PQ-355-son Qaror · 28.09.2026

Davlat pensiya taʼminotiga oid zamonaviy xizmatlarni joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-355
  • Qabul qilingan sana:28.09.2026
  • Kuchga kirgan sana:29.09.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/26/355/0975

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-105-son Farmoni ijrosini taʼminlash, davlat pensiya taʼminoti tizimini raqamlashtirish orqali fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida qaror qilaman:

I. Maqsadlar

1. Quyidagilar pensiya taʼminotiga oid koʻrsatiladigan xizmatlarni raqamlashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:

(a) fuqarolarga koʻrsatiladigan xizmatlar 2027-yil 1-yanvarga qadar toʻliq interaktiv va proaktiv shaklga oʻtkazilishini taʼminlash;

(b) sohada raqamli texnologiyalarni keng qoʻllash orqali byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish.

II. Pensiya tayinlash tartibini soddalashtirish va yangi xizmatlarni joriy etish

2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq, quyidagi pensiya taʼminotiga oid xizmatlar fuqarolardan alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda koʻrsatiladi, bunda fuqaroga proaktiv shaklda tayinlangan pensiyalarni rad qilish huquqi beriladi:

(a) 2026-yil 1-noyabrdan boshlab ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarga umumiy belgilangan yoshdan ikki yil avval yoshga doir pensiya tayinlash;

(b) 2027-yil 1-yanvardan boshlab boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini tayinlash.

3. Belgilansinki, quyidagi xizmatlar fuqarolarning xohishiga koʻra, Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ularning murojaatlariga asosan interaktiv shaklda koʻrsatiladi:

(a) 2026-yil 1-noyabrdan boshlab mehnat sharoiti zararli va ogʻir ishlarda band boʻlgan hamda boshqa umumiy belgilangan yoshni qisqartirgan holda pensiya olish huquqi mavjud shaxslarga imtiyozli shartlarda pensiya tayinlash;

(b) 2026-yil 1-dekabrdan boshlab:

(i) Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, pensiyaning boshqa turiga oʻtkazish uchun murojaat qilish. Bunda fuqaro olayotgan pensiya miqdoridan kam pensiya tayinlangan taqdirda, avvalgi pensiya turi oʻzgarishsiz qoldiriladi;

(ii) fuqaroning ish staji va ish haqi toʻgʻrisida arxiv yoki tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha elektron maʼlumotlarga asosan pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilish;

(v) 2027-yil 1-yanvardan boshlab:

(i) pensiya toʻlovini naqd pul shakliga oʻtkazish va toʻxtatib turilgan pensiya toʻlovlarini tiklash;

(ii) sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari, ijro hujjatlari hamda boshqa qarorlar asosida pensiya miqdoridan chegirma qilinganlik toʻgʻrisida, hisoblangan pensiya toʻgʻrisida va ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;

(iii) yashash manzili oʻzgargani munosabati bilan pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildini hisobga qoʻyish;

(g) 2027-yil 1-yanvardan boshlab “Mening pensiyam” onlayn xizmati doirasida:

(i) pensiya hisoblashda ish staji sifatida inobatga olinadigan mehnat faoliyati davri, oliy taʼlim tashkilotlarida kunduzgi taʼlim (diplom) va harbiy xizmat davri toʻgʻrisida maʼlumot olish;

(ii) tayinlanadigan pensiya miqdorini aniqlash va davlat arxivi idoralariga ish haqi va ish staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish uchun elektron soʻrovlar yuborish;

(iii) pensiya yoshiga bir yil qolgan fuqarolarni oldindan xabardor qilish imkoniyati yaratiladi.

4. Belgilansinki, 2027-yil 1-yanvardan boshlab Pensiya jamgʻarmasi tomonidan fuqarolardan qogʻoz shaklidagi hujjatlar hamda maʼlumotlarni qabul qilish amaliyoti bekor qilinadi.

III. Pensiya tizimida yangicha yondashuv asosida ishni tashkil etish

5. Belgilab qoʻyilsinki:

(a) 2026-yil 1-oktabrdan boshlab fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar asosida faoliyatni amalga oshirgan shaxslar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun belgilangan miqdordagi ijtimoiy soliq toʻlaganda, ularga bir yil ish staji avtomatik hisoblanadi;

(b) 2027-yil 1-yanvardan boshlab rasmiy daromadga ega boʻlgan shaxslarga ishlamaydigan oila aʼzolari ish stajiga ega boʻlishi uchun har oyda ixtiyoriy ravishda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 12 foizi miqdorida ijtimoiy soliq toʻlash huquqi beriladi.

