish kuni ichida ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmagan taqdirda, ushbu holat tegishli korxonalar va tashkilotlarda Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan tekshirish oʻtkazish uchun asos hisoblanadi;
(v) norasmiy bandlik holati aniqlangan kundan boshlab bir oy muddat ichida ish beruvchilar xodimlar bilan mehnat shartnomasini rasmiylashtirib, hisoblangan oylik ish haqlarini toʻliq toʻlab bergan taqdirda, ular maʼmuriy javobgarlikdan ozod etiladi.
29. 2026-yil 1-martdan boshlab tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlashda quyidagi qonunbuzilish holatlari ballarni kamaytiruvchi qoʻshimcha mezon sifatida belgilansin:
(a) tasdiqlangan norasmiy bandlik holatlari;
(b) xodimlarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan past oylik ish haqlarining hisoblanishi.
V. Moliyalashtirish manbalari
30. Belgilansinki, loyihaviy yondashuv asosida 2026-yilda kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash maqsadlariga 164,7 trln soʻm, shundan:
(a) tijorat banklarining kichik va oʻrta biznes subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun 140 trln soʻm kredit mablagʻlari;
(b) mahallalar infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun 20 trln soʻm Davlat budjeti va xalqaro moliya institutlari mablagʻlari;
(v) 37 ta ogʻir toifadagi tuman va 903 ta “ogʻir” mahallalarda tadbirkorlik infratuzilmasini yaratish uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan qoʻshimcha 3,7 trln soʻm;
(g) aholini daromadli mehnat bilan taʼminlash uchun maqsadli jamgʻarmalar hisobidan 1 trln soʻm ajratiladi.
31. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yil davomida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash orqali tadbirkorlik faoliyati uchun shart-sharoitlarni yaratishga quyidagi yoʻnalishlarga Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan qoʻshimcha mablagʻlarni ajratsin:
(a) 200 ta gavjum koʻchalar, 206 ta sohilboʻyi va 500 ta yoʻlboʻyi infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun — 1,2 trln soʻm;
(b) turizm salohiyati yuqori boʻlgan 150 ta mahalla doirasida tanlangan mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun — 450 mlrd soʻm;
(31-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)
(v) 400 ta mahallani qamrab oluvchi 50 ta mikrosanoat markazlarini tashkil qilish uchun — 150 mlrd soʻm.
32. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish uchun yillik 8 foiz stavkada qoʻshimcha 2 trln soʻm resurs mablagʻlarini yoʻnaltirsin.
33. Markaziy bank va tijorat banklarining 2026-yilda tashqi manbalardan 8-ilovaga muvofiq 8 mlrd AQSH dollari miqdorida mablagʻlarni jalb qilish boʻyicha taklifi maʼqullansin.
34. Vazirlar Mahkamasi (J.Qoʻchqorov) bir oy muddatda:
(a) Namangan, Navoiy, Qashqadaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida “Uzagrostar xolding” kompaniyasi taʼsischiligida ixtisoslashgan kompaniyalarni tashkil etsin;
(b) Iqtisodiyot va moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatidagi ulushini oshirish orqali mavjud va yangi tashkil etiladigan ixtisoslashgan kompaniyalarning har biri uchun 20 mlrd soʻmdan yoʻnaltirsin.
35. Markaziy bank 2026-yil 1-martdan hokim yordamchilari tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan kreditlar boʻyicha yuzaga kelgan muammoli qarzdorliklarning undirilgan summasidan bir qismini quyidagi miqdorlarda ularga bonus sifatida ajratish tizimini joriy qilsin:
(a) 2022-yilgacha ajratilgan kreditlar boʻyicha undirilgan summaning 20 foizi;
(b) 2022-yildan 2025-yil 1-yanvarga qadar ajratilgan kreditlar boʻyicha undirilgan summaning 10 foizi.
36. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda mazkur qarorda nazarda tutilgan qoʻshimcha mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetining qoʻshimcha manbai hisobidan ajratish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin.
VI. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
37. Quyidagilar:
(a) 2026-yilda yangicha yondashuvlar asosida aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 9-ilovaga muvofiq;
(b) mazkur qarorga asosan aholini doimiy ish oʻrinlariga joylashtirish, daromadlarini oshirish hamda norasmiy ish oʻrinlarini qisqartirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning hisobini yuritish tartibi 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
38. Mazkur qaror bilan belgilangan vazifalar ijrosi hamda moliyaviy mablagʻlarning samarali ishlatilishini taʼminlash doirasida:
(a) Hisob palatasi (M. Abdullayev) budjetdan ajratiladigan mablagʻlardan samarali va maqsadli foydalanilishini doimiy nazoratga olsin;
(b) Bosh prokuratura (I. Adxamov) aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshirib, har chorak yakuni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga maʼlumot kiritib borsin.
39. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari “Islohotlar shtablari” bilan birgalikda mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini tegishli masʼullar ishtirokida tanqidiy muhokama qilib, har chorak yakuni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
40. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 11-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
41. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov, Markaziy bank raisi T.A. Ishmetov hamda iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari I.I. Norqulov belgilansin.
42. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 5-fevral,
PQ-49-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga1-ILOVA
Ishsizlik va kambagʻallik darajasini kamaytirish boʻyicha 2026-yil uchun
T/rHudud nomiKambagʻallik darajasi(foiz)Ishsizlik darajasi(foiz)JAMI:2,84,51.Qoraqalpogʻiston Respublikasi3,24,82.Andijon viloyati2,74,53.Buxoro viloyati2,64,54.Jizzax viloyati2,84,65.Qashqadaryo viloyati3,34,66.Navoiy viloyati2,13,97.Namangan viloyati2,74,68.Samarqand viloyati2,04,59.Sirdaryo viloyati3,04,610.Surxondaryo viloyati2,84,611.Toshkent viloyati2,64,512.Fargʻona viloyati2,74,513.Xorazm viloyati3,04,514.Toshkent shahri1,73,8
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga2-ILOVA
Aholini doimiy ish oʻrinlariga joylashtirish boʻyicha 2026-yil uchun
T/rHudud nomiAholini doimiy ish oʻrinlariga joylashtirish(nafar)Shu jumladan:Investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga(L. Qudratov)Xizmat koʻrsatish va servis loyihalarini ishga tushirish hisobiga(I. Norqulov, A. Mirsoatov)Qishloq xoʻjaligi sohasida(I. Abduraxmonov, A. Haitov)Qurilish sohasida(Sh. Xidoyatov)Boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirish(B. Zaxidov)Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash orqali(T. Ishmetov)JAMI1 000 045130 360279 13570 00031 000150 000339 5501.Qoraqalpogʻiston Respublikasi47 7385 03510 2908 0701 6167 72715 0002.Andijon viloyati 86 67412 34025 0433 1172 79813 37630 0003.Buxoro viloyati 51 0506 25012 3025 7731 6828 04317 0004.Jizzax viloyati 37 8235 3305 5286 8501 2255 89013 0005.Qashqadaryo viloyati 86 76311 97720 1517 7182 75313 16431 0006.Navoiy viloyati 28 5363 9776 7292 4909154 42510 0007.Namangan viloyati 80 32515 98016 9982 2712 43511 64131 0008.Samarqand viloyati 96 70211 97924 27410 2513 22015 42831 5509.Sirdaryo viloyati 24 3033 2854 8172 8347553 6129 00010.Surxondaryo viloyati 67 3277 83217 7865 1922 20710 31024 00011.Toshkent viloyati 84 79311 15019 0627 7252 73112 62531 50012.Fargʻona viloyati 98 20513 50029 7824 3093 30715 80731 50013.Xorazm viloyati 49 6537 22513 4243 4001 6627 94216 00014.Toshkent shahri 160 15314 50072 949—3 69420 01049 000
Izoh: Maqsadli koʻrsatkichlarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining asoslantirilgan takliflariga muvofiq “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga3-ILOVA
Aholini daromadlarni oshirishga qaratilgan xizmatlar bilan qamrab olish boʻyicha 2026-yil uchun
T/rKoʻrsatkichlarAholi daromadini oshirish(nafar)shu jumladan:Qoraqalpogʻiston RespublikasiAndijon viloyatiBuxoro viloyatiJizzax viloyatiQashqadaryo viloyatiNavoiy viloyatiNamangan viloyatiSamarqand viloyatiSurxondaryo viloyatiSirdaryo viloyatiToshkent viloyatiFargʻona viloyatiXorazm viloyatiToshkent shahriJAMI3 935 834144 353336 398269 656192 832343 043145 424314 013454 162328 641118 147387 111423 403236 655241 996IKambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi790 53622 42578 94945 43827 75766 64327 16267 99194 32763 79619 90376 72190 50345 34863 5731.Mikroloyihalar tashkil etish618 24513 53369 88935 15420 35156 30819 32855 42673 88749 56011 84154 10076 50133 14849 2192.Tomorqa va ijara yer maydonlaridan samarali foydalanish:(“Bir kontur-bir mahsulot”, “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili, innovatsion asalarichilik hamda eksportchi kooperativlari, tomorqa va ijara yerlarida suv taʼminotini yaxshilash, xonadonlar koʻcha qismida tok soʻrisi tashkil etish, eski bogʻlarni yangilash, tomorqa va ijara yerlardan samarali foydalanish loyihalariga ajratiladigan kredit va lizing , namunali xonadon tomorqasi va koʻrgazmali oʻquv-tajriba maydonlari tashkil etish, mahallalar ixtisoslashuvini oshirish hamda aholini qisqa muddatli oʻqitish loyihalari)43 0251 9434 3853 0222 1903 4541 9493 8845 1673 4341 5264 1154 5973 1192403.Ishsiz aholini kasb-hunarga vaucher va buyurtma asosida oʻqitish loyihasi100 0005 4003 5845 6564 0645 3444 5126 73612 2128 4725 08813 3027 3287 12011 1824.Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash orqali daromadni oshirish29 2661 5491 0911 6061 1521 5371 3731 9453 0612 3301 4485 2042 0771 9612 932IIIqtisodiyot va moliya vazirligi*485 52613 94029 66629 32627 23131 68913 62027 32963 44457 18016 06047 64956 09324 82147 4781.Tadbirkorlik infratuzilmasini yaxshilash:(200 ta gavjum koʻchalarni tashkil etish, 500 ta mahallada sohil va yoʻl boʻyi infratuzilmasini yaxshilash, 150 ta turizm mahallasini tashkil etish hamda chegara va anklav hududda joylashgan mahallalarni rivojlantirish loyihalari)233 6945 29018 23716 32712 79316 01010 34918 29818 21916 9258 17216 53817 20615 35043 9802.Drayver loyihalarni ishga tushirish50 2163 7504 0003 5003 1253 7492 5004 0004 0004 3752 5003 8754 0943 2503 4983.“Agrostar” kompaniyalari va xonadonlar kooperatsiyasi194 1874 8046 8779 2969 84811 6835942 42641 01035 6655 02326 89634 1095 9564.50 ta mikrosanoat markazini tashkil etish7 429965522031 4652471772 605215215365340684265IIIMarkaziy bank1 169 48275 85387 58582 73763 89092 78358 69386 64398 88984 81146 38697 06298 89276 989118 2691.Kichik va oʻrta biznesga ajratiladigan kreditlar(“Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi, “20 ta mahalliy brend” loyihasi)769 48247 00057 00055 00042 00054 00039 00061 00060 00055 00032 48263 00064 00050 00090 0002.Har bir mahallada 10 tadan xonadon tanlab olib, loyiha paketlari taqdim etish100 0005 0189 7585 7283 3758 6143 4418 37011 9928 0262 4539 80211 2795 6506 4943.“Barqaror kelajak sari” dasturi (yoshlar bandligini taʼminlash)300 00023 83520 82722 00918 51530 16916 25217 27326 89721 78511 45124 26023 61321 33921 775IVQishloq xoʻjaligi vazirligi (agrotexnik tadbirlarda mavsumiy band qilish)676 63713 20163 18953 98737 32268 53023 83250 73998 76968 15916 03966 50469 80946 557VIjtimoiy himoya milliy agentligi (“Teng imkon — inklyuziv bandlik” dasturi)40 0002 8053 3372 4931 5294 3221 7053 4804 2753 5831 3872 8343 8832 4291 938VIYengil sanoatni rivojlantirish agentligi (mavsumiy band qilish)673 65312 87764 35250 16530 90369 40617 76269 36183 82843 83215 75287 46192 92335 031VIIOila va xotin-qizlar qoʻmitasi (“Mehnatsevar ayol” dasturi )100 0003 2529 3205 5104 2009 6702 6508 47010 6307 2802 6208 88011 3005 48010 738
Izoh:
Maqsadli koʻrsatkichlarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining asoslantirilgan takliflariga muvofiq “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Daromadi oshgan aholi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar doimiy ishga joylashgan aholi bilan va boshqa oylarda daromadi oshgan fuqarolar bilan takrorlanishi mumkin.
* Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu yoʻnalishlarda aholi daromadini oshirish uchun sharoit yaratadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga4-ILOVA
Kambagʻal oilalarni ularning daromadini oshirishga qaratilgan xizmatlar bilan qamrab olish boʻyicha 2026-yil uchun
T/rKambagʻallikdan chiqarish yoʻnalishlariXizmatlar bilan qamrab olinadigan:Hududlar kesimida:kambagʻal aholi soni(ming nafar)kambagʻal oilalar soniQoraqalpogʻiston RespublikasiAndijon viloyatiBuxoro viloyatiJizzax viloyatiQashqadaryo viloyatiNavoiy viloyatiNamangan viloyatiSamarqand viloyatiSirdaryo viloyatiSurxondaryo viloyatiToshkent viloyatiFargʻona viloyatiXorazm viloyatiToshkent shahriI. Kambagʻal aholini daromadini oshirishga qaratilgan xizmatlar bilan qamrab olish1 108,4263 21515 94726 00916 10610 50427 8775 75620 95830 9597 25520 52721 41429 17816 36314 3621.Doimiy ish oʻrinlariga joylashtirish387,992 1275 5809 1035 6393 6779 7572 0157 33610 8342 5407 1867 49510 2135 7265 0262.Tadbirkorlikka jalb qilish354,984 2315 1058 3225 1493 3638 9221 8396 7049 9112 3216 5706 8539 3335 2384 6013.Kambagʻal oila daromadini oshirish176,942 1132 5514 1622 5791 6804 4619223 3554 9511 1603 2833 4254 6702 6172 2974.Norasmiy faoliyatni legallashtirish122,228 9511 7542 8621 7721 1553 0656332 3053 4047972 2572 3573 2111 8011 5785.Kasb-hunarga oʻrgatish orqali bandligini taʼminlash va boshqa yoʻnalishlar hisobiga66,515 7939571 5609676291 6723471 2581 8594371 2311 2841 751981860II. Kambagʻallikka tushish xavfi boʻlgan oilalar daromadini oshirishga qaratilgan xizmatlar bilan qamrab olish48 2212 8964 7742 9311 9255 1601 0513 8565 6801 3213 7443 9335 3672 9552 628shu jumladan, yangi yondashuvlar asosida37 1352 7103 8441 1541 7151 5639913 6951 7901 6013 3675 2965 2503 4636961.Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish orqali (masʼul — I. Norqulov)25 0001 5102 93144512436663552886710106620874041417428862.Oʻrmon fondi yerlarida oʻrmonlar va koʻchatxonalar tashkil etish, dorivor oʻsimliklar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish (masʼul — E. Muxitdinov)2 1633036810011123612012824845430159155603.Farmatsevtika yoʻnalishida kooperatsiya asosida dorivor oʻsimliklarni yetishtirish (masʼul — A. Azizov)500254729415924473535474735294.Turizm xizmatlarini rivojlantirish va turizm mahallalarini barpo etish (masʼul — A. Aqqulov)56016301841482020642051554552805.Axborot texnologiyalari sohasida zamonaviy kasblarga bepul oʻqitish (masʼul — Sh. Shermatov)5 0002264552721544141653945631203625125312665666.Texnikumlarda kasb-hunarga oʻqitish (masʼul — K. Sharipov)3 652610293270105120287200150295370462290150507.Ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirish (masʼul — K. Sharipov)26020202020202020202020202020
Izoh: Maqsadli koʻrsatkichlarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining asoslantirilgan takliflariga muvofiq “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga5-ILOVA
Asosiy ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlar boʻyicha tanlab olingan ogʻir toifadagi tumanlar
T/rHudud nomiTuman nomi1.Qoraqalpogʻiston Respublikasi1. Boʻzatov tumani2. Qonlikoʻl tumani3. Moʻynoq tumani4. Shumanay tumani2.Andijon viloyati1. Boʻston tumani2. Ulugʻnor tumani3. Paxtaobod tumani3.Buxoro viloyati1. Peshku tumani2. Olot tumani3. Qorakoʻl tumani4.Jizzax viloyati1. Arnasoy tumani2. Mirzachoʻl tumani3. Forish tumani5.Qashqadaryo viloyati1. Dehqonobod tumani2. Nishon tumani3. Kasbi tumani6.Navoiy viloyati1. Konimex tumani2. Navbahor tumani7.Namangan viloyati1. Mingbuloq tumani2. Yangiqoʻrgʻon tumani8.Samarqand viloyati1. Qoʻshrabot tumani2. Paxtachi tumani9.Sirdaryo viloyati1. Oqoltin tumani2. Mirzaobod tumani3. Xovos tumani10.Surxondaryo viloyati1. Bandixon tumani2. Boysun tumani3. Oltinsoy tumani11.Fargʻona viloyati1. Furqat tumani2. Bagʻdod tumani3. Soʻx tumani12.Xorazm viloyati1. Qoʻshkoʻpir tumani2. Bogʻot tumani3. Gurlan tumani13.Toshkent viloyati1. Oqqoʻrgʻon tumani2. Piskent tumani3. Quyi Chirchiq tumani
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga6-ILOVA
Olmazor tumani tajribasi joriy etiladigan tuman va shaharlar
T/rHudud nomiTuman (shahar) nomi1.Qoraqalpogʻiston Respublikasi1. Nukus shahri2.Andijon viloyati1. Andijon shahri2. Asaka tumani3. Shahrixon tumani3.Buxoro viloyati1. Buxoro shahri2. Gʻijduvon tumani3. Kogon shahri4.Jizzax viloyati1. Jizzax shahri2. Sharof Rashidov tumani5.Qashqadaryo viloyati1. Qarshi shahri2. Shahrisabz shahri6.Navoiy viloyati1. Navoiy shahri2. Zarafshon shahri7.Namangan viloyati1. Namangan shahri8.Samarqand viloyati1. Samarqand shahri2. Urgut tumani9.Sirdaryo viloyati1. Guliston shahri2. Yangiyer shahri10.Surxondaryo viloyati1. Termiz shahri2. Denov tumani11.Fargʻona viloyati1. Fargʻona shahri2. Qoʻqon shahri3. Margʻilon shahri4. Quvasoy shahri12.Toshkent viloyati1. Ohangaron shahri2. Chirchiq shahri3. Angren shahri4. Bekobod shahri5. Nurafshon shahri6. Olmaliq shahri7. Yangiyoʻl shahri8. Boʻstonliq tumani9. Toshkent tumani10. Qibray tumani11. Zangiota tumani13.Xorazm viloyati1. Urganch shahri2. Xiva shahri3. Gurlan tumani14.Toshkent shahri1. Bektemir tumani2. Mirzo Ulugʻbek tumani3. Mirobod tumani4. Olmazor tumani5. Sergeli tumani6. Uchtepa tumani7. Chilonzor tumani8. Shayxontohur tumani9. Yunusobod tumani10. Yakkasaroy tumani11. Yangihayot tumani12. Yashnobod tumani
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga7-ILOVA
Norasmiy ish oʻrinlarini legallashtirish boʻyicha 2026-yil uchun
