Havo kemasi parvoz qilishidan oldin havo kemasini, kema ekipajini va aviatsiyaning boshqa xodimlarini, uchish va qoʻnish aerodromlarini tayyorlash kabi ishlar amalga oshirilishi kerak.
Parvozlarga tayyorgarlik qoidalari va bu tayyorgarlik uchun masʼul shaxslar roʻyxati fuqaro va eksperimental aviatsiyada Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan, davlat aviatsiyasida esa Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Texnikaviy soz va parvozga shay havo kemasiga hamda uning tegishli sharoitlarda parvoz qilishga huquqi bor ekipajiga Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalarida belgilangan tartibda parvozni amalga oshirish uchun ruxsat beriladi.
Parvoz boshlanishi oldidan yoʻlovchilar xatarli vaziyatda qanday harakat qilishlari haqida maʼlumot olishlari lozim.