BJK · 190-modda

190-modda. Hujjatlarni va maʼlumotlarni tekshirish

Bojxona nazoratini amalga oshirishda bojxona organlari taqdim etilgan, bojxona maqsadlari uchun ahamiyatga molik hujjatlarni tekshiradi.

Taqdim etilgan hujjatlarni va maʼlumotlarni tekshirish:

hujjatlarning asosiy rekvizitlari toʻliq va toʻgʻri toʻldirilganligini;

zarur imzolar va muhrlarning (elektron raqamli imzoning) mavjudligini;

tuzatishlarning tasdiqlanganganligini aniqlashni oʻz ichiga oladi.

Bojxona organlariga taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirish ularni quyidagilardan olingan maʼlumotlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi:

taqdim etilgan boshqa hujjatlar va maʼlumotlardan olingan axborotlar;

uchinchi shaxslardan va boshqa manbalardan olingan axborotlar;

bojxona nazoratining boshqa shakllarini oʻtkazish, bojxona statistikasi maʼlumotlarini tahlil etish, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda maʼlumotlarni qayta ishlash natijalari asosida olingan axborotlar.

Bojxona organi qoʻshimcha maʼlumotlarni faqat taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarni tekshirish maqsadida, sababini koʻrsatgan holda talab qilib olishga haqli.

Taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish va (yoki) qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilib olish tovarlarni chiqarib yuborishga toʻsqinlik qilmaydi, bundan ushbu hujjatlarning:

haqiqiy emasligi;

boshqa tovarlarga taalluqliligi;

tovarlarni chiqarib yuborish, ularni soʻralayotgan bojxona rejimiga joylashtirish mumkinligi toʻgʻrisida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilinishiga va (yoki) bojxona toʻlovlari toʻlanishiga taʼsir koʻrsatadigan notoʻgʻri maʼlumotlarni oʻz ichiga olganligi ushbu Kodeks 248-moddasining toʻrtinchi qismida belgilangan muddatlarda bojxona organi tomonidan aniqlangan hollar mustasno.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.