PQ-359-son Qaror · 02.10.2026

Oʻzbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filialini tashkil etish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-359
  • Qabul qilingan sana:02.10.2026
  • Kuchga kirgan sana:05.10.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/26/359/1001

Xorijiy dasturlar asosida iqtisodiyot tarmoqlari uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, taʼlim sifatini oshirish, sohaga ilgʻor taʼlim texnologiyalarini joriy qilish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida qaror qilaman:

I. Asosiy maqsad

1. Belgilansinki, ushbu qarorning asosiy maqsadi Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi asosida iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy soha uchun malakali kadrlar tayyorlash, qoʻshma ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish hamda professor-oʻqituvchilar va soha mutaxassislari salohiyatini rivojlantirib borish tizimini yoʻlga qoʻyish hisoblanadi.

II. Lyaoning pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filialini tashkil etish

2. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Lyaoning pedagogika universitetining (keyingi oʻrinlarda — Universitet) quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

(a) Xorazm viloyatida Lyaoning pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filialini (keyingi oʻrinlarda — Filial) tashkil etish;

(b) Lyaoning pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filiali kuzatuv kengashi tarkibini 1-ilovaga muvofiq tasdiqlash.

3. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Urganch davlat universiteti hamda Universitet oʻrtasida Filialni tashkil etish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi bitim imzolangani maʼlumot uchun qabul qilinsin:

(a) Filialda taʼlim jarayonini Oʻzbekiston Respublikasining davlat taʼlim standartlari va malaka talablarini hisobga olgan holda Universitetning oʻquv rejalari va taʼlim standartlari asosida tashkil etish;

(b) Kuzatuv kengashi Filialning oliy boshqaruv organi hisoblanishi hamda uning vazifalari va faoliyatini tashkil etish tartibi Filial ustavida belgilanishi;

(v) akademik faoliyatni tashkil etish, taʼlim sifatini taʼminlash va muvofiqlashtirish uchun masʼul Filial direktori Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tavsiyasiga asosan Kuzatuv kengashi tomonidan lavozimga tayinlanishi;

(g) Filialning qabul parametrlari, toʻlov-kontrakt summasi, oʻqishga qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanishi;

(d) Universitet tomonidan Filialning taʼlim sifati va akademik nufuzini oshirish hamda oʻquv dasturlari va malakali kadrlar bilan taʼminlash.

4. Belgilab qoʻyilsinki:

(a) Filial Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Urganch davlat universiteti va Universitet muassisligidagi oliy taʼlim tashkiloti — yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadi;

(b) Filial akademik mustaqil oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi;

(v) Filialda taʼlim jarayoni 2026/2027 oʻquv yilidan boshlanadi hamda kunduzgi va muqobil taʼlim shakllarida oʻzbek, xitoy yoki ingliz tillarida olib boriladi;

(g) moliyaviy-xoʻjalik, tashkiliy va maʼmuriy faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan Filial ijrochi direktori Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadi;

(d) Filialda taʼlim jarayoni davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bunda:

(i) 2030/2031 oʻquv yiliga qadar oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishning butun davri davomida toʻliq davlat granti asosida oʻqitiladi;

(ii) 2030/2031 oʻquv yilidan boshlab belgilangan tartibda tasdiqlanadigan yillik qabul parametrlarining 30 foizi davlat granti asosida shakllantiriladi;

(j) Filial bitiruvchilariga oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Filial va (yoki) Universitet diplomi beriladi;

(z) Filial talabalarining amaliyotlari oʻquv rejalariga muvofiq hududdagi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxona (tashkilot)larida, jumladan, dual taʼlim asosida yoʻlga qoʻyiladi.

5. Xorazm viloyati hokimligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda Filial hamda korxona va tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik shartnomalari imzolanishi hamda talabalar amaliyotining dual taʼlim asosida tashkil etilishini taʼminlasin.

6. Lyaoning pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filialiga akademik hamkor sifatida mahalliy oliy taʼlim tashkilotlari 2-ilovaga muvofiq biriktirilsin.

7. Akademik hamkor oliy taʼlim tashkilotlari:

(a) Filialni yuqori malakali pedagog kadrlar hamda oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlashga koʻmaklashsin;

(b) Filial dasturlari asosida 2027/2028 oʻquv yili uchun oʻzining tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari fan dasturlarini takomillashtirsin;

(v) 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab Filial bilan hamkorlikda talabalar va pedagog kadrlarning oʻzaro akademik mobilligini bosqichma-bosqich amalga oshirsin;

(g) Filial bilan birgalikda tegishli hamkorlik yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish choralarini koʻrsin.