6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:

(a) 2027-yil 1-yanvardan fuqarolarga I va II guruh nogironlik pensiyalarini qayta hisoblashda III guruh nogironlik pensiyasini olgan davrda ishlagan ish staji va ish haqini inobatga olish tartibini;

(b) 2027-yil 1-fevraldan boshlab Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Pensiya jamgʻarmasiga imtiyozli pensiyalarni toʻlash xarajatlarining oʻrnini qoplovchi pulni har oyda oʻtkazish imkoniyatini yaratuvchi tizimni joriy etsin.

7. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2026-yil 1-noyabrga qadar ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan maxsus ish stajlari davri toʻgʻrisida hamda ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida shakllantirish va yuritish imkoniyatini yaratsin.

8. “Oʻzarxiv” agentligi 2027-yil 1-aprelga qadar tugatilgan korxona va tashkilotlarning arxiv idoralariga topshirilmagan buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlarini (ish haqi kitoblari va ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi buyruqlari), istisno tariqasida, begʻaraz asosda qabul qilsin.

9. Markaziy bank:

(a) 2026-yil 1-noyabrdan boshlab pensionerlarga bank kartasini ochish bilan bogʻliq xizmatlarni fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) orqali amalga oshirish tartibini;

(b) 2027-yil 1-apreldan boshlab barcha tijorat banklari bilan birgalikda pensiya va boshqa toʻlovlar uchun mablagʻlarni tijorat banklarining yagona hisobvaraqlariga moliyalashtirish hamda pensionerlarning bank kartalariga yoki tijorat banklarining mobil ilovalarida ochilgan pensiya elektron hamyonlariga yuklash tizimini joriy etsin.

IV. Aholining pensiya savodxonligini oshirish

10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi bilan birgalikda:

(a) pensiya taʼminotiga oid aholiga yaratilgan qulayliklarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borsin;

(b) soha mutaxassislarining fikrlari, misollar va hayotiy voqealar asosida videomateriallar yaratish, mehnat faoliyatiga oid maʼlumotlarni raqamlashtirishning ahamiyati boʻyicha ijtimoiy videoroliklar tayyorlash va ularni muntazam namoyish etib borish choralarini koʻrsin.

V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

11. Quyidagilar:

(a) Pensiya jamgʻarmasi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni toʻliq interaktiv va proaktiv shaklga oʻtkazishga erishish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;

(b) Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini proaktiv shaklda tayinlash sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

13. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.

14. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 28-sentabr,

PQ-355-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-sentabrdagi PQ-355-son qaroriga1-ILOVA

Pensiya jamgʻarmasi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni toʻliq interaktiv va proaktiv shaklga oʻtkazishga erishish boʻyicha

