BJK · 187-modda

187-modda. Bojxona rasmiylashtiruvida bojxona deklaratsiyasini, boshqa hujjatlarni, tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tekshirish

Bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organi bojxona deklaratsiyasini hamda bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan boshqa hujjatlarni, tovarni va (yoki) transport vositasini taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini hamda ushbu hujjatlarning, tovarning va (yoki) transport vositasining bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash maqsadida tekshiradi.

Tovar va (yoki) transport vositasi chiqarib yuborilguniga qadar bojxona organi tovar va (yoki) transport vositasi nomining, ular ishlab chiqarilgan mamlakatning, tovar va (yoki) transport vositasi miqdori va qiymatining bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarga hamda bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan, bojxona maqsadlari uchun foydalanilayotgan boshqa hujjatlarga muvofiqligini aniqlash uchun zarur bojxona tartib-taomillarini bajaradi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.