BJK · 312-modda

312-modda. Qiymatlarni qoʻshish asosidagi usul

Qiymatlarni qoʻshish asosidagi usul baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida tovarning quyidagilarni qoʻshish orqali hisoblab chiqarilgan narxi qabul qilinishini nazarda tutadi:

a) baholanayotgan tovarni tayyorlashda sarflangan materiallarning qiymati hamda ishlab chiqarish va (yoki) ishlov berish xarajatlari;

b) ushbu moddaning “a” bandida aks ettirilmagan umumiy xarajatlarning hajmi va baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni oʻsha mamlakatda ishlab chiqarilgan ayni oʻsha klassdagi va turdagi tovarni Oʻzbekiston Respublikasida sotishda odatda eksport qiluvchi tomonidan olinadigan foyda;

v) ushbu Kodeks 304-moddasi birinchi qismining “a” bandida koʻrsatilgan xarajatlar.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.