FPK · 419-29-modda

419-29-modda. Taftish instansiyasi sudi koʻrsatmalarining majburiyligi

Taftish instansiyasi sudining ajrimida, qarorida bayon qilingan koʻrsatmalar mazkur ishni yangidan koʻrayotgan sud uchun majburiydir.

Taftish instansiyasi sudi u yoki bu dalilning ishonchliligi yoki ishonchsizligi toʻgʻrisidagi, ayrim bir dalillarning boshqalaridan ustunligi haqidagi, ish yangidan koʻrilgan taqdirda qanday qaror chiqarilishi kerakligi toʻgʻrisidagi masalalarni oldindan hal qilib qoʻyishga haqli emas.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.