FK2 · 780-modda

780-modda. Bankning hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirishga qilgan xarajatlarini toʻlash

Mijoz bankning hisobvaraqda turgan pul mablagʻlari bilan operatsiya qilish boʻyicha xizmatlariga bank hisobvaragʻi shartnomasida nazarda tutilgan shartlar asosida haq toʻlaydi. Mazkur operatsiyalarni amalga oshirish borasidagi bank xizmatlarining narxi bank hisobvaragʻi shartnomasida belgilab qoʻyilmagan hollarda xizmatlar uchun toʻlanadigan haq ushbu Kodeksning 356-moddasiga muvofiq belgilanadi.

Bankning xizmatlari uchun ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan haq, agar bank hisobvaragʻi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bank tomonidan har oyning oxirida mijozning hisobvaragʻida turgan pul mablagʻlaridan undirib olinadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.