“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi ijrosini taʼminlash, investitsiyalar hajmini keskin koʻpaytirish, kapital bozorini rivojlantirish va ilgʻor xalqaro standartlarni joriy etish, shuningdek, Toshkent shahrini xalqaro moliyaviy xabga aylantirish maqsadida qaror qilaman:
I. Asosiy maqsadlar
1. Quyidagilar ushbu Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
(a) moliyaviy sektorni rivojlantirish orqali mamlakatning yalpi ichki mahsulotining qoʻshimcha oʻsishini taʼminlash;
(b) xalqaro miqyosda tan olingan huquqiy standartlarga asoslangan, yuqori ishonch darajasiga ega yurisdiksiyani yaratish orqali uzoq muddatli xorijiy toʻgʻridan-toʻgʻri va portfel investitsiyalarni jalb qilish;
(v) xalqaro moliya, huquq va texnologiyalar sohalarida yuqori maoshli ish oʻrinlarini yaratish va inson kapitalini rivojlantirish;
(g) mamlakatning kredit reytingini oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro investitsiyaviy jozibadorlik reytinglaridagi mavqeyini mustahkamlash;
(d) Oʻzbekiston Respublikasini mintaqaviy moliyaviy markazga aylantirish va mamlakatning global moliyaviy tizimga integratsiyasini taʼminlash.
II. Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish
2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Markaziy bank hamda Istiqbolli loyihalar milliy agentligining quyidagilarni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
(a) Toshkent xalqaro moliya markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz);
(b) Markaz tarkibida Toshkent xalqaro tijorat sudi.
3. Markaz hududida moliyaviy, investitsiya va bank faoliyati, sugʻurta, raqamli (kripto) aktivlar, qimmatli qogʻozlar, toʻlov tizimlari va xizmatlari, islomiy va yashil moliya, moliyaviy texnologiyalar bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish va tranzaksiyalarni amalga oshirish, auditorlik, konsalting va yuridik xizmatlar koʻrsatish hamda Markaz toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy qonunga muvofiq boshqa faoliyat turlarini amalga oshirishga ruxsat berilsin.
4. Quyidagilar:
(a) Toshkent xalqaro moliya markazining asosiy vazifalari 1-ilovaga muvofiq;
(b) Toshkent xalqaro moliya markazi kengashining tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
(v) Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruv organlari tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
(g) Toshkent xalqaro moliya markazi hududi chegaralarining tavsifi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
III. Markaz hududida maxsus huquqiy rejim joriy etish
5. Markaz hududida konstitutsiyaviy qonun bilan oʻrnatiladigan maxsus huquqiy rejim joriy etilsin.
6. Belgilansinki, maxsus huquqiy rejim doirasida:
(a) Markazning boshqaruv organlariga fuqarolik, korporativ, tijorat, moliya, bank, soliq, davlat xaridlari, mehnat huquqi hamda shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish sohasini tartibga soluvchi Markaz hududida tatbiq etiladigan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi beriladi;
(b) Markaz hududida Angliya va Uels umumiy huquqi hamda adolat tamoyillari toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllaniladi, Markaz toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy qonunda va Markaz normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan boshqacha qoidalar bundan mustasno; Markaz boshqa xalqaro moliya markazlarining ilgʻor tajribasi, tamoyillari, standartlari va qoidalarini toʻgʻridan-toʻgʻri oʻz hududida amal qilishini belgilashga haqli;
(v) Markaz boshqa xorijiy davlatlarning xalqaro moliya markazlari bilan ularning rezidentlari va litsenziyalarini tan olish, ikkiyoqlama rezidentlik, moliyaviy xizmatlarni tartibga soluvchi organlar bilan axborot almashish borasida shartnomalar tuzish va tegishli tartiblarni oʻrnatishga vakolatli;
(g) Markaz ishtirokchilariga va ularning xodimlariga quyidagi huquqlar beriladi:
(i) pul majburiyatlarini oʻzlarining shartnomalarida belgilangan xorijiy valyutalarda, shu jumladan, kripto aktivda bajarish;
(ii) mehnat faoliyati huquqini beradigan tasdiqnomani olmasdan chet ellik fuqarolarni ishga qabul qilish;
(iii) vakolatli davlat organlari bilan kelishgan holda Markaz tomonidan belgilanadigan Markaz organlari va ishtirokchilari xodimlari hamda ularning oila aʼzolariga 5 yilgacha kirish vizasini olish (maxsus viza tartibi);
(iv) Markaz hududidagi faoliyatdan olingan kapital yoki daromadni cheklovlarsiz repatriatsiya qilish;
(d) 2076-yil 1-yanvargacha Markaz hududida 5-ilovaga muvofiq soliq imtiyozlari qoʻllaniladi;
(j) soliq organlari va Markaz (shu jumladan, uning ishtirokchilari) oʻrtasidagi soliqqa tortishga oid masalalar Markaz hujjatlari bilan tartibga solinadi.
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) Markaz hududidagi binolar, ularning bir qismi Markaz boshqaruv organlariga toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan shartnoma asosida ijaraga beriladi;
(b) binolardagi joylar Markaz boshqaruv organlari tomonidan uning ishtirokchilariga toʻgʻridan-toʻgʻri ikkilamchi ijaraga beriladi.
