FPK · 315-modda

315-modda. Fuqaroni muomalaga layoqatli deb topish

Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, sud fuqaroning oʻzi, uning homiysi, shuningdek ushbu Kodeksning 310-moddasida sanab oʻtilgan tashkilotlar va shaxslar bergan arizaga binoan fuqaroning muomala layoqatini cheklashni va unga nisbatan belgilangan homiylikni bekor qilish toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqaradi.

Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, sud vasiy, shuningdek ushbu Kodeksning 310-moddasida sanab oʻtilgan tashkilotlar va shaxslar bergan arizaga binoan, sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasiga asoslanib, sogʻaygan fuqaroni muomalaga layoqatli deb topish haqida hal qiluv qarori qabul qiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.