8. Turizm va axborot texnologiyalari yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlaydigan texnikumlar 3-ilovaga muvofiq Filialga biriktirilsin. Bunda:

(a) texnikumlarda Xitoy tajribasi asosida turizm va axborot texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha takomillashtirilgan taʼlim dasturlari hamda oʻqitish metodikalari joriy etiladi. Bunda texnikum bitiruvchisiga taʼlim dasturiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishining tegishli bosqichidan oʻqishni toʻlov-kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati yaratiladi;

(b) Filialda texnikumlarning maxsus fan oʻqituvchilari uchun turizm va sunʼiy intellekt boʻyicha kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish oʻquv kurslari joriy etiladi va bu muqobil malaka oshirish sifatida tan olinadi;

(v) Xorazm viloyatidan Filialga biriktirilgan turizm va axborot texnologiyalari yoʻnalishlaridagi texnikum oʻquvchilarning oʻquv amaliyoti Filial bazasida tashkil etiladi;

(g) Xorazm viloyatidan Filialga biriktirilgan texnikum oʻquvchilariga turizm va axborot texnologiyalari sohalariga oid maxsus fanlarning amaliy qismini Filial bazasida oʻqitish imkoniyati yaratiladi;

(d) mazkur bandning “b”, “v” va “g” kichik bandlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Kasbiy taʼlim agentligiga ushbu maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari hamda Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

9. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2027-yil 1-yanvardan boshlab Filialda tashkil etiladigan sunʼiy intellektni oʻqitish boʻyicha mentorlik malaka oshirish kurslariga umumtaʼlim maktablarining informatika fani oʻqituvchilarini jalb etib borsin. Bunda:

(a) har yili 5-dekabrga qadar navbatdagi yil uchun 250 nafar malaka oshiruvchi pedagoglar roʻyxati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan belgilangan tanlov asosida eng yuqori natija koʻrsatgan nomzodlar orasidan shakllantiriladi va Filialga taqdim etiladi;

(b) Filial tomonidan pedagoglar uchun aralash (onlayn va oflayn) shakldagi kamida 72 soatlik malaka oshirish kurslari tashkil etiladi;

(v) malaka oshirish kursida oʻqish uchun toʻlov miqdori Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi;

(g) tinglovchilarning Filialda malaka oshirish hamda xizmat safari (transport va yashash) xarajatlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan Filial bilan tuzilgan shartnomaga asosan moliyalashtiriladi;

(d) malaka oshirish kurslari Universitet tomonidan jalb qilinadigan xorijlik mutaxassislar hamda Filialning professor-oʻqituvchilari ishtirokida olib boriladi;

(j) malaka oshirish kursi tinglovchilari Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazining yotoqxonasiga joylashtiriladi;

(z) malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga Filial tomonidan belgilangan tartibda sertifikat beriladi va ushbu sertifikat informatika fani oʻqituvchilarining muqobil malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida tan olinadi;

(i) malaka oshirishdan oʻtgan oʻqituvchilar 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarida mentor oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritishi taʼminlanadi.

10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hududda investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojlardan kelib chiqib, mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan Filialga buyurtma berish orqali kadrlarni maqsadli tayyorlashga ruxsat berilsin.

III. Filial faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminot

11. Quyidagilar Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

(a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;

(b) toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushgan mablagʻlar;

(v) jismoniy va yuridik shaxslarning investitsiyalari va homiylik xayriyalari, shuningdek, muassislarning budjetdan tashqari mablagʻlari;

(g) koʻrsatilgan pulli xizmatlar va ilmiy natijalarni tijoratlashtirishdan tushgan mablagʻlar;

(d) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

12. Belgilansinki:

(a) Filialga xorijdan, jumladan, Universitetdan jalb qilinadigan rahbar va professor-oʻqituvchilarning mehnatiga haq toʻlash miqdorlari mehnat bozori konyunkturasidan kelib chiqib, tuzilgan shartnomalarga muvofiq belgilanadi;

(b) Filialning pedagogik va ilmiy salohiyatini oshirish, taʼlim jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida Filialga jalb qilingan mahalliy professor-oʻqituvchilar va xodimlarga Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlariga koʻra tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 1,5 baravar miqdorda hisoblanadi;

(v) Filialni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish 2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi va 2027-yildan boshlab budjet qonunchiligi talablariga muvofiq taqdim etilgan budjet soʻrovnomalariga asosan Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.

13. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Filial Xorazm viloyati Xiva shahri “Qibla Tozabogʻ” MFY Maktab koʻchasi 57-uy manzilidagi bino va inshootlarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini taʼminlasin.

IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

14. Lyaoning pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filiali faoliyatini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

15. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

16. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Xorazm viloyati hokimi J.R. Raximov belgilansin.

17. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari I.T. Siradjev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 2-oktabr,

PQ-359-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-oktabrdagi PQ-359-son qaroriga1-ILOVA

Lyaoning pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filiali kuzatuv kengashining

1.K.A. Sharipov—oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, Kuzatuv kengashi hamraisi2.Lo Venbo—Lyaoning pedagogika universiteti (Xitoy Xalq Respublikasi) prezidenti, Kuzatuv kengashi hamraisi3.O.R. Fazilkarimov—iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari4.Sh.A. Karimov—maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari5.R.O. Karimjonov—raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari6.S.R. Bobokalonov—Turizm qoʻmitasi raisi oʻrinbosari7.F.R. Madraximova—Urganch davlat universiteti rektori8.Lavozimi boʻyicha—Lyaoning pedagogika universitetining (Xitoy Xalq Respublikasi) Oʻzbekistondagi filiali direktori9.Gun Chjen—Lyaoning pedagogika universiteti xalqaro aloqalar boshqarmasi boshligʻi (Xitoy Xalq Respublikasi)10.Si Shuyu—Lyaoning pedagogika universiteti matbuot direktori (Xitoy Xalq Respublikasi)11.Ne Xaysyan—“Jinshan Foreign Investment” MCHJ raisi (Xitoy Xalq Respublikasi)12.Chjou Chjiyan—“BEB Agro” MCHJ vakili (Xitoy Xalq Respublikasi)13.Lavozimi boʻyicha—Lyaoning pedagogika universitetining (Xitoy Xalq Respublikasi) Oʻzbekistondagi filiali ijrochi direktori, Kuzatuv kengashi kotibi

Izoh: Kuzatuv kengashi aʼzosi boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxs kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-oktabrdagi PQ-359-son qaroriga2-ILOVA

Lyaoning pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filialiga akademik hamkor sifatida biriktirilgan mahalliy oliy taʼlim tashkilotlari

T/rHamkorlik yoʻnalishiAkademik hamkor oliy taʼlim tashkilotlari nomi1.Xalqaro xitoy tili taʼlimiToshkent davlat sharqshunoslik universiteti,Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti,Samarqand davlat chet tillar instituti2.Turizm boshqaruvi“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti,Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,Urganch davlat universiteti3.Xalqaro biznesToshkent davlat iqtisodiyot universiteti,Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti,Urganch davlat universiteti4.Sunʼiy intellektToshkent axborot texnologiyalari universiteti,Oʻzbekiston Milliy universiteti,Urganch davlat universiteti

Izoh: Akademik hamkor oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatiga Filialning kuzatuv kengashi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-oktabrdagi PQ-359-son qaroriga3-ILOVA

Lyaoning pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filialiga biriktirilgan turizm va axborot texnologiyalari yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlaydigan texnikumlar

T/rHudud nomiTayanch texnikum nomiYoʻnalish nomi1.Qoraqalpogʻiston RespublikasiNukus shahar 1-son texnikumiAxborot texnologiyalari2.Andijon viloyatiAndijon turizm va madaniy meros texnikumiTurizm3.Buxoro viloyatiBuxoro turizm va madaniy meros texnikumiTurizm4.Jizzax viloyatiZomin turizm va madaniy meros texnikumiTurizm5.Qashqadaryo viloyatiShahrisabz turizm va madaniy meros texnikumiTurizm6.Navoiy viloyatiNavoiy raqamli texnologiyalar texnikumiAxborot texnologiyalari7.Namangan viloyatiKosonsoy tumani 4-son texnikumiAxborot texnologiyalari8.Samarqand viloyatiSamarqand turizm va madaniy meros texnikumiTurizm9.Sirdaryo viloyatiSirdaryo tumani 1-son texnikumiAxborot texnologiyalari10.Surxondaryo viloyatiAngor tumani 4-son texnikumiAxborot texnologiyalari11.Toshkent viloyatiBoʻstonliq turizm va madaniy meros texnikumiTurizm12.Fargʻona viloyatiMargʻilon turizm va madaniy meros texnikumiTurizm13.Xorazm viloyatiXiva turizm va madaniy meros texnikumiTurizmXiva shahar texnikumiAxborot texnologiyalari14.Toshkent shahriToshkent turizm va madaniy meros texnikumiTurizm

Izoh: mazkur roʻyxatga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-oktabrdagi PQ-359-son qaroriga4-ILOVA

Lyaoning pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filiali faoliyatini tashkil etish boʻyicha