8. Belgilansinki, Toshkent xalqaro tijorat sudi:
(a) birinchi instansiya va apellyatsiya sudidan iborat boʻladi;
(b) quyidagi nizolarni koʻrib chiqadi:
(i) Markaz va Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi faoliyati bilan bogʻliq masalalar;
(ii) taraflar Toshkent xalqaro tijorat sudi yurisdiksiyasini tanlagan shartnomalardan kelib chiqadigan nizolar;
(iii) taraflardan biri chet el korxonasi, chet el investorlari ishtirokidagi korxona yoki chet el investori — jismoniy shaxslar boʻlgan maʼmuriy nizolar;
(iv) tadbirkorlik subyektining xohishiga koʻra davlat bojini toʻliq toʻlash va keyinchalik davlat organi hisobidan undirmaslik sharti bilan har qanday maʼmuriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar, shu jumladan, iqtisodiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar;
(v) xalqaro arbitraj institutlari tomonidan koʻrilayotgan arbitraj joyi Oʻzbekiston Respublikasi hududi hisoblangan arbitraj ishi, ushbu nizolardan kelib chiqadigan yoki ular bilan bogʻliq masalalar.
9. Belgilab qoʻyilsinki, Toshkent xalqaro tijorat sudining qarorlari taraflar uchun majburiy kuchga ega va Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi sudlari hujjatlari uchun belgilangan tartibda ijro etiladi.
IV. Moliyaviy resurslar
10. Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini moliyalashtirish manbalari 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi 2026-yilda Markazga 20 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorida mablagʻlar begʻaraz asosda ajratilishi taʼminlansin.
V. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
12. 2027-yil 1-yanvarga qadar Markaz maxsus huquqiy rejimini shakllantirish va uning organlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha konsalting, ekspertlik, tahliliy va yuridik xizmatlarni “taklif soʻrovi” oʻtkazish orqali xarid qilishga ruxsat berilsin. Bunda xaridlar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Markaz organlari tomonidan “taklif soʻrovi” oʻtkazish haqidagi eʼlonni davlat xaridlari elektron tizimiga joylashtirmasdan hamda jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazmasdan salohiyatli yetkazib beruvchilarning takliflarini va (yoki) ofertalarini oʻrganish orqali amalga oshiriladi. Markaz organlari tashkil etilgunga qadar mazkur xaridlar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
13. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonuni loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin.
14. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev, Markaziy bank raisi T.A. Ishmetov, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov hamda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori D.R. Li belgilansin.
16. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 30-mart,
PF-48-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-martdagi PF-48-son Farmoniga1-ILOVA
Toshkent xalqaro moliya markazining asosiy vazifalari
(a) investitsiyalarni jalb qilish — moliyaviy xizmatlar sohasida qulay, shaffof va raqobatbardosh huquqiy hamda institutsional muhit yaratish va korxonalarning zamonaviy moliyaviy xizmatlarga kirishini osonlashtirish orqali iqtisodiyotga xorijiy va mahalliy toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni faol jalb etishni taʼminlash;
(b) kapital bozorini rivojlantirish va integratsiya qilish — qimmatli qogʻozlar bozori va kapital bozorining boshqa segmentlarini rivojlantirishni tezlashtirish, ularni xalqaro kapital bozorlari bilan integratsiya qilishga koʻmaklashish;
(v) moliyaviy xizmatlar sektorini rivojlantirish — bank va sugʻurta xizmatlari, islomiy va anʼanaviy moliyalashtirish, moliyaviy texnologiyalar, raqamli (kripto) aktivlar bozorini, elektron tijorat va moliyaviy faoliyatning boshqa innovatsion sohalarini rivojlantirish orqali moliyaviy sektorni diversifikatsiya qilish va zamonaviylashtirish;
(g) innovatsiya va professional xizmatlar ekotizimini shakllantirish — moliyaviy va tegishli professional xizmatlar (auditorlik, konsalting, yuridik xizmatlar, komplayens va boshqalar) sohasida innovatsiyalarni rivojlantirishni taʼminlovchi zamonaviy ekotizimni yaratish, yetakchi xorijiy moliyaviy institutlarni jalb qilish va tartibga solish hamda nazorat qilish boʻyicha xalqaro miqyosda tan olingan eng yaxshi amaliyotlarni joriy etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-martdagi PF-48-son Farmoniga2-ILOVA
Toshkent xalqaro moliya markazi kengashining
1.Sh.M. Mirziyoyev—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Kengash raisi2.J.A. Qoʻchqorov—Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri3.J.A. Xodjayev—Bosh vazir oʻrinbosari4.Sh.F. Ozodzoda—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari 5.L.Sh. Kudratov—investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri 6.A.D. Tashkulov—adliya vaziri7.T.A. Ishmetov—Markaziy bank raisi8.D.R. Li—Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori9.Kelishuv asosida—Kengashning xalqaro moliya markazlari masalalari mutaxassisligiga ega mustaqil aʼzosi10.Kelishuv asosida—Kengashning xalqaro kapital bozori masalalari mutaxassisligiga ega mustaqil aʼzosi11.Kelishuv asosida—Kengashning bank faoliyati mutaxassisligiga ega mustaqil aʼzosi 12.Lavozimi boʻyicha—Kengashning huquqshunoslik mutaxassisligiga ega mustaqil aʼzosi13.Lavozimi boʻyicha—Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi 14.Lavozimi boʻyicha—Toshkent xalqaro moliya markazi Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi boshligʻi
