Agar qonunda yoki bank hisobvaragʻi shartnomasida boshqacha muddatlar belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, bank tegishli toʻlov hujjati bankka tushgan kunning ertasidan kechiktirmasdan tushgan pul mablagʻlarini hisobvaraqqa kiritib qoʻyishi, mijozning topshirigʻiga muvofiq hisobvaraqdan pul mablagʻlarini qoʻlga berishi yoki oʻtkazishi shart. Hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish muddatlarini buzish bank uchun ushbu Kodeksning 327-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Shu kodeksdagi yaqin moddalar
- 775-moddaBank hisobvaragʻi shartnomasini tuzish
- 776-moddaHisobvaraqda turgan pul mablagʻlarini tasarruf etish huquqini tasdiqlash
- 777-moddaHisobvaraq boʻyicha bank bajaradigan operatsiyalar
- 779-moddaHisobvaraqni kreditlash
- 780-moddaBankning hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirishga qilgan xarajatlarini toʻlash
- 781-moddaHisobvaraqda turgan pul mablagʻlaridan bankning foydalanganligi uchun foiz toʻlash
Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?
HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.
AI'dan bepul so'rashMatn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.