HK · 61-modda

61-modda. Aeronavigatsiya va aeroport yigʻimlari

Aerodromlarda havo transporti qatnovi va havo kemalariga aeronavigatsiya va aeroport yigʻimlari tarzida undiriladigan haq evaziga xizmat koʻrsatiladi.

Qidiruv-qutqaruv ishlarini bajarishda, tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar roʻy bergan taqdirda insonparvarlik yordami koʻrsatishda ishtirok etayotgan havo kemalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining havo kemalari aeronavigatsiya va aeroport yigʻimlaridan ozod qilinadi.

Aeronavigatsiya va aeroport yigʻimlarini undirish va taqsimlash tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.