FK2 · 746-modda

746-modda. Kredit berish yoki olishdan bosh tortish

Kreditor qarz oluvchini toʻlovga qobiliyatsiz deb hisoblasa, qarz oluvchi kreditni taʼminlash majburiyatlarini bajarmasa, shartnomada nazarda tutilgan kreditdan aniq maqsadda foydalanish majburiyatini buzsa, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda qarz oluvchiga kredit shartnomasida nazarda tutilgan kreditni berishdan butunlay yoki qisman bosh tortishga haqli.

Qarz oluvchi kredit olishdan butunlay yoki qisman bosh tortishga haqli. Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qarz oluvchi bu haqda kreditorni kredit shartnomasida belgilab qoʻyilgan kredit berish muddatiga qadar xabardor qilishi shart. Qarz oluvchi kredit shartnomasida nazarda tutilgan kreditdan aniq maqsadda foydalanish majburiyatini buzgan taqdirda kreditor shartnoma boʻyicha qarz oluvchini bundan buyon kreditlashni toʻxtatishga haqli.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.