FPK · 317-modda

317-modda. Ariza berish

Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ariza sudga shaxs yotgan psixiatriya muassasasi tomonidan beriladi.

Gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar koʻrsatilgan arizaga shifokor psixiatrlardan iborat komissiyaning shaxsning psixiatriya statsionarida bundan keyin boʻlishi zarurligi toʻgʻrisidagi asoslantirilgan xulosasi ilova qilinadi.

Ariza psixiatriya muassasasi joylashgan yerdagi sud tomonidan koʻrib chiqiladi.

Sud arizani qabul qilish bilan bir paytda arizani sudda koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan muddatda shaxsning psixiatriya statsionarida boʻlib turishi masalasini hal etadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.