T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish shakliBajarish muddatiIjro uchun masʼullar1.Pensiya yoshiga bir yil qolgan fuqarolarning biometrik pasporti (identifikatsiya ID-karta) maʼlumotlarini Raqamli texnologiyalar vazirligiga va Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” dasturiy majmuasi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga (keyingi oʻrinlarda — YAMMT IDAK) elektron shaklda yuborish tizimini joriy etish.Texnik yoʻriqnoma2026-yil1-dekabrIchki ishlar vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Kambagʻallikni qisqartirishva bandlik vazirligi,Pensiya jamgʻarmasi2.Hisoblangan ijtimoiy soliq (soliq kodi — 36), imtiyozli shartlarda tayinlangan pensiyalar (soliq kodi — 40), shuningdek, xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan pensiyalar (soliq kodi — 42) hamda muddatidan oldin tayinlangan pensiyalar (soliq kodi — 41) uchun toʻlashga sarflangan xarajatlarni qoplash boʻyicha korxona va tashkilotlarning qarzdorligi toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlarni Pensiya jamgʻarmasiga yuborish tizimini joriy etish.Texnik yoʻriqnoma2027-yil1-fevralSoliq qoʻmitasi,Pensiya jamgʻarmasi3.Pensiya jamgʻarmasi va Oliy sudning axborot tizimlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri elektron maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish.Korxona va tashkilotlarning Pensiya jamgʻarmasi oldidagi imtiyozli pensiyalar, shuningdek, xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan pensiyalarini toʻlashga sarflangan xarajatlar boʻyicha qarzdorligini hamda ortiqcha toʻlangan pensiya mablagʻlarini undirish boʻyicha sudlarga daʼvo arizalarini elektron shaklda yuborish tizimini joriy etish.Texnik yoʻriqnoma2027-yil1-martOliy sud,Pensiya jamgʻarmasi4.Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari tomonidan “YAMMT” IDAK orqali fuqarolarning 2005-yil 1-yanvardan avvalgi davr uchun ish haqi va ish staji maʼlumotlarini olish boʻyicha soʻrovlarni “Oʻzarxiv” agentligiga “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron shaklda yuborish tizimini joriy etish.Bunda elektron soʻrovga asosan “Oʻzarxiv” agentligi fuqarolarning 2005-yildan avvalgi davr uchun ish haqi va ish staji maʼlumotnomasini “YAMMT” IDAKga elektron shaklda taqdim etadi.Texnik yoʻriqnoma2026-yil1-dekabrKambagʻallikni qisqartirishva bandlik vazirligi,Adliya vazirligi 5. Fuqarolarning tugatilgan korxona va tashkilotlardagi imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan maxsus ish stajlari davri toʻgʻrisida hamda ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “YAMMT” IDAKga fuqarolarning murojaatlariga asosan tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari tomonidan kiritilishini yoʻlga qoʻyish.Texnikchora-tadbirlar2026-yil1-noyabrKambagʻallikni qisqartirishva bandlik vazirligi6.Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan pensiya tayinlovchi organlarning pensionerlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlari yuritiladigan axborot tizimlarini yaratish.Pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroga budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi yoki Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan pensiya tayinlovchi organlar tomonidan pensiya tayinlangani yoki tayinlanmaganini tasdiqlash (“ha” yoki “yoʻq”) boʻyicha veb-servis ishlab chiqish.Texnik yoʻriqnoma2026-yil1-dekabrKonstitutsiyaviy sud,Oliy sud,Sudyalar oliy kengashi,Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi7.Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan axborot tizimini ishlab chiqish va Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” dasturiy majmuasi bilan oʻzaro elektron maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.Texnik yoʻriqnoma2027-yil1-aprelRaqamli texnologiyalar vazirligi,Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiya ishchi organi8.Yuridik shaxslarga “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi “b” bandi va 14-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalar, shuningdek, mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik hamda nogironlik pensiyalarini toʻlashga sarflangan xarajatlarni qoplash toʻgʻrisida regress talabnomalarini elektron yuborish tartibini joriy etish.Texnikchora-tadbirlar2027-yil1-fevralSoliq qoʻmitasi,Pensiya jamgʻarmasi9.Jismoniy va yuridik shaxslarning Pensiya jamgʻarmasi oldidagi ijtimoiy soliq boʻyicha qarzdorligi vujudga kelishi xavfining (riski) oldini olish va bartaraf etish choralarini koʻrish.Amaliychora-tadbirlar2026-yil1-dekabrSoliq qoʻmitasi10.Sunʼiy intellekt yordamida “Pensiya-2” dasturiy majmuasida quyidagi mexanizmlarni joriy etish:fuqarolarning mavjud ish staji va ish haqi maʼlumotlari asosida kelgusida tayinlanishi kutilayotgan pensiya miqdori hamda pensiya miqdorini oshirish boʻyicha “Mening pensiyam” onlayn xizmati orqali turli ssenariylar va tavsiyalar taqdim etish;Pensiya jamgʻarmasi axborot tizimidagi maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻgʻriligini tahlil qilish;tashqi axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlarni solishtirish va ulardagi mantiqiy nomuvofiqliklarni aniqlash;pensiya miqdori, ish staji va ish haqiga oid keskin oʻzgarish holatlarini aniqlash va Pensiya jamgʻarmasi ichki audit xizmatining risk tahlilida avtomatik tarzda aks ettirish.Amaliychora-tadbirlar2027-yildekabrPensiya jamgʻarmasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-sentabrdagi PQ-355-son qaroriga2-ILOVA

Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini proaktiv shaklda tayinlash

