Havo kemasi Oʻzbekiston Respublikasining tegishli reyestridan quyidagi hollarda:
a) havo kemasi foydalanishdan chegirib tashlansa yoki chiqarilsa;
b) havo kemasi belgilangan tartibda chet el davlatiga, chet el yuridik yoki jismoniy shaxsiga sotilsa yoki berilsa;
v) havo kemasi eksperimental havo kemalari qatoriga oʻtkazilsa;
g) havo kemalarini roʻyxatga olish tartibida nazarda tutilgan boshqa hollarda oʻchirilishi mumkin.
Havo kemasini Oʻzbekiston Respublikasining tegishli reyestridan oʻchirish bilan kemaning roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma va bu havo kemasi haqidagi tegishli reyestrdagi yozuvlar oʻz kuchini yoʻqotadi.