BJK · 211-modda

211-modda. Tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olish

Quyidagilar tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olish huquqiga ega:

bojxona organining mansabdor shaxsi, u bojxona nazoratini oʻtkazayotganda;

boshqa nazorat qiluvchi davlat organlarining mansabdor shaxslari, ular qonunchilikda oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarayotganda yoki vakolatli shaxs.

Vakolatli shaxs yoki boshqa nazorat qiluvchi davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan tovarning namunalari yoki nusxalari tanlab olinayotganda bojxona organlarining mansabdor shaxslari hozir boʻlishga haqli.

Tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmaydi, agar shunday tanlab olish:

bojxona nazorati oʻtkazilishini qiyinlashtiradigan boʻlsa;

tovar tavsiflarini oʻzgartiradigan boʻlsa.

Tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olish tartibi qonunchilikda belgilanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.