HK · 39-modda

39-modda. Havo kemalarini roʻyxatga olish

Fuqaro va davlat havo kemalari roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim. Fuqaro havo kemalari Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestrida, davlat havo kemalari esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat havo kemalari reyestrida roʻyxatga olinadi.

Tegishli reyestrda qayd qilingan havo kemasining egasiga roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestrini va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat havo kemalarining reyestrini yuritish tartibi, shuningdek havo kemalarining roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma berish tartibi tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.

Eksperimental havo kemalari davlat reyestrida qayd etilmaydi, ammo Aviatsiya maʼmuriyatida hisobda turadi.

Eksperimental havo kemalarini hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestriga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat havo kemalarining reyestriga kiritilgan havo kemalari, shuningdek Aviatsiya maʼmuriyatida hisobda turuvchi eksperimental havo kemalari Oʻzbekiston Respublikasiga qarashli milliy havo kemalaridir.

Chet el havo kemasi tegishli chet el davlati havo kemalarining reyestridan oʻchirilganidan keyingina Oʻzbekiston Respublikasining tegishli reyestriga kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi tegishli reyestridan belgilangan tartibda oʻchirilmagan Oʻzbekiston Respublikasi havo kemasining har qanday chet el davlati havo kemalarining reyestriga kiritilishi tan olinmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.