BJK · 322-modda

322-modda. Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun asos

Qoʻllaniladigan stavka turlariga bogʻliq holda bojxona bojini, aksiz soligʻini va tegishli bojxona yigʻimlarini hisoblab chiqarish uchun tovarning bojxona qiymati va (yoki) uning miqdori asos boʻladi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.

Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish uchun tovarning bojxona qiymati, toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona boji summasi, aksiz toʻlanadigan tovar boʻyicha esa, toʻlanishi lozim boʻlgan aksiz soligʻi summasining yigʻindisi asos boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.