HK · 122-modda

122-modda. Talab qoʻyish tartibi

Yoʻlovchi, qoʻl yuki, yuk yoki pochtani tashish yuzasidan tashuvchiga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatishdan oldin uning oldiga talab qoʻyilishi shart, aviatsiya halokati natijasida yoʻlovchining oʻlimi yoki sogʻligʻiga zarar yetishi bilan bogʻliq hollar bundan mustasno.

Tashish bitta tashuvchi tomonidan bajarilgan taqdirda talablar daʼvogarning xohishiga koʻra parvoz boshlangan yoki tugagan manzilda bildiriladi. Tashish bir nechta tashuvchi tomonidan bajarilgan taqdirda, qoʻl yuki yoki yuk tashish qoidasi buzilganligiga doir talablar daʼvogarning xohishiga koʻra birinchi yoxud oxirgi tashuvchiga, yoʻlovchining oʻlimi yuz bergan yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilgan taqdirda esa, tashishni yoʻnalishning zarar yuzaga kelgan uchastkasida bajargan tashuvchiga bildiriladi.

Bevosita aralash transportlarda tashishdan kelib chiqadigan talablar:

a) agar tashishning soʻnggi manzili aeroport boʻlsa – tashuvchiga;

b) agar tashishning soʻnggi manzili temir yoʻl yoki avtomobil stansiyasi, bandargoh yoki port boʻlsa – tegishli transport tashkilotiga taqdim etiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.