FK2 · 743-modda

743-modda. Davlat zayomi shartnomasi

Davlat zayomi shartnomasi boʻyicha davlat qarz oluvchi, fuqaro yoki yuridik shaxs esa qarz beruvchi boʻladi.

Davlat zayomlari ixtiyoriydir.

Davlat zayomi shartnomasi qarz beruvchining qarz oluvchidan unga qarzga berilgan pul mablagʻlarini yoki, zayom shartlariga bogʻliq holda, — boshqa mol-mulkni, belgilangan foizlarni yoki boshqa mulkiy huquqlarni zayomni muomalaga chiqarish shartlarida nazarda tutilgan muddatlarda olish huquqini tasdiqlaydigan davlat obligatsiyalari yoki boshqa davlat qimmatli qogʻozlarini qarz beruvchining sotib olishi yoʻli bilan tuziladi.

Muomalaga chiqarilgan zayomning shartlarini oʻzgartirishga (zayomni konversiyalash), shu jumladan ushbu Kodeksning 383-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Davlat zayomi shartnomasi boʻyicha davlat ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq javobgar boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.