BJK · 184-modda

184-modda. Bojxona nazorati uchun zarur boʻladigan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish

Bojxona organi bojxona nazoratini oʻtkazish uchun:

nazorat qilinishi bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatni amalga oshiruvchi vakolatli shaxslardan va boshqa shaxslardan bojxona nazoratini oʻtkazish uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarni;

tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlardan va boshqa organlardan bojxona nazoratini oʻtkazish uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarni talab qilib olish huquqiga ega.

Hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrov yoʻllangan, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar va organlar ushbu hujjatlar va maʼlumotlarni bojxona organiga mumkin qadar qisqa muddatlarda yuborishi shart.

Bojxona deklaratsiyasi hamda bojxona nazoratini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar tovarlar bojxona nazorati ostida turgan tovar maqomini yoʻqotgan yildan keyingi yildan eʼtiboran uch yil davomida saqlanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.