PF-213-son Farmon · 03.10.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-213
  • Qabul qilingan sana:03.10.2026
  • Kuchga kirgan sana:05.10.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/26/213/1000

Mamlakatimizda uzluksiz taʼlim, tarbiya va ilm-fan tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, inson kapitalini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish, taʼlimning barcha turlari oʻrtasidagi oʻzaro uzviylikni taʼminlash, jumladan, maktab taʼlimini kasbiy va oliy taʼlim bilan, oliy taʼlimni ilm-fan bilan yaqindan integratsiya qilish, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda taʼlim sohasida yagona samarali boshqaruv tizimini joriy qilish, tizimning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish maqsadida qaror qilaman:

1. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida Taʼlim va ilm-fan vazirligi tashkil etilsin.

2. Belgilab qoʻyilsinki, Taʼlim va ilm-fan vazirligi:

(a) quyidagi sohalarda yagona davlat siyosatini amalga oshirish, ularni rivojlantirish va tartibga solish boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi:

(i) maktabgacha taʼlim va tarbiya;

(ii) umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;

(iii) kasbiy taʼlim;

(iv) oliy taʼlim;

(v) oliy taʼlimdan keyingi taʼlim;

(vi) kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

(vii) qoʻshimcha va norasmiy taʼlim;

(b) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

3. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Taʼlim va ilm-fan vazirligi faoliyatini natijadorlikka yoʻnaltirilgan va samarali boshqaruv tamoyillari asosida tashkil etish, uning vazifalari va tashkiliy tuzilmasini belgilash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin.

4. Taʼlim va ilm-fan vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 3-oktabr,

PF-213-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.