BJK · 359-modda

359-modda. Muayyan mamlakatda toʻliq ishlab chiqarilgan tovarlar

Quyidagi tovarlar muayyan mamlakatda toʻliq ishlab chiqarilgan deb hisoblanadi:

1) uning hududidan, hududiy suvlaridan, qitʼa shelfidan yoki dengiz tubidan qazib olingan foydali qazilmalar, agar mamlakat ushbu yer qaʼri boyliklarini qidirish va qazib olish uchun mutlaq huquqqa ega boʻlsa;

2) mamlakat hududida yetishtirilgan yoki yigʻib olingan oʻsimlik mahsulotlari;

3) mamlakatda tugʻilgan va parvarish qilingan tirik hayvonlar;

4) mamlakatda yetishtirilgan oʻsimlik mahsulotlaridan va hayvonlardan olingan mahsulot;

5) mamlakatda tayyorlangan ovchilik, baliqchilik va dengiz ovi mahsuloti;

6) mamlakat kemalarida yoki ijaraga olgan (fraxt qilgan) kemalarida jahon okeanida ovlangan va (yoki) tayyorlangan dengiz ovi mahsuloti;

7) mamlakatda amalga oshiriladigan ishlab chiqarish yoki boshqa operatsiyalarning mahsuli boʻlgan ikkilamchi xom ashyo va chiqindilar;

8) mamlakatga tegishli boʻlgan yoki u ijaraga olgan kosmik kemalarda ochiq koinotdan olingan yuqori texnologiyalar mahsuloti;

9) mamlakatda ushbu moddada koʻrsatilgan mahsulotdangina ishlab chiqarilgan tovarlar.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.