T/rHudud nomiJami legallashtiriladigan ish oʻrinlari sonishu jumladanSoliq qoʻmitasi(F. Pulatov)Ijtimoiy himoya milliy agentligi(M. Olloyorov)Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi(B. Zaxidov)Qishloq xoʻjaligi vazirligi(I. Abduraxmonov)Transport vazirligi(I. Maxkamov)Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xidoyatov)Turizm qoʻmitasi(A. Aqqulov)JAMI1 000 000460 000100 000125 000105 00075 000125 00010 0001.Qoraqalpogʻiston Respublikasi46 57817 3055 7105 9506 7814 3266 3062002.Andijon viloyati66 39027 06511 3357 9309 8142 5517 2954003.Buxoro viloyati60 74720 6565 1828 0478 5757 5129 5751 2004.Jizzax viloyati48 96819 9984 9334 0507 6727 2964 7193005.Qashqadaryo viloyati77 73726 7509 0309 64015 8007 8368 2314506.Navoiy viloyati35 13815 2841 2434 5205 2924 5443 9053507.Namangan viloyati60 63126 7108 7818 1657 3412 4326 7524508.Samarqand viloyati66 79732 7766 51910 2286 5802 2127 2821 2009.Sirdaryo viloyati36 02817 3622 1172 9705 8933 0264 41025010.Surxondaryo viloyati50 88321 8736 6337 2805 0463 8695 72246011.Toshkent viloyati111 63057 3107 45211 47010 1854 02020 1431 05012.Fargʻona viloyati73 88628 16512 38410 3308 5005 1778 1301 20013.Xorazm viloyati50 06518 2184 4087 3807 5216 1525 1861 20014.Toshkent shahri214 522130 52814 27327 040-14 04727 3441 290
Izoh:
Maqsadli koʻrsatkichlarga mavsumiy ishchilar, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollanma ishchilar hamda tashkilotlarda norasmiy ishlayotgan shaxslar faoliyatini legallashtirish hisobidan erishiladi.
Maqsadli koʻrsatkichlarga vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining asoslantirilgan takliflariga muvofiq “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga8-ILOVA
2026-yilda tijorat banklari tomonidan tashqi manbalar hisobidan mablagʻ jalb qilish boʻyicha
mln doll ekvT/rTijorat banki nomiJalb qilinadigan mablagʻ miqdoriJami8 0001.“Oʻzmilliybank” AJ1 5002.“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB1 2003.“Asakabank” AJ9504.AT “Aloqa bank”5005.“Biznesni rivojlantirish banki” ATB4506.“Agrobank” ATB6007.AT “Xalq banki”5008.“Turonbank” AJ3509.“Mikrokreditbank” ATB40010.Xususiy banklar1 550
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga9-ILOVA
2026-yilda yangicha yondashuvlar asosida aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-77-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2026-y., 06/26/77/0478-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga10-ILOVA
Aholini doimiy ish oʻrinlariga joylashtirish, daromadini oshirish hamda norasmiy ish oʻrinlarini qisqartirish boʻyicha hisobotlarni yuritish
I. Umumiy qoidalar
1. Aholini doimiy ish oʻrinlariga joylashtirish va daromadini oshirish boʻyicha manzilli maʼlumotlar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) “yangiish.mehnat.uz” elektron platformasida (keyingi oʻrinlarda — Platforma) yuritiladi.
2. Tuman (shahar) hokimliklari huzurida aholini doimiy ish oʻrinlariga joylashtirish va daromadini oshirishga masʼul boʻlgan vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining tuman boʻlimlari vakillaridan iborat shtab (keyingi oʻrinlarda — shtab) tashkil etiladi.
II. Doimiy ish oʻrinlariga joylashtirilgan fuqarolar hisobini yuritish
3. Doimiy ish oʻrinlariga joylashtirilgan fuqarolar hisobini yuritishda quyidagi fuqarolar inobatga olinadi:
(a) yuridik shaxslardagi, shu jumladan, budjet tashkilotlaridagi boʻsh va zaxiralangan ish oʻrinlariga ishga joylashgan fuqarolar;
(b) yangi tashkil etilgan yoki faoliyatini kengaytirgan yuridik shaxslardagi yangi yaratilgan ish oʻrinlariga ishga joylashgan fuqarolar;
(v) yangi tashkil etilgan yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari va ularning yollanma ishchilari.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi shtablar tomonidan har oyning 18-sanasiga qadar Platformaga yoʻnalishlar va mahallalar kesimida doimiy ish oʻrinlariga joylashtirilgan fuqarolar toʻgʻrisidagi manzilli maʼlumotlar kiritib boriladi.
5. Vazirlik har oyning 20-sanasiga qadar doimiy ish oʻrinlariga joylashtirilgan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Platforma orqali Soliq qoʻmitasiga taqdim etib boradi.
6. Soliq qoʻmitasi har oyning 22-sanasiga qadar Platforma orqali doimiy ishga joylashtirilgan fuqarolarga amalda ish haqi hisoblanganligini tekshirib, Vazirlikka taqdim etadi.
III. Daromadni oshirish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar va fuqarolar hisobini yuritish
7. Daromadi oshirilgan fuqarolar hisobini yuritishda quyidagilar inobatga olinadi:
(a) yuridik shaxslarda mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda band qilingan fuqarolar;
(b) yangi roʻyxatdan oʻtgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar, shu jumladan, doimiy ish oʻrniga ega boʻlib, oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan fuqarolar;
(v) yangi roʻyxatdan oʻtgan dehqon xoʻjaliklari va ularning aʼzolari;
(g) “vaucher” tizimi doirasida hamda korxona va tashkilotlar buyurtmasi asosida kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitilgan fuqarolar;
(d) davlat maqsadli jamgʻarmalari hisobidan daromadni oshirishga qaratilgan subsidiya, ssuda, grant va boshqa turdagi moliyaviy yordam ajratilgan fuqarolar;
(j) tijorat banklari tomonidan daromadni oshirish maqsadida kredit mablagʻlari ajratilgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan ilgari faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida yuritgan jismoniy shaxslar;
(z) mikromoliya tashkilotlari tomonidan daromadni oshirish maqsadida xizmat koʻrsatilgan fuqarolar (bundan isteʼmol mikromoliya xizmatlari mustasno);
(i) fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan fuqarolar;
(k) usta-dehqonlar tomonidan mahallalarda aholi xonadonlarini maʼlum bir faoliyatga ixtisoslashtirish boʻyicha xizmat koʻrsatilgan fuqarolar;
(l) dehqon xoʻjaligi kooperativlariga aʼzo boʻlgan fuqarolar;
(m) meva-sabzavotchilik, parrandachilik, baliqchilik, chorvachilik, ishlab chiqarish, kasanachilik, hunarmandchilik va boshqa yoʻnalishlarda yetakchi (“lider”) tadbirkor bilan kooperatsiya aloqalari oʻrnatiladigan hamda “ustoz-shogird” tamoyili asosida faoliyat yuritayotgan fuqarolar;
(n) “Agrostar” kompaniyalari tomonidan mahallalar ixtisoslashuvini chuqurlashtirish doirasida xizmatlar koʻrsatilgan (urugʻ va koʻchat yetkazib berish, mahallaga malakali mutaxassislarni biriktirish va boshqalar) fuqarolar;
(o) ijara asosida dehqon xoʻjaligini yuritish uchun hamda takroriy ekin ekish uchun yer maydonlari ajratilgan fuqarolar.