Bosqichlar Subyektlar Tadbirlar Bajarish muddatlari 1-bosqich Adliya vazirligi Vafot etgan shaxsning JSHSHIR maʼlumotlarini “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” axborot tizimiga yuboradi. Oʻlim haqidagi dalolatnoma qayd etilgan vaqtda avtomatik tarzda 2-bosqichIqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi“Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali:1. Vafot etgan shaxsning oila aʼzolari (yaqin qarindoshlari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish uchun tegishliligi boʻyicha Adliya vazirligining “FHDYoning yagona elektron arxivi” maʼlumotlar bazasiga elektron soʻrov yuboradi.2. Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini rasmiylashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:(a) vafot etgan shaxsning turmush oʻrtogʻi tirik boʻlgan taqdirda, turmush oʻrtogʻi nomiga rasmiylashtiriladi;(b) vafot etgan shaxsning turmush oʻrtogʻi vafot etgan taqdirda, 18 yoshga toʻlgan farzandi nomiga rasmiylashtiriladi.3. Vafot etgan shaxsning ish staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish uchun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga, Soliq qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Mudofaa vazirligi axborot tizimiga elektron soʻrov yuboradi.4. Vafot etgan shaxsning ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish uchun Soliq qoʻmitasining axborot tizimi, AT “Xalq banki”ning jamgʻarib boriladigan pensiya tizimiga hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga elektron soʻrov yuboradi.5. Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi rasmiylashtirilgan shaxsning yashash joyi toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlarni olish uchun Ichki ishlar vazirligining “Manzil” axborot tizimiga elektron soʻrov yuboradi.Maʼlumotlar kelib tushgandan soʻng avtomatik tarzda 3-bosqichAdliya vazirligi,Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Ichki ishlar vazirligi,Soliq qoʻmitasi,Mudofaa vazirligi,AT “Xalq banki”“Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali vafot etgan shaxsning oila aʼzolari (yaqin qarindoshlari), ish staji, ish haqi, jamgʻarib boriladigan pensiya badali hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi rasmiylashtirilgan shaxsning yashash joyi toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlarni tegishliligi boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” axborot tizimiga yuboradi.Elektron soʻrov kelib tushgandan soʻng avtomatik tarzda 4-bosqichIqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi“Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsion platformasi orqali pensiya yoki nafaqa tayinlash vakolatiga ega organlarga vafot etgan boquvchining qaramogʻida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolariga pensiya yoki nafaqa tayinlangan yoki tayinlanmagani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish uchun elektron soʻrov yuboradi.Maʼlumotlar kelib tushgandan soʻng avtomatik tarzda 5-bosqichPensiya yoki nafaqa tayinlash vakolatiga ega organlar“Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali vafot etgan boquvchining qaramogʻida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolariga pensiya yoki nafaqa tayinlangan yoki tayinlanmagani toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlarni tegishliligi boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” axborot tizimiga yuboradi.Elektron soʻrov kelib tushgandan soʻng avtomatik tarzda 6-bosqichIqtisodiyotva moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi1. Vafot etgan boquvchining qaramogʻida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolariga pyensiya yoki nafaqa tayinlangani toʻgʻrisida maʼlumotlar kelib tushganda, pensiya tayinlashni rad qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.1 ish kunida2. Vafot etgan boquvchining qaramogʻida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolariga pensiya yoki nafaqa tayinlanmagani toʻgʻrisida maʼlumotlar kelib tushganda, “Pensiya” axborot tizimidagi mavjud vafot etgan boquvchining ish staji, ish haqi, ustama olish huquqini beradigan elektron maʼlumotlar asosida dastlab mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolarining pensiyaga boʻlgan huquqini aniqlaydi, pensiya miqdorini hisoblaydi va pensiya tayinlaydi.1 ish kunidaRaqamli texnologiyalar vazirligi3. Raqamli texnologiyalar vazirligining axborot tizimiga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi rasmiylashtirilgan shaxsning JSHSHIR maʼlumotlari va pensiya tayinlangani yoki pensiya tayinlash rad etilgani toʻgʻrisidagi xabar matnini yuboradi.Qaror qabul qilingan vaqtda avtomatik tarzda4. Axborot tizimi orqali:boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi rasmiylashtirilgan shaxsning JSHSHIR maʼlumotlari asosida uning mobil aloqa vositasiga pensiya tayinlangani yoki pensiya tayinlash rad etilgani toʻgʻrisida SMS-xabarnoma yuboradi;boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi rasmiylashtirilgan shaxsning nomiga mobil telefon raqami rasmiylashtirilmagan boʻlsa, bu haqida Pensiya jamgʻarmasini xabardor qiladi.Maʼlumotlar kelib tushgandan soʻng avtomatik tarzda 7-bosqich Iqtisodiyotva moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi rasmiylashtirilgan shaxsning nomiga mobil telefon raqami rasmiylashtirilmagan boʻlsa, pensiya tayinlangani yoki pensiya tayinlash rad etilgani toʻgʻrisida xabarni yetkazish uchun yashash joyi boʻyicha “Oʻzbekiston pochtasi” AJni elektron pochta joʻnatmalarining yagona milliy tizimi orqali xabardor qiladi. Maʼlumotlar kelib tushgandan soʻng avtomatik tarzda 8-bosqich“Oʻzbekiston pochtasi” AJ Pensiya tayinlangani yoki tayinlash rad etilgani toʻgʻrisidagi xabarnomani boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi rasmiylashtirilgan shaxsning yashash joyiga yetkazib beradi hamda xabarnoma yetkazilganligi haqidagi maʼlumotni Pensiya jamgʻarmasiga yuboradi. Maʼlumotlar kelib tushgandan soʻng5 kun ichida

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.