PQ-209-son Qaror · 26.05.2026

Samarqand viloyatidagi oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-209
  • Qabul qilingan sana:26.05.2026
  • Kuchga kirgan sana:01.06.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/26/209/0546

Samarqand viloyatidagi oliy taʼlim tashkilotlarining mavjud resurslaridan samarali foydalanish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojni xalqaro standartlarga muvofiq qoplash maqsadida qaror qilaman:

I. Maqsad

1. Ushbu qarorning asosiy maqsadi Samarqand viloyatidagi oliy taʼlim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, hududda muhandislik, axborot texnologiyalari, pedagogika va iqtisodiyot sohalari boʻyicha zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlashni yanada rivojlantirish hisoblanadi.

II. Ayrim oliy taʼlim tashkilotlarini qayta tashkil etish

2. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining quyidagi takliflari maʼqullansin:

(a) Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti negizida Samarqand davlat texnika universitetini tashkil etish;

(b) Samarqand davlat universitetiga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialini qoʻshib olish;

(v) Samarqand davlat pedagogika institutiga Samarqand davlat universiteti Urgut filialini qoʻshib olish hamda mazkur filial bazasida Samarqand davlat pedagogika institutining Urgut fakulteti faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

(g) Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialini qoʻshib olish.

3. Belgilansinki:

(a) Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining talabalari oʻqishini Samarqand davlat texnika universitetida;

(b) Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali hamda Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Biznesni boshqarish va tabiiy fanlar fakultetining talabalari oʻqishini Samarqand davlat universitetida;

(v) Samarqand davlat universiteti Urgut filialining Pedagogika va tillarni oʻqitish fakulteti talabalari oʻqishini Samarqand davlat pedagogika institutining Urgut fakultetida;

(g) Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialining talabalari oʻqishini Samarqand iqtisodiyot va servis institutida davom ettiradi hamda belgilangan tartibda oʻqish yakuni boʻyicha ularga mazkur oliy taʼlim tashkilotlarining diplomi beriladi.

4. Belgilab qoʻyilsinki, Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Biznesni boshqarish va tabiiy fanlar fakultetining 2025/2026 oʻquv yilida tahsil olayotgan talabalariga oʻqishini tugatgunga qadar Samarqand davlat pedagogika institutining Urgut fakulteti binosida taʼlim olish imkoniyati yaratiladi.

5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

(a) Samarqand davlat texnika universiteti davlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;

(b) Samarqand davlat texnika universiteti, Samarqand davlat universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Samarqand davlat pedagogika instituti mazkur qarorning 2-bandiga muvofiq tegishli oliy taʼlim tashkilotlarining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorislari hisoblanadi.

6. Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat texnika universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Samarqand davlat pedagogika institutiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan obyektlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

III. Hududdagi oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish

7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:

(a) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan birgalikda mazkur qarorda koʻzda tutilgan oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan professor-oʻqituvchilar va doktorantlari xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga malaka oshirish va ilmiy stajirovkaga yuborilishini taʼminlasin;

(b) 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab Samarqand davlat texnika universitetida Intellektual suv texnologiyalari ilgʻor muhandislik maktabi faoliyatini tashkil etsin;

(v) hududdagi sanoat korxonalarining ehtiyojlariga muvofiq bosqichma-bosqich muhandislik va ishlab chiqarish texnologiyalari sohalari boʻyicha yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash choralarini koʻrsin.

8. Samarqand viloyati hokimligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda:

(a) soha xususiyatidan kelib chiqib, Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat texnika universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda hududdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari oʻrtasida sanoat hamkorligi oʻrnatilishiga koʻmaklashsin, shuningdek, ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini samarali yoʻlga qoʻysin.

Bunda erishilgan kelishuvlar asosida birgalikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, talabalar va yosh olimlarning ilmiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash, kadrlar tayyorlash buyurtmalarini shakllantirish, taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga oid hamkorlik loyihalari amalga oshirilishini taʼminlasin;

(b) chet ellik va (yoki) xorijiy yetakchi oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchisi boʻlgan mutaxassislarni, yetakchi xorijiy oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan vatandoshlarni shartnoma asosida oliy taʼlim tashkilotlariga jalb etish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.

9. Belgilab qoʻyilsinki, Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat texnika universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda va Samarqand davlat pedagogika instituti faoliyatini moliyalashtirish:

(a) Davlat budjeti mablagʻlari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik xayriyalari, grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

(b) 2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida tasdiqlangan budjet parametrlariga tegishli oʻzgartirish kiritgan holda amalga oshiriladi, 2027-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.

IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

10. 2026 — 2028-yillarda Samarqand viloyatidagi oliy taʼlim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

11. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

12. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov belgilansin.

13. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari I.T. Siradjev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 26-may,

PQ-209-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PQ-209-son qaroriga1-ILOVA

Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat texnika universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Samarqand davlat pedagogika institutiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan obyektlar

T/r Manzili Bino va obyektlar nomlanishi Egallagan maydoni, (m-2) Bino va inshootlar maydoni (m-2) Balansda saqlovchi I. Samarqand davlat universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan obyektlar 1. Samarqand shahri “Davlatshoh Samarqandiy” MFY Usta Umar Joʻraqulov koʻchasi 15-uy Oʻquv binosi, talabalar turarjoyi, boshqa yordamchi bino va inshootlar 30 199,00 13 135,99 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali 2. Samarqand shahri “Geologlar” MFY Qozizoda Rumiy koʻchasi 12-uy Talabalar turarjoyi 13 463,81 5 858,59 3. Samarqand shahri “Gʻiyosiddin Jamshid” MFY Ibn Sino koʻchasi 2-uy Oʻquv binosi, talabalar turarjoyi, boshqa yordamchi bino va inshootlar 29 321,00 17 993,00 II. Samarqand davlat texnika universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan obyektlar 4. Samarqand shahri Lolazor koʻchasi 70-uy Bosh oʻquv binosi, boshqa yordamchi bino va inshootlar 36 677,63 14 876,29 Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti 5. Samarqand shahri Lolazor koʻchasi 70-uy Qurilish fakulteti 1 va 2-sonli oʻquv binosi, Arxitektura fakulteti oʻquv binosi, Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti oʻquv binosi, 1-sonli oʻquv-laboratoriya binosi, oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonasi binosi, qurilish materiallari kafedrasi oʻquv laboratoriya binolari, 1 — 4-sonli TTJ binolari va boshqa yordamchi bino va inshootlar 82 767,68 36 348,53 6. Samarqand shahri Habib Abdullayev koʻchasi 63-uy 2 ta oʻquv binosi, yotoqxona binosi, sportzal va boshqa yordamchi bino va inshootlar (Sobiq Samarqand kompyuter texnologiyalari va gidromelioratsiya kolleji bino va inshootlari) 35 233,13 14 265,38 7. Samarqand tumani “Ohalik” QFY “Mironqul” MFY Sport-sogʻlomlashtirish talabalar oromgohi 233 281,85 1 051,00 III. Samarqand davlat pedagogika institutiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan obyektlar 8. Samarqand viloyati Urgut tumani “Vagʻashti” MFY Vagʻashti koʻchasi 13-uy 2 ta oʻquv binosi, talabalar turarjoyi va boshqa yordamchi bino va inshootlar 43 408,00 11 179,56 Samarqand davlat universiteti Urgut filiali IV. Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan obyektlar 9. Samarqand shahri Professorlar koʻchasi 51-uy Oʻquv binosi, 1 va 2-sonli talabalar turar joylari hamda boshqa yordamchi bino va inshootlar 26 120,25 9 666,61 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali

Izoh: mazkur ilova va kadastr hujjatlarida davlat koʻchmas mulk obyektlarining manzillarida hamda egallagan, shu jumladan, bino va inshootlar egallagan maydon koʻrsatkichlarida yoki balansda saqlovchilarda tafovut mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu davlat koʻchmas mulk obyektlari kadastr hujjatlari asosida balansdan balansga oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PQ-209-son qaroriga2-ILOVA

2026 — 2028-yillarda Samarqand viloyatidagi oliy taʼlim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha

