BJK · 302-modda

302-modda. Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usullari

Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash quyidagi usullarni qoʻllash orqali amalga oshiriladi:

olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha;

aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha;

oʻxshash tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha;

qiymatlarni chegirib tashlash asosida;

qiymatlarni qoʻshish asosida;

zaxira usul.

Olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha aniqlash usuli olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usuli hisoblanadi.

Agar olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usulini qoʻllash mumkin boʻlmasa, ushbu modda birinchi qismining uchinchi — yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan usullar ketma-ketlikda qoʻllaniladi. Bunda har bir keyingi usulning qoʻllanilishiga, agar bojxona qiymatini aniqlashda oldingisidan foydalanish mumkin boʻlmasa, yoʻl qoʻyiladi. Qiymatlarni chegirib tashlash va qoʻshish usullari teskari ketma-ketlikda qoʻllanilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.