T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatiMoliyalashtirish manbalariMasʼullar1.Lyaoning pedagogika universitetining (Xitoy Xalq Respublikasi) Oʻzbekistondagi filiali (keyingi oʻrinlarda — Filial) faoliyatini yoʻlga qoʻyish.1. Filial ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.2. Filialni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.3. Filial tuzilmasini shakllantirish va tasdiqlash.2026-yil noyabr-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Adliya vazirligi,Davlat aktivlarini boshqarish agentligi2.Filialni malakali kadrlar bilan taʼminlash.1. Filialni malakali kadrlar bilan taʼminlash maqsadida eʼlonlar berish.2. Tanlov asosida malakali kadrlarni ishga qabul qilish.2026-yil oktabr-noyabr-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Filial3.Filialga talabalar qabulini amalga oshirish.1. Filialda kadrlar tayyorlash yoʻnalishlariga qabul boʻyicha eʼlonlar berish va targʻibot ishlarini tashkil qilish.2026-yil oktabr-Filial,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. Filialda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarni tanlov asosida saralash va talabalikka qabul qilish.2026-yil noyabr4.Filialning buyurtmasiga asosan jalb qilinadigan xorijiy oʻqituvchilar va mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolari uchun ruxsatnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish.1. Xorijiy oʻqituvchi va mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolari uchun koʻp martalik kirish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish.Filial va xorijiy oʻqituvchi, mutaxassislar soʻroviga asosan-Tashqi ishlar vazirligi2. Filialga jalb etiladigan xorijiy oʻqituvchilar va mutaxassislar, ularning oila aʼzolari uchun belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek, ularning Oʻzbekistonda turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish va uning muddatini uzaytirish.Ichki ishlar vazirligi3. Xorijiy oʻqituvchi va mutaxassislarni jalb qilishda belgilangan tartibda Oʻzbekistonda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berish va muddatini uzaytirish.Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Filial5.Filialning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutini tizimli tashkil etish.1. Filialning ustuvor ilmiy tadqiqot yoʻnalishlarini aniqlash.2028-yil aprelDavlat budjeti mablagʻlariInnovatsion rivojlanish agentligi,Filial2. Ilmiy darajali kadrlar tayyorlash uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlari faoliyatini tashkil etish.2029-yil yanvar6.Filialda sunʼiy intellektni oʻqitish boʻyicha tashkil etilgan mentorlik malaka oshirish kurslari tinglovchilariga tegishli shart-sharoitlarni yaratish.1. Malaka oshirish kursi tinglovchilarini Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazining yotoqxonasiga joylashtirish.2. Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga Filial tomonidan belgilangan tartibda sertifikat berish choralarini koʻrish.Reja-grafik asosidaMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlariMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Filial3. Malaka oshirishdan oʻtgan oʻqituvchilar “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarida mentor oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritishini taʼminlash.2027/2028 oʻquv yili7.Filial tomonidan beriladigan malaka oshirish sertifikatini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida muqobil malaka oshirish sifatida tan olish.1. Normativ-huquqiy hujjatlarga, jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qaroriga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil dekabr-Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Filial2. Sertifikatlarning yagona elektron reyestrini “Uzluksiz kasbiy taʼlim” platformasida yuritish.2027-yil martdan boshlab8.Filialga biriktirilgan texnikumlarda Xitoy tajribasi asosida turizm va axborot texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha takomillashtirilgan taʼlim dasturlari hamda oʻqitish metodikalarini joriy etish.1. Xitoy tajribasini oʻrganish va ilgʻor taʼlim dasturlari hamda oʻqitish metodikalarini tahlil qilish.2027-yil aprel-Kasbiy taʼlim agentligi,Filial2. Turizm va axborot texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha takomillashtirilgan taʼlim dasturlarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash.2027-yil avgust3. Ishlab chiqilgan taʼlim dasturlari hamda oʻqitish metodikalarini biriktirilgan texnikumlarda bosqichma-bosqich joriy etish.2027/2028 oʻquv yilidan boshlab9.Taʼlim dasturlarining oʻzaro mosligidan kelib chiqib, texnikum bitiruvchilari bakalavriatning tegishli bosqichidan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishni davom ettirishi mexanizmini joriy etish.1. Texnikumlarning turizm va axborot texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv dasturlarini Filialdagi bakalavriat taʼlim dasturlari bilan oʻzaro muvofiqlashtirish.2027-yil may-Kasbiy taʼlim agentligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Filial2. Oʻzlashtirilgan fanlarni inobatga olgan holda texnikum bitiruvchilarini bakalavriatning tegishli bosqichidan oʻqishni davom ettirish tartibini ishlab chiqish.2027-yil avgustOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Filial10.Filialda texnikumlarning maxsus fan oʻqituvchilari uchun turizm va sunʼiy intellekt boʻyicha kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish oʻquv kurslarini joriy etish.1. Kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan qisqa muddatli oʻquv kurslari dasturlarini ishlab chiqish va kurslarni Filial bazasida tashkil etish.2. Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan oʻqituvchilarning mazkur kurslarda olgan natijalarini muqobil malaka oshirish sifatida tan olish mexanizmini joriy etish.2027/2028 oʻquv yiliKasbiy taʼlim agentligi va Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Filial11.Xorazm viloyatidan Filialga biriktirilgan turizm va axborot texnologiyalari yoʻnalishlaridagi texnikum oʻquvchilarining oʻquv amaliyoti hamda maxsus fanlarning amaliy qismini Filial bazasida tashkil etish.1. Filialga biriktirilgan texnikumlar va amaliyot oʻtashi lozim boʻlgan oʻquvchilar kontingentini aniqlash.2. Oʻquv amaliyotini tashkil etish boʻyicha texnikumlar va Filial oʻrtasida amaliyot dasturlari hamda grafiklarini kelishish.3. Oʻquvchilarni Filialning tegishli laboratoriya, oʻquv-amaliyot va boshqa infratuzilma obyektlaridan foydalangan holda oʻquv amaliyotini Filial bazasida tashkil etish.4. Oʻquvchilarga turizm va axborot texnologiyalari sohalariga oid maxsus fanlarning amaliy qismini Filial bazasida oʻqitish choralarini koʻrish.Reja-grafikka muvofiqKasbiy taʼlim agentligi va Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlariKasbiy taʼlim agentligi,Filial,tegishli texnikumlar12.Filial talabalarining amaliyotlarini dual taʼlim asosida yoʻlga qoʻyish.1. Filial hamda hamkor korxona va tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik shartnomalarini imzolash.2. Hamkor korxona (tashkilot) mutaxassislari bilan amaliyot dasturlarini tuzish.Oʻquv jarayoni grafigiga muvofiq-Xorazm viloyati hokimligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Filial,hamkor korxona va tashkilotlar3. Dual taʼlim asosida tahsil olayotgan talabalarga korxona va tashkilotlar mutaxassislarini amaliyot rahbari sifatida biriktirish.Davlat budjeti mablagʻlari13. Filial faoliyatida boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini qoʻllash.1. “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi” (HEMIS)ni oʻrnatish, sozlash va ishga tushirish.2026-yil noyabrDavlat budjeti mablagʻlariFilial,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. Axborot tizimiga Filial professor-oʻqituvchilari, xodimlari hamda talabalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq kiritilishini taʼminlash.2026-yil dekabr14.Axborot-resurs markazini zamonaviy adabiyotlar bilan boyitib borish va uni avtomatlashtirilgan tizimga oʻtkazish.1. Lyaoning pedagogika universiteti va akademik hamkorlar bilan birgalikda Filial axborot-resurs markazini yangi adabiyotlar bilan boyitish.2027 — 2030-yillarDavlat budjeti mablagʻlariFilial,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,akademik hamkorlar,Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi2. Axborot-resurs markazi fondidagi resurslarni “Unilibrary.uz” elektron kutubxona platformasiga kiritib borish.2027 — 2030-yillar15.Filialga avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratish.1. Filialga 2 ta, shu jumladan, 1 ta biriktirilgan, 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratish.2026-yil sentabrDavlat budjeti mablagʻlariIqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Filial2. Ajratilgan avtomobillarni belgilangan tartibda zarur texnik vositalar bilan taʼminlash.Doimiy16.Filialda besh muhim tashabbus doirasida sport va maʼnaviy tadbirlarni tashkil etish.1. Besh muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar va sport seksiyalari tashkil etish uchun zarur xona ajratish va uni jihozlash.2027-yil yanvarDavlat budjeti mablagʻlariFilial,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. Besh muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar va sport seksiyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.2027-yil fevral17.Filialda yoshlar oʻrtasida ekstremizm, radikal gʻoyalar, giyohvandlikka qarshi kurashish, shuningdek, din va davlat munosabatlari hamda milliy qonunchilikka oid maʼrifiy-profilaktik uchrashuvlarni tashkil qilish.1. Uchrashuvga soha mutaxassislarini jalb qilish.2027-yil davomida-Filial,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. Oʻtkazilayotgan uchrashuvlarda yoshlar orasida sodir boʻlgan jinoyatlarni misol qilib koʻrsatish.3. Uchrashuvlarga Filialda tahsil olayotgan barcha talaba-yoshlarni jalb qilish.har oyda

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.