T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Bajarish muddati Moliyalashtirish manbalari Ijro uchun masʼullar I. Oʻquv jarayonini tashkil etish, taʼlim sifatini taʼminlash, yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini joriy etish 1. Ish beruvchi va kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida oʻquv-uslubiy hujjatlarni takomillashtirish. 1. Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat texnika universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitetlar) hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Samarqand davlat pedagogika instituti (keyingi oʻrinlarda — Institutlar) oʻquv rejalaridagi fanlar sonini kamaytirish hamda mustaqil taʼlim salmogʻini oshirish. 2. Xorijiy tillarda oʻqitiladigan mutaxassislik fanlari ulushini oshirish. 3. Fan dasturlari mazmunini kadrlar buyurtmachilari talablari va xorijiy tajriba asosida takomillashtirish. 2026/2027 oʻquv yili davomida - Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Universitetlar, Institutlar 2. Taʼlim jarayonini zamonaviy oʻquv adabiyotlari bilan toʻliq taʼminlash. 1. Oʻquv adabiyotlarini maqsadli rejalar asosida tayyorlash. 2026 yil oktabr Universitetlar va Institutlarning budjet hamda budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Universitetlar, Institutlar 2. Zamonaviy oʻquv adabiyotlarini yaratish, xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima qilish, axborot-resurs markazi fondini muntazam ravishda yangilab borish. 2026 — 2028-yillar 3. Xorijiy yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida malaka oshirish va ilmiy stajirovkalarni tashkil etish. Professor-oʻqituvchilar va doktorantlarni xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga malaka oshirish va ilmiy stajirovkaga yuborish. 2026 — 2028-yillar “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Universitetlar va Institutlarning budjetdan tashqari mablagʻlari Universitetlar, Institutlar, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 4. Universitetlar va Institutlarning xalqaro nufuzini oshirish. 1. Universitetlar va Institutlarni nufuzli ilmiy-texnik bazalarda, shuningdek, xalqaro reytinglarning rasmiy veb-saytida yangilangan profiliga ega boʻlishini taʼminlash. 2027 yil yanvar Universitetlar va Institutlarning budjetdan tashqari mablagʻlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Universitetlar, Institutlar 2. Universitetlar hamda Institutlar faoliyat yoʻnalishlariga mos nufuzli reyting tashkilotlari bilan hamkorlik oʻrnatish. 2027 yil fevral 3. Nufuzli reyting tashkilotlari baholash mezonlari asosida rivojlantirish uchun qisqa va uzoq muddatli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2027 yil mart 5. Tajribali va yuqori malakali mutaxassislar hamda pedagog xodimlarni jalb qilish. Xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislar hamda pedagog xodimlarni belgilangan tartibda saralab olish hamda taʼlim jarayoniga jalb qilish. 2026 yil avgust - Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Universitetlar, Institutlar II. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda ilmiy ishlar natijadorligini oshirish 6. Professor-oʻqituvchilar ilmiy salohiyatini oshirib borish. 1. Yetakchi oliy taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilari va xodimlarini ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish. 2026 yil sentabrdan boshlab Universitetlar va Institutlarning budjetdan tashqari mablagʻlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Universitetlar, Institutlar 2. Professor-oʻqituvchilarning xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlarda ishtirokini taʼminlash. Doimiy 3. Professor-oʻqituvchilarning ilmiy-amaliy stajirovkalarini tashkil etish. 2026 yil sentabr 4. Professor-oʻqituvchilarning ilmiy maqolalarini “Web of Science”, “Scopus”, “Google Scholar” kabi xalqaro indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalarida chop etish choralarini koʻrish. Reja-jadval asosida 7. Talabalarning ilmiy-ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish. 1. Iqtidorli talabalarni saralab olish va ilmiy-tadqiqot ishlariga yoʻnaltirish. 2. Tajribali professor-oʻqituvchilar tomonidan talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish. 2026/2027 oʻquv yili Universitetlar va Institutlarning budjetdan tashqari mablagʻlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Universitetlar, Institutlar 8. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish. 1. Universitetlar va Institutlarda zamonaviy ilgʻor tajribani oʻzlashtirish orqali ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish. 2. Tadqiqotchilarni statistik, texnik va boshqa maʼlumotlar bilan taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish. 2026/2027 oʻquv yili - Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Universitetlar, Institutlar III. Maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish 9. “Yurtim boʻylab sayohat” loyihasi doirasida talabalarning muzeylar, teatr, tarixiy qadamjolarga tashriflarini tashkil etish. 1. Tashriflarning reja-grafigini ishlab chiqish. 2026 yil iyul Universitetlar va Institutlarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Universitetlar, Institutlar 2. Grafik asosida tashriflarni yuqori saviyada tashkil etish. 3. Tashriflar davomida talabalar xavfsizligini taʼminlash va tashriflarni OAVda keng yoritish. Reja-grafikda belgilangan muddatda 10. 9 ta sport turidan Talabalar ligasi hamda 5 ta sport turidan “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazish. 1. Sport musobaqalarini oʻtkazishga puxta tayyorgarlik koʻrish. 2. Sport musobaqalarining Universitetlar hamda Institutlarda fakultetlar bosqichini oʻtkazish. 3. Musobaqalarning respublika bosqichida Universitetlar va Institutlar jamoalarining faol ishtirokini taʼminlash hamda musobaqalar jarayonini OAVda keng yoritish. 2026/2027 oʻquv yili Universitetlar va Institutlarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Universitetlar, Institutlar 11. Universitetlar hamda Institutlarda “Yosh kitobxon” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini tashkil etish. 1. “Yosh kitobxon” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini oʻtkazish tartibi (nizomi)ni ishlab chiqish. 2026 yil iyul Universitetlar va Institutlarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Universitetlar, Institutlar 2. “Yosh kitobxon” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini yuqori saviyada tashkil etish. 2026/2027 oʻquv yili V. Raqamlashtirish va taʼlim jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish 12. Taʼlim va boshqaruv jarayonida IT texnologiya infratuzilmasini rivojlantirish. 1. Universitetlar va Institutlar binolarini optik tolali simlar bilan jihozlash va yagona tarmoq boshqaruvini yaratish. 2. Universitetlar va Institutlarning barcha binolari, shu jumladan, axborot-resurs markazi, oʻquv binolarida simsiz Wi-Fi tizimi orqali internet tarmogʻidan keng foydalanish imkoniyatini taʼminlash. Reja-jadvalga muvofiq Universitetlar va Institutlarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Universitetlar, Institutlar 13. Oʻquv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish. 1. Oʻquv auditoriyalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni joriy etish. 2026 yil oktabr Universitetlar va Institutlarning budjetdan tashqari mablagʻlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Universitetlar, Institutlar 2. Elektron jurnal, elektron davomat va elektron dars jadvali tizimidan foydalanishni yoʻlga qoʻyish. 2026 yil sentabr 3. Universitetlar hamda Institutlarda oʻqitilayotgan barcha fanlar boʻyicha oʻquv adabiyotlarining elektron bazasini shakllantirish va tizimga kiritish. 2026/2027 oʻquv yili

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.