Oʻzbekiston Respublikasi va Parlamentlararo ittifoq oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, global miqyosda yoshlar parlamentarizmini rivojlantirish hamda Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda qonun chiqaruvchi organlarning rolini kuchaytirish maqsadida qaror qilaman:
I. Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar
1. Parlamentlararo ittifoqning Yosh parlament aʼzolarining XII butunjahon konferensiyasini (keyingi oʻrinlarda — Konferensiya) 2026-yil 4 — 6-sentabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkazish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining tashabbusi Parlamentlararo ittifoq tomonidan qoʻllab-quvvatlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasining Konferensiya doirasida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlik boʻyicha III global forumi (keyingi oʻrinlarda — Forum) va 2026-yil avgust oyida Barqaror rivojlanish oyligini oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
3. Quyidagilar:
(a) Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
(b) Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — chora-tadbirlar rejasi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tashkiliy qoʻmita:
(a) chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha masʼul davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib borsin;
(b) Konferensiya va Forumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishda yuzaga keladigan tashkiliy masalalarni tezkorlik bilan hal etsin;
(v) Samarqand shahrida tadbir oʻtkaziladigan joylarning zamonaviy texnika va telekommunikatsiya uskunalari bilan jihozlanishini taʼminlasin;
(g) tadbirga oid axborot-tahliliy va boshqa hujjatlarning oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanishini taʼminlasin;
(d) Konferensiya va Forum boʻlib oʻtadigan hududlarni obodonlashtirish ishlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini, obyektlar va mehmonxona fondining tayyorligini taʼminlasin;
(j) Konferensiya va Forum ishtirokchilarining kelishi va ketishi, ularga kirish vizalarini rasmiylashtirish, transport va tibbiy xizmatlar koʻrsatish masalalari samarali hal qilinishini muvofiqlashtirsin;
(z) Konferensiya va Forumning Samarqandda oʻtkazilishining ahamiyati haqida yuqori sifatli mediamahsulotlar hamda audiovizual asarlar yaratib, ularni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida efirga berib borish, internet va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish orqali keng targʻib qilish choralarini koʻrsin;
(i) zaruratga koʻra, Konferensiya va Forum doirasida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar mohiyatini xalqaro hamjamiyat eʼtiboriga yetkazishga qaratilgan qoʻshimcha tadbirlarni (side events) oʻtkazsin;
(k) zaruratga koʻra, Oʻzbekistonning diqqatga sazovor joylari boʻylab madaniy tadbirlar va xorijiy mehmonlarning tashriflarini tashkil etsin hamda Konferensiya va Forumni yuqori saviyada oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa tezkor choralarni koʻrsin.
5. Belgilansinki:
(a) Konferensiya va Forum “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida oʻtkaziladi;
(b) Yoshlar ishlari agentligi Tashkiliy qoʻmitaning ishchi organi hisoblanadi;
(v) “InterForum” davlat unitar korxonasi Konferensiya va Forumni tashkil etishga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha bosh operator hisoblanadi;
(g) vazirliklar va idoralarning birinchi rahbarlari ushbu farmoyishda nazarda tutilgan topshiriqlar, shuningdek, Tashkiliy qoʻmitaning tezkor koʻrsatmalari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
6. Transport vazirligi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda barcha xorijiy ishtirokchilarni aeroport (vokzal)da kutib olish va kuzatish hamda tadbir dasturi asosida harakatlanishi uchun transport vositalarini ajratsin.
7. Tashqi ishlar vazirligi Oliy Majlis Senati devonining viza talabnomalariga binoan Konferensiya va Forumda ishtirok etadigan xorijiy ishtirokchilarga kirish vizalarini konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirmasdan, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi Toshkent hamda Samarqand xalqaro aeroportlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasin.
8. Ichki ishlar vazirligi:
(a) Milliy gvardiya bilan birgalikda Konferensiya va Forum oʻtkaziladigan hududlarda, ishtirokchilar va mehmonlar toʻplanadigan joylarda, mehmonxonalarda hamda ularning atrofida jamoat tartibini saqlash;
(b) Konferensiya va Forumga tashrif buyuradigan delegatsiya aʼzolari xavfsizligini taʼminlash maqsadida yoʻl harakati qoidalariga muvofiq hamrohlik qilish choralarini koʻrsin.
9. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Konferensiya va Forum oʻtkaziladigan obyektlar hamda ularning atrofida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash ishlarini tashkil etsin.
10. Sogʻliqni saqlash vazirligi Konferensiya va Forum oʻtkaziladigan joylarda tez tibbiy yordam brigadalari faoliyati tashkil etilishini, tadbir oʻtkaziladigan joyda sogʻliqni saqlash hamda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga amal qilinishini taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻrsin.
11. Raqamli texnologiyalar vazirligi:
(a) 2026-yil 1-avgustga qadar tadbirda ishtirok etish talablarini, xorijiy ishtirokchilarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazishni hamda Konferensiya va Forum doirasida boʻlib oʻtadigan barcha tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettiruvchi veb-saytni yaratish choralarini koʻrsin;
(b) Oliy Majlis Senati va Yoshlar ishlari agentligining murojaatiga asosan belgilangan tartibda tadbir oʻtkaziladigan konferensiya va koʻrgazma zallari, matbuot xonalarini zarur texnika vositalari, sinxron tarjima jihozlari va internet xizmati bilan taʼminlasin.
12. Tashkiliy qoʻmita talabnomasiga asosan:
(a) “Uzbekistan Airways” AJga xorijiy ishtirokchilar uchun xalqaro va mahalliy aviaqatnovlarga joylar belgilangan tartibda band qilinishini taʼminlash;
(b) “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga xorijiy ishtirokchilar uchun qatnovdagi poyezdlarning barcha turlariga belgilangan tartibda temir yoʻl chiptalarini zaxiraga olish tavsiya etilsin. Bunda ishtirokchilar uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tarkibiy boʻlinmalari bilan shartnoma asosida chiptalar xarid qilinishi inobatga olinsin.
13. Turizm qoʻmitasi tadbirlar oʻtadigan hududlarda ishtirokchilarga yashash uchun qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent va Samarqand shaharlarida yetarli mehmonxona fondi shakllantirilishini taʼminlasin.
II. Moliyaviy resurslar
14. Belgilansinki, Konferensiya va Forumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Tashkiliy qoʻmita tomonidan ishlab chiqiladigan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan smeta asosida quyidagi manbalar hisobidan qoplanadi:
(a) Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi;
(b) Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
(v) Samarqand viloyatining zaxira jamgʻarmasi;
(g) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
15. Ushbu farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 20-iyul,
F-40-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-iyuldagi F-40-son farmoyishiga1-ILOVA
Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Izoh: Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-iyuldagi F-40-son farmoyishiga2-ILOVA
Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha
Izoh: Tashkiliy qoʻmita ushbu chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning ijro muddatiga Ishchi organ kiritgan taklifga muvofiq oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.