FK2 · 1092-modda

1092-modda. Seleksiya yutugʻi muallifining haq olish huquqi

Seleksiya yutugʻining patent egasi boʻlmagan muallifi seleksiya yutugʻidan foydalanganlik uchun patentning amal qilish muddati davomida patent egasidan haq olish huquqiga ega.

Seleksiya yutugʻi muallifiga toʻlanadigan haq miqdori va toʻlov shartlari u bilan patent egasi oʻrtasida tuziladigan shartnomada belgilab qoʻyiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.