Mamlakat ichkarisidagi tashishlarda tashuvchiga olti oylik muddat ichida, jarima toʻlanishi toʻgʻrisidagi daʼvolar esa — 45 kun ichida taqdim etilishi mumkin.
Koʻrsatilgan muddat hisobi:
a) qoʻl yuki, yuk yoki pochta kamomadini yoxud yetkazilgan zararni qoplash, shuningdek qoʻl yuki, yuk yoki pochta kechiktirilganligi uchun qoʻyiladigan talablar boʻyicha — ular berilgan kundan boshlab;
b) yoʻqotilgan yuk badalini qoplash haqidagi talablar boʻyicha — yuk yetkazib berish uchun moʻljallangan muddatdan 10 kun oʻtgach;
v) yoʻqotilgan qoʻl yuki yoki pochta badalini qoplash haqidagi talablar boʻyicha — yetkazib berish muddati oʻtgandan soʻng;
g) boshqa barcha hollarda — talab qilish uchun asos boʻla oladigan voqea roʻy bergan kundan eʼtiboran boshlanadi.
Talab qilish muddati tugaganidan soʻng ham, agar tashuvchi koʻrsatilgan sabab uzrli deb hisoblasa, talablarni koʻrib chiqish uchun qabul qilishga haqlidir.