FPK · 419-26-modda

419-26-modda. Taftish instansiyasi sudida ishni koʻrish tartibi

Taftish tartibida ish ushbu Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga asosan, mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda koʻriladi.

Ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida koʻrishda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari ishtirok etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori yakuniy hisoblanadi va uning ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi).

Taftish instansiyasi sudi ajrimining, qarorining koʻchirma nusxasi ishni koʻrishda ishtirok etgan shaxslarga ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.