8. Mazkur tartibning 7-bandi:
(a) “a” kichik bandiga asosan yuridik shaxslarda mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda band qilingan fuqarolar toʻgʻrisidagi manzilli maʼlumotlar tuman (shahar) shtablari tomonidan yuritiladi;
(b) “b”, “v” va “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolar hisobi Soliq qoʻmitasi va hududiy soliq organlari tomonidan yuritiladi;
(v) “g” va “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan fuqarolar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan yuritiladi;
(g) “j” va “z” kichik bandlariga asosan jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar va koʻrsatilgan mikromoliya xizmatlari hisobi Markaziy bank va uning hududiy bosh boshqarmalari tomonidan yuritiladi;
(d) “k”, “l”, “m”, “n” va “o” kichik bandlari boʻyicha daromadi oshirilgan fuqarolar toʻgʻrisida maʼlumotlar “mahalla yettiligi” kollegial qarori bilan tasdiqlanadi. Bunda kollegial qarorga daromadni oshirishga qaratilgan xizmatlar koʻrsatilgan fuqarolar manzilli roʻyxati ilova qilinishi lozim.
9. Mazkur tartibning 8-bandiga asosan shakllantirilgan manzilli maʼlumotlar masʼul tashkilotlar tomonidan tuman (shahar) shtablariga har oyning 15-sanasiga qadar taqdim etib boriladi.
10. Tuman (shahar) shtablari mahallalar kesimida manzilli maʼlumotlarni har oyning 18-sanasiga qadar Platformaga kiritib boradi.
IV. Norasmiy mehnat faoliyati legallashtirilgan fuqarolar hisobini yuritish
11. Ish oʻrinlarini “soya”dan chiqarishda quyidagilar inobatga olinadi:
(a) yuridik shaxslarda norasmiy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni rasmiylashtirish (legallashtirish);
(b) norasmiy tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan fuqarolarni yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
(v) davlat roʻyxatidan oʻtmasdan faoliyat koʻrsatayotgan fuqarolarni yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida roʻyxatdan oʻtkazish (bunda ularning yollanma ishchilari ham inobatga olinadi);
(g) roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan fuqarolarni oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatdan oʻtkazish;
(d) dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer maydonlarini ijara huquqi asosida olgan fuqarolarni dehqon xoʻjaligi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish.
12. Mazkur qarorning 7-ilovasiga muvofiq masʼul etib belgilangan vazirlik va idoralar tomonidan ushbu tartibning 11-bandiga asosan shakllantirilgan manzilli maʼlumotlar har oyning 18-sanasiga qadar yoʻnalishlar va mahallalar kesimida legallashtirilgan fuqarolarning nomma-nom roʻyxati Platformaga kiritib boriladi.
13. Vazirlik har oyning 20-sanasiga qadar maʼlumotlarni Platforma orqali Soliq qoʻmitasiga taqdim etib boradi.
14. Soliq qoʻmitasi har oyning 22-sanasiga qadar Platforma orqali qabul qilingan legallashtirilgan fuqarolarning manzilli roʻyxati asosida ularga haqiqatda ish haqi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hisoblanganligini tekshirib, Vazirlikka taqdim etadi.
15. Vazirlik Platforma orqali Soliq qoʻmitasidan olingan maʼlumotlar asosida har oyning 25-sanasiga qadar norasmiy mehnat faoliyati legallashtirilgan fuqarolar boʻyicha maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
V. Yakunlovchi qoidalar
16. Norasmiy faoliyati legallashtirilgan va doimiy ish oʻrinlariga joylashtirilgan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hisobot oyida takrorlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
17. Daromadni oshirishga qaratilgan xizmatlar bilan qamrab olingan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Platformaga faqat bir marotaba kiritilishi mumkin.
18. Doimiy ish oʻrinlariga joylashtirilgan hamda norasmiy faoliyati legallashtirilgan fuqarolarga daromadni oshirishga qaratilgan xizmatlar koʻrsatilishi mumkin.
Bunda daromadni oshirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilgan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va doimiy ish oʻrinlariga joylashtirilgan hamda norasmiy faoliyati legallashtirilgan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar takrorlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
19. Vazirlik Platformaga kiritilgan va Soliq qoʻmitasining elektron dasturida tasdiqlangan (doimiy ish oʻrinlariga joylashtirilgan va norasmiy faoliyati legallashtirilgan fuqarolar) hamda tuman (shahar) shtablari tomonidan daromadni oshirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilgan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirib, har oyning 25-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga11-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi “Har bir oila-tadbirkor” dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-3777-son qarorining 9-bandi ikkinchi xatboshisidagi “33” raqami “50” raqami bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4742-son qarorining 3-bandida:
(a) toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar yollanma ishchilarni jalb qila olmasligi hamda mazkur faoliyat yoʻnalishi boʻyicha ish beruvchiga ega boʻla olmasligi toʻgʻrisidagi talab saqlanib qoladi”;
(b) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mehnat shartnomasiga asosan band boʻlgan shaxslar (davlat fuqarolik xizmatchilari bundan mustasno) bir vaqtning oʻzida ruxsat berilgan faoliyat turlari bilan oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan holda shugʻullanishlari mumkin”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi “Respublika hududlarida mebelsozlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5155-son qarorining 11-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-dekabrdagi “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-54-son qarorida:
(a) 1-bandning birinchi xatboshisidagi “9” raqami “11” raqami bilan almashtirilsin;
(b) 3-bandda:
(i) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Belgilansinki, Jamgʻarma tomonidan:”;
(ii) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
(iii) uchinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
(iv) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“suv taʼminoti ogʻir tomorqa va ijara yer maydonlarini sugʻorish uchun tik quduqlarni burgʻilash va quvvati 10 kVt soatdan kam boʻlmagan quyosh panelini oʻrnatish uchun xarajatlarning 70 foizi, biroq 200 mln soʻmdan oshmagan miqdorda subsidiya ajratiladi”;
(v) beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“suv taʼminoti ogʻir tomorqa va ijara yer maydonlarini sugʻorish uchun tik quduqlarni burgʻilash va quyosh panelini oʻrnatish xarajatlarini qoplash uchun har yili Davlat budjetidan Jamgʻarmaga tegishli mablagʻ yoʻnaltiriladi”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-55-son qarorida:
(a) 1-bandning “v” kichik bandi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda boshqa marketpleyslar orqali mahsulotlar (xizmatlar)ni xarid qilish boʻyicha shartnoma tuzilgandan hamda kredit ajratilgandan soʻng mahsulot yetkazib berilganligi (xizmat koʻrsatilganligi) hokim yordamchisi hamda mahalla bankiri tomonidan monitoring dalolatnomasi asosida tasdiqlanadi”;
(b) quyidagi mazmundagi 2-1-band bilan toʻldirilsin:
“2-1. Qarz oluvchi ajratilgan kreditlar hisobiga tovar va xizmatlarni bozor tamoyillari asosida savdolari ommalashib borayotgan elektron savdo platformalarining “marketpleys” tizimlari orqali sotib olishi yoki sotishi mumkin.