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Kengashning mustaqil aʼzoligiga nomzodlar tanlov asosida aniqlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan uch yil muddatga lavozimga tayinlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-martdagi PF-48-son Farmoniga3-ILOVA
Toshkent xalqaro moliya markazining boshqaruv organlari tashkiliy tuzilmasi
KengashMoliyaviy xizmatlar boshqarmasiMaʼmuriyatToshkent xalqaro tijorat sudiMoliyaviy xizmatlarni tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi, sohaga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi mustaqil organXalqaro moliya markazi ishtirokchilarini roʻyxatga oluvchi, nomoliyaviy xizmatlar koʻrsatish uchun litsenziya beruvchi, binolar ijarasi va boshqa xizmatlarni koʻrsatuvchi organBirinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasidan iborat milliy sud tizimidan alohida, mustaqil sud
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-martdagi PF-48-son Farmoniga4-ILOVA
Toshkent xalqaro moliya markazi hududi
Burilish nuqtalariBurilish nuqtalari koordinatalariBurilish nuqtalari tavsiflariToshkent shahri Shayxontohur tumani141,311866769,2469083Islom Karimov shohkoʻchasi va Yangi Toshkent tor koʻchasi kesishgan joyda.241,311958369,24487221-nuqtadan Islom Karimov shoh koʻchasi oʻng tomoni boʻylab, Islom Karimov koʻchasi 4a-uyning Janubiy-gʻarbiy tomondagi burchagi bilan kesishgan joygacha.341,31377569,24508892-nuqtadan shimoliy yoʻnalishda Islom Karimov koʻchasi 4a-uy va Yangi Toshkent tor koʻchasi 1-uy chegarasi boʻylab, Yangi Toshkent tor koʻchasi 1-uy hamda Oʻqchi koʻchasi 2-uy hududi kesishgan joygacha441,314705669,24565833-nuqtadan shimoliy-sharqiy yoʻnalishda Oʻqchi koʻchasi 2-uy hududi chegarasi boʻylab Oʻqchi koʻchasi bilan kesishgan joygacha.541,314569469,24720564-nuqtadan Oʻqchi koʻchasi oʻng tomoni boʻylab, Oʻqchi koʻchasi va Yangi Toshkent tor koʻchasi kesishgan joygacha.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-martdagi PF-48-son Farmoniga5-ILOVA
Toshkent xalqaro moliya markazi hududida qoʻllaniladigan soliq imtiyozlari
1. Markaz organlari va ishtirokchilarining Markaz hududida koʻrsatilgan xizmatlardan olgan daromadlari yuridik shaxslarning foyda soligʻi va ijtimoiy soliqdan (bundan raqamli (kripto) aktivlar birjalari mustasno) ozod etiladi.
2. Markaz organlari va ishtirokchilari tomonidan chet el fuqarolariga (fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga) Markazdagi faoliyat doirasida toʻlangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod etiladi.
3. Markaz hududidagi markaz organlari tasarrufida yoki foydalanishida boʻlgan obyektlar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻidan ozod etiladi.
4. Markaz organlari va ishtirokchilari Markaz hududida foydalanish yoki isteʼmol qilish maqsadida import qilingan tovarlar boʻyicha bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etiladi.
5. Jismoniy va yuridik shaxslarning quyidagilardan olingan daromadlari tegishlicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hamda yuridik shaxslarning foyda soligʻidan ozod etiladi:
(a) qimmatli qogʻozlarni sotishdan, agar ular sotish kunida Markaz Fond birjasining rasmiy roʻyxatiga kiritilgan boʻlsa;
(b) Markaz ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxslarning ustav kapitalidagi aksiyalar yoki ulushlarni sotishdan;
(v) Markaz Fond birjasining rasmiy roʻyxatiga kiritilgan qimmatli qogʻozlardan olingan dividendlar va foizlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan jismoniy shaxslarning Markaz organlari va ishtirokchilaridan mehnat shartnomalari, shu jumladan, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida olgan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha daromad soligʻi stavkasi 7 foiz etib belgilanadi.
7. Ushbu Farmonning 3-bandida koʻrsatilgan Markaz organlari va ishtirokchilarining xizmatlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-martdagi PF-48-son Farmoniga6-ILOVA
Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini moliyalashtirish manbalari
1. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan 2026-yilda ajratiladigan 20 million AQSH dollari miqdoridagi begʻaraz mablagʻlar.
2. Davlat budjeti mablagʻlari.
3. Markaz organlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlardan tushumlar.
4. Markaz ishtirokchilarining ajratmalari.
5. Qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
Izoh: 2027-yildan boshlab Toshkent xalqaro moliya markazi xarajatlari Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutib boriladi.