BJK · 209-modda

209-modda. Tadqiqot obyektlari

Tovarlar (tovarning namunalari va nusxalari), bojxona deklaratsiyasida va boshqa hujjatlarda tovarlar toʻgʻrisida koʻrsatilgan maʼlumotlar, identifikatsiyalash belgilari tadqiqot obyektlaridir.

Tadqiqot obyektlari, agar ularning oʻlchamlari va xossalari bunga imkon bersa, oʻralgan va muhrlangan tarzda ekspertga beriladi.

Tadqiqot obyektini ekspertning ish joyiga yetkazish imkoni boʻlmagan taqdirda, bojxona ekspertizasini tayinlagan organ unga mazkur obyektga moneliksiz borib koʻrish va uni tadqiq etish imkoniyatini taʼminlaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.