Bunda ushbu “marketpleyslar” orqali sotib olingan yoki sotilgan mahsulotlar (xizmatlar) uchun toʻlovlar kredit mablagʻlari hisobidan oldindan amalga oshiriladi”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi “Nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-57-son qarorining 13-bandida:
(a) ikkinchi — oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan — “Eng yaxshi ijtimoiy loyiha”;
Savdo-sanoat palatasi tomonidan — “Eng yaxshi tadbirkor”;
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan — “Eng yaxshi talaba”;
Sport vazirligi tomonidan — “Eng yaxshi sportchi”;
Madaniyat vazirligi tomonidan — “Eng yaxshi kitobxon”;
(b) yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
(v) sakkizinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-sentabrdagi “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-376-son qarorining 1-bandida:
(a) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
(b) uchinchi — beshinchi xatboshilar ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-401-son qarorida 2-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-oktabrdagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-347-son qarori 9-bandining sakkizinchi xatboshisidagi “2026-yil 1-iyulga qadar” soʻzlari “2026-yil yakuniga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-12-son qarori 16-bandining uchinchi xatboshisidagi “2025-yil” soʻzlari “2027-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-57-son qaroriga 1-ilova quyidagi mazmundagi 17 — 21-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“17.Yangiqoʻrgʻon tumani“Namangan-Agro Star” MCHJChortoq, Kosonsoy, SoʻxQora olxoʻri18.Qiziltepa tumani“Navoiy-Agro Star” MCHJNavbahor, Muborak, Boysun, TomdiChorvachilik (qoramol, qoʻy, qorakoʻlchilik)19.Mirzaobod tumani“Sirdaryo-Agro Star” MCHJBoyovut, Quva, Sherobod, KitobAnorchilik20.Koson tumani“Qashqadaryo-Agro Star” MCHJKasbi, Guliston, DehqonobodSabzichilik va kavrak yetishtirish21.Gurlan tumani“Xorazm-Agro Star” MCHJSirdaryo, Quyi Chirchiq, XonqaSholichilik”.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-son qarori bilan tasdiqlangan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi joriy etiladigan, shuningdek, kompozit shaklda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxatida:
(a) 8-pozitsiya chiqarib tashlansin;
(b) 11-pozitsiyaning “Masʼul ijrochi” ustunidagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari “Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-maydagi “Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 317-son qarorida:
(a) 1-ilovaning 6-bandida:
(i) “v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) usta dehqonlarga muayyan mahallada bir turdagi yuqori daromadli mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻyganligi uchun:
kamida 10 ta xonadon tomorqasida tashkil etilganda — 2 million soʻm;
mahalla xonadonlarining kamida 30 foizida joriy etilganda — 75 million soʻm miqdorida subsidiya ajratish”;
(ii) quyidagi mazmundagi “v-1” kichik band bilan toʻldirilsin:
“v-1) aholi tomorqalari hamda ijara yer uchastkalari boʻyicha samarasiz eski bogʻlarni rekonstruksiya qilish va yangilarini barpo etish uchun subsidiyalar ajratish”;
(iii) “g” kichik bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kamida 30 ta xonadon tomorqasini sugʻorish maqsadida katta tik (vertikal) sugʻorish qudugʻini burgʻilash, suv chiqarish vositalarini sotib olish va ishga tushirish hamda quduqlarning uzluksiz ishlashi uchun quvvati kamida 10 kVt boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatish sharti bilan, ushbu xarajatlarning 70 foizi, biroq 200 million soʻmdan oshmagan qismi uchun subsidiya ajratish;
ijaraga berilgan, yonma-yon joylashgan hamda har birining yer uchastkasi 15 sotixdan 2 gektargacha boʻlgan kamida 10 ta dehqon xoʻjaligi yerlarini sugʻorish maqsadida katta tik (vertikal) sugʻorish qudugʻini burgʻilash, suv chiqarish vositalarini sotib olish va ishga tushirish hamda quduqlarning uzluksiz ishlashi uchun quvvati kamida 10 kVt boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatish sharti bilan, ushbu xarajatlarning 70 foizi, biroq 200 million soʻmdan oshmagan qismi uchun subsidiya ajratish”;
(iv) “i” kichik band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bundan tashqari, tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari hamda ularga xizmat koʻrsatuvchi subyektlarga yuqoridagi shartlar asosida Jamgʻarmaning resurslari hisobidan kreditlar davlat ulushi mavjud boʻlgan tijorat banklari orqali Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan kredit ajratish mexanizmi boʻyicha ham ajratiladi”;
(v) “k” kichik bandda “ijara yer uchastkalarida” soʻzlaridan keyin “hamda ularga xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining yer uchastkalarida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(vi) “p” kichik bandning toʻrtinchi xatboshisi “ijara yer uchastkalarida” soʻzlaridan keyin “hamda ularga xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining yer uchastkalarida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(b) 2-ilovada:
(i) 4-bandda:
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) usta dehqonlarga muayyan mahallada bir turdagi yuqori daromadli mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻyganligi uchun:
kamida 10 ta xonadon tomorqasida tashkil etilganda — 2 million soʻm;
mahalla xonadonlarining kamida 30 foizida joriy etilganda — 75 million soʻm miqdorida subsidiya ajratish”;
quyidagi mazmundagi “v-1” kichik band bilan toʻldirilsin:
“v-1) aholi tomorqalari hamda ijara yer uchastkalaridagi samarasiz eski bogʻlarni rekonstruksiya qilish va yangilarini barpo etish uchun quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha subsidiyalar ajratiladi:
har bir sotixga yomgʻir suvini yigʻish va (yoki) tomchilatib sugʻorish tizimini oʻrnatish uchun 160 ming soʻmgacha;
