BJK · 194-modda

194-modda. Tovarlarning tamgʻalanishini tekshirish

Tovarlarning tamgʻalanishini tekshirish tovarlarda yoki ularning qadoqlarida maxsus tamgʻalar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarni belgilashning boshqa vositalari mavjudligini tekshirishni nazarda tutadi.

Bojxona hududiga olib kiriladigan alohida tovarlar boʻyicha bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda ularni maxsus tamgʻalar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarlarni belgilashning boshqa vositalari bilan tamgʻalash talabi qoʻyilishi mumkin.

Tovarlarda ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan maxsus tamgʻalar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarlarni belgilashning boshqa vositalari mavjud emasligiga, shunday tovarlari mavjudligi aniqlangan yuridik yoki jismoniy shaxs buning aksini isbotlamasa, tovarlarni bojxona hududiga bojxona rasmiylashtiruvisiz olib kirganlik yoki chiqarib yuborganlik faktining tasdiqlanishi deb qaraladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.