Aloqa vositalariga ega boʻlgan har bir havo kemasiga shartli radiochaqiriq signali beriladi.
Nazorat qilinadigan samoviy hududda parvoz etayotgan havo kemasi bilan shu parvozga dispetcherlik xizmati koʻrsatayotgan organ oʻrtasida muntazam radioaloqa boʻlmogʻi lozim. Aloqa uzilib qolgan taqdirda havo kemasining komandiri va havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatayotgan organlar aloqani tiklash uchun barcha zarur choralarni koʻrishlari shart.
Agar koʻrilgan choralar natijasida radioaloqani tiklab boʻlmasa, havo kemasining komandiri va havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatayotgan organlar Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalariga binoan harakat qilishlari lozim.
Nazorat qilinmaydigan samoviy hududda boʻlgan havo kemalarining ekipajlari bir-birlariga axborot berib turishlari, favqulodda vaziyatlarda esa – havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatuvchi va favqulodda vaziyatlar boʻyicha eng yaqin organlarga avariya kanallari orqali axborot berishlari lozim.