sertifikatga ega mevali daraxt koʻchati narxining 50 foizi, biroq har bir koʻchat uchun meva turiga qarab 30 ming soʻmdan oshmagan miqdorda;
oʻrnatilgan har bir tirgak (ustun)lar xarajatlarining 50 foizi, biroq 70 ming soʻmdan oshmagan miqdorda”;
“g” kichik bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kamida 30 ta xonadon tomorqasini sugʻorish maqsadida katta tik (vertikal) sugʻorish qudugʻini burgʻilash, suv chiqarish vositalarini sotib olish va ishga tushirish hamda quduqlarning uzluksiz ishlashi uchun quvvati kamida 10 kVt boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatish sharti bilan, ushbu xarajatlarning 70 foizi, biroq 200 million soʻmdan oshmagan qismi uchun subsidiya ajratish;
ijaraga berilgan, yonma-yon joylashgan hamda har birining yer uchastkasi 15 sotixdan 2 gektargacha boʻlgan kamida 10 ta dehqon xoʻjaligi yerlarini sugʻorish maqsadida katta tik (vertikal) sugʻorish qudugʻini burgʻilash, suv chiqarish vositalarini sotib olish va ishga tushirish hamda quduqlarning uzluksiz ishlashi uchun quvvati kamida 10 kVt boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatish sharti bilan, ushbu xarajatlarning 70 foizi, biroq 200 million soʻmdan oshmagan qismi uchun subsidiya ajratish”;
“i” kichik band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bundan tashqari, tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari hamda ularga xizmat koʻrsatuvchi subyektlarga yuqoridagi shartlar asosida Jamgʻarmaning resurslari hisobidan kreditlar davlat ulushi mavjud boʻlgan tijorat banklari orqali Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan kredit ajratish mexanizmi boʻyicha ham ajratiladi”;
“k” kichik band “ijara yer uchastkalarida” soʻzlaridan keyin “hamda ularga xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining yer uchastkalarida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(ii) 3-paragrafning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3-§. Muayyan mahalladagi aholi tomorqalarida yuqori daromadli mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻygan usta dehqonlarga subsidiya ajratish tartibi”;
(iii) 20 — 24-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Tuman (shahar) mehnat organi “mahalla yettiligi” tomonidan oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra aniqlangan usta dehqonlar bilan mahalla xonadonlari tomorqasini yuqori daromadli mahsulot yetishtirish boʻyicha ixtisoslashtirish loyihalarini oʻrganib chiqadi va buni yoʻlga qoʻyadigan usta dehqonlar toʻgʻrisidagi ariza (taklif)larni tegishli “mahalla yettiligi” bilan kelishgan holda “Onlayn mahalla” platformasi orqali hududiy mehnat organiga taqdim qiladi.
Loyihada har bir xonadon tomorqasi ekin maydonining 60 foizdan yuqori qismida aynan ushbu yuqori daromadli mahsulot ekilishini taʼminlash talab etiladi.
21. Hududiy mehnat organi kelib tushgan arizalarni 3 ish kunida jamlagan holda “Onlayn mahalla” platformasi orqali Vazirlikning Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boshqarmasiga taklif kiritadi.
22. Vazirlikning Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boshqarmasi uch ish kunida takliflarni oʻrganib chiqib, moliyalashtirish manbalari va ularni zaxiralash yuzasidan Jamgʻarma bilan kelishgan holda qabul qilingan va rad etilgan arizalar toʻgʻrisida xabarni “Onlayn mahalla” platformasi orqali hududiy va mahalliy mehnat organlari hamda “mahalla yettiligi”ga yetkazadi.
23. Hokim yordamchisi ikki ish kunida arizalar qabul qilinganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida usta-dehqonni xabardor qiladi va arizasi qabul qilingan usta-dehqon tomonidan loyihalar ijrosi boshlanadi.
24. Ixtisoslashtirish yoʻlga qoʻyilib, yuqori daromadli mahsulotlar yetishtirish jarayoni boshlanganidan soʻng usta-dehqon hokim yordamchisini xabardor qiladi va hokim yordamchisi bu haqda bir kun muddatda tuman (shahar) mehnat organiga maʼlum qiladi”;
(iv) quyidagi mazmundagi “24-1” band bilan toʻldirilsin:
“24-1. Tuman (shahar) mehnat organi “mahalla yettiligi” bilan tegishli mahallada amalga oshirilgan ishlarni oʻrganib, natijasi boʻyicha bayonnoma rasmiylashtiradi hamda mablagʻ ajratish uchun hududiy mehnat organiga “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali usta dehqonning pasport va bank karta maʼlumotlarini ilova qilgan holda mazkur bayonnomani yuboradi”;
(v) 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Ushbu subsidiya har ikki holat boʻyicha taqdim qilinganda ham ularning miqdori har bir mahalla boʻyicha jami 75 million soʻmdan oshmasligi lozim”;
(vi) quyidagi mazmundagi 3-1-paragraf bilan toʻldirilsin:
“3-1-§. Aholi tomorqalari hamda ijara yer uchastkalaridagi samarasiz eski bogʻlarni rekonstruksiya qilish va yangilarini barpo etish uchun subsidiya ajratish tartibi
28-1. Tomorqa yoki ijara yer egalari (keyingi oʻrinlarda — talabgor) muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlgan mevali daraxt koʻchati xarid qilish, yomgʻir suvini yigʻish va (yoki) tomchilatib sugʻorish tizimini oʻrnatish hamda oʻrnatilgan tirgak (ustun)lar xarajatlarining bir qismini qoplash uchun “Onlayn mahalla” platformasi orqali loyiha uchun zarur boʻladigan mablagʻ miqdorini koʻrsatgan holda ariza bilan mazkur nizomning ilovasi bilan tasdiqlangan Subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) ishchi guruhi)ga murojaat qiladi.
Bunda talabgor bir yoʻla yuqoridagi yoʻnalishlarning barchasidan foydalanishi mumkin.
28-2. Tuman (shahar) ishchi guruhi tomonidan murojaatni uch ish kunida joyiga chiqqan holda oʻrganib chiqib, subsidiya ajratish maqsadga muvofiq deb topilganda, hokim yordamchisi tuman (shahar) ishchi guruhi xulosasi va mavjud eski bogʻning foto hisobotlarini “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali hududiy mehnat organiga yuboradi.
