HK · 62-modda

62-modda. Parvozlarni bajarish qoidalari

Kodeksda parvoz atamasi ostida havo kemasining parvoz boshlanishi chogʻidagi kuchli yugurishi (tik koʻtarilish chogʻidagi quruqlik yoki suv sathidan uzilishi)dan tortib, parvoz masofasi toʻla bosib oʻtilgunga qadar (uchish va qoʻnish yoʻlkasini betoʻxtov boʻshatib qoʻygunga qadar) yoki tik qoʻnish chogʻida quruqlik (suv) sathiga qoʻngunga qadar quruqlik (suv) sathida va havoda bajargan harakati tushuniladi.

Havo kemalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi parvozlari Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasining va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalariga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalariga muvofiq holda bajariladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.