BJK · 356-modda

356-modda. Bojxona organining ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisidagi qarori

Bojxona organi ariza kelib tushgan va zarur hujjatlar taqdim etilgan kunning ertasidan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida toʻlovchining ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisidagi arizasiga koʻra qaror qabul qiladi.

Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisidagi arizada va taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarning bojxona organi tomonidan qoʻshimcha tekshiruvini amalga oshirish zarurati tugʻilganda, arizani koʻrib chiqish oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatga uzaytiriladi.

Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda bojxona organi arizachini yozma shaklda xabardor qiladi. Yozma xabardan keyin arizachi bojxona organi bilan birga oʻzaro hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomasini tuzadi.

Bojxona organi ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda arizachini qabul qilingan qaror haqida rad etishning asoslantirilgan sabablarini koʻrsatgan holda yozma shaklda xabardor qiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.