Subsidiya ajratish maqsadga muvofiq boʻlmagan taqdirda talabgorga rad javobi yuboriladi.
28-3. Hududiy mehnat organi ikki ish kunida tuman (shahar) ishchi guruhi xulosasi va mavjud eski bogʻning foto hisobotlari bilan birga arizalar va unga ilova qilingan hujjatlardagi maʼlumotlar mosligini koʻrib chiqib, Vazirlikning Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boshqarmasiga kelishish uchun tavsiya yuboradi.
28-4. Vazirlikning Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boshqarmasi uch ish kunida tavsiyalarni oʻrganib chiqib, maqsadga muvofiq deb topganda moliyalashtirish manbalari yuzasidan Jamgʻarma bilan kelishgan holda tavsiya qabul qilinganligi toʻgʻrisida hududiy mehnat organiga xabar yuboradi.
Tavsiya qabul qilinganda, Jamgʻarmaning xarajatlar smetasida arizada koʻrsatilgan mablagʻlar besh oy uchun zaxiralanadi va talabgorning mazkur subsidiyani olish muddati oʻtgan taqdirda murojaatga asosan yuqoridagi jarayon qayta amalga oshiriladi.
Subsidiya ajratish maqsadga muvofiq boʻlmagan taqdirda hududiy mehnat organiga rad javobi yuboriladi.
28-5. Hududiy mehnat organi tavsiya qabul qilinganidan soʻng uch ish kunida tegishli hokim yordamchisi orqali talabgorni xabardor qiladi.
28-6. Talabgor tegishli xabarni olgandan soʻng loyihani amalga oshirish ishlarini yakuniga yetkazib, bu haqda tuman (shahar) ishchi guruhini xabardor qiladi.
28-7. Tuman (shahar) ishchi guruhi talabgordan xabar kelgandan soʻng besh ish kunida loyiha toʻliq yakunlanganligi va unga sarflangan mablagʻlarni tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrib chiqib, dalolatnoma rasmiylashtiradi.
Dalolatnomada haqiqatda ajratiladigan subsidiya miqdori koʻrsatilib, mazkur mablagʻ dastlabki murojaatda koʻrsatilgan mablagʻ miqdoridan oshib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
28-8. Hokim yordamchisi ikki ish kunida “Onlayn mahalla” platformasi orqali foto hisobotlar, talabgorning bank plastik karta raqamlariga oid maʼlumotni ilova qilgan holda dalolatnomani hududiy mehnat organiga yuboradi.
28-9. Hududiy mehnat organi kelib tushgan dalolatnomani ikki ish kunida Vazirlikning Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boshqarmasiga yuboradi.
28-10. Vazirlikning Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boshqarmasi kelib tushgan dalolatnomani uch ish kunida koʻrib chiqib maqsadga muvofiq deb topilganda, mablagʻ ajratish boʻyicha Jamgʻarmaga soʻrovnoma yuboradi.
28-11. Jamgʻarma soʻrovnomaga asosan uch ish kunida subsidiyani hududiy mehnat organiga oʻtkazib beradi.
28-12. Hududiy mehnat organi subsidiyani ikki ish kunida talabgorning bank karta raqamiga oʻtkazib beradi.
28-13. Ushbu subsidiya turidan foydalanish huquqi tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga faqat bir marta beriladi.
28-14. Tuman (shahar) ishchi guruhi:
tashkil etilgan yangi bogʻlarni har oy yakuni bilan keyingi oyning 10 sanasiga qadar 6 oy davomida monitoring qilib boradi va koʻchatlarning holati yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirib, “Onlayn mahalla” platformasiga yuklab boradi;
monitoring davomida belgilangan ishlar talab darajasida bajarilmaganligi aniqlangan taqdirda, oʻtkazib berilgan subsidiyani Jamgʻarmaning hisobiga qaytarish yuzasidan yozma ravishda talabnoma yuboradi.
28-15. Talabnoma boʻyicha talabgor mablagʻni 30 kun ichida qaytarmagan taqdirda ushbu masala sud tartibida hal qilinadi”;
(vii) 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Hududiy mehnat organi tuman hokimligi bilan birgalikda kamida 30 ta xonadon tomorqasini sugʻorishga moʻljallangan katta tik (vertikal) sugʻorish qudugʻini burgʻilash, suv chiqarish vositalarini sotib olish va quduqlarning uzluksiz ishlashi uchun quvvati kamida 10 kVt boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatish sharti bilan ishga tushirish boʻyicha roʻyxatni shakllantiradi”;
(viii) 45-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45. Hududiy mehnat organi tuman hokimliklari bilan birgalikda ijaraga berilgan va unga yonma-yon joylashgan, har birining maydoni 15 sotixdan 2 gektargacha boʻlgan kamida 10 ta dehqon xoʻjaligi yerlarini sugʻorish uchun tik (vertikal) quduq burgʻilash, suv chiqarish vositalarini sotib olish va quduqlarning uzluksiz ishlashi uchun quvvati kamida 10 kVt boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatish sharti bilan ishga tushirish boʻyicha roʻyxatni shakllantiradi”;
(ix) 12-paragraf nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12-§. Aholi tomorqalari va ijara yerlarida hamda ularga xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining yer uchastkalarida ixcham muzlatkichli omborxonalar, qadoqlash, quritish va qayta ishlash uskunalari, tayyor holdagi issiqxonalarni lizingga berish tartibi”;
(x) 88-band “ijara yer egalari” soʻzlaridan keyin “yoki ularga xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(xi) 92-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda lizing mablagʻlarini qaytarish boʻyicha toʻlov grafigi “Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ tomonidan loyiha toʻliq ishga tushirishga tayyor holatga keltirilib, belgilangan tartibda lizingga oluvchiga topshirilgan sanadan boshlab hisoblanadi”;
(xii) 93-bandda “ijara yer egasi” soʻzlaridan keyin “yoki ularga xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyekti” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(xiii) quyidagi mazmundagi ilova bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan grant, subsidiya, kredit va lizing ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomgaILOVA
Subsidiya mablagʻlarini ajratishga koʻmaklashuvchi tuman (shahar) ishchi guruhining
1. Tuman (shahar) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, Ishchi guruh rahbari
2. Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi
3. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tuman boʻlimi boshligʻi
4. Tuman irrigatsiya boʻlimi boshligʻi
5. Tegishli mahalla raisi
6. Tegishli mahalladagi hokim yordamchisi”.
14. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 82-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar hamda Bandlik jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarning pulli xizmatlaridan tushadigan tushumlarning vazir tomonidan belgilab beriladigan, biroq 50 foizdan oshmagan qismi”.