BJK · 213-modda

213-modda. Ekspertning huquq va majburiyatlari

Ekspert:

bojxona ekspertizasining predmetiga taalluqli boʻlgan materiallar bilan tanishish;

tovarlar va hujjatlarni koʻzdan kechirish;

bojxona ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar taqdim etilishi, shuningdek bojxona ekspertizasini oʻtkazishga boshqa ekspertlar jalb qilinishi haqida iltimosnomalar berish;

oʻz xulosasida nafaqat oʻz oldiga qoʻyilgan masalalar boʻyicha, balki bojxona ekspertizasi predmetiga taalluqli boʻlgan va bojxona ishi uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar boʻyicha ham natijalarni bayon qilish huquqiga ega.

Ekspert:

oʻziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining har tomonlama va toʻliq tekshiruvini oʻtkazishi, oʻz oldiga qoʻyilgan masalalar yuzasidan belgilangan muddatda asoslangan va xolisona xulosa berishi;

bojxonaga oid huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan yoki koʻrib chiqayotgan bojxona organi mansabdor shaxsining chaqiruvi boʻyicha oʻzi bergan xulosasiga tushuntirishlar berish yoki uni toʻldirish uchun hozir boʻlishi;

bojxona nazoratini oʻtkazishda bojxona organining talabiga koʻra ishtirok etishi;

bojxona ekspertizasi oʻtkazilishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor etmasligi;

taqdim etilgan tekshirish obyektlarining butligini taʼminlashi shart.

Ekspert qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.