Elektr uzatish obyektlari va liniyalarini qurish; samoviy hududda elektromagnit, yorugʻlik, akustik, korpuskulyar va boshqa turdagi nurlanishlar paydo boʻlishiga olib keladigan ishlar; qushlarning va yovvoyi hayvonlarning (kemiruvchilarning) koʻplab toʻplanishiga hamda ornitologik vaziyatning, parvoz paytida koʻrishning va aerodromlardagi uchish maydonlari holatining yomonlashuviga sabab boʻluvchi obyektlarni joylashtirish; havo kemalari parvoz qilish va qoʻnish zonalariga baland oʻsadigan daraxtlarning koʻchatlarini oʻtqazish; shuningdek samoda moddiy obyektlar harakati bilan bevosita aloqasi boʻlmagan, ammo havo kemalarining, boshqa uchuvchi apparatlarning parvoziga, asbob-uskunalari va ulardagi odamlar xavfsizligiga taʼsir etuvchi har qanday boshqa faoliyat aerodrom hududidagi parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyatlar jumlasiga kiradi.
Shu kodeksdagi yaqin moddalar
- 14-moddaSamoviy hududdan foydalanish tartibining buzilishi
- 15-moddaTartibbuzar havo kemasi
- 16-moddaSamoviy hududdan foydalanish tartibini buzganlik uchun javobgarlik
- 18-moddaParvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish
- 19-moddaHavo kemalari parvozining xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyat haqida xabar berish
- 20-moddaParvozlar xavfsizligiga tahdid soluvchi obyektlarga belgilar qoʻyish
Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?
HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.
AI'dan bepul so'rashMatn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.